|
Matritsalarni birlashtirish uchun [;] belgisidan yoki vertcat va horzcat funksiyalardan foydalanishingiz mumkin. Misol uchun
|
bet | 2/3 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #134324 |
Bog'liq 1-amaliy ish Safarov Ziyod Matritsalarni birlashtirish uchun [;] belgisidan yoki vertcat va horzcat funksiyalardan foydalanishingiz mumkin. Misol uchun: `matlab A = [1 2; 3 4]; B = [5 6; 7 8]; C = [A; B]; % Qatorlar bo'yicha birlashtirish D = [A B]; % Ustunlar bo'yicha birlashtirish Bu oddiy amallar faqat matritsalar ustida bir nechta misollar bilan cheklanib berilgan. MATLAB muxitlari matritsalar ustida ko'p qo'llanadigan amallar va funksiyalar bilan ta'minlangan. MATLAB xususiyatlaridan foydalanib, matritsalar ustida oddiy amallarni bajarish uchun MATLAB hujjatlari va resurslardan yordam olishingiz tavsiya etiladi. Bu oddiy amallar faqat matritsalar ustida bir nechta misollar bilan cheklanib berilgan. MATLAB muxitlari matritsalar ustida ko'p qo'llanadigan amallar va funksiyalar bilan ta'minlangan. MATLAB xususiyatlaridan foydalanib, matritsalar ustida oddiy amallarni bajarish uchun MATLAB hujjatlari va resurslardan yordam olishingiz tavsiya etiladi. MATLAB tizimining matrisaviy amallarga yo’naltirilganligi. MATLAB vaqt sinovidan o’tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matrisaviy amallarni qo’llashga asoslangan. Bu narsa tizimning nomi- MATrix LABoratory-matrisaviy laboratoriyada o’z aksini topgan. Matritsalar MATLAB tizimining asosiy obyektlari hisoblanadi: 4.x versiyasida faqat bir o’lchamli massisvlar-vektorlar va ikki o’lchamli massivlar-matritsalar; 5.0 versiyasida ko’p o’lchhamli massivlardan-tenzorlardan foydalanish imkoniyati mavjud. MATLAB tizimi vektorlar va matrisalar ustida murakkab amallarni bajaradi. Undan arifmetik va algebraik amallardan tashqari matrisalarni invertirlash, ularning xususiy qiymatlarini hisoblash, chiziqli tenglamalar sistemasini yechish, ikki va uch o’lchamli funksiyalarning grafiklarini olish va boshqa ko’plab amallarni bajaruvchi kuchli kalkulyator sifatida ham foydalanish mumkin. Oddiy son va o’zgaruvchilarga ham MATABda 1x1 o’lchamli matrisa sifatida qaraladi. Shu sababli oddiy sonlar va massiv-lar ustida bajariladigan amallarning shakli va usullarida bir xillikka erishilgan. MATLAB - kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo’l bilan kengayishi va bu kengayish m-fayllar ko’rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning kengayishlari kompyuterning qattiq diskida saqlanadi va MATLABning biriktirilgan (ichki) funksiyalari va proseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi. Zarur hollarda vektor va matrisalar massivlarga aylantiriladi va ularning qiymatlari har bir element uchun hisoblanadi. MATLAB oddiy arifmetik amallar va elementar funksiyalarni hisoblashdan tashqari vektorlar va matrisalar, kompleks sonlar, qatorlar va polinomlar bilan ham amallar bajaruvchi g’ayrioddiy superkalkulyatorga aylantiradi. Quyida massiv va matritsalar, matritaslar ustida amallar, maxsus matritsalarning MATLAB tizimining 4.x versiyasida tashkil etish funksiyalari tavsifi keltirlgan:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Matritsalarni birlashtirish uchun [;] belgisidan yoki vertcat va horzcat funksiyalardan foydalanishingiz mumkin. Misol uchun
|