• Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar.
  • Biotik omillar
  • Ekosistemalarda materiyaning bir formasidan ikkinchi formaga otishi
  • Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar




    Download 88.5 Kb.
    bet2/5
    Sana28.02.2022
    Hajmi88.5 Kb.
    #18223
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ekologik tushkunliklar
    sanoat-korxonalarida-elektr-energiya-sifat-ko-rsatkichlarini-tadqiq-etish, 1-Sеntyabr mustаqillik bаyrаmi ssenariysi (1), Mahmudova Dildora, chrome tarixi
    2. Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar. Har bir organizm o'zi yashab turgan muhitda bir vaqtning o'zida har xil iqlim, tuproq va biotik omillar ta'siriga ta'siriga uchraydi. Tirik organizmlarni individual rivojlanish jarayonining bir fazasi davrida to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladigan muhit elementlariga ekologik omillar deyiladi. Bunday ayrim muhit omillari, ya'ni dengiz sathiga nisbatan bo'lgan balandlik, dengiz va ko'llarning chuqurligi istisnodir. Sababi balandlikning organizmga ta'siri harorat, quyosh radiasiyasi, atmosfera bosimi orqali borsa, suv chuqurligining organizmga ta'siri bosim va yorug'likning kamayishi sababli yuzaga keladi.

    Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar.


    1. Ayrim turlarni ma'lum hududdan siqib chiqaradi va ularning jo'g'rofik jihatdan tarqalishining o'zgarishiga olib keladi.
    2. Har xil turlarning rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatib, ularning ko'payishi va nobud bo'lishini o'zgartiradi, bir joydan ikkichi joyga ko'chib populyasiya va biosenozlar zichligiga ta'sir qiladi.
    3. Organizmlarda moslashish xususiyatlarini keltirib chiqaradi, ularda ichki (modda almashuv) va tashqi o'zgarishlarni tarqoq, guruh bo'lib tarqalishi, qishga va yozgi tinim davri, fotodavr reaksiyasining kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
    Muhit omillarini ta'siri vaqt bo'yicha ham o'zgarib turadi. Chunonchi, kun davomida yoki yilning fasllari bo'yicha, dengiz va okea to'lqinlarining muntazam va doimiy o'zgarib turishi, ekologik omillarning kutilmagan holda o'zgarishi yoki aniq davrlar ichida bo'lmasligi, turli yilllarda ob-havoning har xil kelishi, tabiiy ofatlar – dovul, kuchli bo'ron, suv bosishi, sel kelishi, er selkinishlari, vulqonlar ta'sirida o'zgarib turadi.
    Tabiiy muhitda uchraydigan omillarni quyidagi uchta asosiy ekologik guruhga ajratish mumkin:

    1. abiotik

    2. biotik

    3. antropogen omillar.

