BYe HARFINING BALOLARINING BIDOYaTI «G‘AROYIB»DIN




Download 1.79 Mb.
bet4/50
Sana17.07.2023
Hajmi1.79 Mb.
#76857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Талабнома намунаси, Asosiy qism, 1.11..2021 буйруқлар (2), MUZAFFAR, 8 mavzuu, Qolgan mavzular, 27, 1-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishnin, 6 Laboratoriya mashg`uloti .Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash, Abdulla Oripov. Haj daftari (cyr), Abdulla Oripov. Saylanma, Abdulla Qahhor. Og‘riq tishlar (komediya) (cyr), Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoyalar) (cyr), Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar (roman) (cyr), Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
BYe HARFINING BALOLARINING BIDOYaTI «G‘AROYIB»DIN
40

Zihe visolingga tolib tutub o‘zin matlub,


Muhabbatidin otingni habib atab mahbub.

Urujung aqshomi bo‘lmay to‘quz sipehr hijob,


Yuzung xijolatidin mehr o‘lub vale mahjub.

O‘t ichra tushsa bo‘lur nisbati samandardek


Kishiki, ishqing o‘tig‘a o‘zin qilib mansub.

Iting hisobig‘a kirgan hisob vaqtida,


Agarchi jurmi erur behisob, emas mahsub.

Kitobat etmaganingdin qalamda nol ermas


Ki, tushti ko‘ngli aro tob uylakim maktub.

Libosi motam aro qoldi to abad soya


Ki, mehridin nega yoningda bo‘lmadi mashub.

Muti’i amring agar podishoh, agar soyil,


Gadoyi xoning agar hushmand, agar majzub.

Ajab yo‘q olsa ko‘ngul hushin ul iki gesu,


Bu bo‘lsa silsila, ko‘p telbani qilur mag‘lub.

Tilasa ravzani zohid, Navoiyyu ko‘yung


Ki, har kishi ani istarki, bor anga marg‘ub.
41

Ikki o‘tlug‘ nargisingkim, qildilar bag‘rim kabob


Biridur ayni xumor ichinda, biri masti xob.

Tiyg‘ tortib dam ola olmay yetishting boshima,


Go‘yiyo xurshid yanglig‘ yo‘lda ko‘rguzdung shitob.

Ofarinish baski ahvolimg‘a yig‘lar har kecha,


Ashk daryosi erur gardunu kavkablar hubob.

Tolpinurmen ashk aro har damki tishlar la’lini,


Kim tengizga tushsa, jon vahmidin aylar iztirob.

Ranju za’fim bo‘lmish andoqkim so‘rar kelgan ulus,


Holim aylarlar suvol, ammo eshitmaslar javob.

Necha tasbihing hisobi, zohido, ich bodakim,


Senu mendeklarga xud bu korgahda ne hisob.

Gar karam daryosining mavji budurkim, chog‘ladim,


Qoni o‘z bo‘ynig‘a, kim ishratdin etsa ijtinob.

Ich, Navoiy, mayki fahm ettuk tabibi ishqdin,


G‘ussavu g‘am zahrig‘a taryok emish yoquti nob.

Xossa bazmikim quyosh jomin shafaq rohi bila


Elga tutqay xusravi anjumsipohi Jamjanob.
42

Qoshu yuzungni munajjim chunki ko‘rdi beniqob,


Dedi: ko‘rkim qavs burjidin tug‘uptur oftob.

Bir labing jon oldi andoqkim, birisi bilmadi,


Emdikim bildi arolarida bordur shakkarob.

Gar falak qoshing bila bahse hilolidin qilur,


Bir desa payvasta, jono, eshitur ikki javob.

Gul kebi yuzungda ter fard etti hushumdin meni,


Garchi behush elga hush uchun muqavviydur gulob.

Kim sirishkim ko‘rdi ma’lum etti ishqim hosilin,


Dona birla uylakim el naqdini aylar hisob.

Ne chamandur buki hasrat suyiyu dard o‘tidin


Parvarish topmish qayu bir guldakim, bor obu tob.

