• TYe HARFINING TOROJGARLARINING TAMOShOSI «G‘AROYIB»DIN 69
  • PYe HARFINING PARIVAShLARINING PARVOZI «G‘AROYIB»DIN




    Download 1.79 Mb.
    bet5/50
    Sana17.07.2023
    Hajmi1.79 Mb.
    #76857
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
    Талабнома намунаси, Asosiy qism, 1.11..2021 буйруқлар (2), MUZAFFAR, 8 mavzuu, Qolgan mavzular, 27, 1-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishnin, 6 Laboratoriya mashg`uloti .Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash, Abdulla Oripov. Haj daftari (cyr), Abdulla Oripov. Saylanma, Abdulla Qahhor. Og‘riq tishlar (komediya) (cyr), Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoyalar) (cyr), Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar (roman) (cyr), Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
    PYe HARFINING PARIVAShLARINING PARVOZI «G‘AROYIB»DIN
    67

    Mendin ul chobukning, ey payki sabo, maydonin o‘p,


    Ko‘yiga boshim niyozin yetkurub chavgonin o‘p.

    Bodpoyi sayrig‘a hamtaklik aylayolmasang,


    Yerga mendin yuz qo‘yub ko‘rgan soyu javlonin o‘p.

    Kulsa la’li, vahki, qolmas menda bir o‘pkuncha hush,


    Hashv erur, ko‘nglumki, aytursen labi xandonin o‘p.

    Pok etak istar esang, bir pok etaklik istabon,


    Xoki na’laynig‘a yuz qo‘y go‘shayi domonin o‘p.

    Gar ayog‘in raxshining o‘pmak muyassar bo‘lmasa,


    Ko‘z solib har yerdakim, ko‘rsang ayog‘ bosqanin o‘p.

    Qoshi yosi g‘amza o‘qin otsa, vah, men xastadin,


    Ko‘zlaringga surtubon sufarini paykonin o‘p.

    Ey Navoiy, ka’bayi maqsud vaslin istasang,


    Shohi G‘oziy qasrining dargohi oliyshonin o‘p.
    68

    Zulfu yuzdin sunbulungni gul uza tarqatma ko‘p,


    Dahr bog‘ida gulu sunbul isin butratma ko‘p.

    Ko‘zlaringkim, masti xobolud erur ko‘p ovlama,


    Har sari uyqug‘a borg‘an fitnani uyg‘atma ko‘p.

    Zulfig‘a, ey mushk, istarsen qarimchi bandalig‘,


    Yo‘q hading kechqil bu savdodin o‘zungni sotma ko‘p.

    O‘ynay-o‘ynay o‘lturur bir-bir ulusni ko‘zlaring,


    Sho‘x qotillarni jonlar qasdig‘a o‘ynatma ko‘p,

    Tiyradur Majnunki, mendek debsen ani, ey xirad,


    Aqlu hush ahlini bu devonag‘a o‘xshatma ko‘p.

    Eyki, mujgondin yasol tuzdung ko‘ngullar saydig‘a,


    Ko‘z yumub ochquncha ushbu xaylni qo‘zg‘atma ko‘p.

    El bila har dam qadah yanglig‘ kulub, ey mug‘bacha,


    Qon yoshim sochib surohiydek meni yig‘latma ko‘p.

    Safhayi xotirda, ey orif, keraktur yoru bas,


    Sofiyi vahdatqa xoshoki xavotir qotma ko‘p.

    Chun Navoiy qismati jomi may o‘lmish, ey faqih,


    Sarzanish aylab anga sangi malomat otma ko‘p.

    TYe HARFINING TOROJGARLARINING TAMOShOSI «G‘AROYIB»DIN
    69

    Qasri johingg‘a sipehr avjida ayvon bo‘ldi tut,


    Ham sipehr osibidin yer birla yakson bo‘ldi tut.

    La’li rummonny tilarsen dam-badam ziynat uchun,


    Qatra-qatra bag‘ring andin nordek qon bo‘ldi tut.

