G‘AZALLAR ALIF HARFINING OFATLARINING IBTIDOSI «G‘AROYIB»DIN




Download 1.79 Mb.
bet3/50
Sana17.07.2023
Hajmi1.79 Mb.
#76857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Талабнома намунаси, Asosiy qism, 1.11..2021 буйруқлар (2), MUZAFFAR, 8 mavzuu, Qolgan mavzular, 27, 1-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishnin, 6 Laboratoriya mashg`uloti .Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash, Abdulla Oripov. Haj daftari (cyr), Abdulla Oripov. Saylanma, Abdulla Qahhor. Og‘riq tishlar (komediya) (cyr), Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoyalar) (cyr), Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar (roman) (cyr), Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
G‘AZALLAR


ALIF HARFINING OFATLARINING IBTIDOSI «G‘AROYIB»DIN

1

Ashraqat min aksi shamsil-ka’si anvorul-hudo,


«Yor aksin mayda ko‘r» deb, jomdin chiqti sado.

G‘ayr naqshidin ko‘ngul jomida bo‘lsa zangi g‘am,


Yo‘qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g‘amzudo.

Ey, xush ul maykim, anga zarf o‘lsa bir sing‘an safol,


Jom o‘lur getiynamo, Jamshid, ani ichkan gado.

Jomu may gar buyladur, ul jom uchun qilmoq bo‘lur,


Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.

Dayr aro hush ahli rasvo bo‘lg‘ali, ey mug‘bacha,


Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.

Toki ul maydin ko‘ngul jomida bo‘lg‘ach jilvagar


Chehrai maqsudi mahv o‘lg‘ay ham ul dam moado.

Vahdate bo‘lg‘ay muyassar may bila jom ichrakim,


Jomu may lafzin degan bir ism ila qilg‘ay ado.

Sen gumon qilg‘andin o‘zga jomu may mavjud erur.


Bilmayin nafy etma bu mayxona ahlin, zohido.

Tashnalab o‘lma, Navoiy, chun azal soqiysidin


«Ishrabu, yo ayyuhal-atshon» kelur har dam nido.
2

Zihe husnung zuhuridin tushub har kimga bir savdo,


Bu savdolar bila kavnayi bozorida yuz g‘avg‘o.

Seni topmoq base mushkildurur, topmaslig‘ osonkim,


Erur paydolig‘ing pinhon, vale pinhonlig‘ing paydo.

Chaman otashgahiga otashin guldin chu o‘t solding,


Samandardek ul o‘tdin kulga botti bulbuli shaydo.

Ne ishka bo‘ldi beorom ko‘zgu aksidek Majnun,


Yuzi ko‘zgusida aksini gar ko‘rguzmadi Laylo.

Quyoshqa gah qizarmoq, gohe sarg‘armoq erur andin


Ki, sun’ung bog‘ida bor ul sifat yuz ming guli ra’no.

Nedin yuz gul ochar ishq o‘tidin bulbul kabi Vomiq,


Vomiq Yuzingdin gar uzori bog‘ida gul ochmadi Azro.

Kalomingni agar Shirin labida qilmading muzmar


Nedin bas la’l o‘lur Farhodning qon yoshidin xoro.

Jamoling partavidin sham’ o‘ti gar gulsiton ermas,


Nedin parvona o‘t ichra o‘zin solur Xaliloso.

Malohat birla tuzdung sarvqadlar qomatin, ya’ni


Ki, mundoq zeb birla ul alifni aylading zebo.

Qanoatning dalilin inzivo qilding yana bir ham


Dalil ushbuki qoni’ harfidin xalq aylading anqo.

Navoiy qaysi til birla sening hamding bayon qilsun,


Tikan jannat guli vasfin qilurda gung erur go‘yo.
3

Ey, safhayi ruxsoring azal xattidin insho,


Debochayi husnungda abad nuqtasi tug‘ro.

Zarrot aro har zarraki bor, zikringa zokir,


Amtor aro har qatraki, bor, hamdinga go‘yo.

Mashshotayi sun’ungdurur ulkim, nafas ichra


Kun ko‘zgusin aqshom kulidin qildi mujallo.

Kun shakli yuzing sajdasidin bo‘ldi mushakkal,


Tun turrasi qahring yelidin bo‘ldi mutarro.

Sun’ung qilibon subhni ul nav’ musha’bid


Kim, mehr o‘tin og‘zidin etar har nafas ifsho.

Go‘yoki kuyar og‘zi ul o‘t hirqatidinkim,


Anjumdin o‘lur obilalar girdida paydo.

Muhtoj sening dargahinga xusravu darvesh.


Parvarda sening ne’matinga johilu dono.

Gul yuzida bulbul sening asroringa notiq,


Sham’ o‘tida parvona sening husnungga shaydo.

Ushshoq aro, yo rabki, Navoiyg‘a maqome


Bergilki, sening hamdinga bo‘lsun tili go‘yo.
4

Ey hamd o‘lub mahol fasohat bilan sanga,


Andoqki, qurb taqvovu toat bilan sanga.

Topmoq ajib fikru tahayyul bila seni,


Yetmak mahol aqlu farosat bilan sanga.

Chun koyinot zubdasi ojiz ko‘rub o‘zin,


Hamd ayta olmas oncha balog‘at bilan sanga.

Izhori ajz bizdin adab tarkidur, base


Yuz ming qusuru nuqsu kasofat bilan sanga.

Har tiyra ro‘zgorki, vaslingg‘a yo‘l topib


Sendin, yetib charog‘i hidoyat bilan sanga.

Lutfung rafiqim o‘lmasa ne hadki yetkamen


Boshdin ayog‘ gunohu zalolat bilan sanga.

Lutf aylagilki mumkin emas qilmasang qabul,


Yetmak tamomi umr ibodat bilan sanga.

Chun sendin o‘zga yo‘q panahim qochmayin netay


Jurmu gunahdin ohu nadomat bilan sanga.