Gar Navoiyning kuyuk bag‘rida qondur, ne ajab,


Xomso‘z o‘lur yolin uzra tushub kuygan kabob.
43

Chobukekim, har taraf maydon aro aylar shitob,


Barqi lomi’dur samandi gardi andoqkim sahob.

O‘qi rashkidin erur ko‘ksum aro ko‘nglum qushi,


Ul kabutarkim, qabaq ichinda qilg‘ay iztirob.

Otsa o‘q ul qoshi yo yuz pech urar jon rishtasi


Kim, manga hirmonu aning o‘qig‘a yetkay tanob.

Nogahon otqaymu deb bir o‘q qabaq shakli bila


Boshi ustiga kelur maydonda har kun oftob.

Ul quyoshtin boshqa kim otqay qabaq, vah, ko‘rmaduk


Axtari sa’deki, har dam zohir etkay bir shihob,

Jon berurmen qayrilur chog‘da ko‘rub belida pech,


O‘lsa tong yo‘q ulki, joni rishtasig‘a tushsa tob.

Kimki sarkashrak, havodis o‘qig‘a ko‘prak hadaf,


Ushbu holatni qabaq ahvolidin qilg‘il hisob.

Ey Navoiy, chun o‘qi har dam falak mayli qilur,


Sen oti gardiga qoni’ bo‘lki, bordursen turob.
44

Havo xush erdiyu ollimda bir qadah mayi nob,


Ichar edim vale g‘amdin qadah-qadah xunob

Ki, hozir erdi o‘shul sarvu nargisi maxmur,


Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob.

Manga ne zahrayi ulkim, desamki, bir qadah ich,


Ne onsiz ichkali may, ne qarori toqatu tob.

Bu g‘ussa birla ichim qon bo‘lub nechukki qadah,


Ko‘zumga har nafas ashk evrulur misoli hubob.

Chu angladiki borur ixtiyor ilgimdin,


Kulub qadah kebi lutf ayladiyu qo‘ydi itob.

Qadahni ichtiyu yuz loba birla tutti manga


Ki, aning ichkani-o‘q qildi meni masti xarob.

Chu soqiy etti qadah ko‘zgusida jilvayi husn,


Ne ayb oshiqi mayxora ko‘ngli bo‘lsa yabob.

Navoiy vasl bihishtida shukr qil bu nafas


Ki, yana chekmagasen hajr do‘zaxida azob.
45

Yuz so‘zumdin biriga bermas javob ul no‘shlab,


Og‘zini yo‘qtur desam voqi’ki, hech ermas ajab.

Nuqtayi xoling nedin shirin labing ustidadur,


Nuqta chun ostin bo‘lur har qaydakim yozilsa lab.

Vasl ne yanglig‘ muyassar bo‘lg‘usidur, chun erur


Dilbarim nozuk mizoju men bag‘oyat beadab.

Tar quyosh derlar yuzungni garm bo‘lub chekma tiyg‘,


Elga jurme yo‘q, inar chun osmondin har laqab.

La’ling olsa choklik bemor ko‘nglumni ne tong


Ey malohat naxli, chunkim xastasiz bo‘lmas rutab.

Zindadil Majnunning o‘lmish ko‘ngli chun Laylog‘a hay,


Bas ne osig‘ ani haydin qovlamog‘lig‘, ey arab.

Tolib ulkim topmasang dag‘i bu baskim, aylamas


Bir nafas g‘ofil seni matlub yodidin talab.

Qahr barqi birla rahmat yomg‘uri gar buyladur,


Emin ermas Bul’alo, navmid emastur Bulahab.

Gar navo topsa Navoiy lablaringning zikridin,


Tong emastur, chun mudom afzun bo‘lur maydin tarab.
46

Subhi davlat yuzung, ey tavsani gardun sanga ashhab,


Boshing ustidagi dur uylaki, tong boshida kavkab.

Poymol etkan uchun markabi javlonda boshimni


Uzr uchun qildim aning na’lini yuz birla muzahhab.

Mehr turkin qilibon past, falak raxshidin o‘tti,


Olloh-olloh, bu ne rokibdururu, vah, bu ne markab.

