• Muammoli vaziyat.
  • Keys‑stadining mohiyatli belgilarini ifodalaymiz
  • Keys‑stadi
  • Keys‑stadi uslubining umumiy tavsifnomasi




    Download 221.84 Kb.
    bet9/17
    Sana20.09.2022
    Hajmi221.84 Kb.
    #26130
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
    Bog'liq
    Қулддашева Н БМИ
    xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)
    2. Keys‑stadi uslubining umumiy tavsifnomasi

    Asosiy
    kategoriyalar va tushunchalar
    Keys – bu real hayotning «bir parchasidir» (inglizcha - TRUE LIFE atamasiga ko‘ra). Keys vaziyatning oddiy haqiqiy bayonigina emas, balki vaziyatni tushunish va baholashga imkon beradigan yagona axborot kompleksidir.
    Keys‑stadi (inglizcha sase - to‘plam, aniq vaziyat, stadi -ta’lim) keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir.
    Keys‑stadi - ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan ta’lim texnologiyasidir.
    Vaziyat (situatsiya) (keyingi lotinchadagi situation - ahvol) – muayyan vaziyat, ahvolni hosil qiladigan shart-sharoitlar va holatlar uyushmasi.
    Keysda bayon qilingan vaziyat institutsional tizimda (shu o‘rinda va keyinchalik - korxonada) diskret (ayni shu) vaqtda tashkiliy hayotdagi tipik muammolarni qayta yaratadigan real yoki sun’iy qurilgan hodisalarning ideal tarzdagi in’ikosidan iboratdir.
    Muammoli vaziyat. Mazkur holda vaziyat sub’ektining hozirgi vaqtda yoki kelgusidagi maqsadlarga erishishiga xavf soladigan vaziyat tushuniladi.
    1.3. Keys-stadini ta’lim jarayonida keng tatbiq qilishning dolzarbligini belgilovchi omillar

    Keys-stadining mohiyatli belgilari va didaktik
    o‘ziga xos xo’susiyatlari
    Keys‑stadining mohiyati shundan iboratki, mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqilayotgan muammoli vaziyat bo‘yicha maslahatchilar rolini bajarishi kerak bo‘lgan talabalarga quyidagilar taklif qilinadi:

    • keysda bayon qilinganida ayni bir paytda tashkiliy hayotdagi tipik amaliy muammoni aks ettiradigan va amaliyotda ushbu muammoning hal etilishida o‘zlashtirilishi va qo‘llanilishi lozim bo‘ladigan muayyan bilimlar majmuini dolzarblashtiradigan vaziyatni idrok etish va tahlildan o‘tkazish;

    • muammoli vaziyatni maqsadga muvofiq tarzda hal etadigan usullar va vositalarni izlash;

    • taklif etilgan muqobil jihat(alternativa)larni baholash va ular orasidan qo‘yilgan muammoga nisbatan eng qulay variantini tanlash;

    • tanlangan muqobil usul(alternativa)ni amalga oshirish bo‘yicha aniq yechimni butun tafsilotlari bilan ishlab chiqish.

    Keys‑stadining_mohiyatli_belgilarini_ifodalaymiz'>Keys‑stadining mohiyatli belgilarini ifodalaymiz:
    1. Holati asosiy parametrlari bo‘yicha muayyan diskret vaqtda ishlarning real ahvolini yana qayta tiklaydigan vaziyat shaklida taqdim etilgan institutsional tizim modelining mavjudligi.
    2. Berilgan vaziyatning muammoliligi.
    3. Vaziyatning to‘liq chizmaiy emasligi va, buning oqibati sifatida, unda mustaqil, shablon bo‘lmagan yechimlarni talab qiladigan mavhumlikning mavjudligi.
    4. Yechimlarning ko‘plab muqobil jihat (alternativa)larga egaligi: har bir qatnashchi o‘zining bilimi, tajribasi va sezgi(intuitsiya)sidan kelib chiqib o‘z variantini taklif qiladi.
    5. Muammoli vaziyat optimal yechimining yakka tartibda, so‘ngra jamoa bo‘lib ishlab chiqilishi va ommaviy taqdim etilishi (Shuningdek, keys bilan mutlaqo yakka tartibda ishlashga va natijalarni yakka tartibda taqdim etishga ham yo‘l qo‘yiladi).
    6. Muammoli vaziyat tahlili va uning yechimini ishlab chiqishdagi yagona maqsad.
    7. Faoliyat natijalarini guruh bo‘lib baholash tizimi.
    8. Ta’lim oluvchilarda boshqariladigan hissiy (emotsional) keskinlikning mavjud bo‘lishi.
    9. O‘qituvchi va talaba ta’lim jarayonida ayni bir paytda ham mas’ul, ham erkin bo‘ladi:

    • O‘qituvchi keysning tayyorlanishi va uning o‘quv-uslubiy ta’minoti, shuningdek undan samarali foydalanish uchun mas’uldir.