Isyoni ko‘p Navoiyningu yo‘q uyotikim,


Istar yetishsa muncha xijolat bilan sanga.
5

Iloho, podshoho, kirdigoro,


Sanga ochug‘ nihonu oshkoro.

Sabur ismi bila qilsang tajalliy,


Qilib Namrudg‘a yuz ming mudoro.

Qachonkim zohir etsang «tanzi’-ul-mulk»,


Sikandarning bo‘lub mag‘lubi Doro.

Yo‘lung muhlik toshi yoquti ahmar,


Eshiging tiyra gardi mushki soro.

Suho bo‘lsa shabistoningda toli’,


Bo‘lub nuri quyoshdek olamoro.

Navoiy nafs zulmotig‘a qolmish,


Sen o‘lmay Xizri rah chiqmoq ne, yoro?!

Qiyomatda gunohin afv etarga


Rasulingni shafi’ et, kirdgoro.
6

Ey, nubuvvat xaylig‘a xotam baniy Odam aro,


Gar alar xotam, sen ul otkim, erur xotam aro.

Yuz eshiging tufrog‘ig‘a surta olg‘aymenmu deb,


Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro.

Anjum ichra orazing me’roj shomi uylakim,


Tushsa durri shabcharog‘e har taraf shabnam aro.

Ne uchun kiymish qora haryon solib jaybig‘a chok,


Furqatingdin Ka’ba gar qolmaydurur motam aro,

Sof ko‘nglida yuzung mehrini go‘yo asramish,


Tush chog‘i har kun quyosh aksi emas Zamzam aro.

Mash’ale bo‘lmish malak ilgida ravzang boshig‘a,


Oy charog‘i kechalar bu nilgun toram aro.

Qum emas Bathodakim, mehri jamoling hajridin


Zarra-zarra jismi bir-birdin to‘kuldi g‘am aro

Yo‘l emas, Yasribda yirtibdur yuzin tirnog‘ ila


Maqdaming to yetmadi ul vodiyi xurram aro.

Itlaring maxsusu mahzundur Navoiy, koshki


Kirsa bu mahrum ham ul zumrayi mahram aro.
7

Zihe javlongahing aflok uza maydoni «av adno»,


Buroqingg‘a to‘quz gunbad bu to‘qquz gunbadi xazro.

Qilib chun xay gulobi mayl na’layning, bo‘lub andin


Malak ra’nolarining jabhasig‘a charx sandalso.

Esib rahmat nasimi chun damodam sunbulung sari,


Bo‘lub ruhoniylar jaybi labolab anbari soro.

Falak qolib buroqingdin, emas vasfi falaksur’at,


Qamar yorub jamolingdin, emas na’ting qamarsiymo.

Yuzungdin anjum, anjumdin quyosh nur iktisob aylab


Aningdekkim, quyoshdin oyu oydin qiyrgun g‘abro.

Falak vodiylari qat’ig‘a azming chun surub markab,


Xirad paykiga ham avval qadamda ranj o‘lub paydo.

Rafiqing toyir andoqkim Sulaymon ollida hudhud,


Buroqing soyir anjum shohi ustinda sipehroso.

Qilib bu sayr aro ma’shuq vasli ko‘yida manzil,


Tilab sargashta ushshoqig‘a ham rahmat uyin ma’vo.

Navoiy xush ko‘rar olamni oting zikridin, yo‘qsa,


Anga do‘zax aro o‘tdekdurur dunyovu mo fiho.
8

Har gadokim, bo‘ryoyi faqr erur kisvat anga,


Saltanat zarbaftidin hojat emas xil’at anga.

Kim fano tufrog‘ig‘a yotib qo‘yar tosh uzra bosh,


Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga.

Shah yurub olam ochar, darvesh olamdin qochar;


Ham o‘zung insof bergilkim, bu ne nisbat anga

Har ne, shah maqsudidur, darveshning mardudidur!


Ko‘r ne himmatdur munga, ne nav’ erur holat anga.

Faqr ko‘yi tufrog‘in shah mulkiga bermas faqir,


Mulk ko‘rkim, teng emas tufrog‘ ila qiymat anga.

Shah sipah cheksa, faqir ahvolig‘a yetmas futur,


Bu vale chekkach nafas, barbod o‘lur hashmat anga.

Shah emastur bir nafas osuda do‘zax vahmidin,


Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga.

Shahg‘a sidq ahli damidin mash’ali davlat yorur,


Mehrdekkim, subh anfosi ochar tal’at anga.

Shohg‘a shahlig‘ musallamdur, agar bo‘lg‘ay mudom,


Shohlig‘ tarkin qilib, darvesh o‘lur niyyat anga.

Mumkin ermas shahlar ichra buyla niyatlig‘, magar


Shohi G‘oziykim, muyassar bo‘ldi bu davlat anga.

Shohlar darveshiyu darveshlar shohiki, bor


Shohlig‘ suvrat anga, darveshlik siyrat anga.

To shahu darvesh bo‘lg‘ay aylagil, yo rab, ayon,


Shohdin xidmat munga, darveshdin himmat anga.

Gar Navoiy so‘z uzatti faqrdin ermas demang,


Bo‘lmag‘uncha hukm shahdin qayda bu jur’at anga?!
9

Ul parivashkim, bo‘lubmen zoru sargardon anga,


Ishqidin olam menga hayronu men hayron anga.

O‘qlaringdin dambadam taskin topar ko‘nglum o‘ti,


Bordurur bir qatra su go‘yoki har paykon anga.

Bir dilovardur ko‘ngulkim, g‘am sipohi qalbida,


Ohi novak, toza dog‘idur qizil qalqon anga.

Novakining parru paykonida rangin tus erur


Yoki ko‘nglumdin chu parron o‘tti yuqmish qon anga.

Nomai shavqum ne nav’ ul oyg‘a yetkay, chunki men


El otin o‘qur hasaddin yozmadim unvon anga.