    Naf’ chun kuymaktin o‘zga ko‘rmaduk parvonadek,


    Bir quyosh har tun sanga sham’i shabiston bo‘ldi tut.

    Dayr qasdi qilmag‘il har lahza oshiq bo‘lg‘ali,


    Qasdi dining qilg‘uchi bir nomusulmon bo‘ldi tut.

    Istading dunyo arusin tushtagi mahbubdek,


    Topmas ergach kom la’lidin pushaymon bo‘ldi tut.

    Sho‘xlar qoshin tilarsen, lek andoqkim hilol,


    Jong‘a yetganda ko‘rungach ko‘zga pinhon bo‘ldi tut.

    Bir mug‘anniydin navo topmoq tilarsen, changdek


    Egri qad birla ishing faryodu afg‘on bo‘ldi tut.

    Ko‘si shavkat yetti do‘zaxqa eshik qoqmoqdurur,


    Bas yeti iqlim mulki uzra sulton bo‘ldi tut.

    Ey Navoiy, o‘zni jam’ et, yo‘qsa olam maxzanin


    Qon yutub jam’ aylabon o‘lgach parishon bo‘ldi tut.
    70

    Ey ko‘ngul, ul ahdi yolg‘on mehr shartin qildi tut,


    Ahdini poyonig‘a yetkurmayin ayrildi tut.

    Xanjari hijron bila ohir kesar chun rishtasin,


    Mehr torin rishtayi joningg‘a mahkam bo‘ldi tut.

    Chun mayi vasl o‘zgalar ichmakka bois bo‘lg‘usi,


    Har nafas xunobi hijron yutmog‘ingni bildi tut.

    Yo eshitmas, yo eshitkach zulmin aylar birga yuz,


    Holing ul zolimg‘a yuz ming qatla bas aytildi tut.

    Dema sanchib nishi hijron yetkuray no‘shi visol,


    Chun bu no‘shung o‘lturur, ul nish ham sanchildi tut.

    Motam ashki durri chun tufrog‘inga sochilg‘usi,


    Gavhari anjum falakdin boshinga sochildi tut.

    Ey Navoiy, kisvati faqr ista, yo‘qsa charxning


    Atlasin kiyding gumon et oqibat eskildi tut.
    71

    Kel-kel, ey qurbon ko‘ngul, ul qoshi yo mehrin unut,


    Chun vafodin tortilursen ham borib bir go‘sha tut.

    Chunki ul bizni unutmog‘ni sog‘indi, yaxshi ish


    Sen dag‘i kel bir nafas ani sog‘inmog‘ni unut.

    Ul quyosh har dam bo‘lur bir zarra birla garmmehr


    Mehr sham’in sen dag‘i bir o‘zga oy birla yorut.

    Hayf erur har sho‘xi ra’no yuziga chun pok ishq,


    Shavq o‘tin kel sen dag‘i bu ishvagarlardin sovut.

    Ey pariy, bir telba gar ovvora bo‘ldi, g‘am yema,


    Odamiyvashlar bila nozuk mizojingni ovut.

    Gar ko‘zum yoshig‘a ul gul multafit bo‘lmas, ne g‘am,


    Gul bulutdin tozadur, serob emas guldin bulut.

    Dahr bog‘ida giyohi mehr hargiz butmadi,


    Gar desangkim ko‘rmayin bemehrlik bu so‘zga but.

    Shahdi ayshing zahr etar gardun, sen ushbu jomdin,


    Xoh komingni achit, xohiy mazoqingni chuchut.

    Tark qil, sen ham Navoiydek havosin, ey ko‘ngul,


    Yoki har dam bir taraf maylin ko‘rub, xunoba yut,
    72

    Ohkim, ul oshno begona bo‘ldi oqibat,


    Hajridin bexudlug‘um afsona bo‘ldi oqibat.

    Aqlu donish lofini urg‘an ko‘ngul yig‘lay yuruy,


    Ul pariyvash hajrida devona bo‘ldi oqibat.

