• Muammoli vaziyatni yechishda qollaniladigan usullar
  • Muammoli vaziyatni hal etish darajalari




    Download 0.71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/26
    Sana23.05.2022
    Hajmi0.71 Mb.
    #21662
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
    Bog'liq
    O\'tkirov Behruz, 1-ШЎЪБА, yangi maqola talaba bilan Homidov
    Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: 

    -o'qituvchi muammoni qo'yadi va o'zi yechadi; 

    -o'qituvchi muammoni qo'yadi va uning yechimini talabalar bilan 
    birgalikda topadi; 

    -talabalarning o'zlari muammoni qo'yadilar va uning yechimini 
    topadilar. 
    Muammoli vaziyatni yechishda qo'llaniladigan usullar: 

    muammoni turli nuqtai-nazardan o'rganish, tahlil qilish; 

    solishtirish, umumlashtirish; 

    faktlarni aniqlash va qiyoslash; 

    vaziyatga bog'liq xulosalar chiqarish; 

    talabalarning o'zlari aniq savollar qo'yishi va boshqalar. 


    Muammoli ta'lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib 
    kelmoqda. Jumladan, qadimgi Gretsiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi 
    Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. 
    Muammoli ta'limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda 
    Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo'llagan. XX asrning~B©
    i
    yillarida bu 
    yo'nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy 
    etildi.Muammoli ta'limning asosiy g'oyasi bilimlarni talabalarga tayyor holda berish 
    emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo'yicha o'quv-
    tadqiqotlarini 
    bajarish 
    asosida 
    o'zlashtirilishini 
    ta'minlashdan 
    iborat. 
    O'zbekistonda muammoli ta'limni qo'llash bo'yicha bir necha asrlar davomida 
    maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida 
    talabalarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go'zal nutq tarkib toptirilgan. 
    Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta'lim usullaridan biri sifatida 
    qo'llaniladi. Bunda talaba chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq vato'g'ri 
    so'zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga 
    o'rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o'qituvchining talabani mustaqil 
    va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda lining fikrlashidagi noto'g'ri jihatlarni 
    ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo'liga olib chiqishdan iborat usullar 
    nazarda tutiladi.Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash 
    mumkin; 
    1. Savol-javoblar orqali talabaning bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini 
    umumiy tarzda aniqlash. 
    2. O'rganilayotgan mavzuning mazmunini talaba motivlariga muvofiqlashtirish. 
    Bu, asosan, talabaning qiziqish va qobiliyatlariga mos bo'lgan misollar tanlash 
    orqaliamalga oshiriladi. 
    3. Talabani faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag'batlantirish usullaridan 
    foydalaniladi. 
    3.1.O'qituvchi o'zini bilmaydigan odamdek, talabadek tutib, savollar berib 
    boradi. 


    4. Talabaning to'g'ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq 
    fikrlashga, so'zlashga jalb qilish. 
    4.1.Talabaning xato fikrlarini aniqlab borish. 
    5. Talabaning xato fikrlariga nisbatan to'g'ri fikrni o'qituvchi tomonidan yaqqol 
    mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali talaba uchun 
    muammoli vaziyat yaratiladi va talabani o'z xatolarini o'zi tuzatishiga yo'naliiriladi. 
    Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo'lib, 
    ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o'qituvchining keng bilimga va 
    ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega 
    bo'lishi kabilardan iborat. 



    Download 0.71 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




    Download 0.71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoli vaziyatni hal etish darajalari

    Download 0.71 Mb.
    Pdf ko'rish