• BITIRUV OLDI AMALIYOT HISOBOTI GURUH: 514-17 BAJARDI : Usmoniy A. TEKSHIRDI: Bahromov A. Toshkent 2021 KIRISH
  • 29.02.2021 Mediamarkaz bilan umumiy tanishuv
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 5.47 Mb.
    bet1/8
    Sana09.09.2022
    Hajmi5.47 Mb.
    #25730
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Usmoniy A. Hisobot
    Kompton effekti Nazariy kelib chiqishi, 15-maruza. operatorlarni qayta yuklash(1), 6-7 ETR, 13-14, . 4BRAIN kreativ metodi va qo’llanilishi Sarimsoqov Husanboy, 8-Dastur, GASTRONOMIYA TURIZM, WpAPFHCtxWXZhmoQ0TCvyVByyNgatcaMSJCNUEDd, Tarmoq 19-25 lab.Ibratjon, dedline 1, Pragramma, Karimov Kamoljon (1), KUNDALIK, 1-mustaqil ish

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    «Televizion texnologiyalari» fakulteti
    «Audiovizual texnologiyalari» kafedrasi


    BITIRUV OLDI AMALIYOT HISOBOTI
    GURUH: 514-17
    BAJARDI : Usmoniy A.
    TEKSHIRDI: Bahromov A.
    Toshkent 2021
    KIRISH
    Hozirgi vaqtda axborotlar va axborot texnalogiyalari rivojlanish tezligi shiddatli ravishda o’zgarmoqda. Bu borada qilinayotgan ishlar bir-birini takrorlamaydi natija esa har xil. Ma’lumotlar shunchalik ko’pki buni bir tizimga keltirib olish lozim. Elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, uning ustida ishlash, ular ustida amallar bajarish murakkablashib bormoqda.
    Men amaliyotni “O`zbekiston MTRK Mediamarkazi” DUK da o`tadim. U yerda men 29.03.2021dan 15.05.2021 gacha amaliyotimni o’tadim va “O’zbekiston MTRK Mediamarkazi“ning tasvirga olish studyalari va tasvirni montaj qilish xonalari bilan tanishdim.
    29.02.2021
    Mediamarkaz bilan umumiy tanishuv

    1-rasm. «O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» binosi.
    «O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 fevraldagi «O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Mediamarkazi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi PQ-1488 son qaroriga asosan O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» davlat unitar korxonasi sifatida, o`rnatilgan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan.
    «O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» davlat unitar korxonasi 2009-2011 yillarda qurib ishga tushirilgan binoda joylashgan bo`lib, milliy televizion filmlar va seriallar yaratish, shuningdek televidenie uchun konsert va boshqa ommaviy dasturlarni uyushtirish, hamda yozib olishni ta’minlashga imkon beruvchi Germaniyaning «BFE Studio und Medien Systeme Gmbh» kompaniyasi tomonidan etkazib o`rnatilgan eng zamonaviy multimediya va texnik vositalari bilan jihozlangan.
    Hozirgi kunda «O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» davlat unitar korxonasida jami 5 ta studiya, jumladan 4 ta katta hamda 1 ta kichik studiya mavjud. Barcha studiyalar suratga olish jarayonida zarur bo`lgan apparatxonalari hamda montaj apparatxonalari, videoteka, fonoteka, mashg`ulot xonalari, kiyimxona, pardozxona, ovqatlanish, hamda dam olish xonalari bilan ta’minlangan. «O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» davlat unitar korxonasida multimedia texnologiyalarining zamonaviy ishlab chiqarish-texnik bazasi yaratilgan bo`lib, dunyodagi mashhur firmalar: «Sony», «Canon», «Vinten», «Yamaha», «Sennheiser», «APPLE», «CISCO», «ARRI», «ETC» ishlab chiqargan tele-audio texnik uskunalari bilan jihozlangan, butun ishlab chiqarish jarayoni tele-video maxsulotlarni lentasiz tizimda ishlab chiqarishga asoslangan raqamli formatda ishlashga mo`ljallangan.

    Download 5.47 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 5.47 Mb.