MULTIMEDIALI MAHSULOTLAR TURLARI AMALIY
PAKETLAR YORDAMIDA TAQDIMOTLAR YARATISH
Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy
muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib,
kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar
majmuidir.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir.
Uning
ajralib
turuvchi
belgilariga
quyi-dagilar
kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar),
original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar)
turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni
ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik
kompaktdisklar,
televizor,
videomagnitafon,
videokamera,
elektron
musiqiy
asboblardan
foydalanilgan
holda
kompyuter
boshqaruvida
bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi
ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi.
Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy
protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati,
operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm
va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki
baravar oshirilishitalabetiladi; "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi
darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama
axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini
yaxshilashga
imkon
beradi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta
tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia
tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol
tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning
fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida
audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari
asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi
ko’rinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta'lim sohasi
yo’nalishlari bo’yicha tatbiq, qilinmoqda. Xatto, xar bir oila multimedia vositalarisiz
xordiq, chiqarmaydigan bo’lib koldi. Multimedia vositalarining 1981 yildagi yalpi
oboroti 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 1994 yili esa 16 mlrd. AQSh
dollarini tashkil kildi. X,ozirgi kunda esa sotilayotgan har bir komp'yuterni multimedia
vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta'lim soxasida
keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi, avvalombor, ular unumdorligining
nixoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia '
vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yo’tish
mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin
bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada o’zoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar
berilayotgan materiallarni ko’rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab
qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va
grafika ko’rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish
75 % ortadi. Bunga biz multimedia vositalari asosida chet tillarini o’rganish jarayenida
yana bir bor ishonch xosil qildik.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor;
b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
v) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida o’zoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda
qo’llash imkoniyatiga erishiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo’lida Jaxon Valyuta Fondi,
Umumjaxon banki, Yevropa Ittifoki komissiyasi kabi nufo’zli tashkilotlar katta
tajribaga egadirlar.Biz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar va
konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch xosil qildik. Avvalombor,
o’quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish taxsinga
sazovordir.
O’z o’rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo’lida ayrim ob'yektiv
muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o’quvchilar uchun kerak bo’lgan
o’quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko’rsatmalarni qo’llanma qilib kompyuter
dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia
elementlarini qo’llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qo’llashni talab qiladi.
Xozirgi kunda bunday ko’rinishdagi kompakt disklarni respublikamizda ishlab
chiqarish imkoniyati yo’qdir. Bular ma'lum bir miqdordagi mablag’ni oldindan jalb
etishni talab qiladi.
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o’quvchilarga
ta'lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori
malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.
2. Distant uslubi asosida o’quvchilarni o’qitish xozirgi kunning eng rivojlanib
borayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchilar ma'lum bir masofada
joylashgan holda ta'lim berish tizimidir. O’qituvchi va o’quvchining ma'lum bir ma-
sofada joylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel
televideniyesi kabi vositalar asosida o’quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamo-
naviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni
o’zatish kanallarini rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o’ziga xos tarixiy
o’zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o’quv yurtlarini va biznes bilan
shug’ullanayotgan kompaniyalarni distant uslubi asosida birlashtirilsa, o’qitish
jarayonini va tijorat ishlarini yanada yuqori pog’onaga olib chiqadi.
Distant uslubi asosida o’qitish quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga oladi:
Interaktiv texnologiyalar:
- audiokonferensiyalar ;
- videokonferensiyalar ;
- ish stolidagi videokonferensiyalar ;
- elektron konferensiyalar ;
- ovoz kommunikatsiyalari ;
- ikki tomonlama sputnik aloqa ;
- virtual borliq ;
Nointeraktiv texnologiyalar:
- bosib chiqarilgan materiallar;
- audiokassetalar;
- videokassetalar;
- bir tomonlama sputnik aloqa;
- televizion va radio ko’rsatuvlari;
- disketa va CD-ROM lar.
Avvalombor, distant uslubi asosida o’qitish, jugrofiy jihatdan o’zoqda joylashgan
maktablar va akademik ta'lim uchun mo’ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborbtlar va
telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta'lim-tarbiya jarayonini
o’zoq masofadan turib amalga oshirishga yo’l ochib berdi. Natijada distant uslubi
asosida o’qitish, tez vaqt ichida ko’pgina maktablarda, tijoratchilar ichida va ishlab
chiqarish korxonalarida keng qo’llanila boshladi va o’qitishda yangi uslublarni
qo’llashga yana bir turtki bo’ldi. Distant uslubi asosida o’qitishning Xalqaro
kengashining tahlillari shuni ko’rsatmoqdaki, xozirgi kunda jahonda 10 milliondan ortiq
talabalar shu uslub asosida ta'lim olishmoqda. AQSH da shu uslub asosida o’qitish
maqsadida yangi o’quv markazlari barpo etilmoqda. Shunday qilib, ular milliy kadrlarni
zamon talabi asosida tayyorlash va qayta tayyorlash uchun olga qadam o’yishmoqda.