Xizri xattingning ajab yo‘q sabzu xurram bo‘lmog‘i,


Labbalab chunkim berur su chashmayi hayvon anga.

Ey xusho, mug‘ ko‘yikim, rif’at bila ziynatda bor


Mehr anga bir shamsavu ko‘k toqidur ayvon anga.

Istamish bulbul vafo guldin magarkim joladin


Bag‘ri qotmish g‘unchaning, baskim erur xandon anga.

Qilmamish jonin fido jonong‘a yetmas der emish,


Ey Navoiy, ushbu so‘z birla fido yuz jon anga
10

Sinsa ko‘nglumda o‘qung surtub isig‘ qondin anga,


Pay masallik chirmag‘aymen rishtayi jondin anga.

Bodayi la’ling mizoji ruhparvardur base,


Go‘yiyo mamzuj etibsen obi hayvondin anga.

O‘qi ko‘nglum shu’lasin gah sokin etti, goh tez,


Gah o‘tun bo‘ldi, gahe su urdu paykondin anga.

Dardu g‘am bo‘stonining tovusidur ko‘nglum qushi,


Gul bo‘lub jismimda keskan na’l har yondin anga.

Ne kabutar yeta olur ul quyoshqa, ne nasim,


Ey ko‘ngul, holingni e’lom ayla afg‘ondin anga.

Ko‘zga to kirmish xayoling sovug‘ ohim vahmidin,


Bog‘lamish men qo‘re har sori mujgondin anga.

Ey Navoiy, yig‘lamoq ohimg‘a taskin bermadi,


Vah, bu ne o‘tdurki, yo‘q ta’sir to‘fondin anga.
11

Vahki ishqing zohir etsam vahm erur o‘lmak manga,


Gar nihon tutsam dag‘i jon xavfidur beshak manga.

Kelgan ermish ul Masih o‘lganlarin tirguzgali,


Men tirig, vah, yaxshiroq bu umrdin o‘lmak manga.

Juzv-juzvumni, fig‘onkim, munfak etti tiyg‘i hajr


Bir-biridin lek o‘zidur juzvi loyanfak manga.

Ko‘nglum o‘tidin yig‘och kuldur, bashok bir qatra su.


Nogah ul sho‘xi jafokesh otsa bir novak manga.

Oltun ezinib-erib kuygan «soyu» xolis bo‘lur,


Ne ajab sarg‘arsa yuz, yetkan soyu emgak manga.

Chok aylarmen yoqa ul qoshi yoni ko‘rgach-o‘q,


Kim xadangin otsa hoyil bo‘lmag‘ay ko‘nglak manga.

Boda hajridin oqarmish ko‘zlarim, ey piri dayr,


Aylagil may shishasidin sindurub aynak manga,

Sarsari hijron, vujudum xirmanin andoq sovur


Kim, fano yo‘lida sarsar bo‘lmasun hamtak manga.

Ey Navoiy, gar manga ko‘prak emas ummidi vasl,


Bas nag‘u ushshoqidin javri erur ko‘prak manga.
12

Garchi hajringdin erur yuz g‘amu ozor manga,


G‘am emas vaslingga ummid agar bor manga.

Bir buzug‘ uzra junun qushlari qo‘ng‘an kebidur,


Toshkim, yog‘durur ul sho‘xi sitamgor manga.

Zohid uchmog‘ni etar vasfu men ul oy ko‘yin,


Gulshani xuld anga, ul gulli ruxsor manga.

Telba andog‘ki pariy jilvasidin oldarag‘ay,


O‘t solur har taraf ul turfa namudor manga.

Baski qonimni yalarlar, adadi ko‘p yaradin,


Itlarin qildi muloyim tani afgor manga.

Ko‘nglum istar yana maqsud jamoli aksin,


Soqiyo, tut qadahi oyinakirdor manga.

Subha torini yig‘, ey shayxki, bir lahza burun


Taqtilar mug‘bachalar rishtayi zunnor manga.

Solg‘il, ey ishq, vujudumg‘a fano o‘tinikim,


Yopti maqsud yuzin pardayi pindor manga.

Chun vafo ahli zamon zotida yo‘qtur, ne ajab,


Har zamon qilsa jafo ul buti ayyor manga.

G‘arazim bir necha kun shohidu maydur, yo‘q esa,


Ey Navoiy, bu fano dayrida ne bor manga?
13

Ul malohat ganji hajrida buzug‘ maskan manga,


Uyladurkim, jondin ayru yuz yaralig‘ tan manga.

Mehr ila mah partavidin ko‘zni ravshan qilmadim,


Bo‘lg‘ali mehri ruhung mohiyyati ravshan manga.

Bo‘ldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin ko‘ngul,


Jon qushi chiqmoqqa bir yo‘l angla har ravzan manga.

Men o‘larmen g‘amdinu, yig‘lab kuyub boshimda sham’


Dudidin chirmab qora har tun tutar shevan manga.

Rahm etib holimg‘a dushman do‘st bo‘lmoq, vah, ne sud.


Do‘st chun rahm aylamay bo‘lmishturur dushman manga.

G‘am tuni zulmida xandon bo‘lmadi holimg‘a subh,


Subhdek ne tongki, bo‘lg‘ay chok pirohan manga.

Ey Navoiy, ishq mushkil deb nechuk tarkin tutay,


Elga gar bu ish hunar bo‘lsa, bo‘luptur fan manga.
14

Shahr bir oy furqatidin bayt ul-ahzondur manga,


Bir guli ra’no g‘amidin bog‘ zindondur manga.

Bazmi ishrat ichra siz may no‘sh eting, ey do‘stlar


Kim, nasib ul la’li lab hijronidin qondur manga.

Chiqti ahlu fahm ila sabru ko‘ngul tan mulkidin,


Chiqmayin har lahza zahmat berguchi jondur manga.

O‘qi baskim tandadur, tegmas tanimg‘a o‘zga zaxm,


Ulki o‘q deb nola qildim, emdi qalqondur manga.

