Assembler tilida operatorlarning formatlari va ularni qo‘llash




Download 86,77 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2024
Hajmi86,77 Kb.
#230872
1   2   3   4
Bog'liq
kampyuter ma\'ruza

Assembler tilida operatorlarning formatlari va ularni qo‘llash
Assembler tilida operator - unga mos mashina buyrug‘ining tuzilishini o‘zida ifodalaydi. Ammo turli xil kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan assembler tillari, ko‘p jihatlari bilan o‘zaro o‘xshash bo‘lganliklari sababli, assembler tili haqida umumlashtirib ham gapirish mumkin. 4.5, 4.6 va 4.7-keltirilgan misollarda, Pentium 4, Motorola 680x0 va UltraSPARC protsessorlari asosida qurilgan kompyuterlar uchun assembler tilida yozilgan dasturlarning bo‘laklari keltirilgan. Barcha dasturlar N = I + J formulani hisoblashni amalga oshiradi. Barcha misollarda bo‘sh qatorgacha bo‘lgan operatorlar hisoblashlarni bajaradilar, bo‘sh qatordan pastda joylashgan operatorlar esa I, J va N o‘zgaruvchilar yozish uchun modjallangan xotirani ajratib qo‘yishni amalga oshiradilar.
Assembler operatorlari to‘rtta qismdan iborat yozuvlar qatori ko‘rinishida bo‘ladi: metkalar, amallar, operandalar va izohlar. Metkalar asosiy xotira adreslarini simvollarda ifodalangan nomlari sifatida ishlatiladi. Ular yordamida buyruqlar va ma’lumotlarga o‘tish amalga oshirladi, ya’ni asosiy xotiraning buyruqlar va ma’lumotlar saqlandigan joyiga (adresiga) murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Agar operatorga ham metka qo‘yiladigan bo‘lsa, u qatorning boshlanishida yoziladi. Keltirilgan misollarning mohiyatini, ulardan birinchisi asosida ko‘rib chiqamiz. Ushbu va keyingi misollarda ham, birinchi qatorda yozilgan FORMULA, I, J va N lar - metkalar hisoblanadi. Keyingi qatorda buyruqlar - MOV, ADD va direktivalar - DD joylashgan. Uchinchi qatorda protsessorning ichki registrlari va o‘zgaruvchilarning nomlari, to‘rtinchi qatorda esa izohlar keltirilgan. Ko‘rilayotgan birinchi misolda Pentium 4 protsessorining asosiy ichki registri hisoblangan EAX registridan foydalanilgan. Bunda avval I o‘zgaruvchini EAX registriga yozib olish buyrug‘i - MOV EAX, I, keyin esa EAX registri qiymatiga o‘zgaruvchini qo‘shish buyrug‘i - ADD EAX, J va EAX registrida hosil bo‘lgan natija N ning qiymatini xotiraga qaytib yozish buyruqlari - MOV N, EAX lar keltirilgan. Oxirigi uchta qatorda I, J va N lar uchun asosiy xotiradan 32-razryadli so‘z uzunligidagi joylar ajratish direktivalari keltirilgan. Direktiva deganda - assemblerning o‘zi uchun modjallangan buyruqlar tushuniladi. Quyidagi 4.1-jadvalda Pentium 4 protsessori assembleri deriktivalarining ba’zilari keltirilgan.

Download 86,77 Kb.
1   2   3   4




Download 86,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Assembler tilida operatorlarning formatlari va ularni qo‘llash

Download 86,77 Kb.