• Mavzu: Impuls operasiyalar deshifratori. Berilganlar, adreslar, instruksiyalar kodli shinalari
  • Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat axborot texnologiyari Universiteti Farg’ona filiali Kompyuterning tashkil etilishi fanidan Mustaqil ish Bajardi: Sotvoldiyev Akbarali Guruh: 712-20 Mavzu: Impuls operasiyalar deshifratori




    Download 73.04 Kb.
    Sana06.11.2022
    Hajmi73.04 Kb.
    #29246
    Bog'liq
    22 - raqam 2 - mustaqil ish
    11-sinf Tarbiya 1-yarim yillik Nazorat ishi (2), Alisherova 3-Mustaqil ish, Alisherova M. 4-Mustaqil ish, 5A140201 –Fizika (Lazer fizikasi) (2), 1. Sonli tengsizliklar, tenglik va tenglamalar bilan bog‘liq mat



    Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat axborot texnologiyari Universiteti Farg’ona filiali


    Kompyuterning tashkil etilishi fanidan


    Mustaqil ish


    Bajardi: Sotvoldiyev Akbarali
    Guruh: 712-20
    Mavzu: Impuls operasiyalar deshifratori. Berilganlar, adreslar, instruksiyalar kodli shinalari
    Hisoblash mashinalarining takomillashib borishi bilan boshqaruvni markazlashtirish maqsadga muvofiq bo’lmay qoldi. Shining uchun zamonaviy mashinalarda dastur buyruqlarini ochish va tanlash markaziy qurilmasini saqlagan holda markazlashmagan boshqaruv amalga oshiriladi. Markaziy qurilma, odatda, arifmetik qurilma bilan birlashtiriladi va prosessor deyiladi.
    Masinaning boshqa bloklari, prosesor signaliga binoan ishga tushuvchi, o’zining boshqaruv qurilmalariga ega. Universal raqamli elektron mashinalarining boshqaruv qurilmalari quyidagi tashkil etuvchilardan iborat: bajarilayotgan buyruq, navbatdagi buyruq manzili va ayrim boshqa axborotlar uchun registrlar; ijro zanjirlari bo’ylab boshqaruv signallarini taqsimlovchi buyruq deshifratori; buyruqning bajarish tezligini aniqlovchi, buyruq bajarilishi uchun kerak bo’lgan signallar (impulslar) ni ishlab chiquvchi, taktli impulslarni shakllantirish blogi.
    Deshifratorning kirishiga buyruq (ikkilik n-razryadli son) kelib tushadi. Deshifrator chiqishlarining soni 2n ga teng. Kirishdagi har bir songa bitta qat’iy aniqlangan chiqish zanjiridagi impuls mos keladi.
    1-rasmda ikkilik sonning sakkiz chiqishli uch razryadli bir pog’onali deshifratorini prinsipial sxemasi keltirilgan (23=8).