Uyla rasvomenki, ko‘yu ko‘chada holim ko‘rub,


Ba’zi el giryonu ba’zi xalq xandondur manga.

Hajridin bag‘rim sudur, ul su aro bolig‘ kebi,


Dardu mehnat o‘qidin bir necha paykondur manga.

Hur mujgonin agar surtay desa qilman qabul


Kim, ayog‘da orzu xori mug‘iylondur manga.

May ichib toatni favt etmangki ul o‘t tobidin,


Necha boqsam bahra holo dag‘i hirmondur manga.

Ey Navoiy, xalq der: jon beru yo kech ishqidin,


Garchi bu dushvor erur, lekin ul osondur manga.
15

Menmudur menkim sening vasling muyassardur manga,


Baxti gumrahdin qachon bu qissa bovardur manga.

Haq tanuqturkim, tiriklikdin manga sensen murod,


Yo‘qsa olamning yo‘qi-bori barobardur manga.

Ey ko‘ngul, g‘avvosi bahri vasl o‘lubmen, ne ajab,


Gar nasib emdi o‘shul pokiza gavhardur manga.

Ne uchun bazmi visol nchinda ichmay bodakim,


Ko‘ziyu og‘zi bugun bodomu shakkardur manga.

Oyu xurshidingni yig‘, ey charxi gardunkim, bu dam


Hamdam ul oy chehralig xurshidpaykardur manga.

Sarvni o‘rtab, sumanni yelga ber, ey bog‘bon


Kim, bugun hamsuhbat ul sarvi sumanbardur manga.

Qo‘rqaram hirmon sahobin yopmag‘ay fahm etsa charx


Kim, shabiston mehr sham’idin munavvardur manga.

Ey Navoiy, hech bilmonkim topibmen vaslini,


Yo magarkim jumlayi olam musaxxardur manga.
16

Ko‘rgali husnungni zoru mubtalo bo‘ldum sanga,


Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko‘ngul,


Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga.

Men qachon dedim vafo qilg‘il, manga zulm aylading,


Sen qachon deding fido bo‘lg‘il manga, bo‘ldum sanga.

Qay pari paykarg‘a-dersen-telba bo‘ldung bu sifat,


Ey pariypaykar, ne qilsang qil manga, bo‘ldum sanga.

Ey ko‘ngul, tarki nasihat ayladim avvora bo‘l,


Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,


Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.

G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,


To Navoiydek asiru benavo bo‘ldum sanga.
17

Qahring o‘lsa, barcha ishimdin malolatdur sanga,


Lutfung o‘lsa, yuz meningdekdin farog‘atdur sanga.

Ey meni sargashtadin gah forig‘u gohi malul,


Qahring ul, lutfung bu, yorabkim, ne odatdur sanga?

Lutfung ozi jon olur, qahring ko‘pi ham o‘lturur,


Bul’ajab holedurur, oyo ne holatdur sanga.

Pand eshitmay sevding ani, ey ko‘ngul, chek dardu ranj,


Ozdurur har lahza gar yuz muncha ofatdur sanga.

Vahm et ohim o‘tidin, ey gulki, davron bog‘ida


Ko‘z yoshimdin bu qadar lutfu tarovatdur sanga.

Ey quyosh, mehr ahlini kuydurma bu vodiydakim,


Garmravlar ohidin muncha haroratdur sanga.

Ey Navoiy, istama vasl ul quyoshdin zarradek,


Chun necha ul qilsa istig‘no, haqoratdur sanga.
18

Ey alifdek qomating mayli buzulg‘an jon aro


Ganji husnung javhari bu xotiri vayron aro.

Kulmaging ichra malohat uyladurkim, sho‘xlar


O‘ynamoqdin yuz yoshururlar guli xandon aro.

Gar kalomingni Masih anfosi dedim, ey habib,


Ayb qilmakim, g‘alat gohe tushar Qur’on aro.

O‘qlaringdin jon toparmen, go‘yiyo paykonlari


Su icharda g‘o‘ta topmish chashmayi hayvon aro.

Xasta ko‘nglum ohi ko‘nglungga dedim qilg‘ay asar,


Qayda o‘ltursun vale bemor o‘qi sandon aro.

Boshta gavhar go‘yining fikridin ortar dardisar


Kimki, kechti boshidin go‘y urdi bu maydon aro.

Uyki, adno tebranur sokinga xotir jam’ emas,


Ne ajab, gar amn yo‘qtur gunbadi gardon aro.

La’ling olg‘an ko‘nglum ahvolin munajjim chun ko‘rar,


Aytur ul avvora bo‘lg‘an g‘oyibingdur qon aro.

Ey Navoiy, ishq dardi ko‘rgan el ko‘nglin buzar,


Har xaroshekim, unung zohir qilur afg‘on aro.
19

Kimki ko‘rsa mushki nob ul sunbuli serob aro,


Bir qora tufrog‘ degaykim tushti mushki nob aro.

Qoshing ichra rishtayi jonimg‘a chirmang‘an ko‘ngul,


Ankabutedurki, aylabdur vatan mehrob aro.

Ul quyoshdin ayru ashkim yomg‘urining barqidur,


O‘t tutashqan rishta yanglig‘ jismi pechu tob aro.

Ul labi unnobgun ko‘nglumga ekkan tuxmi mehr,


Ko‘nglum ichra yoshurundur donadek unnob aro.

Uyqu saydi qasdig‘a otqan toshingdindur nishon,


Ko‘z qorasi demagil bu diydayi bexob aro.

Charxi doyir bahridin el tutmasun sohil umid,


Kim qutulmas har kishikim, tushti bu girdob aro.

Gar Navoiy yodini qilmoq habib imkon emas,


Basdurur mazkur ham bo‘lsa gahe ahbob aro.
20

Zavraq ichra ul quyosh sayr aylamag Jayhun aro,


Axtari sa’de hilol ichra kezar gardun aro.