    • Talaba mashg‘ulotga tayyorlanish va keys bo‘yicha o‘quv topshiriqlarini samarali bajarish uchun mas’ul, ayni bir paytda u muammoli vaziyatni tahlil etish natijasida yechimlar va xulosalarni ishlab chiqish borasida erkin ish tutadi.

    • Talaba o‘quv sharoitida muammoli vaziyatni tahlil etish va hal qilishda xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, lekin u real hayotda qabul qilinadigan noto‘g‘ri yechim uchun mas’uliyat hissini sezishi kerak.

    10. Ta’lim natijalarini rejalashtirish va ularga erishishda ta’limdagi oshkoralik bilan qat’iyatlilikning qo‘shib olib borilishi.

    Keys‑stadi ta’lim uslubi sifatida quyidagi didaktik o‘ziga xos xususiyatlarga ega:



    • Keysda taqdim etilgan aniq vaziyat ta’limning voqelik bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi, chunki u kelgusidagi kasbiy faoliyat uchun tipik muammolarni aks ettiradi. Bunda o‘rganish jarayoni, o‘z mohiyatiga ko‘ra, real hayotda yechimni qabul qilish mexanizmini ifodalaydi.

    • Keys undan foydalanuvchiga muammolarni tahlil etish, bir xillashtirish va hal qilish yo‘llarini izlashda erkinlik beradi.

    • Keysni ko‘rib chiqishda talabalar ta’lim jarayonining tashkilotchilariga aylanadilar va bir-biri bilan o‘zaro bahamjihat harakat qilish orqali real kommunikatsion holatlarni ifodalashadi (masalan, bank - korxona).

    • Ta’lim oluvchilar aniq vaziyatni ko‘rib chiqish jarayonida muayyan umumlashgan, konseptual tusga ega bilimni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladilar va ayni bir paytda oddiy umumlashtirish malakalarini orttiradilar.

    • Amaliy vaziyatlarga asoslangan mashg‘ulotlar nazariy tayyorgarlik davrida olingan bilimlar, shuningdek talabalarning o‘z malaka va mahoratlaridan foydalanish va amalda qo‘llanishga yo‘naltiriladi.

    • Keys bilan ishlash natijalarining ommaviy taqdim etilishi taqdimotlar o‘tkazish va matbuot anjumanlarida qatnashish: axborotni lo‘nda, mantiqan va ko‘rgazmali tarzda taqdim etish, savolni ifodalay bilish va javobni dalillash malakalarini hosil qilishga ko‘maklashadi.

    • Keys‑stadi ta’limning boshqa uslublaridan farqli ravishda nafaqat ta’lim berish va trening, shu bilan birga diagnostik/nazoratchilik funksiyalarini ham bajaradi.

    Talaba imtihon oldidan keysni olishi: uni hal qilishi va amaliy vaziyat tahlilini hamda uni hal qilishga doir takliflarini yozma ish shaklida tadim etishi mumkin.
    Keys talabalarga bevosita imtihon paytida taklif qilinishi ham mumkin. Lekin bunday holda u ancha qisqa bo‘lishi, maqsadlari esa ularni talaba belgilangan vaqt davomida hal qilishga ulguradigan holatda bo‘lishi kerak.
    Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha auditoriyadan tashqarida bajariladigan mustaqil ishi keyslar turkumining yechimini o‘z ichiga olishi mumkin. Natijalarning grafikka binoan yozma taqdim etilishi (muddatlar o‘quv rejasi va ta’lim dasturiga muvofiq belgilanadi) o‘quv axborotlarining o‘zlashtirilishi, ushbu kurs bo‘yicha DTSga ko‘ra nazarda tutilgan malaka va ko‘nikmalarni operativ nazorat qilish va baholashga imkon beradi.


    Download 221.84 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




    Download 221.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Keys‑stadi uslubining umumiy tavsifnomasi

    Download 221.84 Kb.