JIM HARFINING JAMILALARINING JILVASI «G‘AROYIB»DIN




Download 1.79 Mb.
bet7/50
Sana17.07.2023
Hajmi1.79 Mb.
#76857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Талабнома намунаси, Asosiy qism, 1.11..2021 буйруқлар (2), MUZAFFAR, 8 mavzuu, Qolgan mavzular, 27, 1-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishnin, 6 Laboratoriya mashg`uloti .Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash, Abdulla Oripov. Haj daftari (cyr), Abdulla Oripov. Saylanma, Abdulla Qahhor. Og‘riq tishlar (komediya) (cyr), Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoyalar) (cyr), Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar (roman) (cyr), Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
JIM HARFINING JAMILALARINING JILVASI «G‘AROYIB»DIN
92

Buzug‘ ko‘ngulga fano bo‘lsa kom, cheksun ranj


Ki, ranj chekmasa hargiz muyassar o‘lmas ganj.

Agar kishiga chekib ranj, ganj bo‘ldi nasib,


Desa bu ganjni asray, yo‘q andin ortuq ranj.

Kishiki naqdini vazn aylabon qilur madfun,


Bu g‘ussasanjdur, olg‘an kishi-farog‘atsanj.

Yilon kebi, ne ajab, ganj asrag‘an kishining


Hamesha komida gar zahr erur, tanida shikanj.

Zamona johi uchun har g‘ululayi tashvish,


Ki, kelsa ko‘nglung uyini anga qilursen xanj.

Desangki, fard o‘lay eldin ko‘ngulni xoliy tut


Ki, toq derlar agar xanj sari etsang lanj.

Boshi quyidurur ozoda savsan ollinda,


Chu nargis o‘ldi chaman maxzanida naqd-ul-fanj.

Tariq kebi so‘yulur talxkomliq birla,


Tarig‘ tarig‘ki, yig‘ishturdi oltunin noranj.

Itur ko‘ngul haramidin xavotir asnomin,


Navoiy, o‘lsa maqoming Madina, gar Afranj.
93

Ey gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj,


Kim, gadoyingdur, anga yo‘q taxt ila toj ehtiyoj,

Ko‘zlaring oz jurm uchun qilsa itob ermas ajab,


Bor muayyankim, bo‘lur bemorlar nozuk mizoj.

Gar sanavbar tuzmamish sarving xilofin ko‘nglida,


Yel chinor ilgi bila nevchun urar yuziga koj.

Eyki, ko‘nglumni buzub, dersen, xayolimni chiqar,


Hech kim vayronadin ganj istamas hargiz xiroj.

Sen jafo qilg‘ach, ko‘ngul jon birla tarkim tuttilar,


Bo‘lsa shah zolim, el ichra zulmg‘a ermish rivoj.

Hajrdin dod istadim, deding, sabur o‘l voy kim


Toza dog‘img‘a yonar o‘t birla aylarsen iloj.

Chun fano gardi yopar, ne sud, taxti johinga,


Ko‘kning anjumdin mukallal atlasin qilsang duvoj.

To gadoyingdur Navoiy taxt ila toj istamas,


Ey gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj.
94

Charx izing gardiga qildi kavkabi sayyor xarj,


Javhar olmoqg‘a g‘aniy qilg‘an kebi dinor xarj.

Soyiru sobit nisoring qilsa tong yo‘qkim, bo‘lur


Kechqurun shoh o‘lsa mehmon, kimsaga bisyor xarj.

Naqdi rahmat xarjing etsa haq, ne tong, ulkim topar,


Sen kebi mahbubi vaslin, aylagay nochor xarj.

Fosh etib naqdi shafoat qilding ummatni xalos,


Aylagandek naqdini topqan qiziq bozor xarj.

Bahri rahmatdinki, topting, xalq uza bir qatra bas,


Garchi teng avlodur etmak daxl ila izhor xarj.

Mag‘firat ganji sanga tamlik erur, moni’ emas,


Aylasang isyoni ko‘p ummatqa har miqdor xarj.

Sen kimu na’tin demak, til asrag‘il ko‘p nuktadin,


Ey Navoiy, ma’rifatni qilma har ne bor xarj.
95

Mayi la’ling erur jon birla mamzuj,


Yo‘q ersa obi hayvon birla mamzuj.

Jigargundur sirishkim, negakim bor


Bag‘ir bu ashki g‘alton birla mamzuj.

Jahonni buzdi ashkim oh ilankim,


Erur sarsar bu to‘fon birla mamzuj.

Qo‘shuldi ko‘zlarimning ashki vahm et


Ki, Qulzum bo‘ldi Ummon birla mamzuj.

Ko‘ngul qon bo‘ldiyu ishqing o‘tidin


Bu qon mahlul paykon birla mamzuj.

Yuziga tushti zulf aylang nazzora


Ki, bo‘ldi kufr iymon birla mamzuj.

Manga har mayki, tutti soqiyi davr,


Burun qildi ani qon birla mamzuj.

Mayi vasl istama ko‘p, ey ko‘ngulkim,


Erur ul zahri hijron birla mamzuj.

Navoiy suri motam bo‘ldikim, bor


Surudi ayshi afg‘on birla mamzuj.



Download 1.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Download 1.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



JIM HARFINING JAMILALARINING JILVASI «G‘AROYIB»DIN

Download 1.79 Mb.