• Mobil ilovani ishlab chiqish fanidan Mustaqil ishi. Mobil telefon va pereferiya qurilmalari bilan ishlash. Reja
  • Kalit sozlar
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganchfiliali




    Download 289.15 Kb.
    bet1/3
    Sana14.05.2023
    Hajmi289.15 Kb.
    #59652
      1   2   3
    Bog'liq
    Mobil ilovalarni ishlab chiqish fanidan mustaqil ishi 16-mavzu
    Amaliy ish 1 Xus, XUSUSIY TADBIRKOR VA ХUSUSIY TADBIRKORNING ХODIMI O

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    URGANCHFILIALI
    Kompyuter injinering fakulteti
    961-19 guruh 4-kurs talabasi
    Matyaqubov Akromning
    Mobil ilovani ishlab chiqish
    fanidan
    Mustaqil ishi.
    Mobil telefon va pereferiya qurilmalari bilan ishlash.
    Reja:

    1. Mobil aloqa haqida tushuncha


    2. Mobil texnologiya haqida tushuncha
    3. Mobil telefon va pereferiya qurilmalari haqida
    Kalit so'zlar: konveyer, super konveyer, markaziy protsessor, arifmetik-mantiqiy qurilma.
    Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekranga ega bo‘lib asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa muhititayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo‘lib, abonentlarning bir-birlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi. Mobil aloqa tizimida barcha ma’lumotlar mobil telefon orqali elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida simsiz havo orqali uzatiladi.
    Mobil telefon, uyali telefon yoki qoʻl telefoni uyali aloqa tizimi boʻylab ovoz va boshqa axborot uzatuvchi hamda qabul qiluvchi elektron qurilmadir. Zamonaviy mobil telefonlar bundan tashqari internet mijozlari, oʻyinlar, infraqizil va bluetooth portlar, video/fotokamera, MP3 player, radio va hokazo taʼminot bilan qurollangan.

    Uyali telefon, qoʻl telefon — simsiz telefon turi. Har bir abonent (uyali telefon apparati) muayyan bir uyali telefon kompaniyasining telefon tarmogʻidagi baza st-yaga bogʻlanadi. har qaysi baza st-yada "uyalar" boʻladi (nomi shundan). Har bir uyaga bir necha kanal biriktirib qoʻyiladi; tarmoqning katta va kichikligiga qarab uyalar soni har xil boʻladi. Mobil telefon apparati qaysi kompaniya tarmogʻining baza st-yasiga ulanganligiga qarab uning aloqa bogʻlash doirasi chegarasi har xil boʻladi. Baʼzi abonentlar faqat bir shahar doirasida aloqa bogʻlay olsa, baʼzilari boshqa shaharlar va hatto boshqa mamlakatlar bilan ham aloqa bogʻlay oladi. Butun yer kurrasini qamrab oladigan xizmat koʻrsatish zonasini faqat baza st-yalar vazifasini sunʼiy yoʻldoshlar bajaradigan Mobil telefon tarmogʻida yaratish mumkin. Mobil telefon tarmoqlarining barcha baza styalari bir-birlari bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi, shu bilan birga umum foydalanadigan simli telefon tarmogʻiga ulana olishi lozim. Shundagina qoʻl (mobil) telefon apparati egasi muqim (simli) telefon apparati egasi bilan bogʻlanishi mumkin. Bunga radiorele liniyalar yordamida, yo boʻlmasa, mis kabel yoki tolali optik telefon aloqa liniyalari yordamida erishiladi. Mobil telefon yordamida abonent boshqa abonent bilan gaplashishdan tashqari, matnli va faksimil xabarlarni, internet grafiklari va boshqalarni uzata oladi. Buning uchun Mobil telefon apparati ixcham koʻchma kompyuterga ulanadi. Telefonning tipiga qarab, maxsus modem yoki oddiy kabel (ichki dasturli modelini ulash uchun) talab qilinadi. Eng oddiy modeldagi Mobil telefon apparati ham haqiqiy mikrokompyuterdan iborat. Murakkab apparatlarda esa kompyuterlar bilan bajariladigan barcha operatsiyalarni bajarish (har xil oʻyinlar oʻynash, suratga olish va uni saqlash, "telefon qilgan" boshqa abonentning raqamini qayd qilish vaqtinchalik oʻchirib qoʻyish va boshqalar) mumkin.

    Dastlab, XX asrning 80-yillarida qoʻl telefon aloqa, asosan, analog texnologiyalariga asoslangan, keyinroq Mobil telefonda aloqa tizimi sof raqamli tizimga oʻtgan. Yevropa mamlakatlarining deyarli har birida oʻz milliy tarmogʻi ishlab chiqilgan (mas, Fransiyada Radiocom 2000). Mobil telefonga doir xalqaro hamkorlik dastlab koʻchma radioaloqa tizimi masalalari boʻyicha nemisfransuz tadqiqotlari natijasi sifatida pochta va kommunikatsiyalar maʼmuriy xodimlarining Yevropa konfederatsiyasi CERT (Conference des admi nistrations Europcennes des Postes et Telecommunications) rahbarligida tashkil etildi. 1982-yil bu institut 26 Yevropa mamlakatini, aniqrogʻi pochta, telefon va telegraf aloqa PTT (Post, Telephone and Telegraph) maʼmuriy muassasalarini birlashtirdi. Shu tariqa Yevropa konferensiyam "Mobil aloqani ishlab chiqish boʻyicha maxsus guruh" (GSM) ni tuzdi. Keyinchalik u "Mobil aloqa global tizimi" deb atala boshladi. Yevropa hududida bu tizim 1993-yil arafasida toʻliq faoliyat koʻrsata boshladi. GSM tizimi boshidanoq xalqaro koʻlamdagi tizim sifatida ishlab chiqilgan. Barcha qit'alardagi koʻp mamlakatlar unga qoʻshilgan. Mobil telefon tizimi inson hayotining barcha sohalariga kirib keldi. GSM tarmoqlari abonentlarining soni dunyoda 200 mln. kishidan oshib ketdi (2005).