    Qatra-qatra shodlig‘ ashkinki sochtim vaslida,


    Barcha hijron qushlarig‘a dona bo‘ldi oqibat.

    Borg‘ali ul husn ganji g‘am buzug‘ ko‘nglumdadur,


    Ajdaho uyi bizing vayrona bo‘ldi oqibat.

    Soqiyo, may tutki, hajr anduhidin men telbani


    Forig‘ etkan sog‘aru paymona bo‘ldi oqibat.

    Chekma un, ohim ko‘r, ey Majnunki, bulbul ko‘p fig‘on


    Chekti, o‘rtangan vale parvona bo‘ldi oqibat.

    Butqa gar bosh qo‘ymadim ko‘rgilki dinim tuhfasi


    Dayr piri ollida jurmona bo‘ldi oqibat.

    Deding avvalkim Navoiy, seni gah-gah tirguzay,


    Hech bilmankim sanga, jono, na bo‘ldi oqibat.
    73

    Jahdim andoqdur yetishgaymenmu deb vaslingg‘a bot


    Kim, qabul etman og‘ir deb chiqsa egnimdin qanot.

    Sabr tog‘i birla qilmoq po‘ya bo‘lmas, ey ko‘ngul,


    Tashla ul yukni yetishmak istasang vaslig‘a bot.

    Shahsuvorimning buroqi po‘yasidin qoldi barq


    Kim, aning fe’li shitob ermish, munung rasmi sabot.

    Ko‘p Masihodin dam urma, qil hayotingni tufayl


    Angakim, topmish Masih aning tufaylidin hayot.

    Mehr yuz ko‘rmay o‘chashdi pardadin chiqqach yuzung,


    Olg‘ali qo‘ymas sarig‘ yuzin qora yerdin uyot.

    Chun yudi ko‘zlar savodin ashk yorut yuz ochib


    Kim, diramsiz elga boy el farzdur bermak zakot.

    Ey Navoiy, xoki poyi vasfida shirin so‘zung


    Bor biaynih to‘tiyo ichinda solg‘andek nabot.
    74

    Tiyra kulbamga kirib, jono, o‘lumdin ber najot,


    Zulmat ichra Xizrg‘a ul nav’kim obi hayot.

    Soda ko‘nglum ichra la’lingning xayoli tushgali,


    Shishaedurkim, aning ichiga solmishlar nabot.

    Orazing mehrida og‘zingdur gadolig‘ qilg‘anim,


    Haq seni xurshid qilmish, zarrae bergil zakot.

    To ko‘nguldin bosh chiqarmish har taraf paykonlaring,


    Qush bolasidek bo‘lubturkim, bo‘lur temurqanot.

    Vasl ummidig‘a tilarmen umr, lekin voykim,


    Sensizin ko‘rsam, tirikmen, o‘lturur meni uyot.

    Istasangkim, ul quyosh chiqqach sanga qilg‘ay tulu’,


    Ey ko‘ngul, g‘am sayli yetkach, tog‘dek tutqil sabot.

    Ishqing o‘tin gar Navoiy desakim aylay raqam,


    So‘zidin kuyar qalam, qurur qora, erir davot.
    75

    Ko‘zum ucharki, humoyun yuzungni ko‘rgay bot.


    Biaynihi anga kirpiklar o‘lmish ikki qanot.

    Bezansa dardu balo shohidi halokim uchun,


    Mijam tarog‘durur, eski tuganlarim mir’ot.

    Labing xayolida ashkim erur hayot suyi,


    Firoqing ichra qorarg‘an ko‘zum anga zulmot.

    Zakot o‘lur edi yuzung jamoli naqdig‘a mehr,


    Tajammul ahlig‘a yuzdin bir o‘lsa erdi zakot.

    Desangki, jonima o‘t solmag‘aysen, ey soqiy,


    Takallum etma mayolud lab bila hayhot!