Ne qatig‘ holki, hajring kechasi ting‘ali qo‘ymas,


Yer elin ashk ila anduh, ko‘k elin na’ravu yo rab.

Iti mehmonlig‘ uchun emdi qadam qo‘ysa bo‘lurkim,


Ko‘ngul o‘t qildi muhayyovu bag‘ir tu’ma murattab.

Har kishi bo‘ldi qulung, ul kishidur olam aro shah,


Qullaring qurbini kim topsa erur shahg‘a muqarrab.

Yuzi vasfida kerak safha vale lavhayi xurshid,


Sochi vasfini yozar vaqtda tun dudi murakkab.

Yor chun barcha zamon nozir erur holinga, bo‘lg‘il


Bori holatda mushohid, bori el birla muaddab.

Telbarab ko‘ngli Navoiyning agar arbada aylar,


Daf’ig‘a silsilayi zulf ila basdur chahi g‘abg‘ab.
47

Necha bo‘lg‘ay manga hajr ichra tazallum, yo rab?


Ayla bu zulm aro holimg‘a tarahhum, yo rab.

Va’dayi qatl qilib va’dag‘a qilg‘uncha vafo,


Nega men xastani o‘lturdi tavahhum, yo rab?

Lablarining kalimotiki, berur jismg‘a ruh,


Obi hayvon unidur, yo‘qsa takallum, yo rab.

Xoni vaslida o‘kush ne’mat arodur ag‘yor,


Ro‘ziy et bizga ham ul nav’ tana’’um, yo rab.

Vahki, ko‘nglumni shikof etti kulumsub og‘zi,


G‘unchalarni netib ochti bu tabassum, yo rab.

Umr chun foniy emish, gar kishi olam shahidur,


Chun o‘lar, nevchun etar muncha taazzum, yo rab.

Yor qatl etkali ushshoqini yig‘durg‘an emish,


Ber bu bazm ichra Navoiyg‘a taqaddum, yo rab.
48

Ey, sanga yuz xo‘bu lab xo‘bu labingdin kulgu xo‘b,


Har nekim voqe’ bo‘lur sendin, ko‘zumga asru xo‘b.

Deding ul oy vasfin, ey roviy, yana so‘z demagil


Xo‘blardinkim, so‘zung erdi bu yerga tegru xo‘b.

Xo‘blar qul bo‘ldilar, lekin pariylar qochtilar,


Olam ichra odamiy bir sencha bor erkinmu xo‘b.

Xo‘blarni arz qildim, qilmadi ko‘nglum pisand,


Ani ko‘rgach ixtiyori qolmayin dedi bu xo‘b.

Vaslida jonimg‘a hajridin ne kelganni deman


Kim, farah bazmida zikr etmak emastur qayg‘u xo‘b,

Javru lutfu kibru noz andin ko‘ngulga xo‘b erur,


Haq azalda zotini oning yaratibdur chu xo‘b.

Sof qil xotirki, solg‘ay aks ul yuz yaxshikim,


Ko‘rguzur yuzni, qachonkim ravshan o‘ldi ko‘zgu xo‘b.

Ey ko‘ngul, borsang ul oy nazzorasig‘a zinhor


Ashk birla ko‘zlaringdin g‘ayrining naqshin yuv xo‘b.

Xo‘blarni ko‘rmasa sensiz Navoiy qilma ayb


Kim, ko‘runmaydur ko‘ziga kimsa sendin ayru xo‘b.
49

Sen labing so‘rg‘an soyi men qon yutarmen, ey habib,


Sen may ichqilkim, manga xuni jigar bo‘lmish nasib,

Dedilar, ahbob dardig‘a habib aylar davo,


Vahki, men kuydum muhabbattin, emas voqif habib.

Ko‘yungga kirgach, ko‘ngul qoshingg‘a mayl aylar bale,


Go‘shaiy mehrob etar payvasta manzilgah g‘arib.

Chehra sarg‘arg‘an soyi ortar ko‘ngulning nolasi,


Bor ajab voqi’ xazon faslida nolon andalib.

