Muhabbat psixologiyasi




Download 50.99 Kb.
bet1/11
Sana06.03.2024
Hajmi50.99 Kb.
#168104
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Muhabbat psixologiyasi-fayllar.org
Safarboyev Rahimbek, 1-tema Komp.Arxitekturasi, Sandug\'ash-WPS Office, qMU, 5120100 Каракалпак тили панлер дизими (3), 166666666, Ólshew ásbaplarınan Beletler 2022 j Taza, Ешбаева Н2, 1111111111 (3), Qoraqalpoq davlat unversiteti Yuridik fakultet 104 (2), TOY STOLL, 1, 1515151111441444, АРЗА, Tuproq geografiyasidan mustaqil ishi. ABDULLAYEVA INOBAT

Muhabbat psixologiyasi

Muhabbat psixologiyasi
Qaysi mutafakkir yoki olim, shoir yoki yozuvchining asarlarini olib ko`rmang, ularning hech qaysisi o`z ijodiy faoliyatida inson hissiyotlarining eng kuchli va sirlisi, serjilo va sehrlisi hisoblangan muhabbatni chetlab o`ta olmagan. Insoniyat bor ekan, muhabbat odamni sirli tuyg`ular olamiga yetaklagan, uni yengib bo`lmas g`ovlardan o`tishga va cho`qqilarni zabt etishga undagan, uni rag`batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa etgan. Hatto o`lim to`shagida yotgan kishiga ham umid bag`ishlab, hayot nash`asini surdirgan, oddiy kunlariga kamalak jilolarini arg`umon etgan, uning atrof-muhitni hamda o`zligini idrok qilishi uchun turtki bo`lgan. Shaxs ruhiyatida hatto o`ziga ham noma`lum bo`lgan qudratni kashf etgan. Ko`hna va hamisha navqiron hisoblangan bu insoniy tuyg`u hammaga barobar aziz va muqaddasdir.

Buyuk olim Abu Ali ibn Sino o`z asarlaridan birida kuchli muhabbatni izohlar ekan, uni kasallik sifatida ta`riflaydi va «davolanish» yo`llarini ko`rsatib o`tadi: muhabbat o`tida qiynalib azob chekayotgan ikki qalbni birlashtirishni maslahat beradi. Shuningdek, u yana ma`lum ob`ektiv sabablarga ko`ra, ya`ni dinidagi, salomatligidagi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidagi tafovutlarga asoslanib qalblarni birlashtirish imkoni bo`lmasa, unda odamning ruhiy xususiyatlariga ko`ra turlicha davo choralarni qo`llashni tavsiya etgan. Masalan, hissiyotni boshidan kechirayotgan odamni sevgilisidan sovutish, hissiyotni zaiflashtirish, hissiyotni boshqa shaxsga ko`chirish, chalg`itish, organik ehtiyojlarni qondirish orqali muhabbat hislarni susaytirish shular jumlasidandir.