    1-rasm. Bir pog’onali deshifrator sxemasi
    Har bir razryad triggerda saqlanadi va to’g’ri kod bilan triggerning chap, teskarisi bilan o’ng chiqishdan olinadi. Triggerning har ikki chiqishidagi “0” va “1” signallar VA mantiqiy sxemasiga uzatiladi. Ulardagi chiqishdagi impuls, barcha uchta kirishga birlik berilganda, paydo bo’ladi.
    1-rasmdagi triggerlarda ikkilik son 110 (o’nlik sanoq sistemasidagi olti soni) yozilgan. Birikkan shinalar bo’ylab signallarning o’tishini kuzatib, uchta birlik faqat oltinchi VA sxemaga kelib tushishiga ishonch hosil qilish mumkin. Boshqa VA sxemalariga hech bo’lmaganda bitta “0” uzatiladi. Demak, impuls oltinchi boshqaruv shinasida paydo bo’ladi. Triggerlarga boshqa son kelib tushganda boshqaruv impulsi (tegishli) boshqa shinada paydo bo’ladi. Bir pog’onali deshifratorning kamchiligi – ikkilik son miqdoriga teng, ko’p sonli chiqishga ega mantiqiy ko’paytirish sxemalarining kerakliligi hisoblanadi. Mantiqiy elementlar sonini orttirib, har bir element kirishlar sonini kamaytirish mumkin. 2-rasmda, ikki kirishli VA elementlarida qurilgan, uch razryadli sonlarning ikki pog’onali deshifratori sxemasi keltirilgan. Agar buyruq ko’p manzilli bo’lsa, bir necha kirishli VA elementlarida ko’p pog’onali (piramidasimon) deshifratorlar quriladi.
    Universal mashinalarda o’nlab turli buyruqlar qo’llaniladi. Ular arifmetik (arifmetik operasiyalar, siljish, me’yorlashtirish), mantiqiy va ish (sonni arifmetik qurilmaga chaqirish, sonni manzili bo’yicha yozish, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish) buyruqlariga bo’linadi. Har bir buyruqni bajarish bir qator bosqichlarni – mikrooperasiyalarni bajarishdan iborat bo’ladi. Bitta mikrooperasiya bitta takt impulsiga mos keladi. Turli buyruqlar mikrooperasiyalarning ma’lum bir ketma-ketligi tarzida bajariladi va ularning ko’p qismi umumiy hisoblanadi. Bular summator yoki registrni nolga o’rnatish, operativ (tezkor) xotira qurilmasiga murojaat etish, sonni registrga yozish, sonni summatorga uzatish mikrooperasiyalari.

    2-rasm. Ikki bosqichli deshifrator sxemasi.
    Boshqaruv sinxron va asinxron bo’ladi. Sinxron boshqarubda har bir buyruq, eng “uzun” buyruqni bajarishga hisoblangan, takt impulslari miqdoriga bajariladi. Bu holda qisqa buyruqlarni bajarishda takt impulslarining bir qismi qo’llanilmaydi (o’tkazib yuboriladi). Asinxron boshqaruvda har bir buyruqqa kerak bo’lganicha takt impulslari sarflanadi. Bu holda har bir operasiyani bajarish uchun o’zining sxemasi yaratiladi. 3- rasmda shunday, boshqaruvning xususiy, sxemasi keltirilgan.
    Takt impulsli zanjirga uzatiladi. Zanjir to’siq (ushlab qolish) chizig’idan iborat bo’ladi. Bu impuls, ushlab qolish vaqti bilan tavsiflanuvchi, intervallar bilan navbatma-navbat, boshqaruv shinalriga kelib tushadi. Mikrooperasiyalarni tanlash nihoyasiga yetgandan so’ng, impuls keyingi sxemaga uzatiladi. Bu sxema boshqa komandaning bajarilishini boshqaradi. Asinxron boshqaruvda, vaqt tejaladi. Bunga bo’sh takt impulslari bo’lmasligi hisobiga erishiladi. Ammo, sezilarli darajada, apparatura murakablashadi. Hozirgi vaqtda universal raqamli elektron hisoblash mashinalarida, ko’pincha, asinxron-sinxron boshqaruvning aralash usuli qo’llaniladi.

    Berilganlar liniyasidagi kirish va chiqish ventillari.
    Berilganlar shinasidagi kirish ventillari. Akkumulyatorning har bir razryadi o‘zining kirish liniyasiga ega. Tashqi qurilma registrining har bir razryadining chiqishi ham o‘zining chiqish liniyasiga ega. Bu chiqish liniyalari tashqi qurilma selektorining signali bilan stroblanadi. Kirish-chiqish komandasi tashqi qurilma adresini va buyruq kodini «Qurilmani tanlash» va «Buyruq» shinalariga uzatadi. Tanlangan tashqi qurilmaning berilganlar liniyasidagi ventillar ochilib, ma’lumot akkumulyatorga berilganlar registridan uzatiladi. Bunda faqat tanlangan qurilma ventillari ochiladi (qurilma selektorining chiqish signali yordamida). Ventillarning ikkinchi kirishlariga ma’lumotlar berilganlar registrining mos razryadlaridan uzatiladi. SHu tariqa ma’lumot tashqi qurilmaning berilganlar registridan akkumulyatorga uzatiladi. Berilganlar liniyasidagi chiqish ventillari. Akkumulyatorning har bir razryadi ham o‘zining chiqish liniyasiga ega. Tashqi qurilma registrining har bir razryadi ham o‘zining kirish liniyasiga ega stroblanadi. Kirish-chiqish komandasi tashqi qurilma adresini va buyruq kodini «Qurilmani tanlash» va «Buyruq» shinalariga uzatadi. Tanlangan tashqi qurilmaning berilganlar liniyasidagi ventillar ochilib, ma’lumot akkumulyatordan berilganlar registriga uzatiladi.