Xos, lillah, sharbatimni zahri qotil birla ez,


Chun ish andin o‘ttikim, kelgay Masihim, ey tabib.

Necha ul oy mehridin shaydo ko‘ngulni ovutay,


Telbaga yolg‘on hikoyat birla bergandek fireb.

Mayg‘a rahn o‘lmay fano dayrida tasbihu rido,


Piri dayr etmas havola elga zunnoru salib.

Nafsing etsa sho‘xlug‘, charx emgagidin qil adab,


Tiflni andoqki zajr aylar falak birla adib.

Ey Navoiy, zulmidin dermenki ishqin tark etay,


To nazardin g‘oyib o‘ldi, yo‘q yana sabru shikeb.
50

Ishqdin yonsa tanim so‘rma sabab,


Kuysa xoshok yolindin ne ajab.

Sekridi, chunki samanding dedi aql,


Barq bo‘lmish bu quyoshqa markab.

Xo‘blar maktab aro xayli nujum,


Ul quyosh o‘rtada mohi maktab.

Zaqaning chohu aning ostida xol,


Chohning nuqtasi, ey no‘shin lab.

Husn aro ishvau noz el ko‘nglin


Oncha olmaski hayo birla adab.

Nega matlub tilarsen, chunkim


Ne talabdur sanga, ne dard talab.

Hajr aro xasta Navoiyyu fig‘on,


Ey visol ahli, sizu lahni tarab.
51

Og‘zining sirri manga ma’lum agar ermas ne ayb,


Hech kimga zarrae chun bermamish haq ilmi g‘ayb.

Oshiqu shaydolig‘imni man’ etar zohid, ko‘rung


Kim, hunar ham bor emish nodon kishi ollida ayb.

Yoshurun qolg‘aymu ko‘ksum jaybidek chok o‘lg‘ani


Xossakim, hajr ilgidin ko‘ksum kebi chok erdi jayb.

Ko‘zlaring birla labing andog‘ki urdi din yo‘lin,


Ne balolardin Bilol o‘tkay, ne sahbodin Suhayb.

Zarrag‘a sadyak esa og‘zing manga yo‘q hech shak,


Chehrang o‘lg‘andek quyoshning dah sadi yo‘q hech rayb.

Pirsiz kezma bu vodiy ichrakim, topmas Kalim


Tiyra shomin ravshan amr etmay anga xidmat Shuayb.

Ey Navoiy, sendek etkan zoyi’ ayyomi shabob,


Sudi yo‘q anjum kebi ashki nadomat shomi shayb.
52

Bovujudikim adam bo‘ldum g‘amidin qayg‘urub,


Hech og‘zining so‘rog‘in la’lidin topman so‘rub.

Jonki, qat-qat qon bo‘luptur, dog‘i ishqing ketmagay,


Lola bargidek ani bir-bir sovursang kuydurub.

Novaking ko‘nglumda qilmish xona bovar qilmasang,


Ko‘ksuma ilgingni kelturkim, turuptur bilgurub.

Ishqidur jon pardasida ravshan ettim, do‘stlar,


Necha kuygaymen harir ichinda o‘tni yashurub.

Barqdek po‘yamni ayb etmang salomat ahlikim,


Mundog‘ o‘tekim, tutashibdur manga bo‘lmas turub.

Istama tahsinki, shokirmen ne kelsa ollima,


Shukr qilmay naylay olursen qazoni yozg‘urub.

Chun Navoiy jonig‘a marham erur paykonlaring,


Qosh, yoqsa marhame o‘qung yonimg‘a o‘lturub.
53

Xoki poyi bo‘ldi joni xoksorim qon yutub


Kim, chiqib la’lini o‘pkay rishtai zulfin tutub.

Zulfin ochqanda zanax chohig‘a tushkay ming ko‘ngul,


Qo‘ymasa ul choh uza ruxsori sham’in yorutub.

Ishqi muhriq dashtini qat’ aylamak dushvor erur,


Kirmasam, ohim yeli birla havosin sovutub.