Anglamon Jayhunda ul oy kema birla sayr etar


Yo hilolu mehr aksin el ko‘rar Jayhun aro.

Kemadin har dam chiqib rangin su ko‘zum qonidek,


Anda yor andoqki mardum diydayi purxun aro.

Borg‘il, ey Majnunki, ul oy zavraqidek tez emas,


Jungkim Laylo amoriysin chekar homun aro.

Olma xum girdobidin bir lahza sog‘ar zavraqin,


Bahri g‘amdni istasang maxlas bu dahri dun aro.

Bahr mavjidin mushavvash bo‘lmasun deb xotiring,


Mavj urar yuz bahri g‘am bu xotiri mahzun aro.

Dur bo‘lur bahr ichra pinhon, nazmidin shah madhida


Bahr yoshurmish Navoiy har duri maknun aro.
21

Ming zaxm urdi xanjari ishqing bu tan aro,


Bu tanni hajr tashladi yuz ming tikan aro.

Lek ul tikanlar ichra xayoling bila ko‘ngul


O‘ynar magar gul uzrayu ag‘nar suman aro.

Jism o‘yidin ko‘ngul tilar ul ko‘yni, valek


G‘urbat suubatin kishi bilmas vatan aro.

Ermas uchug‘ labingdaki ul yuz Suhaylidin


Rang olmadi bu qatra aqiqi Yaman aro.

Jonim labing shahidi ekanga tonug‘ durur


Har ol rishta qong‘a bo‘yalg‘an kafan aro.

Bulbul ne kuymasunki, bir o‘t yoqti qasdig‘a


Har otashin gul ushbu vafosiz chaman aro.

Ko‘rdung Navoiy ul sari zulf uzra yuz shikan,


Ko‘r emdi yuz shikasta ko‘ngul har shikan aro.
22

Ikki barmog‘ birla tuttum la’lin ul ruxsor aro,


Uylakim bulbul tutar gul yafrog‘in minqor aro.

Xatda ruxsoring su erkinmu yoshung‘an sabzada,


Yo‘qsa ko‘zgudurki, qolmish har taraf zangor aro.

Ko‘hi g‘am tortarg‘a xasdek jism ila bel bog‘ladim,


Ostig‘a qolmishmen andog‘kim samon devor aro.

May dema qushlar qanotining yelidin bo‘lg‘usi


Naxli qadding moyil o‘lmoq har taraf raftor aro.

Shakkari la’li xayolidin sarosar mo‘rdurur.


Sochida ermas tugun uzra tugun har tor aro.

Kofiri ishq o‘lg‘an avlo demasa iymon so‘zin,


Xo‘b emas tasbih tori rishtayi zunnor aro.

Vusma uzra zarvaraqliq ikki qoshing yuz uza,


Jilvagar bo‘lg‘an iki tovus erur gulzor aro.

Qomatim gullar ochilg‘an bir tikan shoxi durur,


To‘lg‘ali paykonlaring qonlig‘ tani afgor aro.

Gulshan ichra chun butar gul, sho‘ra yerdin sho‘razor,


G‘ayri g‘adr ahli ne bo‘lg‘ay olami g‘addor aro.

Davr eli bedodidin gar maxlas istarsen, mudom


Kup ayog‘idin bosh olma kulbayi xammor aro.

Haq tilar bo‘lsang Navoiy silk dunyodin etak,


Ishqing o‘lsa pok, o‘zni qo‘yma bu murdor aro.
23

Ko‘nglum o‘rtansun agar g‘ayringg‘a parvo aylasa,


Har ko‘ngul hamkim sening shavqungni paydo aylasa.

Har kishi vaslin tamanno aylasam navmid o‘lay,


Har kishi hamkim sening vasling tamanno aylasa.

O‘zgalar husnin tamosho aylasam chiqsun ko‘zum,


O‘zga bir ko‘z hamki husnungni tamosho aylasa.

G‘ayr zikrin oshkoro qilsa lol o‘lsun tilim,


Qaysi bir til hamki zikring oshkoro aylasa.

Rashkdin jonimg‘a har nargis ko‘zi bir shu’ladur,


Bog‘ aro nogax xirom ul sarvi ra’no aylasa.

Yo‘q og‘izdin nukta aytur mahvashimdek bo‘lmag‘ay,


Gar quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa.

Ofiyat jonimg‘a yetti, ey xush ul mug‘kim, meni


Bir qadah birla xarobot ichra rasvo aylasa.

Kelturung daf’i jununumg‘a pariyxon, yo‘q tabib


Kim ul ansabdur pari har kimni shaydo aylasa.

Subhdek bir damda gardun qo‘ymag‘ay osorini,


Nogah ahli sidq ko‘ngli mehrin ifsho aylasa.

Dahr sho‘xig‘a, Navoiy, sayd bo‘lma nechakim,


Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa.
24

Erur ishq ahli go‘ristoniyu yuz ming mazor anda,


Fano shahriyu lavhu miyldin toqu manor anda.

Ajab shahreki uy go‘r o‘lg‘ayu sukkoni jonsiz tan,


Muoshir motamiylar, navha ahli nag‘magor anda.

Ko‘ngullar toza-toza dog‘ ila qon ichra aylang‘an,


Ko‘rarsen loladin gah-gah guzar qilsang bahor anda.

Giyoh ermaski ishq ahli shahidi bag‘rig‘a qong‘on,


Bo‘luptur barcha zahrolud nishtar oshkor anda.

Magar tavsan minib, sanchib etak, tortib qilich har dam,


Ulus qatlig‘a javlon qilmish ul chobuksuvor anda.

Bu o‘lganlarga umri Xizr bergay, gar yana nogah,


Masihim obi hayvon yanglig‘ etsa bir guzor anda.

Ko‘runglar ishq dashtinkim, nasimu loladin har yon,


Gahe jonbaxsh salqindur, gahe muhlik sharor anda.

