LOM HARFINING LU’BATLARINING LATOYIFI «G‘AROYIB»DIN




Download 1.79 Mb.
bet27/50
Sana17.07.2023
Hajmi1.79 Mb.
#76857
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Bog'liq
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Талабнома намунаси, Asosiy qism, 1.11..2021 буйруқлар (2), MUZAFFAR, 8 mavzuu, Qolgan mavzular, 27, 1-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishnin, 6 Laboratoriya mashg`uloti .Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash, Abdulla Oripov. Haj daftari (cyr), Abdulla Oripov. Saylanma, Abdulla Qahhor. Og‘riq tishlar (komediya) (cyr), Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoyalar) (cyr), Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar (roman) (cyr), Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
LOM HARFINING LU’BATLARINING LATOYIFI «G‘AROYIB»DIN

364


Ey ko‘ngul, yer-ko‘k asosin asru bebunyod bil,
Ul kesakni suda ko‘r, bu safhani barbod bil.

Jism uyi chunkim erur foniy, tafovut yo‘q ani


Gar fano saylobidin vayronu gar obod bil.

To‘rt unsur qaydidin to chiqmag‘aysen, naf’ emas


Osmoniy to‘rt daftarni tutaykim yod bil.

Eyki debsen, haqni ne ta’rifu vasf ila bilay,


Vasfdin mustag‘niyu ta’rifdin ozod bil.

Tengri zikrikim, maloyikka g‘izoyi ruh erur,


Bu g‘izoni haq yo‘lig‘a kirgan elga zod bil.

Gar habibim qilsa izhori kalom, ey piri dayr,


Isoyi Maryamni ul dam gungi modarzod bil.

Mantiqi ishq ichra oshiqni tasavvur ayla nav’,


Fard bo‘lg‘anlarni bu yo‘lda anga afrod bil.

El oyog‘ig‘a tushardin boshqa chiqmoq rasmini


May kuhanpiridin ushbu dayr aro irshod bil.

Ey suluk ahli, qachon maqsud topqumdur desang,


Mosivallohni fano ko‘rgan kunin miy’od bil.

Eyki debsenkim, bilay tavhid sirridin xabar,


Shar’din nekim tajovuz ayladi ilhod bil.

Do‘st vaslin topmag‘an dunyovu uqbodin kechib,


Ushbu dardingg‘a Navoiy holin istishhod bil.

365


Og‘zidin chiqqan hadisi nozuku ranginni bil,
La’l suftidin chiqarg‘an rishtadur rangi qizil.

Bir zabona har yaramda so‘zi ishqingdin erur,


Ko‘nglum o‘ti sharhig‘a ochqan og‘izlar ichra til.

Ey ajal, ko‘yida boshim qil og‘irkim, aylamish


Hajr ashkim saylin ildam, za’f jismimni yengil.

Qon yosh ichra g‘arqadur jismim, chiqar, ey mug‘bacha,


Ko‘rsang andoqkim olursen la’lgun may ichra qil.

Xo‘blar har dam o‘tar sensiz qoshimdin, vahki, bor


Har nafas hajring manga bu oylar o‘tgan birla yil.

Sarsaredur har daming maqsud izin gum qilg‘ali,


Gar bu vodiy ichra g‘aflat birla yuz ming yil tiril.

Ey Navoiy, faqr tufrog‘ig‘a ko‘p to‘ktung sirishk,


Gar tilar bo‘lsang fano ham anda-o‘q emdi yiqil.

366


Aningdek mastmen day subhikim, bu mushkil ermas hal
Ki, mayliq shisha quyg‘an shiradur yo shu’laliq manqal.

Quyoshdek titramak daf’in sahargah orzu qilsang,


Quyoshdek jomni titrab sumurmak farz erur avval.

Muningdek faslkim, tun mushkini charx etti kofuriy,


Sabuhiy maydin ulkim, bo‘lsa loya’qil erur a’qal.

Sudo’im g‘olibu gulgun mayimni muhtasib to‘kmish,


Topib ollimg‘a ul balchiqdin-o‘q surtay qizil sandal.

Sovug‘ yo tiyra ersa day sabuhi, ista ravshan may,


Netarsen mehr o‘tidin shu’la yo oy nuridin mash’al.