Kuygali roziymenu hajrig‘a yo‘q, vahkim, meni


Ayladi roziy isitmoqqa o‘lumdin qo‘rqutub.

Deb emish bir kun kelib ko‘ngli yarasin butkaray,


Kelsa butqil, ey ko‘ngul, bu so‘zga xud bo‘lmas butub.

Dahr bo‘stonida qilmoq sayr aylab hoyuhuy


Harza kezmakdur hayoting qushlarini urkutub.

Jomi vaslingdinki, elni tirguzursen, bil yaqin


Kim, Navoiy o‘lgusi xunobayi hijron yutub.
54

Vah, ne qotildur kelur oyini qatlu kin solib,


Oshiq o‘lturmak uchun har qoshig‘a yuz chin solib.

Chun o‘tub ishq ahlidin oshubi sabru fahm o‘lub,


Chun yetib zuhd ahlig‘a toroji aqlu din solib.

El sarikim yuzlanib qindin chiqarib tiyg‘i kin,


Chun manga markab surub boshimg‘a tiyg‘i kin solib.

Bu sarig‘ ruxsora birla qon yoshimdin yod qil,


Ichsang oltun jom ichinda bodayi rangin solib.

Sensizin, ey umr, chun mumkin emas oromu sabr,


Borma hardam bizni mundog‘ bedilu g‘amgin solib.

Har tarafkim, gom urub yuz porso yo‘lin urub,


Har qayonkim, ko‘z solib yag‘movu qatl oyin solib.

Bog‘i husnungkim gul ochti rang-rang, ey mug‘bacha,


Go‘yi ichting mayg‘a bargi lolau nasrin solib.

Shar’siz xoshok aro xashxoshdekdur, ey hakim,


Ko‘kka chiqsang jaybing ichra subhayi parvin solib.

Dardu g‘am qolib, Navoiy joni chiqti oqibat,


Hajr elindin xonumonin bordi ul miskin solib.
55

Xanjaring jonimg‘a yetti ko‘kragimga sanchilib,


Novaking yonimg‘a o‘lturdi iyodatqa kelib.

Kirib o‘tgan o‘qlaring jon pardasin resh etgali


Safhadekturkim qirilg‘ay sahv xatlar yozilib.

Yugurur har kirpikimga ortilib bir qatra yosh,


Sho‘x yoshlardekki o‘ynarlar chubuq markab qilib.

Ushbu hijron kechasin tush ko‘rsam erdi nogahon,


O‘lgay erdim vahmdin, albatta, zahram yorilib.

Na’lim ichra dog‘ uchun qo‘yg‘an fatila dud ila,


Dard o‘chog‘inda tutaydur anda o‘ti yoqilib.

Ul quyosh birla borur el soyadek, men xoksor,


Vahki, qolurmen izining tufrog‘idek ayrilib.

Sirri vahdat chun fano dayrida sig‘mas lafz aro,


Nevchun oyo xonaqah ichra tuganmas aytilib.

Nuktayi tavhidni bilgan qila olmas bayon


Kim, bayon qildim desa bilgilki qilmaydur bilib.

Ey Navoiy, mayda soqiy la’lidin ermish furug‘,


Kayfiyatni chunki fahm etting netarsen oyilib.
56

So‘zi hajring ichra har dam za’flig‘ jismim yonib,


O‘tqa tushgan qil masalliq o‘rtanurmen to‘lg‘anib.

Ochqil o‘tlug‘ orazing, ey sham’kim, parvonadek


O‘rtanay boshing uza bir necha qatla aylanib.

Solg‘asen olamg‘a o‘t, gar gul sovug‘i tobidin


G‘unchadek gulshang‘a chiqsang hullalarg‘a chirmanib.

Biym erurkim, ofarinishdin chiqarg‘aysen damor,


Bazmdin usruk chiqib maydong‘a chopsang otlanib.

Yor ila xo‘y aylagan ko‘nglum erur ul nav’ qush


Kim, kishidin ayrila olmas kichikdin o‘rganib.