    Oʻzbekistonda ham bir necha Mobil telefon kompaniyalari faoliyat koʻrsatmoqda. Ular eng keng tarqalgan zamonaviy Mobil telefon aloqa standartlari — AMPS/ DAMPS, GSM, CDMA dan foydalanadi. Respublikada quyidagi bir necha Uyali telefon kompaniyalari faoliyat yuritadi: "Oʻzdunrobita" Oʻzbekiston — Amerika QK (1992-yilda ishga tushgan; Oʻzbekistondagi 1000 dan ortiq shahar va aholi yashash punktlarini ishonchli Uyali telefon aloqasi bilan taʼminlagan); BUZTEL GSM (Bakri Oʻzbekiston telekom) kompaniyasini Indoneziyaning "Bakri kommyunikeyshn" kompaniyasi 1996-yilda taʼsis qilgan (eng arzon tarifli kompaniya); COSCOM kompaniyasi Oʻzbekiston — Amerika QK (1997-yilda ishga tushgan; Oʻzbekistonda GSM tarmoqlari eng keng tarqalgan); "Oʻzmakom" kompaniyasi (Malayziyaning "Superior Kommyunikeyshne" kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokida 1996-yilda tashkil qilingan; asosan, Toshkent shahri va unga yaqin hududlarga xizmat koʻrsatadi); Koreyaning "Daewoo Unitel" kompaniyasi (1997-yilda ishga tushgan, Oʻzbekistonning barcha hududlariga xizmat koʻrsatadi), RWC (Rubicon Wireless Communications) Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi (1997-yilda ishga tushgan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida xizmat koʻrsatish doiralarini borgan sari kengaytirib boriladi). Oʻzbekistonda Mobil telefon xizmatiga ehtiyoj koʻpayayotganligi uchun yana boshqa yangi kompaniyalar tuziladi.



    Insoniyat yaralibdiki, bir-biri bilan harakatlar, imo-ishoralar, fikrni ifodalashga xizmat qiluvchi vositalar, rasm chizish va shu kabi yo’llar orqali muloqot olib borganlar, ya’ni dastlab aloqalar juda ham sodda (primitiv) bo’lgan. O’sha davrlardan esa “aloqa”, “bog’lanish”, “aloqada bo’lish” ma’no- larini anglatuvchi kommunikatsiya insoniyat hayotida katta va muhim ahamiyatga ega bo’la-boshladi. Bugungi kunga kelib esa aloqa mobil, turli, uyali (cellular) kommunikatsiyaga aylanib, jadval rivojlanmoqda.
    “Xohlagan xizmatni” (axborot, nutq, pochta, multimedia xizmatlari, elektron to’lovlar, masofaviy ta’lim va h.k), “xohlagan joyda” (global ko’lamlarda) va “xohlagan vaqtda” (ish, dam olish, yo’lda, sayohatda va h.k) taqdim etishga qodir bo’lgan keng qamrovli aloqa – mobil aloqa(kommunikatsiya) deb ataladi. Masalan: UMS, Beline, Ucell kompaniyalari mobil aloqa xizmatlari ko’rsatadi.
    Bundan tashqari Internet xizmatlarini ko’rsatuvchi provayderlar ham mobil aloqa
    xizmatini tashkillashtiradi. Bugungi kunda televideniya ko’rsatuvlari ham mobil aloqa orqaliamalga oshiriladi.
    Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko’rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o’zining mobil tarmog’ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to’lovlarini yig’ish va texnik xizmat ko’rsatish kiradi. Hozirgi paytda O’zbekiston hududida 5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko’rsatmoqda, bular “Uzdunrobita”
    MCHJ HK–UMS, “Unitel” MCHJ HK– Beeline, “Coscom” MCHJ– Ucell, “Rubicon wireless
    comunication” MCHJ – “Perfektum Mobayl”, O’zbektelekom AK – “O’zbektelekom Mobayl”.
    Ushbu 5 ta mobil operator tomonidan bugungi kunda mobil so’zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet kabi xizmatlar ko’rsatilmoqda.
    Mobil aloqa xizmatlari – mobil aloqa vositalari yordamida abonentlarning so’zlashuvi, mobil Internet va pochta xizmatlari amalga oshiriladi.
    So’zlashuv – telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiyaning antennasi chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. Shundan so’ng ushbu axborot uzib ulagichga (kommutator) yuborilib ikkita abonent bog’lanadi va ushbu abonentlar orasida so’zlashuv (ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi. Ya’ni ikkita harakatlanuvchi abonentning mobil telefonlar orqali o’zaro muloqoti – so’zlashuvdir.




    Download 289.15 Kb.
      1   2   3




    Download 289.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganchfiliali

    Download 289.15 Kb.