Xush ul maxmurlug‘din tiyra ko‘zkim, ochqach-o‘q bo‘lsa,


O‘shul ko‘zguga soqiyning hiloli qoshidin misqal.

Mahosin subhdin bog‘lab, sochar o‘t og‘zidin gardun,


Sabuh ahli, nishot aylangki, topmishsiz ajab mahzal.

May ichra aks erur soqiy yuzidin anglaman, yoxud


Ko‘zum nazzoradin to‘rt o‘ldi, yoxud bo‘lmisham ahval.

Quloq har so‘zga solma istasang ishq ichra rasvolig‘


Ki, voiz ko‘p chekib faryodu nosih ko‘p degay muhmal.

Muyassardur, Navoiy, yor vasli xilvati topsang


Ki, ya’ni bo‘lmasa ul xilvat ichra o‘zlugung ankal.

367


Yuzungni ko‘rdum emdi ko‘zlarimni bog‘la, ey qotil
Ki, nogah bo‘lmag‘aylar o‘zga yuzni ko‘rgali moyil.

Kitob avroqidek bo‘lg‘ay musattah qolmayin davri


G‘amim toshig‘a bo‘lsa bir nafas to‘quz falak homil.

Meni bedilning ohin o‘gmakim, olamni kuydurdi,


Hanuz ermas ko‘ngulning shu’lasi bu o‘t aro doxil.

Tanimda gul emas gulxan nishoni telbalikdinkim


Kul o‘ldum o‘rtanib ishqing o‘tidin, lek sen g‘ofil.

Labing shavqi ko‘nguldin xalq ta’n aylab qachon ketsun,


Sabodin g‘unchaning hargiz bo‘lurmu humrati zoyil.

Nedur oy safhasi bo‘lg‘an qoradin dog‘lig‘, go‘yo


Jamoling daftarin yozg‘anda bo‘lmish bir varaq botil.

Mening jurm ichra uzrum shayxning zuhd ichra ujbidin


Batardur do‘st lutfi holima gar bo‘lmasa shomil.

Fig‘oni o‘qidin bulbulning, ey gulbun, hazar qilkim,


Tikan paykonig‘a gul javshani hargiz emas hoyil.

Navoiy qullug‘in faqr ahlining piri qabul etsa,


Erur bir banda ozod aylagan yanglig‘ shahi odil.

368


Hajr o‘tig‘a istasang yoqilmag‘aysen, ey ko‘ngul,
Yordin zinhorkim, ayrilmag‘aysen, ey ko‘ngul.

Vah, ne toli’durki topmay umre istab yorni,


Chun seni yor istagay topilmag‘aysen, en ko‘ngul.

Buki qon bo‘ldung desangkim, oshkoro bo‘lmasun


Mayl etib yoshlar sari qotilmag‘aysen, ey ko‘ngul.

Desalar: Laylomu ortuq husn aro yo ul pariy?


Garchi Majnunsen kerak yong‘ilmag‘aysen, ey ko‘ngul.

Qildi chun soqiy labi yetkan qadah hushungni mahv.


To abad zinhorkim, oyilmag‘aysen, ey ko‘ngul.

G‘unchasen g‘amdin, vale soqiy bahori orazin


Ochsa bilmankim, nedin ochilmag‘aysen, ey ko‘ngul.

Davlati boqiy Navoykdek erur topmoq muhol,


To tamom o‘zlukni foniy qilmag‘aysen, ey ko‘ngul.

369


Chamanda qonini baskim oqizdi zor ko‘ngul,
Sog‘inma g‘unchaki gulbun keturdi bor ko‘ngul.

Ne gullar ochqay alam gulshanida g‘uncha kebi


Nihoniy zaxmlarin qilsa oshkor ko‘ngul.

To‘nungda tugma emas barcha la’li paykoniy,


Labing havosig‘a borur tuzub qator ko‘ngul,

Chamanda qon yog‘ar o‘tsang, magar sanavbar uza


Ochar jarohati og‘zini har figor ko‘ngul.

Tutashqan o‘t durur o‘tun aro, bukim topmas


Firoqing o‘qlari birla dame qaror ko‘ngul.