Moldin umrungg‘a osoyish agar yetmas ne sud,


Nuh umrin hosil etsang, ganji Qorun qozg‘anib.

Qabrim uzra qo‘yg‘asiz tosheki, za’f ayyomida


Ul pariy ko‘yida yotmishmen boshimg‘a yastanib.

Ey Navoiy, tushta gar ko‘rmak ani mumkin esa,


Barcha gar xud so‘ngg‘i uyqudur, netarsen uyg‘anib.
57

Xasta jonim za’fin angla, ko‘nglum afg‘onin ko‘rub,


So‘rma ko‘nglum yarasin, fahm et ko‘zum qonin ko‘rub.

Vaslida la’li uza xolin ko‘rub kuygan kebi,


O‘rtanurmen jonda emdi dog‘i hijronin ko‘rub.

Vodiyi sabrim dag‘i xoru xasak qildim gumon,


Ko‘nglum atrofida haryon no‘gi paykonin ko‘rub.

Angladim qilmish ko‘zi olg‘an ko‘ngul saydig‘a qasd,


Har tarafdin charga tuzgan xayli mujgonin ko‘rub.

Yeru ko‘kta istabon paydo emas Xizru Masih,


Qochtilar go‘yo dudog‘ing obi hayvonin ko‘rub.

Jism bog‘ida ravonshakle tasavvur qildi aql,


Bo‘stoni husn aro sarvi xiromonin ko‘rub.

Shabnam ermas nargis ashkidur nedin qon yig‘lamas,


Ko‘z yumub ochquncha gulshan umri poyonin ko‘rub.

Charxdin sidq ahli motam ichradur, fahm aylagil,


Har sahargah subhning choki giribonin ko‘rub.

Nomasindakim ochib solmoq nazar mumkin emas,


Chun Navoiy hushi zoyil bo‘ldi unvonin ko‘rub.
58

Ko‘z yoshim bo‘ldi ravon bir nargisi jodu ko‘rub,


Tifl yanglig‘kim yugurgay har taraf ohu ko‘rub.

Qoldi hayron zohid ashkimda ko‘rub har yon hubob


Ro‘stoyiydekki, hayrat aylagay o‘rdu ko‘rub.

Jon aro tiyg‘ing ko‘rub ko‘nglum qushi tuzdi navo,


To‘tiyodekkim, takallum aylagay ko‘zgu ko‘rub.

Vodiyi ishqing makon qildi ko‘ngul ko‘rgach yuzung,


El biyobon ichra manzil aylagandek su ko‘rub.

Jonda o‘z dog‘in ko‘rub oshiqlig‘imni angladi


Ul kishidekkim, tanig‘ay o‘z qulin belgu ko‘rub,

Boda tutqach, dema bexud bo‘ldikim ul ko‘zgudin,


Bordi hushum yor husni jilvasin o‘tru ko‘rub.

Ey Navoiy, daf’ o‘lur holin ko‘rub ko‘hi g‘amim


Fil yanglig‘kim, hazimat aylagay hindu ko‘rub.
59

O‘lukni tirguzur la’ling Masihoso kalom aylab


Takallum choshniysin sharbati yuhyil-izom aylab.

Azalda la’linga sayd etkali ko‘nglum qushin go‘yo


Qazo sayyodi jonlar rishtasidin yoydi dom aylab.

Chamanda tozalig‘din har quruq shoxe erur Xizriy


Magarkim andin o‘tmish obi hayvonim xirom aylab.

Agar harf o‘lsa mudg‘am, vahki, xoling nuqta idg‘omin


Ayon qildi ko‘zumning mardumi ichra maqom aylab.

Ne bo‘lg‘ay tiyra bo‘lmay ro‘zgorimkim, ochib gesu


Qaro shomimni muhlik aylading subhumni shom aylab.

G‘araz ul yuzni mastur asramoqdurkim, hakimi sun’


Ulusqa oh etar qismat ani oyinafom aylab.

Chu haq dargohidin mardud etar naylarsen, ey zohid,


Qabuli xalq uchun ortuqsi toat iltizom aylab.