Erur ishq oyatekim, nuqtasining donasin ko‘rgach,


Tushar arvohi qudsiy qushlari beixtiyor anda.

Navoiy, dayr aro kir, gar fano jomi tilar ko‘nglung,


Riyodur xonaqah ahlida, borma zinhor anda!
25

Dog‘larkim, qo‘ydum ul oy furqati ozorida,


Dudi har birning erur dog‘e falak ruxsorida.

Za’fim ichra qasri tomig‘a tayang‘andekdurur,


Har somon ko‘rsang yopushqan ko‘yining devorida.

Bir musulmong‘a erur din qasdi etkandin hisob


Har tugunkim, ko‘rsang ul kofir sochi zunnorida.

Gulshan ichra ko‘p binafshangdin dema, ey bog‘bon,


Nil ila, ko‘r, xollar har yon yuzi gulzorida.

Qo‘ydi gulgun muhrlar jon pardasida qon ila,


Vahki, solur muhri, yo gulmu ekin dastorida.

Tang‘a jon kirgan kebi jononni yetkur, ey tabib,


Emdikim, jondin ramaq zohir emas bemorida.

Vahki, bir qotilg‘a oshiqmenki jonning biymi bor,


Ishqining joy ichra ham ixfosi, ham izhorida.

Topmasang davr ahlidin mehru vafo, ayb etmakim,


Butmamish bu meva davron bog‘ining ashjorida.

Ey Navoiy, aqlu din yag‘mo qilur davron mayi,


Chiq ravon bu bazmdin filjumla hushung borida.
26

Ey ko‘ngul, gar kimsa ahvolim demas yor ollida,


Xotirim kimdin malul o‘lsun, kimim bor ollida?!

Ul ko‘z ollida halokim desalar, yo‘q bok hech,


Garchi o‘lmakdin demak yo‘q shart bemor ollida.

Ne jafokashmen ko‘rungkim, bor anga qilmoq jafo,


So‘z vafodin zohir etsam ul jafokor ollida.

Ollig‘a gullarki, sanchibdur, mushobihdur anga


Kim, tushar gohe mulavvan muhr dastor ollida.

Ko‘zlaring qonim g‘izo qilsun agar yolg‘on desam,


Bir qoshuq qonim bihil ul ikki xunxor ollida.

May berur bo‘lsang manga dayr ichra ber, ey mug‘bacha


Kim, qo‘yay boshimni qo‘ysam piri xammor ollida.

Ey Navoiy, er esang dunyo arusin qil taloq,


Bir yo‘li bo‘lma zabun bu zoli makkor ollida.
27

Dahr elidin naf’ agar yo‘qtur, zarar ham bo‘lmasa,


Marham ar yo‘qtur, ko‘ngulga nishtar ham bo‘lmasa.

Olam ahlidin agar yo‘qtur jigargun sog‘are,


Koshki yuz ming qadah xuni jigar ham bo‘lmasa.

Mahvashekim bo‘lmag‘ay vaslidin ummidi hayot,


Xushtururkim jong‘a hajridin xatar ham bo‘lmasa.

Bedilekim, bexabar tushkay birov hijronig‘a,


Ne balodur gah-gahe andin xabar ham bo‘lmasa.

Soqiyo, netkay meni ul nav’ qilsang mastkim,


Aqlu hushumdin nishon, balkim asar ham bo‘lmasa

Kim, tuzay mastona Shohi G‘oziy avsofida savt,


Bu ko‘ngul gar bo‘lsa o‘z holida, gar ham bo‘lmasa.

Ey, Navoiy, sen chekarsen oh, lekin yaxshidur


Ul pariyning zulfi bu yel birla darham bo‘lmasa.
28

Ne xush bo‘lg‘ay ikovlan mast bo‘lsaq vasl bog‘inda,


Qo‘lum bo‘lsa aning bo‘ynidavu og‘zim qulog‘inda.

Dame vasl ichra volalig‘ bila ruxsorim egnida,


Yana bir dam niyozu ajz ila boshim ayog‘inda.

Tutub gohe zanaxdonin mukarrar aylasam bot-bot,


Ko‘rub gullar ochilg‘an bodadin ruxsori bog‘inda.

Shimib yutsam gahe hayvon suyidek zavqdin ko‘rgach,


Tarashshuh bodadin gul yafrog‘i yanglig‘ dudog‘inda.

Gahe ko‘z surtarimda, yo‘qsa har yon shodlig‘ ashkim,


Gul uzra qatra shabnamlar kebi siymin saqog‘inda.

Gahe bexudlug‘umdin seskanib tutsam adab rasmi


Beliga chirmashurda shavqning ifroti chog‘inda.

Ne kelsa tongla kelsun, bir tun usruk yotsa ham xushtur


Kishi gul chog‘i bir gul xirmanin tortib quchog‘inda.

Qachon davron manga bir buyla ishratni ravo ko‘rgay


Ki, o‘rgatmish meni o‘rtarga hijron dardu dog‘inda.

Navoiy, sen kimu ishrat mayi bilmasmusenkim, it


Agar qon ichsa ham boshi keraktur o‘z yalog‘inda.
29

Yor tutar ko‘nglumda gardundin judo bo‘lg‘an balo,


Jondadur devona ko‘nglumdin xato bo‘lg‘an balo.

Istamankim, ishq mendin o‘zgani qilg‘ay asir,


Hech kishiga bo‘lmasun, yo rab, manga bo‘lg‘an balo.

Shod yuzlanmang balolar bizgakim bo‘lmas xalos,


Bu ko‘ngul zindoni ichra mubtalo bo‘lg‘an balo.

Vaslida rashk o‘lturur, hajrida — g‘am, vahkim, manga


Vasl aro bo‘lg‘an balodur hajr aro bo‘lg‘an balo.

O‘ltururlar hamdaming bo‘lsam, o‘larmen, bo‘lmasam,


Bo‘lmag‘an, jono, sening birla balo, bo‘lg‘an balo.