Fatilalarni yaramdin chekib tutashturdi,


Magar g‘amingda qo‘yar dog‘i intizor ko‘ngul.

Firoq zaxmida ochmish og‘iz ketur, soqiy,


Qadahki, istamas o‘lmog‘ni hushyor ko‘ngul.

Ne mehr isi, ne vafo rangi topqung, ey bulbul,


Bu bog‘ gullariga berma zinhor ko‘ngul.

Navoiy etkay aning tarkin ixtiyor, vale


Qachon berur anga bu ishda ixtiyor ko‘ngul.

370


Men jahondin kechtimu kechmas mening jonimdin el,
Men ilig jondin yudum, chekmas ilig qonimdin el.

To‘sh-to‘shumdin baski rasvolig‘ o‘ti lov-lov yonar,


Har taraf yo‘ldin chiqarlar o‘tsalar yonimdin el.

Baxtim uyqusig‘a go‘yokim surudedur hazin,


Ko‘yida bukim uyumas har tun afg‘onimdin el.

Tanimaslar bir-birin yog‘qan mazallat gardidin,


So‘rg‘ali holim kirib chiqquncha vayronimdin el.

Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar,


Har taraf ko‘nglumda qonlig‘ dog‘i pinhonimdin el.

Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf,


Ka’bayi ko‘yin xabar topquncha borg‘animdin el.

Ey Navoiy, qilmag‘aylar ayb agar devonamen,


Ul pariy vasfin o‘qug‘an soyi devonimdin el.

371


Qaro ko‘zum kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kebi vatan qilg‘il.

Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,


Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.

Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,


Itingga g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.

Firoq tog‘ida topilsa tufrog‘im, ey charx,


Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.

Yuzung visolig‘a yetsun, desang, ko‘ngullarni,


Sochingni boshtin-ayog‘ chin ila shikan qilg‘il.

Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas moni’,


Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.

Yuzida terni ko‘rub o‘lsam, ey rafiq, meni


Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il.

Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,


Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.

372


Nomasi qo‘ynumda baskim, iztirob aylar ko‘ngul,
O‘pgali chiqmoqqa go‘yokim shitob aylar ko‘ngul.

Toza butmish erdi ko‘ksum choki, vahkim, tolpinib


Chiqqali ul raxnani har dam xarob aylar ko‘ngul.

O‘qi zaxmi yo‘lidin solsam ichimga nomasin,


Bir fatila marham o‘rnig‘a hisob aylar ko‘ngul.

Chirmabon jon pardasin manshur uza volo kebi


Ko‘rmasun deb g‘ayr ani, go‘yo niqob aylar ko‘ngul.

G‘unchadek qat-qat bo‘lub qon ul musofir shavqidin


Nomasi yanglig‘ damo-dam pechu tob aylar ko‘ngul.

Mubham ermish ruq’asi davronning, asru yovakim,


Jong‘a bu andeshadin har dam azob aylar ko‘ngul.

Ey Navoiy, ochti ko‘ksumning tikilgan chokini,


Nomasi qo‘ynumda baskim, iztirob aylar ko‘ngul.

373


Yordin kelmish manga bir turfa maktub, ey ko‘ngul
Kim, erur har satri, bal har lafzi marg‘ub, ey ko‘ngul.

Lafz yo‘q, har harfi jon hirzi, dag‘i har nuqtasi


Mardumak yanglig‘ biaynih ko‘zga matlub, ey ko‘ngul.

Ayladim tumor agar tumor etar daf’i junun


Bu meni qilmish junun ilgida mag‘lub, ey ko‘ngul.

Safhada ermas muhabbat sharhikim kelmish kiyib,


Hullayi kofurgun bir turfa mahbub, ey ko‘ngul.

Asru ko‘p takror etardin ul pariyvash nomasin,


Bo‘lmisham el ichra majnunluqqa mansub, ey ko‘ngul.

G‘ayrdin safhangni qilg‘il pok, ya’ni aylama


Xotiring lavhini har xat birla ma’yub, ey ko‘ngul.

G‘amdin ozod o‘ldi xattidin Navoiy, bermasa


Begiga qulluqqa xat bo‘lg‘aymu mahsub, ey ko‘ngul.

