• Multimedia vositalari
  • Multimedia (multi ko’p, media muhit) bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo’lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko’rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi




    Download 18.64 Kb.
    bet2/5
    Sana28.07.2023
    Hajmi18.64 Kb.
    #77497
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Multimedia (multi – ko’p, media – muhit) – bu kompyuter texnolog-fayllar.org
    Шартнома 2023 лотин, MADANIY TADBIRLAR, Mustaqil ish mavzulari (5), Mustaqil ish, 1-topshiriq - Raximjonov N
    Multimedia texnologiyasi bir vaqtning o’zida ma’lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta’sir o’tkaza olishga qodirligi hisoblanadi.
    Multimedia texnologiyalarining asosiy maqsadi – tovush, video, animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan ta’minlangan dasturiy maxsulotlarni yaratishdan iboratdir. Bunda multimedia dasturiy maxsulotlari o’z ichiga interfaol interfeys va boshqarish mexanizmlarini qamrab oladi. Undan tashqari multimedia texnalogiyasidan foydalanuvchi o’zi dizayn bilan shug’ullana olishiga imkon beradi, shuningdek statik (xarakatsiz) va dinamik (xarakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi hamda o’z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muxitga tarqatishi mumkin.
    Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlariga quyidagilar tegishli:
    · bitta axborot tashuvchisida katta xajmli turli ma’lumotlarni saqlash imkoniyati;
    · ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish imkoniyati. (rejim «lupa»). Tasvirni sifatini saqlab qolgan holda 20 marotabagacha kattalashtirish mumkin;
    · tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy vositalar yordamida ularni qayta ishlash;
    · turli matn, grafika va tovush muharrirlari va kartografik ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlari;
    · “erkin” navigatsiya yordamida asosiy menyuga, to’liq mundarijaga yoki dasturning istagan joyiga chiqish.
    Multimedia vositalari – bu foydalanuvchi tovush, video, grafika, matn, animatsiya yordamida muloqotda bo’ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig’indisi.
    Grafik va tovush redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov bera oladigan shaxsiy amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin. Masalan, oddiy Word redaktorida tayyorlangan faylni grafik faylga aylantirish, bir formatdagi grafik fayllarni boshqa formatdagi grafik fayllarga aylantirish, bir necha multimedia ilovalarini yagona multimedia ilovalariga jamlash, multimedia ilovalarini o’lchamini, hajmini, sifatini va tuzilishini multimedia dasturlari orqali amalga oshirish mumkin. Bunday dasturlarga Adobe PageMaker, Adobe Photoshop, Adobe Flash, 3D Max kabi dasturlar kiradi.

    Download 18.64 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 18.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Multimedia (multi ko’p, media muhit) bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo’lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko’rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi

    Download 18.64 Kb.