    1. Abiotik omillar – organizmlarga ta'sir qiladigan anorganik muhitning kompleks omillaridir. Bu kimyoviy (atmosfera, suv, tuproq va loyqa), fizik yoki iqlim (harorat, bosim, yorug'lik, namlik, yog'in, shamol) omillariga bo'lishi mumkin. Yer yuzasining tuzilishi (relefi), geologik va iqlim omillari (geomagnit maydoni), kosmik nurlar, radiaktivlik), abiotik omillarning xilma-xilligi, turli tabiiy ofatlar (bo'ron, suv bosishi, erning silkinishi, qo'rg'oqchilik) va ularning tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishi va muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega.
    2. Biotik omillar – muhitda uchraydigan tirik organizmlarning hayot faoliyatida bir-birlariga qiladigan ta'siri va ular o'rtasidagi munosabatlardan iborat bo'lib, ular tirik organizmga, uni o'rab turgan boshqa boshqa tirik jonzotlarga har xil ta'sir qiladi.
    3. Antropogen omillar – inson hayot faoliyatining organik dunyoga ta'siri. Jamiyatning rivojlanishi bilan insonning tabiatga ta'sir qilishining yangi-yangi xillari kelib chiqib, atrof muhitda salbiy ekologik o'zgarishlar seziladi.
    3. Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri ekologik sistema tushunchasidir. Tirik organizmlar jamoasi va ularning yashash muhitini o'z ichiga oladigan funksional sistema ekologik sistema deyiladi. O'rmon, cho'l, o'tloq, suv havzasi va boshqalar ekosistemaga misol bo'la oladi. Ma'lumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashganlar. Bunday uzviy bog'lanishlar biogeosenozlarni tashkil etadi. Biogeosenoz umumiy, tabiiy kompleks biogeosenozning birqismidir. Ekosistema tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologik A. Tensli tomonidan kiritilgan. Biogeosenoz (bios-hayot, geo – Yer, senoz – umumiy, jamoa) tushunchasini esa rus botanik olimi, akademik V.N. Sukachev taklif etgan. Shunday qilib, biogeosenoz (yoki ekosistema) deyilganda o'zaro ichki qarama-qarshiliklar birligi asosida doimo harakatda va rivojlanishda bo'lgan, o'ziga xos modda va energiya almashinuvi hamda tabiatning boshqa hodisalari bilan Yer yuzining muayyan qqismida bir xil tabiiy hodisalarning bir-birlari bilan o'ziga xos tarzda ta'sir etuvchi birikmalar yig'indisi tushuniladi.
    Biogeotsenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog' jinslari, o'simlik va hayvonot dunyosi (o'simlik, hayvonlar, zamburug'lar, mikroorganizmlar) biotsenoz deb atalib, muhit esa ekotop deyiladi. Ekotop o'z navbatida klimatop (atmosfera), gidrotop (gidrosfera) va edafatop (tuproq) degan tarkibiy qismlardan iborat.
    Biogeotsenoz va ekositema atamalarining tushunchasi bir-biriga yaqin, lekin bir-birini qaytarmaydi. Ular to'la o'xshash emas, ikkala holatda ham tirik organizmlar va ular guruhlarining yig'indisi, bir-birlari va muhit bilan munosabatni ifodalaydi.
    V.N. Sukachevning fikricha, biogeotsenoz, bu tirik organizmlarning yashash muhitiga oddiy to'planishi va muhit bilan doim muloqotdagi o'ziga xos yashash formasidir. Biogeosenozlar Yer yuzining har xil joyida hosil bo'lishi mumkin.
    Ekosistemalar komponentlari va ulardagi mavjud jarayonlar, biologik tirik, energiya kelishi va moddalar almashinishdan iborat. Bu Yerda quyoshdan kelayotgan energiya bir tomonga yo'nalib, biologik tirik tomonidan o'zgarib, sifat jihatdan murakkab organik moddaga o'tadi va energiyaning konsentrlashgan formasiga aylanadi.
    Hamma ekosistemalar va biosfera ham ochiq sistema hisoblanadi. Biosferaga kiradigan ekosistemalar energiya kelishi, unga organizmlar immigrasiyasi va emigrasiyasi qilishida energiya kirishi va chiqishida o'zini boshqarib turadi.
    4. Ekosistemalarda materiyaning bir formasidan ikkinchi formaga o'tishi, kimyoviy moddalarning biosferada aylanishi, ya'ni tashqi muhitdan organizmga va undan tashqariga o'tishi elementlarni doimiy sirkulyasiya qilishi natijasida yuzaga keladi. Bu holatlar katta yoki kichik berk aylanma holati bo'lib, u biogeoximik sikl deb ataladi. Hayotga kerakli elementlar, moddalar va noorganik birikmalar harakati ozuqa elementlarining aylanishi deyiladi. Har bir moddaning aylanishiga ikki holat ajratiladi: 1) Rezerv fondi – nobiologik komponentlaridan hosil bo'lgan, sekin harakat qiluvchi moddalarning ko'p massasi; 2) Harakatchan yoki almashinadigan fondi – bu kichik, lekin aktiv modda, uning uchun organizmlar o'rtasida va ularni o'rab turgan muhitda tez almashish xarakterlidir.
    Tabiatda uchraydigan 90 dan ortiq elementlarning 30-40 tasi tirik organizmlar uchun kerak va shu moddalar organizmlar protoplazmasida bioximik sintez jarayoni zarurdir. Ular ichida eng kerakli – uglerod, azot, vodorood, kislorod, fosfor kabilar bo'lib, boshqalari uncha ko'p bo'lmagan holda talab qilinadigan kalsiy, temir, kaliy, magniy elementlaridir. Bu elementlar vaqti-bilan tirik materiyadan noorganik materiyaga o'tib, ma'lum darajada murakkab bioximik sikllarda qatnashadi.
    Biogeoximik sikllarning gazsimon moddalar va cho'kma sikllar aylanishiga bo'linishi va shu sikllarning bir turida uglerod, azot yoki kislorod qatnashadi. Ular uchun atmosfera yoki okean kabi katta fondlar bo'lib, shu fondlarga gazlar miqdori buzilsa, tezda to'ldirib turadi. Masalan, bir joyda CO2 ning ortiqcha to'planishi, havo to'lqinlari bilan tezda tarqatib yuboriladi yoki o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi va dengizlarga yutilib karbonatlarga aylanishidan domi bir darajada (0,03%) bo'ladi.
    Cho'kma sikllarda fosfor, temir, magniy kabi elementlar qatnashib, ular o'z-o'zlarining miqdorini boshqara olmaydi, chunki ular kam aktiv va kam harakatli Yer qobig'ida joylashgan.



    Download 88.5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 88.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar

    Download 88.5 Kb.