374


Ul pariykim, bandi zulfig‘a majonindur uqul,
Men kebi devonalar qaydin qachon qilsun qabul.

Zarra ermaskim quyosh ajzosi nur aylarga kasb


Ul pariy qasrig‘a ravzandin qilur har dam nuzul.

Olamoro husn ila jonbaxsh nutqungmu ekin,


Yo Masiho ruhi Yusuf jismida qilmish hulul.

Eyki dersen, keldingu shod o‘lg‘usi vaslingg‘a yor,


Shod bo‘lg‘ay erdi bo‘lg‘an bo‘lsa hajrimdin malul.

Mushafi avsofingda ermish, Olloh-Olloh, mujmale,


Sura-sura har karashmang sharhida iynak fusul.

Yerga soching sudralur kulbamga kirsang xam bo‘lub,


Mehr past o‘lg‘an zamon andoqki topqay soya tul.

Ikki zulfung to‘lg‘anur har dam sabo tahrikidin,


Ikki hindu nag‘ma birla zohir etkandek usul.

Rostliqdin dayr toqig‘a mador o‘lmoq ne ayb,


Solikekim bo‘lsa xidmatda sutun yanglig‘ hamul.

Bo‘lmasa erdi Navoiy sirri ishqingg‘a amin,


Ne zalum etkay eding aning xitobin, ne jahul.

375


Qon to‘kar ko‘z orazing gulgunaliq ko‘rgan mahal,
Ne uchunkim suyi aning qon ila bo‘lmish badal.

Toqi axzar qotti barcha fitnavu bedodini


Qoshingga mashshota go‘yo vusma aylar chog‘da hal.

Nildin gulgun uzoring bog‘ida har sari xol,


Nilufar gulshan aro har yon ochilmish filmasal.

Kechrak ochmoq burqa’ ermas el o‘lar deb rahm uchun,


Balki aylarsen ulus ko‘prak yig‘ilsun deb hiyal.

Bog‘ aro har rang to‘n egnida chiqmish uylakim,


Hur jannat sayrig‘a chiqqay kiyib turlug hulal.

To yudung zunnori zulfungni, sochilg‘an suyidin,


Kishvari islom aro yuz ming bino topmish xalal.

Dahr sho‘xidin, Navoiy, tut qiroqkim, bog‘lasang


Bir ayoq su birla aqdin, uldurur jomi ajal.

376


Ko‘zumda hajr o‘tining humratin ko‘r, dema qondur ul,
Qora sog‘inma, paykoning suyi tomg‘on nishondur ul.

Labing xoliki xat yashurdi jonni yashurun o‘rtar,


Hamono ishqdin jonimdag‘i dog‘i nihondur ul.

Ko‘ngul bog‘i aro har yon o‘qung zaxmi emas, go‘yo


Niholi mehring ekmaklik uchun qozg‘an makondur ul.

Ko‘zumning mardumikim, to sahar kavkab sanar har tun


Ul uydin uyqu ayyorin qovarg‘a posbondur ul.

Ko‘nguldin kelgan ohim xaylini man’ etmasam avlo


Ki mehnat kishvaridin azm qilg‘an korvondur ul.

Qading sarvidadur ko‘nglum qushi, vah, sunbulung erma!


Kim, ul sarv uzra qush qasdig‘a chirmashqan yilondur ul

Surohiy og‘zida qil shaklidin xushdilmen, ey soqiy,


Magar ayshu farog‘at toyirig‘a oshyondur ul.

Emas bo‘lsang taayyun xonaqohi shug‘lidin emin,


Fano dayrig‘a kir filholkim dor-ul-amondur ul.

Navoiy za’fin anglab o‘zgaga haml etma javrungni


Ki, yillar ushbu og‘ir yukni chekkan notavondur ul.

377


Qani bir chehraki mayl etkay anga xasta ko‘ngul,
Qani bir zulfki, bo‘lg‘ay anga vobasta ko‘ngul.

Zaxmiy og‘zida labing zikriyu ahvoli qatiq,


Jon yetib og‘zig‘a hol ustidadur xasta ko‘ngul.

G‘ussa tirnog‘i bilakim qilur atrofini resh,


Naqsh etar egma qoshing shaklini payvasta ko‘ngul.