Yoshingni dona, bag‘ringni su qilkim, tutti faqr ahli


Hidoyat qushlarin bu donavu su birla rom aylab.

Navoiy kunda chun bir qursi maqsum ortmas, ne sud


Falakdek bo‘lmog‘ing sargashta tun-kun ehtimom aylab.
60

Qon yoshim yo‘lungda tommaydur ko‘zum giryon bo‘lub,


Kim, oyog‘ingg‘a tushubtur ko‘z qorasi qon bo‘lub.

G‘unchadek ko‘nglum chekar un, g‘arq o‘lub xunob aro


So‘z deganda og‘zing ikki la’l aro pinhon bo‘lub.

So‘rsa Majnun ishq dashtida meni, ayt, ey rafiq


Kim, quyundek itti bu vodiyda sargardon bo‘lub.

Hajri ko‘nglumni buzub, g‘am sayli hamvor etti, voy


Kim, asar ham yo‘qtur ul ma’muradin vayron bo‘lub.

Tig‘i xud o‘tti suubat ko‘rki muhlik yarasi,


Bu zamon boshimg‘a qoliptur baloyi jon bo‘lub.

Har zamon og‘zing xayoli sanchilur ko‘nglum aro,


Go‘yiyo bu g‘uncha ani zaxm etar paykon bo‘lub.

Charx ushshoq ohi o‘qidin magar vahm etdikim,


Qubba qildi mehrini o‘z hay’ati qalqon bo‘lub.

Hashr xurshidig‘a moni fikr qilmassen, ne sud,


Atlasi gardun saropardangg‘a shodurvon bo‘lub.

Ey Navoiy, foniy ul yor istasangkim, xo‘b emas,


Jonni sevmaklik bahona o‘rtada jonon bo‘lub.
61

Kimsa yori birla xushtur g‘am deyishib mungrashib,


Yotsa gohe chirmashib, o‘ltursa gohe yondashib.

Zulfi el ko‘nglin parishon aylamakka jam’ o‘lub,


Turfaroq bukim, ko‘ngullarni yig‘arg‘a tarqashib.

Mumkin ermas tortmoq paykonlarinkim, jism aro


Har biri maskan tutupturlar so‘ngakka o‘rnashib.

Chiqti zulfin solg‘ach ul chohi zanaxdondin ko‘ngul,


Ankabut ul nav’kim, torig‘a chiqqay yormashib.

Hajr xayli ko‘nglum ichra mo‘rdek aylab hujum,


Garchi vasl ummidi yetkanda chibindek butrashib.

Kuydumu ul zulf tobi rishtai jonimdadur,


Sham’ toridekki kul bo‘lg‘anda turmish chirmashib.

Soqiyo, qilsang himoyat g‘olib o‘lg‘um buylakim,


G‘am bila ko‘nglum talashurlar ikavlon qarmashib.

Qil havola durdkashlar jonibi, ey mayfurush,


May chu har soat to‘kulgay jo‘sh urub kuptin toshib.

Oshurub haddin Navoiy ham niyozu ajzini,


Yor istig‘novu nozi har necha haddin oshib.
62

Kezarmen ko‘yida yillar nazar holimg‘a solg‘ay deb,


Agar o‘ltursa qonim rangi tufrog‘ida qolg‘ay deb.

Ko‘ngulga yuz tuman nish ursa hijron, aylaman nola,


Visoling no‘shidin ul zaxmlar bir kun o‘ngalg‘ay deb.

Ko‘ngulga novaking to kirdi behad hifzin aylarmen


Ki, bu shisha ichinda ul dag‘i nogah ushalg‘ay deb.

Ko‘ngulni ko‘yida yuz ranj ila mehnatqa topshurdum


Ki, gar ko‘rsa bu sur’at birla shoyad ko‘nglum olg‘ay deb.

Sirishkim qoni qildi ko‘yining sufrog‘in og‘ashta,


Itiga shoyad ul balchig‘ bila bir uy yasalg‘ay deb.

Haram vaslin tilarsen po‘ya ur mardona, ey solik,


Qadam ohista chekma bag‘ring ul yelmakda tolg‘ay deb.

