|
Pulslanuvchi, elliptik va aylana shakldagi aylanuvchi magnit maydon. Bir fazali chulg‘amning magnit maydon
|
bet | 3/4 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #255871 |
Bog'liq mustaqil ish Gafurov (3)Pulslanuvchi, elliptik va aylana shakldagi aylanuvchi magnit maydon. Bir fazali chulg‘amning magnit maydon
Bir fazali chulg‘am o‘zgaruvchan tok manbaiga ulansa, vaqt bo‘yicha tok chastotasi f1 bilan o‘zgaradigan pulslanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu holda MYK sinusoidal taqsimlangan bo‘lsa chulg‘am o‘qidan biror «x» masofada joylashgan havo oralig‘ining har bir nuqtasiga quyidagi MYK to‘g‘ri keladi.
(5.11)
bunda: - chulg‘am o‘qida joylashgan nuqtadagi MYK.
Bu ifodani quyidagicha yozish mumkin
. (5.12)
Tenglamaning o‘ng tomonidagi har qaysi tashkil etuvchisi aylanuvchi MYKning tenglamasini ifodalaydi. Demak, fazoda sinusoidal taqsimlangan pulslanuvchi magnit maydon, bir-biriga nisbatan teskari tomonga aylanuvchi ikkita (Fx va Fx) MYK yig‘indisidan iborat ekan,
ya’ni Fx=0,5Fmaxsin(t–x/); Fx=0,5 Fmaxsin(tx/). (5.13)
MYK Fx to‘lqinining aylanish yo‘nalishi soat mili (strelkasi) bo‘yicha, Fx to‘lqinining aylanishi esa unga teskari deb qabul qilamiz.
MYKlarining maksimal qiymatlari vaqtning istalgan onida o‘zgarmay qoladi. Agarda bu MYKlar yig‘indisini fazoda vektor ko‘rinishida tasavvur qilsak, u holda bu vektorning keti aylanani chizadi. Bunday maydonga aylanasimon maydon deyiladi. Bu maydonning chiziqli tezligi quyidagicha aniqlanadi
v = dx / dt = / = 2 f . (5.14)
Maydonning aylanish chastotasi esa quyidagiga teng, (ayl/min):
n1 = 60v / (D) = 602f / (D) = 60 f / p, (5.15)
bu erda r = D / (2) – mashinaning juft qutblari soni.
Demak, mashinaning qutblar soni 2r ni o‘zgartirib magnit maydonning har xil aylanish chastotani olish mumkin ekan.
Uch fazali chulg‘amning aylanuvchi magnit maydoni
Agarda elektr mashinasining statoriga simmetrik bo‘lgan uch fazali chulg‘am (o‘qlari 120 ga siljigan A–X, V–U va S–Z faza chulg‘amlari) joylashtirilsa va unga uch fazali simmetrik tok berilsa, u holda bu chulg‘amda aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Bunda har bir fazada hosil bo‘lgan MYK sinusoidal taqsimlangan deb hisoblanadi.
Ko‘rilayotgan chulg‘am fazalarining o‘qlari bir-biriga nisbatan fazoda (2/3) ga siljitilgan, ulardagi toklar esa vaqt bo‘yicha (2/3) burchakka siljiganligidan har qaysi fazaviy chulg‘am o‘qidan x uzoqlikdagi nuqtada MYK tashkil etuvchilar uchun quyidagi ifodalarga ega bo‘lamiz:
(5.18)
MYK ning natijaviy qiymatini uning FxA, FxV, FxS tashkil etuvchilarini qo‘shish yo‘li bilan olinadi. Bunda MYKning teskari aylanuvchi to‘lqinlari yo‘qoladi, MYKning natijaviy qiymati esa quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi
Fx(nat) = 1,5 Fmaxsin(t – x/ ). (5.19)
Uch fazali mashinalar, odatda aylana shakldagi aylanuvchi magnit maydonda ishlaydi.
|
| |