    Qolurlar og‘zin ochib ishq ahli po‘yamdin,


    Sog‘ elga kulgu erur telba aylagan harakot.

    Labingki, jon beradur ahli dard qoni uchun,


    Navoiy qonig‘a gar mayl etar mumiddi hayot.
    76

    Ey ko‘ngul, yor o‘zgalar domig‘a bo‘ldi poybast,


    Senga mushkil holatu bizga qatiq ish berdi dast.

    Vasl torin chekti ul, men dag‘i chektim ohkim,


    Rishtani uzdiyu bo‘ldum hajr tufrog‘ig‘a past.

    Necha bosh qo‘ydum yo‘lida, vahki, qildi poymol,


    Za’flig‘ jismimg‘a zulfi toridek solib shikast,

    Zahra yo‘q, mujib so‘rarg‘a bo‘lmasun, yo rab, kishi


    Muflisu oshiq, sevar dildori mustag‘niyu mast.

    Soqiyo, bu ishga bexudlug‘din o‘zga yo‘q iloj,


    Mujda mug‘ ko‘yiga yetkurgilki, bo‘ldum mayparast.

    G‘arq o‘lay may bahri ichra rost o‘l g‘oyatqacha,


    Kim solib bo‘g‘zum aro chekkay ajal qullobi shast.

    Ey Navoiy, jurm uzri dashtida qil po‘yakim,


    Yaxshi ermas zuhd zanjirig‘a bo‘lmoq poybast.
    77

    Subh erur soqiyu men maxmurmen, sen mayparast,


    Tut quyoshdek jomni, moni’ nedur bo‘lmoqqa mast.

    Tiyra shomi hajr aro, vah, asru ko‘p chektuk xumor,


    Mast o‘lali bu nafaskim, vasl subhi berdi dast.

    Kun biyik chiqquncha ho‘yu nolani past etmali,


    Ko‘p biyik chiqqay bugunkim bo‘lg‘abiz biz yerga past.

    Anjuman ahli yuzin gulgul qilali may bila,


    Mehrdin topquncha anjum gullari bir-bir shikast.

    Charx motam yetkurur, biz dag‘i oncha yig‘lali,


    Kim, kuhan g‘amxonasi ul sayldin qilsun nishast.

    Gar shafoatqa maloyik kelsa, nomahram debon,


    Mehr shaklidin falak yo‘lin qilali xorbast.

    Tong emas bo‘lsa Navoiy mast to shomi abad,


    Kim, azal subhida bo‘lmish qismati jomi alast.
    78

    Junun toshi urub har yon yangi dog‘imni afgor et,


    Ichimdin loladek, ishq ichra toshimni namudor et.

    Chu majnun qilding emdi, ey mug‘anniy, go‘shatobingni,


    Ko‘ngul savdosi taskini uchun bo‘ynumg‘a tumor et.

    Desang, ko‘nglum qushi aylab, havo chekkay navoyi ishq,


    Xadanggingning parin aylab qanot, paykonni minqor et.

    Soching kufrida o‘lsam qabrim uzra qo‘yma xirqamni,


    Chekib har torini bir barhaman beliga zunnor et.

    Ko‘ngul ayvonida ohim yelidin pardayi ishqing


    Desangkim, uchmasun mujgondin atrofig‘a mismor et.

    Desang og‘zin ko‘ray, ey aql, markaz nuqtasin ista,


    Vale shart ushbukim, avval quyosh davrini pargor et.

    Imorat tarhidur na’lu alifdin har taraf ko‘ksum,


    Vafo qasrin qo‘parsang, bu binolar uzra devor et.

    Erur maqsad yiroq, vodiy uzun, tun tiyra, yo‘l burtoq,


    Bu yo‘lda salb etib o‘zluk yukin, o‘zni sabukbor et.

    Navoiy o‘lsa tirguzgil, yuziga yuz qo‘yub, ya’ni


    Yuziga su urib ul uyqusidin ani bedor et.
    79

    Vujudum o‘rtading, ey ishq, emdi tarkim tut,


    Xudoy uchunki, meni qayda ko‘rdung anda unut.