Shunisi taassuflanarliki, hozirgi kunga qadar muhabbat tushunchasiga yagona ilmiy ta`rif, tavsif berilmagan, bevosita unga bag`ishlangan ilmiy asarlar nihoyatda kam. Kishilar ongida bo`lgani kabi badiiy asarlarda ham muhabbat haqidagi turlicha, ko`pincha bir-biriga zid fikr va ta`riflarni uchratish mumkin.
Ba`zi mualliflar esa muhabbat hislarini sof ruhiyat komponenti sifatida bayon etib, undagi fiziologik komponentni inkor etadilar. Fiziologik komponent hayvonlarga xos bo`lgan organik ehtiyojlarni qondirishdan iborat instinktning ifodalanishi sifatida idrok etiladi. Shu sababli ham ular odam hayvoniy hirsdan, jinsiy intilishlardan ozod bo`lishi kerak deb hisoblashadi va muhabbat hislariga bir yoqlama yondashishadi. Klassik asarlarda, jumladan, qadimgi hind traktatida muhabbatga bir muncha to`liq, ta`rif beriladi: «Aql mayli hurmatni tug`dirsa, qalb mayli do`stlikni, tana mayli xohishni tug`diradi. Aql, qalb va tana bir bo`lib sevgi muhabbatni tug`diradi». Volter: «Sevgi-muhabbat - bu ham qalb, ham aql va tanaga bir vaqtning o`zida hujum qiladigan eng kuchli, zavqli his-tuyg`ulardan biridir», - deb ta`rif beradi. Bu ta`riflarni o`zaro taqqoslash va ruhiy tahlil qilish, sevgi-muhabbatda zaruriy ruhiyat komponenti bo`lishi bilan bir paytda fiziologik komponent ham hisoblanadi.
Qadimgi yunonlar sevgi-muhabbatni qanday yo`nalishda ketishiga qarab ikki turga - «eros» va «agape»ga bo`lganlar, vaholanki, ular muhabbatning ikki muhim tomonidir, ya`ni «eros» - muhabbat ob`ektiga ega bo`lishga, uni o`ziniki qilib olishga qaratilgan bo`lsa, «agape» - hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsning hissiyot ob`ektiga o`zini bag`ishlashdir. Ana shu hissiyot har bir odamda uchraydi. Shu hissiyotlarda qaysi biri ustunlik qilishiga qarab, kishidagi muhabbatni, aniqrog`i hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxs va uning muhabbatdagi istiqbolini ham oldindan aytib berish mumkin. Basharti «agape» ustunlik qilsa, hissiyotning umri uzoq bo`lishi va aksincha, «eros» ustun bo`lsa, tez orada hissiy qoniqish sodir bo`lib, bunday odamdagi muhabbat hislarining umri nihoyatda qisqa bo`lishi mumkinligi kuzatiladi.
Sevgi-muhabbat tuyg`ularini D.A.Li bir necha turlarga bo`ladi:
1. EROS - kuchli sevgi-muhabbat hislari bo`lib, bu hislar asosida yotgan motiv muhabbat ob`ektiga jismoniy ega bo`lish. Bunda jinsiy intilish yetakchilik qiladi.
2. LYUDUS - sevgi hislarini unchalik chuqur bo`lmagan muhabbat o`yini sifatida idrok qilinadigan, sevgi hislari ob`ekti oson almashishi mumkin bo`lgan turi.
3. STORGE - tashqi ko`rinishidan kuchli ifodalanmagan, ammo ishonchli muhabbat-do`stlik turi.
4. PRAGMA (LQS) - lyudus va storgelardan iborat doimo ong nazoratida bo`lgan, sevgan shaxsining manfaatlarini ko`zlagan maqsadlari asosida yuzaga keltirgan sevgi hislaridir.
5. MANIYa (EQL) - eros va lyudusdan iborat bo`lib, sevgan kishi sevgi ob`ektiga tobeligi bilan xarakterlanadi. Ammo eros va lyudusdan bu turning farqi shuki, sevgan shaxsda o`ziga ishonch hislari yetarli bo`lmaydi.
6. AGAPE (EQS) - eros va storgelar yig`indisidan iborat kuchli ifodalanadigan, sevgan kishi muhabbat ob`ektiga hamma narsasini va hatto o`zini ham bag`ishlashga tayyor bo`lgan hislar turi va xokazo.
Kuzatishlarga ko`ra, erkaklarning sevgi-muhabbat hislarida ko`proq qismini eros va lyudus, ayollarda esa pragma, storge va maniya turlari tashkil etadi.
O`smir va o`spirin yoshidagi o`g`il va qiz bolalarda ko`proq maniya turi, katta yoshdagilarda esa boshqa turlar kuzatiladi.
Bir shaxsning hayotida muhabbatning yuqoridagi bir necha turlari alohida kuzatilishi mumkin. Ba`zilarda esa faqat bitta tur uchraydi. Bizning fikrimizcha, muhabbat turlari sevgan va sevilgan kishilarning yoshiga, husniga, ma`lumotiga, madaniy saviyasiga, jamiyatda tutgan mavqeiga, hayot tarziga, dunyoqarashiga, qaysi muhitda tarbiya ko`rganligiga, xarakteriga, jinsiy xulqiga, qarama-qarshi jins haqidagi tasavvuriga, nerv sistemasiga, milliy psixologik xususiyatlariga bog`liq. Ba`zi yigit va qizlarda sevgi hislari bir turda boshlanib, ma`lum vaqtdan so`ng o`zga turga o`tishi mumkin. Masalan: «eros» turida boshlanib «agape»ga aylanish yoki «lyudus» tarzida yuzaga kelib, «storge» turiga o`tishi mumkin.
Agar muhabbat turiga nazar tashlaydigan bo`lsak, erkin muhabbatning shakllanishi o`rta asrlarga to`g`ri keladi. Xususiy mulkchilikning ravnaqi, antagonistik sinflarning mavjudligi, ayollarning huquqsizligi erkin muhabbatning ravnaq topishiga to`sqinlik qiladi. «Layli va Majnun», «Tohir va Zuhra», «Farhod va Shirin», «Romeo va Jul`etta» kabilarni erkin muhabbatning yuzaga kelishi va uning taqdiri haqidagi ilk asarlar deb aytish mumkin.
Taraqqiy etgan jamiyatda yangi tartiblarga asosan yuzaga kelgan oila, erkak va ayol o`rtasidagi mavjud tengsizliklarni yo`qotish muhabbatning yuqori darajada ravnaq tolishiga zaruriy shart-sharoit yaratadi.
Lekin afsuski, ba`zi yoshlar «erkin hayot», «erkin muhabbat» kabi ruhiyat omillarini noto`g`ri tushunib, ma`naviy ahloqsizlikka mayl qo`yishyapti, insonlar o`rtasidagi eng nozik bo`lmish jinsiy munosabatlardan esa «boylik orttirish», «go`zal hayot» kechirish manbai sifatida foydalanishmoqda. Bu ahloqiy tubanlik, nosog`lom dunyoqarash oqibatidir. Bu hol ba`zi oilalarda ma`naviy tarbiya masalasi unutib qo`yilganligining, ayrim ta`lim-tarbiya muassasalari va ularning pedagogik jamoalarining o`z vazifalarini yetarli darajada uddalay olmayotganliklarining natijasidir.



Download 50.99 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 50.99 Kb.