Nosiho, oshiqlig‘imni man’ qilding, bilmading


Kim, nasihat birla daf’ o‘lmas qazo bo‘lg‘an balo.

Chun balosiz kom yo‘q topmas baqo komin magar


Kimki, ani o‘rtamas oti fano bo‘lg‘an balo.

Ey Navoiy, toki bordi yor, bildim hajr emish


Shiddat ichra har baliyatdin sivo bo‘lg‘an balo.
30

Xil’atin aylabmudur ul sho‘xi siyminbar qaro,


Tun savodi birla kiygandek mahi anvar qaro.

Ul pariy hindusimen men telbakim, uryon tanim


Tifllar toshidin iynak bo‘ldi sartosar qaro.

Ashkdek oqti qora su ko‘zlarimdin hajrida,


Tong yo‘q idborim chu bo‘lmishdur manga axtar qaro.

Kosh o‘yub yoqsang qora bo‘lg‘an ko‘zumning mardumin,


Xoli maygunungni qilg‘ancha qo‘yub anbar qaro.

Ishq raf’ o‘lg‘ach ko‘ngulga yo‘qturur juz tiyralik,


Ul sifatkim shu’lasi o‘chkach bo‘lur axgar qaro.

G‘ayrdin qilg‘il zamiring safhasin pok, ey faqih,


Tobakay qilmoq firebu makr ila daftar qaro.

Dudi ohidin qora ermas Navoiy kulbasi


Kim, qiliptur xonumonin bir pariypaykar qaro.
31

Ham ramad tekkan ko‘zungga chashmi bedorim fido,


Ham uchuq chiqqan labingg‘a joni afgorim fido.

Ashkkim, andin tomar, giryon ko‘z aning sadqasi,


Qong‘akim mundin chiqar bu chashmi xunborim fido.

Ul ko‘zu bu labg‘a umrum bog‘u gulzorindag‘i


Nargisu gul bargi, yo‘qkim, bog‘u gulzorim fido.

Ko‘zu og‘zingdin ketarga boru yo‘q oshubu ranj


Sabru ishqim sadqa, ya’nikim, yo‘qu borim fido.

Gar ko‘ngul ohu ko‘zung ollida loyiq bo‘lmasa,


Itlaringga bo‘lsun, ey sho‘xi sitamgorim, fido.

Jon agar shirin labingg‘a o‘lgali darxo‘r emas,


Aylay alfozing uchun, ey talx guftorim, fido.

O‘zlugumning qaydidin bir may bila qilding xalos,


Vah ne dey, ey mug‘, sanga but birla zunnorim fido.

Boda mir’otida shohid aksi zohir bo‘lmadi,


Bodavu shohidqa bo‘lmay naqd pindorim fido.

Ey Navoiy, demakim jonu ko‘ngulni naylading,


Ayladim javlon qilib chiqqanda dildorim fido.
32

Davr el sog‘arini qildi mayi nob to‘la,


Juz mening eski safolimniki, xunob to‘la.

Jomi maydek to‘la qon bo‘ldi ichim bermay dast,


YoYer bazmi aro ber jomi mayi nob to‘la.

Vahki, har kirpigi bir nishtar erur zahrolud,


Garchi bor ul iki nargisda shakarxob to‘la.

Jolalar tushtimu gul bargi aro, yoxud erur,


Huqqayi la’ling ichinda duri serob-to‘la.

Orazing aksi durur ko‘zdagi yosh evruladur,


Bog‘i jannat gulidin bo‘ldi bu girdob to‘la.

Menu mug‘ dayri aro mug‘bacha boshida g‘ulu,


Senu zuhd ahli bila masjidu mehrob to‘la.

Ey Navoiy, necha oz-ozg‘ina may madrasada,


Dayr aro kirki, ichar shayx to‘la, shob to‘la.
33

Oncha davron birla ko‘rdum ahli davrondin jafo


Kim, ko‘zumga to‘tiyodek bo‘ldi jonondin jafo.

Bu jafo daf’in ne yanglig‘ aylagaymenkim, yetar


Aylasam kimdin jafo man’in tama’, andin jafo.

Ming jafo har lahza ko‘rsam, bir taraf, ul bir taraf


Kim, yetar jonon uchun jonimg‘a hijrondin jafo.

Sayddekkim, chargada yuzlansa har yon kelgay-o‘q,


Ahli davrondin kelur ko‘nglumga har yondin jafo.

Gar ko‘ngul ul zulfdin ko‘rsa jafo, vah, ne ajab,


Chun ko‘rar ushbu siyahro‘zi parishondin jafo.

Angla, jonokim, jafo qilmoqqa topqung yo‘q kishi,


Men jafokashga nedinkim o‘tti imkondin jafo.

Kechalar ul oy jafosidinki afg‘on tortaram,


Ul xud ortuqroq chekar har tun bu afg‘ondin jafo.

Ne musulmonlig‘ bo‘lur ushbuki, davron boshima


Yetkurur har dam yana bir nomusulmondin jafo.

Ey Navoiy, borg‘ali jonon sari jonim, yetar


Jong‘a jonondin jafo, men xastag‘a jondin jafo.
34

Gul uzra xatti mushkin birla to qilding raqam paydo,


Manga jon safhasida bo‘ldi yuz xatti alam paydo.

Tuganlar ko‘nglum ichra lazzati dardingni bildurdi,


Tana’’um dast bermas kimsaga, bo‘lmay diram paydo.

Shafaqgun yuz hiloliy qosh ila to jilvagar bo‘ldung,


Ko‘zumda bo‘ldi qon zohir, qadimda bo‘ldi xam paydo.

Samad qilg‘ach zuhur ul nav’kim asnom o‘lur ma’dum,


Bo‘lur butlar bari mabhut, bo‘lg‘ach ul sanam paydo.

Chu aylar jilvayi husn ul pariy ushshoq aro, netgay


Yuzin yoshurmasa bo‘lg‘an zamon men telba ham paydo.