    Ko‘ngulni vasl charog‘i bila, deding, yorutay,


    Tutashti chun bizning uy emdi o‘zga uyni yorut.

    Chu vasl kuymak ila hosil o‘lmadi, ey ko‘z,


    Tahassur ashki bila shu’lalig‘ ko‘ngulni sovut.

    Jununi daf’ig‘a ko‘nglumni dog‘ etay debsen,


    Bu dog‘ sahldurur, hajr dog‘idin qo‘rqut.

    Buxori ohim erur loyiq, anglagil, ey ashk,


    Bahori husnig‘a nogah keraklik o‘lsa bulut.

    Ne voqi’ o‘lsa chu taqdirdin emas xorij,


    Bas o‘ktadur qiluridin kishiga bermak o‘gut.

    Navoiyyo, bu o‘tar olam ichra besh kun qil


    O‘zungni may bila mashg‘ulu ishq birla ovut.
    80

    Ko‘nglum oldi bir pariypaykar malaksiymo yigit


    Kim, bani odamda andoq bo‘lmamish paydo yigit.

    Oti sarkash, to‘ni zarkash, husni dilkash, nutqi xush,


    Ko‘rmaduk bu nav’ mahvash chobuku ra’no yigit.

    Ishqida ko‘zu ko‘ngulning bir-biridin rashki bor,


    Olloh-Olloh, bo‘lur ermish muncha ham zebo yigit.

    Zorlig‘lar birla o‘lmay topmag‘umdur xud visol,


    Ne uchunkim men qari quldurmen, ul mirzo yigit.

    Yo‘lida yuz ming kuhanpir o‘lsa, qilmas iltifot,


    Kimsa ko‘rganmu ekin bu nav’ beparvo yigit.

    Yo‘lung uzra ham gadomen, ham qari, ham xasta hol,


    Bir boqib o‘t holima husnung zakoti, o yigit.

    Dayr piri mazhabin tutmay, musulmonlar, netay,


    Olg‘an o‘lsa naqdi iymonimni bir tarso yigit.

    Bosh oqardi, sabza xatlar tarki tutsam yaxshiroq


    Kim, xush ermastur yigitlar bazmida, illo yigit.

    Ey Navoiy, qarib o‘zni solmakim, aylar seni


    Bir qadah may birla ul sho‘xi qadahpaymo yigit.
    81

    Mast chiqti yana ul qotili bebok yigit,


    Chok aylarga ko‘ngullar yoqasi chok yigit.

    Aql pirini fano dayrida rasvo qildi,


    Kim ko‘rubtur bu sifat zolimu bebok yigit.

    Yetti iqlimda ofat yigitimcha ermas,


    Quyoshidin yasasa bu yetti aflok yigit.

    Gah qilur zulmu gahe qatl havas kim ko‘rmish


    Qotilu zolim aro buyla havasnok yigit.

    Poklik pardasida tutsun ani izidi pok


    Kim, erur asru yuzi poku o‘zi pok yigit.

    Qariding, o‘zni qarilar sari solkim, yarashur


    Kirsa cholok yigit bazmig‘a cholok yigit.

    Ey Navoiy, yigiting nazminga mayl etti, sevun


    Kim, nasib o‘ldi sanga sohibi idrok yigit.
    82

    Yana soldi hajr ham tan, ham ko‘ngul, ham jong‘a o‘t,


    Soldi o‘t hijron manga, yo rabki, sol hijrong‘a o‘t.

    Aytqay kiymish junun mulki shahi zarkash libos


    Ko‘rgan el, bu nav’kim tushmish meni uryong‘a o‘t.

    Go‘yiyo bo‘ldi quyun g‘am dashtida eskan samum,


    Yo‘qsa tushti men kebi majnuni sargardong‘a o‘t.

