• Toshkent 2023 Reja.
  • Nazariy qism
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishi




    Download 1,36 Mb.
    bet1/3
    Sana01.12.2023
    Hajmi1,36 Mb.
    #109335
      1   2   3
    Bog'liq
    OpenMP PAKET TARKIBINI VA ISHLASHINI O‘RGANISH


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    Kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishi
    Mustaqil ish
    Bajardi: 210-21 guruh talabasi
    Xalilov Asliddin Fazliddin o’g’li
    Qabul qildi: __________________________________
    __________


    Toshkent 2023


    Reja.



    1. Nazariy qism.

    2. Amaliy qism.

    3. Xulosa.


    KOMPYUTER ARXITEKTURASI FANIDAN 5-TOPSHIRIQ
    MAVZU: OpenMP PAKET TARKIBINI VA ISHLASHINI O‘RGANISH


    Ishdan maqsad: OpenMP paketini va uning ishlash algoritmlarini o‘rganish va shaxsiy kompyuterda OpenMP kutubxonasini sozlash hamda undan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
    Nazariy qism
    OpenMP paketini va uning ishlash algoritmlari
    OpenMP(Open Multi - Processing) - ko‘p oqimli ilovalarni yaratish uchun mo‘ljallangan amaliy dasturlashning interfeysi bo‘lib, asosan umumiy xotiraga ega bo‘lgan parallel hisoblash tizimlari uchun ishlab chiqilgan. OpenMP kompilyatorlar va maxsus funksiyalar kutubxonasi uchun direktivalar to‘plamidan iborat. OpenMP standarti yaqin 15 yil ichida umumiy xotiraga ega arxitekturalarga qo‘llanilgan holda yaratilgan.So‘nggi yillarda taqsimlangan xotirali parallel hisoblash tizimlari uchun OpenMP standartining kengaytirilgan holda ishlab chiqilmoqda. 2005 - yilning oxirida Intel kompaniyasi Cluster OpenMP mahsulotini taqdim etdi, unda kengaytirilgan OpenMP ishlab chiqilgan bo‘lib taqsimlangan xotirali parallel hisoblash tizimlari uchun mo‘ljallangan. OpenMP paketi parallellashtirish jarayonida ko‘plab oqim(thred)larni yaratadi (1.1-rasm).

    1.1-rasm. OpenMP paketida parallellashtirish
    1.1-rasmda ko‘rsatilganidek, OpenMP paketi yordamida har bir oqim(thred)lardan yana bittadan oqim(thred)lar yaratiladi. Ikki yadroli tizim uchun ikkita oqim(thred), to‘rt yadroli tizim uchun to‘rtta yaratiladi va hokazo. Keyin barcha oqim(thred)lar bir vaqtning o‘zida parallel hudud hosil qiladi va amalni bajaradi. Har bir oqim(thred) parallel hududdan chiqqanda, u tugatiladi.

    OpenMP kod mintaqalarini parallel ravishda ishga tushirish uchun bir nechta qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi, shu jumladan parallellashtirish sikllarini ham. OpenMP Linux, Windows va Mac OS X tizimlari uchun bir nechta ochiq manbali va tijorat kompilyatorlarida mavjud.
    OpenMP hisoblash va dasturlash texnikasi bo‘yicha bir nechta yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar (Intel, Hewlett-Packard, Silicon Graphics, Sun, IBM, Fujitsu, Hitachi, Siemens, Bull) yaratishmoqda, ularni OpenMP Architecture Review Board(ARB) deb nomlangan notijorat korxonasi tomonidan boshqariladi. OpenMP ko‘p oqimli ilovalarni tez va yengil yaratishni Fortran va C/C++ algoritmik tillarda amalga oshiradi. OpenMP ning birinchi versiyasi 1997 - yilda Fortran tili uchun yaratilgan. C/C++ dasturlash tillari uchun esa 1998 - yilda yaratilgan. 2008 - yilda esa OpenMP ning 3.0 versiyasi yaratilgan. 2015 yilda esa OpenMP 4.5 versiyasi taqdim etildi.



    Download 1,36 Mb.
      1   2   3




    Download 1,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishi

    Download 1,36 Mb.