HYe HARFINING HAROMIYLARI HUSNOROYLIG‘I «G‘AROYIB»DIN




Download 1.79 Mb.
bet9/50
Sana17.07.2023
Hajmi1.79 Mb.
#76857
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Талабнома намунаси, Asosiy qism, 1.11..2021 буйруқлар (2), MUZAFFAR, 8 mavzuu, Qolgan mavzular, 27, 1-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishnin, 6 Laboratoriya mashg`uloti .Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash, Abdulla Oripov. Haj daftari (cyr), Abdulla Oripov. Saylanma, Abdulla Qahhor. Og‘riq tishlar (komediya) (cyr), Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoyalar) (cyr), Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar (roman) (cyr), Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
HYe HARFINING HAROMIYLARI HUSNOROYLIG‘I «G‘AROYIB»DIN
101

Zihe tiling ana afsah takallumida fasih,


Sen amlah o‘ldung, agar dilrabolar o‘ldi malih.

Tulu’i subhi saodat yuzung sabohatidin,


Zihe kamoli sabohat, zihe jamoli sabih.

Xamiri moyayi jismingdin ortqanni qazo,


Iki badanda qilib ruh atadi Xizru Masih.

Falakni chok qilib o‘tganingda gar ba’zi


Tavahhum ayladi, shaqqul-qamarda bo‘ldi sarih.

Qadam quyosh uza qo‘ydung uruj shomi ne tong,


Kafingni gar yadi bayzog‘a qilsalar tarjih.

Erur kalomekim, anda hurufi illat yo‘q,


Qayu hadiski, sendin bayong‘a keldi sahih.

Emas Navoiyu madhing demakka had, basdur


Anga bu qadrki, modihlaringg‘a bo‘lsa madih.
102

Badang‘a kelmadi to azmi ko‘yung ayladi ruh


Ki, ruh shaxsini ul g‘amza ayladi majruh.

Hayotbaxsh esa ul hur aksidin boda,


Mahalli hayrat emas, hur aksidindur ruh.

Qizardi lolavu sarg‘ardi subh xijlatdin,


Bu lolalarki, uzoringda ochti jomi sabuh.

Vafog‘a va’da qiliptur deb o‘tma, ey qosid,


Xudoy uchun manga kayfiyatin degil mashruh.

Hayot yor visolidur, ey ko‘ngul, yo‘q esa,


Seni firoqda farz aylayinki, bo‘ldung Ruh.

Buyurma tavba yana, nosihoki, mug‘bachalar


Havosi qildi meni tavba tavbasida nasuh.

Fig‘onki, tiyra ko‘ngul kunjida nihon rozim


Piyola sha’sha’sidin el ichra topti vuzuh.

Baso kishiki, ishi masjid ichra band o‘ldi,


Chu ochti dayri fano eshigin yetishti futuh.

Navoiyo, nedin ul g‘amza tiyg‘ tortibdur,


Gar istamaski, ko‘ngul saydin aylagay mazbuh.
103

Ko‘ngulni mug‘bacha oldi mug‘ona tut aqdoh


Ki, yo‘q saloh ila bo‘lmog‘liq emdi bizga saloh.

Bir oy firoqida bexudlug‘ istaram to‘la tut,


Agar qilib esang aflok jirmidin aqdoh.

Halol bo‘ldi xaroboti ishq ahlig‘a may,


Tutarbiz ahli vara’, kimki ani tutsa muboh.

Hayotbaxsh labing ruh emishtuk, ey soqiy,


Magarki vovini i’lol etib qilibsen roh.

Yo‘q ersa jismda ul hosil aylagan qondin,


Hakim ne uchun ajzosini dedi arvoh.

Saboh maykada bog‘lig‘duru xumorim tund,


Taajjub etmang, agar zikrim o‘lsa, yo fattoh.

Ne erdi maykada g‘avg‘osi, raz qizin go‘yo


Bu shom qildi Navoiyg‘a piri dayr nikoh.
104

Nega ko‘rguzdi sovug‘ ohu sarig‘ ruxsor subh,


Gar nihoniy mehridin mendek emas bemor subh.

Gar havoyiy bo‘lmasa men telba yanglig‘, bas nedur,


Ko‘nglakin chok aylabon tog‘ uzra majnunvor subh.

Mehridin mendek nihoniy toza dog‘i bo‘lmasa,


Yuzda nevchun kavkabi ashkin qilur izhor subh.

Dema shingarfiy bulut har yon erur qonlig‘ momuq,


Toza dog‘idin erur mendek magar xunbor subh.

G‘am tuni ohim sharoridin tutashti ko‘kka o‘t


Kim, aning otin qo‘yuptur gunbadi davvor subh.

Kun shuoiy xatlari ermaski tutmish motamim,


Yuzni anjum tirnog‘i birla qilib afgor subh.

Soqiyo, tutqil sabuhiy bodakim, bu dayrdin,


Biz ketib bu nav’ toli’ bo‘lg‘usi bisyor subh.

Ey Navoiy, istasang bargu navo bu bog‘ aro,


Guldek o‘l roki’ kecha, bulbul kebi bedor subh.
105

Ro‘zavu gul yettiyu ichmas ul oy gulgun qadah,


Ne ko‘ngul xushluq bila tortay meni mahzun qadah.

Yo meni mahrumg‘a xunobayi hijron berib,


O‘zga mahramlar bila ul oy chekar gulgun qadah.

Bore har taqdir ilakim, bor meni labtashnag‘a


Tutmas ermish zahri g‘amdin o‘zga dahri dun qadah.

Soqiyo, bu g‘ussa daf’i mastu bexudlug‘durur,


Tut shafaqgun may to‘la gar xud erur gardun qadah.

Ro‘za oyin ko‘rmay ilgingdin qadahni solmag‘il,


Lek ol bayram hiloli ham ko‘rungan tun qadah.

Jom erur men telbaga qonlig‘ ko‘zumning kosasi,


Lolalar sahroda bas, gar istasa Majnun qadah.

Chun fano dayrig‘a kirdim boda tut, ey piri dayr,


Zarf xoh eski safol o‘lsun, vagar oltun qadah.

Yuz qadah qilg‘il murassa’kim chekarsen jomi marg,


Hech kim xud topmadi Jamshiddin afzun qadah.

Ey Navoiy, bizni yod etkaymu barqandon kuni


Ichsa jomi Jam tilab soniyi Afridun qadah.
106

Ey manga jonbaxsh gulbargi taringdin toza ruh,


Toza-toza har biri shavqin solib ovoza ruh.

Ruhi mahz ul tozavu tar sarvi ra’nodek qading,


Ne ajab bo‘lsa ravon bo‘lg‘anda elga toza ruh.

Ko‘yi gardidin o‘lug jon topsa tong yo‘q, negakim


Tufrog‘ o‘ldi ko‘yida behaddu beandoza ruh.

Bo‘lg‘usi jonon kebi bo‘lsa mujassam suvrati,


Hulla kiysa surtubon jannat gulidin g‘oza ruh.

Chiqti jondin paykar aylab nozu husn izhor etib,


Zor ul paykarga jon, vola bu husnu noza ruh.

Shavq tiyg‘i birla solik aylasa ko‘nglini chok,


Fayz shahristoni sayrig‘a topar darvoza ruh.

Ey Navoiy, shukrkim, yo‘l topti jonon ko‘yiga


Hajr shomi zulmatida yo‘lni oza-oza ruh.


Download 1.79 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Download 1.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



HYe HARFINING HAROMIYLARI HUSNOROYLIG‘I «G‘AROYIB»DIN

Download 1.79 Mb.