Muhammad al-xorazmiynomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3,25 Mb.
bet2/3
Sana06.01.2024
Hajmi3,25 Mb.
#131354
1   2   3
BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT
Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari
Tirik moddaning maxsus xususiyatlari quyidagilar:
  • Biosferaning tirik moddasi katta energiya zaxirasiga ega.
  • Tirik va o’lik moddalar o’rtasidagi keskin farq ularda boradigan kimyoviy reaktsiyalar tezligidadir (tirik moddada boradigan kimyoviy reaktsiyalar tezligi ming va million marta ortiq).
  • Tirik moddaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, undagi oqsillar, fermentlar va boshqa kimyoviy birikmalar faqat tirik organizmlarda barqaror bo’ladi.
  • Biosferada har qanday moddaning erkin harakati va ma’lum darajada o’z-o’zini idora etishi umumiy xususiyat hisoblanadi.
  • Tirik modda o’lik moddaga nisbatan morfologik va kimyoviy xilma-xilligi jihatidan ajralib turadi. Tirik modda tarkibiga kiradigan 2 mln.dan ortiq organik birikmalar ma’lum bo’lib, tabiiy minerallar esa ikki ming atrofida xolos.
  • Tirik modda biosferada ayrim organizmlar sifatida namoyon bo’lib, ularning o’lchami ham juda xilma-xil. eng kichik viruslar 20 nm.dan oshmaydi. eng yirik hayvon hisoblangan kitlarning uzunligi 33 m ga boradi. eng baland daraxt (evkalipt)ning bo’yi esa 100 m dan ortadi.

Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari
Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar:
  • Energetik xususiyati. Fotosintez jarayoni orqali quyosh energiyasini to’plash va uni keyinchalik biosferaning ayrim tarkibiy qismlarga taqsimlanishi. Biosferada quyosh energiyasining to’planishi tufayli unda hayotning barcha ko’rinishlari mavjuddir.
  • Gazlar hosil qilish va ularning harakatini amalga oshirish xususiyati. Gazlarning aylanib yurishi, o’zgarishi orqali biosferaning gaz tarkibini ta’minlaydi. Mayyoramizdagi asosiy gazlar biogen yo’l bilan kelib chiqqan. Tirik modda faoliyati natijasida azot, kislorod, karbonat angidrid gazi, vodorod sulfid, metan va boshqa gazlar hosil bo’lgan.
  • Biogen moddalarni to’plash xususiyati. Tirik modda tarkibida engil elementlarning atomlari (H, C, N, O, Na, Mg, AI, Si, S, CI, K, Ca) ko’p miqdorda uchraydi. Ushbu elementlarning miqdori tirik organizmlar ta’sirida tashqi muhitga nisbatan yuz va ming barobar ortiq to’planadi.

  • Ana shu xususiyat tufayli biosferaning kimyoviy tarkibi xilma-xil ekanligi hamda o’lik moddalardan keskin farq qilishi namoyon bo’ladi.

Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari
Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar:
  • Oksidlanish-qaytarilish xususiyati. Ma’lum moddalar (atomlari o’zgaruvchan darajadagi oksidlanish xususiyatiga ega bo’lgan) domiy ravishda kimyoviy o’zgarishlardan iborat bo’lib, bunda Yer yuzasida biogen moddalarning oksidlanish-qaytarilish jarayonlari ustunlik qiladi.
  • Parchalanish xususiyati. Tirik organizmlarning nobud bo’lishidan keyin parchalanish, ya’ni organik moddalarning minerallashish jarayoni sodir bo’ladi. Natijada biosferada biogen va oraliq moddalar hosil bo’ladi.
  • Muhit hosil qilish xususiyati. Organizmlarning hayot faoliyati natijasida muhitning fizikkimyoviy ko’rsatkichlarini o’zgartirishdan iborat bo’lib, V.I.Vernadskiy “Organizmlar tashqi muhit bilan bog’langan, shuning uchun u tashqi muhitga nafaqat moslashib qolmay, balki unga moslashgan”, deb yozgan edi.
  • Transport xususiyati. Moddalarning Yerning tortish kuchiga qarshi gorizontal yo’nalishda tashib yurilishi.

Biosferada moddalarning aylanishi
Biosferada kimyoviy elementlar tirik organizmlarning faoliyati natijasida aylanib turadi. Kimyoviy elementlarning biosferaning bir tarkibiy qismidan ikkinchisiga o’tishi shu bilan birga dastlabki holatga qaytishi biosferada moddalarning aylanishi deyiladi.

Download 3,25 Mb.
1   2   3




Download 3,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiynomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3,25 Mb.