Navoiy benavolig‘ birla doyim may ichar, bir kun


Navo naqshini davron mutribi bazmida cholg‘ay deb.
63

Dam-badam jomi tarab g‘ayr ila ul moh chekib,


Men yiroqtin boqibon, qon yutubu oh chekib.

Ne g‘amim it kebi o‘lmakdin, agar eltur esa


Bo‘ynuma ip solibon ko‘yiga ul moh chekib.

G‘arazim buki, unutturmag‘amen o‘zni anga,


Ko‘yiga kirmagim afg‘on gahu begoh chekib.

Ko‘ngluma hajr agar dard o‘qi yog‘dursa, ne tong,


Gar chiqarur esa paykonini dilxoh chekib.

Men adam yo‘lig‘a borman, meni lekin elitur


Og‘zi shavqida ko‘ngul o‘ziga hamroh chekib.

Mayi asfarki to‘kulmish qo‘yubon yuz ichsam,


Qahraboni ko‘runguz jilva qilur koh chekib.

Jur’asin bersa Navoiyg‘a erur o‘lgucha bas,


Bazmi aysh ichra tarab sog‘arin ul shoh chekib.
64

Ne maxlasim bor aning ishqidin kanora qilib,


Ne to‘ymog‘im bor aning husnig‘a nazzora qilib.

O‘charga ishq o‘ti chora qil deding, ey shayx,


Bo‘lurmu qismatim o‘lg‘an balog‘a chora qilib.

Boshimda tiyg‘i yarasin necha debon so‘rmang,


Kishi bo‘lurmu boshining tukin shumora qilib.

Ko‘ngulki itti qilib tiyra xonumonimni,


Qovay agar yana kelsa, yuzini qora qilib.

Ko‘ngulni yara qilib ulki tikti ko‘ksimni,


Yoqamni tikmak erur ko‘kragimni pora qilib.

Dedimki, maykadadin xonaqah yo‘lin tutayin,


Netayki, ul sari yo‘l bermas istixora qilib.

Navoiy etti nihon ishqin, ey fig‘on bila ashk,


Aning bu aybini naylarsiz oshkora qilib.
65

Ul oy qasdima tiyg‘i burron chekib,


Men ollida shukronag‘a jon chekib.

Masihim chu faryodima yetmadi,


Necha o‘lturay o‘zni afg‘on chekib.

Hamono yomon ko‘zga mayl aylading,


Alif nil ila yuzga har yon chekib.

Labing no‘shdorusidin ne osig‘,


Men o‘ldum chu xunobi hijron chekib.

Ketur, soqiyo, davr ayog‘in to‘la


Ki, jon qolmadi ranji davron chekib.

Agar vasli boqiy kerak, istagil,


Fano ko‘yiga raxti hirmon chekib.

Navoiy berib jon o‘qi shavqidin,


Aning zaxmidin yor paykon chekib.
66

Chobukum raxsh uza hijron yo‘lida po‘ya qilib,


Men aning keynicha gohe yugurub, gah yiqilib,

Yiqilib yona qo‘pub, chunki urub yo‘lg‘a qadam,


Vahki, yuz nishtari hijron ayog‘img‘a tiqilib.

Tobonim dardu balo xoralaridin o‘yulub,


Yuragim ranju ano xorlaridin teshilib.

Turfa, ko‘rgilki inon tortmay ul sho‘x dame,


So‘ngicha buyla qatiqliq bila holimni bilib.

Ishq dardig‘a juza o‘lmak yo‘q emish hech iloj,


Bosh qo‘yub ollig‘a aningki bu ma’noni bilib.

Istaram o‘zni xarobot ichida loya’qil,


Hush chun boisi ranj o‘ldi, netarmen oyilib,

Gar Navoiyg‘a yog‘in ashk ediyu ra’d fig‘on,


Hajr chun koj urubon ko‘zlariga o‘t chaqilib.


Download 1.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Download 1.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BYe HARFINING BALOLARINING BIDOYaTI «G‘AROYIB»DIN

Download 1.79 Mb.