    Manziling erdi ko‘zu ko‘nglum, vale sen borg‘ali


    Muni su qildi xarobu tushti ul vayrong‘a o‘t.

    Men dag‘i kuymay qutulmoq, ey ko‘ngul, mumkin emas,


    Buylakim soldi damim g‘am dashtida har yong‘a o‘t.

    Dudi ohim dosh dudidekmu ravzandin chiqar,


    Yo solibtur furqating bu kulbayi ahzong‘a o‘t.

    Gar manga o‘t soldi davron hajridin, bas ayb emas,


    Men dag‘i solsam damodam oh ila davrong‘a o‘t.

    Ne uchun ashjordin yig‘mish o‘tun, ey bog‘bon,


    Otashin guldin agar urmas falak bo‘stong‘a o‘t.

    Ey Navoiy, tan qolib jonimni olib bordi yor,


    Soldi ul borg‘ang‘a o‘t, hijron vale qolg‘ang‘a o‘t.
    83

    Vahki, hajrinda jahon bo‘ldi ko‘zumga zulumot


    Kim, borur yayqalibu qaytmas ul obi hayot.

    Zulfi ollinda binafshaki, boshin soldi quyi,


    Ani ko‘rmakka hamono munga moni’dur uyot.

    Harakat qilsa labing tuz to‘kulub shahd oqar,


    Tuzluq el ko‘p, biri yo‘q sen kebi shirinharakot,

    Terlagan la’li gulob ichramudur gul bargi


    Yo‘qsa usruk ko‘zmu soldi araq ichra nabot.

    Ko‘nglum ul gulga qilib mayl, fig‘onkim, bulbul


    Oriyat istadimu bermadi bir lahza qanot.

    Bu chaman ichra xazon sarsaridin sarv kebi,


    G‘ami yo‘q tuzluk ila kimki shior etti sabot.

    Ko‘r Navoiyniki ko‘ngli uyidur butlar ila


    Uyla butxonaki, anda to‘ladur lotu manot.
    84

    Ey nasimi subh, ahvolim diloromimg‘a ayt.


    Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandomimg‘a ayt.

    Buki la’li hasratidin qon yutarmen dam-badam,


    Bazmi aysh ichra labolab bodaoshomimg‘a ayt.

    Kom talxu boda zahru ashk rangin bo‘lg‘anin,


    La’li shirin, lafzi rangin, sho‘xi xudkomimg‘a ayt.

    Shomi hijron ro‘zgoring tiyra nevchun qildi deb,


    So‘rmag‘il mendin bu so‘zni, subhi yo‘q shomimg‘a ayt,

    Ul pariy hajrida nangu nomkim, tark ayladim,


    Ko‘ngul otlig‘ hajr vodiysida badnomimg‘a ayt.

    Ey karomatgo‘y, ishim og‘ozi xud isyon edi,


    Sham’i rahmat partavi yetkaymu anjomimg‘a, ayt.

    Yo‘q Navoiy bedil oromi g‘am ichra, ey rafiq,


    Holini zinhorkim, ko‘rsang diloromimg‘a ayt.
    85

    Xirmani ruxsorig‘a solmish mayi gulnori o‘t,


    Uylakim, gul xirmanig‘a otashin ruxsori o‘t.

    Hajr shomi g‘am sipohin, ko‘rki, ko‘nglum dashtida


    Ne yoqibdurlar cherig tushgan kebi har sori o‘t.

    O‘t agar itsa jahondin, ohim o‘lsa, g‘am emas,


    Yetkuray bir damda yuz avvalg‘i o‘t miqdori o‘t.

    Gar harorat mujibi ermas chuchukluk, bas nedur


    Har zamon jonimg‘a solmoq la’li shirinkori o‘t.

    Fo‘tayi zarbaft emas ul sho‘xi ra’no boshida


    Kim, ayon qildi uzori tobidin dastori o‘t.

    May batining ko‘r nishotafzolig‘in huzn ahlig‘a


    Kim, sochar suhbatni garm aylar uchun minqori o‘t.

