|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Tarmoq xavfsizligi” Fanidan
|
bet | 1/2 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 216,5 Kb. | | #234855 |
Bog'liq tarmoq xavfsizligi maruza 2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Tarmoq xavfsizligi”
Fanidan
Mustaqil ish №1
Bajardi: Alimov Javlon
Qabul qildi: Xolimtayeva Ikbol
TOSHKENT-2024
Mavzu: Kаnаl sаthidа mа’lumotlаr oqimi
REJA:
OSI modeli. Kanal sathi
Kanal sathi protokollari
Kanal sathida ma’lumot almashuvchi protokollar va ularning ishlash tamoyili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kanal sathi OSI modelining qo‘yidan ikkinchi sathi bo‘lib, u fizik sathidan kelayotgan (yoki kanal sathidan kelayotgan kadrlarni deb ham izohlab ketsa bo‘ladi. Biz fizik sathdan kelayotgan oqimlar ketma ketligi bo‘yicha jarayonlarni izohlab ketamiz) bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga o‘zgartiradi yoki tarmoq sathidan kelayotgan paketlarni avval kadrlarga o‘zgartirib fizik sathga uzatadi. OSI etalon modelining sathlari ma’lumotlarni bir nuqtadan ikkinchisiga uzatishda bir-biri uchun xizmat qiladi va umumiy vazifalarni o‘ziga tegishlisini amalga oshiradi. Odatda OSI sathlari ma’lum darajadagi vazifalarni bajarashi oldindan belgilab qo‘yilgan. Kanal sathi ingliz tilida yozilgan adabiyotlarda Data Link Layer termini bilan ataladi. Fizik sathdan farqli kanal sathidagi tarmoq qurilmasi bit oqimlarni qabul qilib olganidan keyin foydalanilayotgan protokolga mos ravishda kadr ko‘rinishiga o‘zgartiriladi. Agar tarmoq qurilmasi simli muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa yoki simsiz muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa turli xil kadr formatiga o‘zgartiradi. Misol uchun 10Base Ethernet, 100Base Ethernet, 1000Base Ethernet, 10 000Base Ethernet yoki Wi-Fi (a, b, c, d, e standartlari) texnologiyasining turli modellarida bit oqimlari turli xil ko‘rinishdagi kadr formatlariga o‘zgartiriladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, optik signallar ko‘rinishida uzatilgan ma’lum tezlikli va chastotali bit oqimlari qabul qiluvchi qurilma ham o‘sha parametrli signalni o‘qiy olishi lozim. Shunda uzatgich va qabul qilgich bitta standartda ishlashi mumkin. O‘z navbatida kanalsathida ishlatiladigan qurilma va protokollar fizik sathdan kelayotgan bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga keltirib, kadrlarni paket ko‘rinishiga o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish jarayoni kanal sathining OSI modelidagi asosiy vazifalardandir, 12.1-rasm. Shunda kanal sathining quyi qismi bit oqimlari bilan ishlasa, yuqori qismi patkelar bilan ishlaydi. Kanal sathida uchta asosiy jarayon amalga oshiriladi: bitlarni qabul qilib olish va kadrga o‘zgartirish; kadrlarga ishlov berish; kadrlarni paketlarga o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish.
Fizik sath bit oqimlarini kanal sathiga uzatib kadrga o‘zgartirilish
Kanal sathida kadrlarga o‘zgartirish (framing) jarayonidan tashqari fizik adreslash (MAC addressing), oqimlarni nazorat qilish (flow control), xatoliklarni nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish (access control) kabi muhim jarayonlar amalga oshiriladi. Har bir sathda ma’lumotga ishlov berish jarayoni yakunlanganidan keyin, sathni sarlovhasi umumiy sarlovhaga qo‘shiladi. Sarlovhani qo‘shishdan maqsad, qabul qiluvchi tomon kanal sathi uzatuvchi tomonidan kelayotgan kadr sarlovhasi bo‘yicha ma’lumotga ishlov beradi. Yuqoridagi jumlani hayotiy misol bilan izohlaymiz. Har bir mamlakat fuqarosi pasport kabi o‘zini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘ladi deb tasavvur qilaylik. Fuqaro mamlakatning boshqa hududiga ko‘chib o‘tsa, o‘sha hududdan ro‘yxatdan o‘tishi lozim va bu ro‘yxatdan o‘tganligi pasport (kompyuter)da qayt etiladi. Chet elga chiqish uchun o‘sha fuqaro pasport buyurosidan chetga chiqish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tishi va pasportiga qayt etilishi lozim. Qaysi mamlakatga bormoqchi bo‘lsa, o‘sha mamlakatga tegishli bo‘lgan elchixonaga murojaat qilib chiqish uchun ruxsat oladi va pasportiga viza uriladi. Fuqaro mamlakatning boshqa joyiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa va zarurat yuzasidan u fuqaroni tekshirish kerak bo‘lsa, nazoratchilar uning pasportidan ro‘yxatdan o‘tganligini tekshiradi. Xuddu shunday chet mamlakatga viza olgan va o‘sha mamlakatga kiruvchi fuqaroning pasportidagi ruxsati (OVIR) va vizasi tekshiriladi, yashash manzilida ro‘yxatdan o‘tganligi bo‘yicha tekshirilmaydi. Bitli oqimlar va kadr holati ham aynan yuqoridagi misolimizga o‘xshab ketadi. Fizik sathdagi qurilma faqat bitli oqimlar bilan ishlaydi va ularni kanal sathiga uzatadi. Kanal sathi ham o‘z navbatida bitli oqimlarni qabul qilib kadr ko‘rinishiga o‘zgartiradi va kadrlar bilan ishlaydi. Keyingi sath tarmoq sathi bo‘lib, unda kanallar paketlarga o‘zgartiriladi va tarmoq sathida paketlarga ishlov beriladi. Shunday qilib tarmoqdagi ikki qurilma o‘ratasidagi ma’lumot almashishdagi barcha barayonlar OSI modelida sathlar bo’yicha bo‘linib amalga oshiriladi. Kanal sathida esakadrlarga o‘zgartirish (framing), fizik adreslash (MAC addressing), oqimlarni nazorat qilish (flow control), xatoliklarni nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish (access control) vazifalari amalga oshiriladi. Kadrlarga o‘zgartirish (framing) jarayoni yuqorida ko‘rib chiqildi, quyida qolgan vazifalar bilan tanishib chiqamiz.
|
| |