G‘am yeman buzdi esa ko‘nglum uyinkim, qo‘ymas


Maxzani ishqini to bo‘lmasa shoyista ko‘ngul.

Tah-batah qon demakim, ikki yuzung shavqidin


Dard bog‘ida qilur lolavu guldasta ko‘ngul.

Ko‘nglung ar bo‘lmasa vobasta, tong ermas, ey shayx,


Bormu oxir bori olam aro vorasta ko‘ngul.

Zulmidin desa Navoiyki, qilay ishqin tark,


Man’ etib ichkaridin yolbarur ohista ko‘ngul.

378


Har kishi ko‘rsa qizil xoroda ul mahvash jamol,
Qon yoshim mavji aro qilg‘ay quyosh aksi xayol.

Novakin chekmangki, chirmalmish anga jon rishtasi


Kuch bila chiqmoq ne imkon resha berkitkan nihol,

Ul quyoshning markabi ko‘k tavsanidur ne ajab,


Gar rikob o‘lmoqqa bosh bir-birga yetkurgay hilol.

Nun boshinda shamra yanglig‘dur qoshing uzra girih


Oraz uzra nuqta mislidur uzoring uzra xol.

Go‘yiyo qilg‘ay shafaq birla quyoshtin rang hal,


Sun’ naqqoshi tasavvur qilsa chehrangdin misol.

Mayda soqiy aksini ko‘rgach egildim o‘pgali,


Bosh ko‘tarman emdi, ya’nikim topibmen infiol.

Ey Navoiy, o‘lgil andin burnakim, yetkay ajal


Kim, ajal yetkach o‘larga bermagay shoyad majol.

379


Qildi ovora meni xastani ovora ko‘ngul,
Xonumonimni qora qildi yuzi qora ko‘ngul.

Itlaring ollida yuz pora ko‘ngulni soldim,


Muna ko‘r, har birining og‘zida bir pora ko‘ngul.

Yor yuz pora qilib bordi hazin ko‘nglumni,


Hech o‘sonmay yana har lahza borur pora ko‘ngul.

Yosh to‘kar ko‘nglum aning vaslig‘a mayl aylasa ko‘z,


Qon yutar ko‘z, yuzini aylasa nazzora ko‘ngul.

Noz o‘qin jon bila jismimg‘a urub xud o‘ttung,


Boqki, qoldi boqibon yolbora-yolbora ko‘ngul.

Lu’bati dahr firebi bila boziy yemakim,


Bermadi kimsaga bu shohidi makkora ko‘ngul.

Ko‘ngli istarki, sinuq bo‘lsa Navoiy ko‘ngli,


Bo‘lmasun shisha ko‘ngul qasdida, vah, xora ko‘ngul.

380


Ne qoshu yuzdurur sanga, ey sun’i loyuzol,
Bir oy boshida ko‘rmadi hech kim iki hilol

Og‘zi so‘zin demakda beli yodima kelur,


Ore daqiq nukta aro yuz berur xayol.

Ko‘zu qoshing biaynih nargis boshinda nun,


Zulfung ayog‘ing ostida chun vard ayog‘i dol.

Xat lafzi kimki yozsa qo‘yar nuqta yuqori,


Mushkin xatingning ustida andoq ko‘rundi xol.

Sarsabz erur hamesha bu gulshanda sarvdek,


Ozodaeki bo‘lsa mizojida e’tidol.

Vasl istaram ayon qilibon ashk durlarin,


Soyil yetimlar yig‘ib etkan kebi savol.

Ul chobuk ollida boshin etti Navoiy go‘y,


Chavgon sarguzashtima basdur guvohi hol.

381


Yorab, ul oy husnin el fahmig‘a nomafhum qil,
Buyla mavjud etmasang, avval meni ma’dum qil.

Barcha yuzdin uylakim ko‘zumni mahrum aylading,


Barcha ko‘zni ul pariyvash yuzidin mahrum qil.

Bo‘lsa ishqimda qusure ko‘nglini mendin sovut,


Ishqim ar pok o‘lsa, toshdek ko‘nglin aning mum qil.

Qilsa zulm ul zolim elni qilmag‘il, yo rab, zabun,


Chun tazallumdur ishim doim meni mazlum qil.