Ne muhlik vodiy ermish ishq dashtikim, kishi anda


Qadam urg‘an dam-o‘q ko‘zga bo‘lur mulki adam paydo.

Qo‘yung yig‘layki ko‘nglumning g‘ubori pastroq bo‘lsun


Ki, man’i gard etar nogah havoda bo‘lsa nam paydo.

Oqizg‘il boda selobini, ey soqiyki, hijrondin


Ko‘ngul dashtida bo‘lmish korvoni dardu g‘am paydo.

Navoiyni chu so‘rdung, ey pari, bir dam tavaqquf qil


Ki, ul majnun bo‘lur sahro yuzidin dam-badam paydo.
35

Bo‘lsa ikimizning yuzi aksi suda paydo,


Ul su ne taraf borsa, ochilg‘ay guli ra’no.

Zulfung g‘ami ko‘nglumni beling fikriga soldi,


Ko‘rkim, ne taxayyulg‘a soliptur ani savdo.

G‘avg‘o qilur el mahvashlar ko‘yida, lekin


Mahvashlar ishi qilmoq aning ko‘yida g‘avg‘o.

Ahvolima Farhod ila Majnung‘a taajjub,


Ishq etti xirad ahli qoshida meni rasvo.

Har sori tamoshog‘akim, ul sho‘x qilur azm,


Io‘q anga tamoshoki, erur elga tamosho.

Davron sanga zulm etsa, qadahlar to‘la may ich,


Qon yutsang ayog‘lar to‘la davrong‘a ne parvo.

Ul sho‘xki maydon aro ko‘rganga solur tiyg‘,


Ko‘rmasga solur, yetsa Navoiy sari amdo.
36

May birla yuzung tim-tim ahmarmu ekin oyo,


Yo shu’la aro bir-bir ahgarmu ekin oyo?

Har sari qulog‘ingda gavharmu ekin yoxud


Har jonibida oyning axtarmu ekin oyo?

Ruxsoring uza xaydin yuz qatraki ko‘rguzdung,


Gul bargida shabnamdin gavharmu ekin oyo?

G‘uncha ichida davron muhkam tikan urg‘andek,


Ko‘nglum aro g‘amzangdin xanjarmu ekin oyo?

Ko‘nglum qushikim qolmish zulfung aro sargardon,


Savdo tunida soyir shapparmu ekin oyo?

Zulf ichra yuzi yanglig‘ ofoqni kuydurgan,


Ohim tutuni ichra ozarmu ekin oyo?

Hijrondamu ul mahvash ag‘yorg‘a moyildur


Ye zahri firoq ichra nishtarmu ekin oyo?

Jon pardasida har yonkim, yangi tuganlardur,


Qatlimg‘a falak tuzgan mahzarmu ekin oyo?

El desa Navoiynikim, javr ila tark etti


Ishqingni, sanga bu so‘z bovarmu ekin oyo?
37

Zor jismimg‘a hadanging zahmidin ortar navo


Sozdekkim, teshsalar ani fuzun aylar sado.

Qaddi hajrinda g‘amim sham’ini har devorg‘a


Kim, tayabmen saru andomi bila bo‘lmish qaro.

G‘unchang anfosi nasimi zavraqi jon qasdig‘a


Yetkurur har dam adam daryosidin mavji fano.

Orzuyi vaslidin ranjur erur munglug‘ ko‘ngul,


Qut uchun tazvir ila bemor bo‘lg‘andek gado.

Nega yig‘lab anbarin zulfin kesar hijron tuni,


O‘lmagimni anglabon gar sham’ tutmaydur azo.

Hajr dardin ko‘ngluma kam qildi xoling oqibat,


Dog‘ emish dardi shaloyin xastag‘a oxir davo.

Ruhparvardur Navoiy ohi ul yuz shavqidin


Ul sifatkim, lolau gul yuzidin kelgay sabo.
38

Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,


Aylamas to‘tiy takallum shakkaristondin judo.

Ul quyosh hajrinda qo‘rqarmen falakni o‘rtagay


Har sharorekim, bo‘lur bu o‘tlug‘ afg‘ondin judo.

Dema, hijronimda chekmaysen fig‘onu nola ko‘p,


Jism aylarmu fig‘on bo‘lg‘an nafas jondin judo?

Hajr o‘lumdin talx emish, mundin so‘ng, ey gardun, meni


Aylagil jondin judo, qilg‘uncha jonondin judo.

Bo‘lsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag‘il


Yorni mendin judo yoxud meni andin judo.

Vasl aro parvona o‘rtandi hamono bildikim,


Qilg‘udekdur subh ani sham’i shabistondin judo.

Bir eyasiz it bo‘lub erdi Navoiy yorsiz,


Bo‘lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.
39

Mahvasho, sarvqado, lolaruxo, siymtano.


Chorakim, qolmadi sabrim g‘ami hajringda yano.

Axtari sa’d seningdekki tug‘uptur go‘yiy


Kim, quyosh erdi otavu to‘lun oy erdi ono.

Gar falak sayridur istar seni aylab taku dav,


Var malak zikrin eshitsang sanga der madhu sano.

Uyla ishqing mayi labtashnasimenkim, ichman


Oz debon, bodam uchun bo‘lsa falak jomi ino.

Ishq mehnatlari tarkini buyurmang mangakim,


Mujibi sihhatu quvvatdurur ul ranju ano.

Xonaqoh ichra erur shayxu o‘zin ko‘rsatmak,


Ey xusho, mug‘bachalar jilvasiyu dayri fano.

Juz Navoiy borig‘a jomi karomat tuttung,


Ayyuhas-soqiy, min-ul-ka’si fano ayna-ul-ano?


Download 1.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Download 1.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



G‘AZALLAR ALIF HARFINING OFATLARINING IBTIDOSI «G‘AROYIB»DIN

Download 1.79 Mb.