Ta’lim jarayonida keys‑stadi uslubini keng tatbiq qilishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari




Download 221.84 Kb.
bet6/17
Sana20.09.2022
Hajmi221.84 Kb.
#26130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Қулддашева Н БМИ
xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)
1.2. Ta’lim jarayonida keys‑stadi uslubini keng tatbiq qilishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari





Keys-stadi:
masala tarixi
Keys‑stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida o‘qitish usuli sifatida xorijiy ta’limda avval-boshda huquq sohasida qo‘llanila boshladi: u ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo‘llanilgan edi. 1920 yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) o‘qituvchilari yuristlarning o‘qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta’limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o‘qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi.
Ana shu vaqtdan boshlab HBS keyslarning boy to‘plamini yig‘di va mazkur uslubni ta’limning mustaqil konsepsiyasi darajasigacha olib chiqdi. Ayni shu sababga ko‘ra keys‑stadi uslubini ko‘pincha garvard uslubi deb atashadi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, garvard uslubi ta’lim oluvchilarning amaliy vaziyatlarni videomateriallar, kompyuter va dasturiy ta’minotdan foydalanib hal qilish bo‘yicha intensiv treningidan iboratdir.
Keys-stadining ikki klassik maktabi - Garvard (Amerikada) va Manchester (Yevropada) maktablari mavjud. Garvard maktabi doirasida mazkur uslub yagona to‘g‘ri yechimni izlashni o‘rgatish usuli hisoblanib, ikkinchi maktab keysda bayon qilingan muammoli vaziyat yechimining ko‘p variantliligini taklif qiladi. Amerika keyslari o‘nlab sahifali matnni va ko‘plab chizmalarni o‘z ichiga oladi. Yevropa keyslari hajmi birmuncha kamroq.
Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o‘rganishga o‘quv vaqtining o‘rtacha 25 %dan 90 %gacha bo‘lgan qismi ajratiladi. Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o‘quv vaqtining 25 % keyslar ulushiga, Kolumbiya universitetida – 30 %, Uortonda esa – 40 % to‘g‘ri keladi. Mashg‘ulotlarni ushbu uslub bo‘yicha o‘tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo‘yicha uning “ilk ixtirochisi" Garvard yetakchilik qiladi. Oddiy talaba HBSda o‘qish vaqtida 700 tagacha keyslarni ko‘rib chiqadi va buning uchun o‘quv vaqtining 90 %gacha qismini sarflaydi.
Bunda shunday aniqlik kiritish kerak: moliyaviy fanlarga ixtisoslashgan maktablarda keyslar salmog‘i asosiy fanlar - menejment, marketing, axborot texnologiyalari, xodimlarni boshqarish va shu kabilardan iborat maktablardagiga nisbatan ancha kamdir.
Mamlakatimizdagi ta’lim sohasida keys‑stadi, asosan, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida, ayniqsa boshqaruv sohasida qo‘llaniladi. Keyingi yillarda oliy o‘quv yurtlarida ham o‘qituvchilarning keyslarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qiziqishi oshayotganligi kuzatilayapti.




Download 221.84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 221.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim jarayonida keys‑stadi uslubini keng tatbiq qilishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari

Download 221.84 Kb.