To ko‘zum qutlug‘ yuzidin o‘zga sari tushmasun,


Har ne ko‘z ko‘rgay mening baxtimg‘a ani shum qil.

To tirikmen ishqi harfidur ichimda, ey rafiq,


O‘lsam oni-o‘q mazorim toshida marqum qil.

Demakim, bormu ekin mehrim Navoiy ko‘nglida,


Anda sensen, bir taammul aylabon ma’lum qil.

382


Bo‘ynumg‘a qayda qilg‘ay ul oy qo‘lini moyil
Kim, basdurur quloda it bo‘ynig‘a hamoyil.

Yuz xo‘b jilva qilsa bormas ko‘zumdin ul oy


Kim, zarra xayli bo‘lmas hargiz quyoshqa hoyil

Ulkim, kulub ko‘ziga surma chekar ne fikri?


Gar ko‘z yoshimdin o‘lg‘ay ko‘zning qorasi zoyil.

Noz etki sarvu gulda, bal insu jinda yo‘qtur


Bu husnu bu latofat, bu shaklu bu shamoyil.

Qil sig‘mas og‘zing ichra ko‘p nukta tong emaskim,


Nozukrak o‘ldi qildin har so‘zga bo‘lsa qoyil.

Bu shukr uchun karam qil, soyilg‘a, ey g‘aniykim,


Ermastur ul tavongar, sen xidmatida soyil.

Hijronda bexud istar o‘zni Navoiy, ey shayx,


Oyu yil ani usruk ko‘rsang, demaki, oyil.

383


Zulfini ochmish sabo yuziga chiqmish tobi mul,
Zulfu yuzi aksidin to‘nig‘a tushmish dolu gul.

Qon yutub ko‘nglum tilar har lahza ishqing dog‘ini,


Qursi limu istagandek ahli ishrat ichsa mul.

Par emas bulbulda, balkim otashin gul shavqidin


Gulxaniy devonadurkim, yuqmish a’zosig‘a kul.

Yuzu xoling o‘ti to dog‘ etti, bo‘lmish loladek


Ko‘hi g‘am tiyg‘i jafodin chok-chok o‘lg‘an ko‘ngul.

Borg‘usi garding falakka bodpolar sayridin,


Bodpoyingg‘a ne osig‘ atlasi aflok jul.

Gar binafsha xattinga qulluq qilurdin qochmadi,


El aro nevchun erur boshi quyi, bo‘ynida g‘ul.

Kirpik ermaskim Navoiy o‘tkay ul chobuk debon,


Ko‘z qora suyig‘a bog‘laptur qamishlar birla pul.

384


Ko‘nglung istar yorlar birla hamesha shod bo‘l,
Mendinu kimdinki, ko‘nglung istamas, ozod bo‘l.

Garchi sabrim uyi yanglig‘ aylading vayron meni


Doimo, yo rabki, husnung mulkidek obod bo‘l.

Men chekib anduh o‘lay, ey joni bo‘lsun ul Masih


Sovrul, ey charxi nigun, v-ey dahri dun, barbod bo‘l.

Bevafolar zulmu bedodig‘a ermassen harif,


Ey sinuq ko‘nglum, agar xud shisha, gar po‘lod bo‘l.

Tuttum o‘lmakdin tirilmak hajrida tengdur manga,


Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l.

Chekma boshkim emin ermassen xazon yag‘mosidin,


Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod bo‘l.

Ey Navoiy, olam ahlig‘a chu yo‘q ermish vafo,


Kelu mundin nari, bekaslik bila mu’tod bo‘l.

385


Qomatingg‘a har zamon yuz jilva, ey zebo nihol,
Notavon ko‘nglumga har bir jilvasidin o‘zga hol.

Evrulur ko‘nglumda ul chobuk xayoli har kecha,


Shu’laliq ko‘nglumni qildi charx fonusi xayol.

Bosh qo‘yay dedim oyog‘i tufrog‘ig‘a dedi: qo‘y


Bo‘sa istab la’li rangin so‘rdum ersa, dedi: ol.

G‘unchayi xandonki, derlar munfaildur og‘zidin,


Lek kulmak birla istar qilsa daf’i infiol.