    Gar Navoiy o‘xshatur ko‘kni tutunga, ayb emas,


    Chun bulutqa urmish aning ohi otashbori o‘t.
    86

    Lolazor ermaski, ohimdin jahong‘a tushti o‘t,


    Yo‘q shafaqkim, bir qiroqdin osmong‘a tushti o‘t.

    Dedilar: el xonumonin o‘rtar ul ruxsor o‘ti,


    Bu so‘z eshitkach, meni bexonumong‘a tushti o‘t.

    Orazingning lam’asi kuydurdi sabrim xaylini,


    Barqi ofat chaqilib ul korvong‘a tushti o‘t.

    O‘qlaring ko‘nglumga tushkach kuydi ham ko‘z, ham badan


    Kim, kuyar o‘lu qurug‘ chun naysitong‘a tushti o‘t.

    Sovurub gul xonumoninmu quyun rangin ekin,


    Yo falak bedodidin sarvi ravong‘a tushti o‘t.

    Kuydum ul damkim, yuz ochding xalqni kuydurgali,


    Elga o‘t solding vale, men notavong‘a tushti o‘t.

    Ey Navoiy, bilki ohe chekmisham beixtiyor,


    Desalarkim, beshayi Mozandarong‘a tushti o‘t.
    87

    Voykim, dushmandek o‘ldi ahdidin begona do‘st,


    Dushmanim o‘ltursa, ahd ettimki, tutmay yona do‘st.

    Sog‘arimda zahru sahro uzra po‘yam shiddatin


    Bilmas ulkim, bor anga hamkosavu hamxona do‘st.

    Jon qushi o‘rtandi sevgach yorning o‘tlug‘ yuzin,


    Naylagay kuymay, chu bo‘lg‘ay sham’ ila parvona do‘st.

    Vodiyi hijronda ag‘yorig‘a yor o‘ldum, ne tong


    Gar bo‘lur g‘uli biyoboniy bila devona do‘st.

    Do‘stluq jonondin istarmen, manga olam eli


    Dushmani jon bo‘lsa bo‘lsun, bor esa jonona do‘st.

    Ahli din paymonshikandur, qilsa bo‘lmas do‘stluq,


    Bas manga mug‘ dayrida ulkim, tutar paymona, do‘st.

    Zulfig‘a tushsa Navoiy xoli shavqidin ne tong,


    Domdin yo‘q chorasi har qushki, bo‘lg‘ay dona do‘st.
    88

    Bosh qo‘yarmen kup ayog‘inda may ichsam payvast,


    Qani mug‘ dayrida mendek yana bir bodaparast.

    Hajridin toki ko‘ngul sindi oqar turmay qon,


    Shishadekkim, to‘kulur bodasi chun topti shikast.

    Din havas aylasam, o‘lturmangiz, ey mug‘bachalar


    Kim, burun tavba ushatqan kuni bo‘lmishmen mast.

    Menu mayxonaki soqiyu mug‘anniy qilmish


    Chang zulfiyu tarab, sog‘ariy birla pobast.

    Joh bazmi aro sarkashlik ila topma g‘urur


    Kim, bo‘lur buyla biyiklar yana bir jom ila past.

    Yo‘q harifeki, fano dashtida qo‘llar tutushib,


    Bo‘lsa yo‘l qat’ida hampoy mangavu hamdast.

    Meni usruk ko‘rubon jomim ushatma, ey shayx


    Kim, bu yanglig‘ meni mast etgan erur jomi alast.

    Sayldin tomg‘a nishast o‘lg‘anidek, dayr ichra


    Boda saylobidin o‘ldi meni vayrong‘a nishast.

    G‘arqi may bo‘ldi Navoiyu erur uyla zaif


    Kim, surohiy qilidin solsa bo‘lur bo‘g‘zig‘a shast.


    Download 1.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 1.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    PYe HARFINING PARIVAShLARINING PARVOZI «G‘AROYIB»DIN

    Download 1.79 Mb.