    Bayroq triggeri. Bayroq triggerining chiqishi uzish yoki ruxsat liniyalariga ulangan bo‘lishi mumkin. Tashqi qurilma shu qurilma so‘roviga javob beruvchi qism programmasini bajarilishi uchun so‘rovni uzish liniyasi kirishiga (ya’ni protsessorga) beradi. Ruxsat liniyasi kirishi, bayroq triggeri xolatini aniqlashda ishlatiladi (SKIP). SKIP komandasi tanlangan tashqi qurilma bayroq triggerining xolatini ruxsat triggeriga uzatadi (yozadi). SKIP 74 komandasi quyidagilarni bajaradi. 74 kodini faqat 74-qurilma selektori qabul qiladi. 2. SKIP 74 boshqaruv liniyasi (6-rasm) selektorning chiqishi bilan stroblanadi. SHuning uchun SKIP 74 liniyasi 74-qurilmaning ruxsat liniyasidagi ventilning («I» sxemaning) bir kirishiga beriladi. Quyidagi rasmda tashqi qurilmaning bayroq triggeri keltirilgan.

    3. Agar 74-qurilma bayroq triggeri «1» xolatda bo‘lsa, ruxsat liniyasiga «1» uzatiladi, chunki «I» sxemaning ikkala kirishiga endi «1» beriladi. Bu bayroq triggerini protsessor bilan ulanishini ta’minlaydi. Protsessor bayroq triggeri xolatini qabul qilgandan so‘ng ma’lumot almashuvini boshlaydi. Albatda bunda bayroq triggeri «0» xolatga keltiriladi, ya’ni CLEAR 74 komandasi yordamida buyruq deshifratorining CLEAR liniyasiga «1» signali beriladi (buyruq triggerining R kirishiga).
    Jismonan mikroprotsessor xotira qurilmasi hamda kiritish- chiqarish tizimi bilan tizim shinalarining yagona to’plami – tizim ichidagi magistral orqali hamkorlik qiladi. Ushbu magistral aksariyat hollarda quyidagilardan tashkil topadi:
    DB (ingl. Data Bus) rusumli ma’lumotlar shinalaridan (ushbu shinalar orqali MzP, xotira va kiritish-chiqarish tizimi o’rtasida ma’lumotlar almashinuvi amalga oshadi);
    AB (ingl. Address Bus) rusumli manzillar shinalaridan (murojaat qilinayotgan xotira va kiritish-chiqarish portlari uyalarining manzillarini uzatish uchun qo’llaniladi);
    CB (ingl. Control Bus) rusumli boshqaruv shinalaridan (axborot almashinuvi tsikllarini amalga oshirib, tizim ishini boshqaradigan signallar ayni shu shinalar orqali uzatiladi).Shinalarning ayni shunday to’plami XTTK kanalini tashkil toptirish uchun ham qo’llaniladi. Bunday turdagi magistral demultipleks magistrali yoki ayiruvchi manzil va ma’lumotlar shinalariga ega uch shinali magistral deb ataladi.
    Download 73.04 Kb.




    Download 73.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat axborot texnologiyari Universiteti Farg’ona filiali Kompyuterning tashkil etilishi fanidan Mustaqil ish Bajardi: Sotvoldiyev Akbarali Guruh: 712-20 Mavzu: Impuls operasiyalar deshifratori

    Download 73.04 Kb.