Xattu xoli hasratidin oncha ashkim oqtikim,


Bir ko‘zum tutti g‘uboru bir ko‘zumga tushti xol.

Davr xam qildi qadingni, go‘shae tut, yo‘q aso,


Negakim, dard-o‘q bo‘lur zohir alif yondashsa dol.

Ey ko‘z, onsiz o‘zga yuz ko‘rmakni qilmishsen havas,


Hajr tiyg‘idin o‘yul, yoxud Navoiydin uyol.

386


Bog‘ mendek sarg‘arib, bulbul meningdek bo‘ldi lol,
Go‘yiyo mundoq bo‘lur bir guldin ayrilg‘ang‘a hol.

Yerdagi yofrog‘ g‘aribu xoksor ar bo‘lmasa,


Men kebi ne vajhdindur yuzi sarig‘, ashki ol?

Sug‘akim tushmish qizarg‘an barglar, ko‘rgan kishi


Ko‘z yoshim ichra bag‘ir pargolasi aylar xayol.

Shox Majnundurki, uryon bo‘lubon afg‘on qilur,


Barg Laylodurki, nilu igna birla qazdi xol.

Hajr aro ohimg‘a boqmay bordi, lekin shukr erur


Kim, xazonda sarvg‘a osib yetkurmas shamol.

Bu sarig‘ ruxsor uza har sari ashkim o‘xshashur


Bir xazonlig‘ bog‘ ichinda har taraf ravshan zulol.

Vasl angla ishq bog‘ining bahoridin nishon,


Hajr, bilgil gar tilar bo‘lsang, xazonidin misol.

Bu chaman ra’nolari sarkashlik etgandin ne sud


Kim, xazon torojidin emin emastur bir nihol.

Ey Navoiy, bu xazon o‘lg‘ay bahor ila badal,


Kelsa davlat gulbuni shahzodayi sohibjamol.

387


Sarvnozim, yo‘q ajab, gar ro‘zadin topmish malol
Kim, su ichmasdan topar pajmurdalig‘ nozuk nihol.

Yillar og‘zimkim qurutmishsen zuloli vasl uchun,


Bilding erkin shammaekim, sa’b erkandur bu hol

Kun tush o‘lmay ro‘zavu issig‘din ul oy qildi za’f,


Ne haroratdur quyosh, yo rabki, topqaysen zavol.

Ro‘za za’fidinki chiqmas uydin o‘lmish mohi nav,


Za’f ko‘rgilkim, to‘lun oyimni aylaptur hilol.

Ro‘za muhri sog‘inib dermenki, olsam tishlabon


Har qachon ko‘rsam aning shirin dudog‘i uzra xol.

Sharbatin dermen ezay jon shirasidin qil madad,


Zulmatingdin tiyralik, ey Xizru chashmangdin zulol.

Elga shom o‘lmish, Navoiyg‘a yuzungdin subh erur


Kim, sog‘insun ro‘za shomin, bor egach subhi visol.

388


Uyg‘onib subh uyqusidin mehr sham’in tor qil,
Ko‘z ochib harggo‘shadin bir fitnani bedor qil!

Ko‘zni afsunsoz etib jonbaxsh labdin nukta ayt,


Somiriy sihrin, Masiho mu’jizin izhor qil!

Ko‘z to‘la uyqu og‘irliq solmoq uchun qo‘l ochib,


Ul muhol ummid birla bizni minnatdor qil!

Sep qora yer uzra xob olud ko‘zga su urub,


Ko‘z yetarcha yerni ul su birla nargiszor qil!

Uyqudin ul gulni ko‘rmak gar murodim bo‘lmasa,


Ko‘zuma, yo rabki, har bir kiprigin bir xor qil!

Do‘st matlub ersa g‘aflat uyqusidin ko‘z ochib


Uchmoq ummidi, tomug‘ biymidin istig‘for qil!

Ey Navoiy, tushta ul oy dedikim, vasl istama!


Aks erur tush, sen talabni ulcha mumkin bor qil!

389


Ul mukahhal ko‘z jafosidin agar bo‘lsam qatil,
Surma toshidin yasab qabrim qo‘yung boshida mil.

