Muammoni hal qilish




Download 296.79 Kb.
bet1/3
Sana10.04.2024
Hajmi296.79 Kb.
#193042
  1   2   3
Bog'liq
MUAMMONI HAL QILISH
Норматов Ш 952-21, All Collocations and Idioms (2), teoreticheskaya mehanika voprosy s otvetami (1), 2-ОН саволлари БИА ПКБ (1), 10-ma\'ruza, 2 5465288370252944138, MENGNOROVA Y 1, 5.iqtisodchi-olimlar, 1RD28jxJgfJFq1HWblY1XSt7De4WbIkLCGg7E06a (1), Excel dasturida matematik formulalar bilan ishlash, 25 5A310204 Elektr energetikasi dastur 2021, Dissertatsiya, Yelpigich-metodi, BuxDU konferensiya toplami 06.06.2023, 222

MUAMMONI HAL QILISH
1-test

Raqobat yo'q joyda o'sish bo'lmaydi.




Iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishida raqobat muhitining mavjud bo'lishi zaruriy shart hisoblanadi. Misol uchun bugungi kunda 4-sinf o'quvchilar Prezident maktablari kirish imtihonlariga tayyorlanish bo'yicha raqobat qilishmoqda. Natijada 3-4-sinf o'quvchilarining bilim darajasida yuqori o'sish kuzatilmoqda. Raqobatning yo'qligi esa xalqni kambag'allashtiradi. Misol uchun, avtomobil bozoridagi raqobatning yo'qligi sababli xalqimiz jahon bozorida 6000$ bo'lgan avtomobilni ikki marta qimmatga olishga majbur. Chunki, chet eldan olib kirilayotgan avtomobil narxining 90% miqdorida soliq bojlarini to'lash lozim bo'ladi. Bu yurtimiz yagona avtomobil ishlab chiqaruvchi "UzAvto Motors" AJni vaqtinchalik qo'llab- quvvatlash uchun qilingan choralar edi. Ammo, 28 yillik qo'llab-quvvatlanishga qaramay zavod mashinalar tannarxini kamaytira olmadi. Balki, har yili qo'shimcha soliq imtiyozlaridan foydalanib kelmoqda. 2022-yilning o'zida 702 mlrd so'm kompaniyaning davlat budjetiga to'lanadigan soliqlari kechib yuborilgan. Energetika sohasida ham bunday holatlarni ko'plab kuzatish mumkin. Hech qanday xalqaro tenderlarsiz xorijiy firmalarga berilgan loyihalardan xalq katta zarar ko'rmoqda. Bundan olti oy avval Buxoroda quriladigan quyosh elektr stansiyasida Masdar kompaniyasi 1 MW elektr energiyasi uchun 15$ narx qo'ygan edi. Yaqinda Qashqadaryoda o'tkazilgan tenderda turli firmalar raqobatlashdi va o'sha Masdar kompaniyasi 1 MW elektr energiyasi uchun 6S narx qo'ydi. Raqobatsiz tuzilgan shartnomalar katta miqdordagi zararlarga olib keladi. Yaqin kunlar ichida hech qanday tenderlarsiz xususiylashtirilayotgan benzin shaxobchalaridan shuni aytish mumkinki, hozircha O'zbekistonda benzin narxi arzonlamaydi. 2018-yilda O'zbekiston Lukoil kompaniyasidan $600 mln miqdorida qarz bo'lib qoladi. Bu aqlga sig'mas voqea edi. Qanday qilib O'zbekitonning boyliklaridan foydalanib mlrdlar daromad qiluvchi kompaniyadan O'zbekiston qarz bo'lib qoladi?! Sabab raqobatning yo'qligida. O'sha vaqtda O'zbekiston Lukoil kompaniyasidan tannarxi 40$ bo'lgan o'z gazini 146$ dan xarid qilgan. Bunday mantiqsizliklarni 2022-yil holatida ham ko'rish mumkin. O'zbek kompaniyalari mahsulotlarni o'zimizga qimmat sotib, chetel kompaniyalariga arzonroq sotishadi va o'zimizdan arzon, chetel kompaniyalaridan qimmat xariq qilishadi. Misol uchun "O'zbekneftgaz" qazib chiqarayotgan gazini "O'ztransgaz" va "Hududgazta'minot"ga 250 so'mdan sotib xorij kompaniyasi "Uz-Kor Gas Chemical"ga 190 so'mdan sotadi. 2022-yil Aholiga gaz sotadigan "Hududgazta'minot" aslida gazni "O'ztransgaz"dan 340 so'm, "Epsilon" xorijiy kompaniyasidan 501 so'm, "O'zbekneftgaz"dan 250 so'mdan sotib oladi. Yana qiziq tomoni "O'ztransgaz" xuddi shu gazni xorijiy erkatoy kompaniyalar "Lukoyl" va "Uz-Kor Gas Chemical"dan 1100 so'm, "Natural Gas-Stream"dan 550 so'mdan sotib olmoqda. So'ng u ham ushbu gazni "Hududgazta'minot ga 340 so'm, magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste'molchilar issiqlik elektr stansiyalariga 1000 so'm, boshqalarga esa 1150-1300 so'mdan sotmoqda.
Eng kulgili joyi shundaki, xorij kompaniyasi "Uz-Kor Gas Chemical" o'zbek gazini 190 so'mga sotib oladi va o'zimizga 1100 so'mdan sotadi. Kamiga davlat 2022- yilda uning davlatga to'lashi lozim bo'lgan 1 trillion 104 mlrd so'mlik soliqlarini kechib yuboradi. 2008-yilda "ZeroMax" kompaniyasiga tegishli bo'lgan Bunyodkor futbol klubi brazilyalik futbolchi Rivaldo bilan shartnomani bekor qilgani uchun unga 8,1 mln dollar tovon puli to'lashi lozimligi aytilmoqda. Ushbu pulga yoshlar uchun 10 ta yangi maktab qurib berish mumkin.

Download 296.79 Kb.
  1   2   3




Download 296.79 Kb.