La’li jon olg‘an dalili ulki, yo‘qtur elg‘a jon,


Buki elga jon bag‘ishlaydur, bu dag‘i bir dalil.

Rashkdin har sari ishqing dog‘in aylarmen nihon,


Bog‘labon marham diram har yon yoshurg‘andek baxil.

Yuzda yo‘llar shakli tutmish qon yoshimning xatlari,


Kelki, qilmish ko‘z xayoling xaylig‘a qonin sabil.

Orazingdin xay manga tomg‘aymu deb tufrog‘ men,


Ul kishi yanglig‘ki, bo‘lg‘ay obro‘ istab zalil.

Soqiyo, tut bir qadah maykim, eritgay toshni


Kim, g‘amu anduh g‘izosidin erur ko‘nglum saqil.

To ani ichkach, Navoiyg‘a ochilg‘ay gulsiton,


Gar sabuk ruhona kirsa o‘tqa andoqkim Xalil.

390


Qilg‘ali xil’atin ul sarvi gulandom qizil,
Qildi qon to‘kmak ila dahrni gulfom qizil.

La’li shavqi bila gar bo‘lsa ko‘ngul qon ne ajab


Kim, qizil may bila to‘lsa ko‘runur jom qizil.

Charx agar holima qon yig‘lamadi hajr tuni,


Nega bas bo‘ldi shafaqdin yuzi ul shom qizil.

Qildi qonlig‘ ko‘ngul ul zulf xayolin rangin,


Raqam etkan kebi shingarf bila lom qizil.

Gul sevarmenki, bu rang etkali xil’at ul sho‘x


Ranglar ichra berur ko‘ngluma orom qizil.

Husn sotma shafaqing rangidin, ey zoli sipehr


Kim, ani qo‘ymag‘usi gardishi ayyom qizil.

Komi dil garchi Navoiyg‘a mayi la’ling erur,


Bo‘lg‘usi chehrasi xunob ila nokom qizil.

391


Yo‘qturur olamda ahli ishqdek bechora el,
Hajr zulmi birla xonumonidin ovora el.

Ishq saylobi jafosi birla hijron tiyg‘idin


Xotiri vayron jamoat, ko‘ngli yuz ming pora el.

Chiqsang uydin telba bo‘lmoq olam ahli ne ajab


Ko‘rmamish hargiz chu sendek bir pariy ruxsora el.

Anglakim, ovora bo‘lg‘anlardur ul oy ishqidin


Hajr sahrosida ko‘rsang tog‘u vodiy ora el.

O‘rtab, ey hijron, meni dudumni qil ko‘yida miyg‘,


To ul oy husnig‘a aylay olmag‘ay nazzora el.

Chun qazo tag‘yir topmas komi ozlig‘din, gila


Mahz nohamvorlig‘dur aylamak hamvora el.

Ey Navoiy fitna yog‘dursa ul oy ishq ahlig‘a,


Osmondin harnekim kelsa ne qilg‘ay chora el?

392


Kecha bordi yoru andin qolmadi giryon ko‘ngul,
Ollida mash’al sog‘indim bor emish so‘zon ko‘ngul.

Ul sifatkim, g‘unchaning tab’ida bo‘lg‘ay gul nihon,


Orazing naqshin ichinda aylamish pinhon ko‘ngul.

Topmas erdim ko‘yida istab, agar xud zaxmidin


To‘kmasa erdi qayon azm aylagandin qon ko‘ngul.

G‘unchayi ummid agar la’lingdin uzman, ayb emas


Kim kishiga jonidin uzmak emas oson ko‘ngul.

Hajr aro jonlar berib chunkim qo‘shuldi yorig‘a,


Ey rafiq, ayrilmoq andin emdi ne imkon ko‘ngul.

Bir nasihat qilg‘um, ey ishq ahli, aylang istimo’,


Solmangiz har sori ko‘z, to bo‘lmasun har yon ko‘ngul.

Ey Navoiy, yordin tushmak yiroq imkon emas,


Ko‘yidin chun ixtiyor etmas dame hijron ko‘ngul.


Download 1.79 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Download 1.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



LOM HARFINING LU’BATLARINING LATOYIFI «G‘AROYIB»DIN

Download 1.79 Mb.