Distant uslubining qo’yidagi afzalliklari mavjuddir:
a) o’qitishning ijodiy muxiti. Mavjud ko’pgina uslublar asosida o’qituvchi ilm
tolibini o’qitadi, o’quvchi esa faqat berilgan materialni o’qiydi. Taklif qilinayotgan
distant metodi asosida esa o’quvchilarning o’zlari kompyuterlar asosida axborotlar
bankidan kerak bo’lgan ma'lumotlarni qidirib topadi va albatta o’zlarining tajribalarini
boshqalar bilan elektron tarmoqlari asosida almashadi. Bu esa o’quvchilarni boshqalar
bilan yaxshi muloqotda bo’lishini ta'minlaydi va o’z o’rnida bunday mexnat ta'lim
olishni rag’batlantiradi.
b) mustaqil ta'lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta'lim berish
- boshlangich, o’rta, universitet, sirtqi - kechki va malaka oshirish bosqichlarini o’z
ichiga oladi. Tayyorgarligi har xil darajadagi inspektorlar o’zlarining shaxsiy dars
jadvallari asosida ishlashlari mumkin va o’zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda
bo’lishi mumkin.
v) ish joyidagi katta o’zgarishlar. Distant uslubi asosida ta'lim berish turi
millionlab insonlarga, hammadan xam ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta'lim
olayotganlar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o’qitish kadrlarni
tayyorlashda judayam katta ro’l o’ynamoqda, ya'ni jug’rofiy va moliyaviy
qiyinchiliklarsiz o’zining ishlab turgan o’rnida ilm opishi mumkindir.
g) o’qitish va ta'lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma'lumotlar shuni
ko’rsatmokdaki, distant uslubi asosida ta'lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda
o’qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, distant uslubi asosida ta'lim olish universitet
tomonidan qo’yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta'lim
olayotgan talabalar yoki o’quvchilarning boshqalardan ustunligi - ularning eng yaxshi,
sifatli materiallar va o’qituvchilar bilan ta'minlanishidir. Ta'lim berish va boshqarish
uslubiyotiga asoslangan holda, o’qituvchi auditoriyada o’qitish shartlaridan xoli bo’lishi
kerakdir. Distant uslubi asosida o’qitishning o’quv qoidalaridan kelib chiqsak, soliq,
inspektorlari INTERNET turi orqali jaxon bo’yicha sayyohat qilishlari mumkin. Shu
bilan birga, ta'lim berish uslubining o’zgarishi bilan uning shakllari ham o’zgarishi
shartdir.
Xozirgi kunda to’g’ridan-to’g’ri INTERNET tarmog’ig’a kirish xizmati distant
uslubi asosida ta'lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferensiyalari va
ma'lumotlarning elektron bazasida foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor kanalning
rivojlanishi yangi gipermedia tizimini berib, u o’z ichida INTERNET tarmog’iga
kirishning uchta asosiy xizmatini mujassamlashtiradi va foydalanuvchining interfeysini
(muloqoti)
yanada
takomillashtirishga
yordam
beradi.
Masalan,
maltikast
texnologiyalarining, konferensiya vositalarining va multimedia kompyuterlarining
mavjudligi INTERNET tarmog’i orqali video-konferensiyalarni yulga qo’yishga
imkoniyat berdi. Shunday qilib, bunday gigant axborotlashgan tarmoq o’quvchilarning
distant uslubi asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda turganligiga
qaramasdan keng sharoit yaratib beradi.
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy
tusga aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo
bo’lishi,
shubxasiz,
butun
insoniyat
faoliyatiga
ta'sir
ko’rsatadi.
Multimedik tizimlarni ko’rish uchun foydalanilayotgan kompyuterning hisoblash
kuvvatini oshirishigina yetarli emas, buning uchun kushimcha apparatli qo’llab-
kuvvatlash analogli audio va videosignallarni rakamli ekvivalentga kushish va uning
teskarisi uchun zarur bo’lgan analogli-rakamli (ARU) va rakamli-analogli o’zgartirgich
(RAU) videoprotsessorlar, dekoderlar maxsus integral chizmalar va boshqalar ham
zarur.
Odatda, yuqorida kursatilgan kushimcha apparatli vositalar kompyugerlarning
video va audio imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli platalar ko’rinishida shakllanadi:
Ko’chmas
video
tasvirlar
bilan
ishlash
uchun
TARGA
platasi;
- xarakatlanuvchi videotasvirlarni yozish va aks ettirish uchun Video Blaster, Video
Spigot,
Intel
Smart,
Video
Recorder
platalari;
- Microsoft firmasining Sound Blaster, Sound Galaxy Sound for Windows
audioplatalari.
Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati ma'lumotlarning katta hajmi
va ularni o’zatishning yuqori tezligi bilan bog’lik, ko’plab muammolarni yuzaga
keltirdi. Bu, audio-video axborotning sungi texnologiyalarini rivojlantirish va katta
sig’imdagi jamgaruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi bo’ladi.
Masalan, 650 Mb sig’imli va 150 kb/s hisoblash tezligidagi SD-ROM optik kompakt
diski shu jumladandir.
Multimedia uchun zamonaviy SD-ROM texnologiyalar tak-dimnomasi ilk marta
1987 yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft SD - ROM Sopfegense) bo’lib
o’tdi va bu sana video va audioaxborotli to’laqonli multimedianing paydo bo’lishi
boshlanishi deb hisoblanadi.
Multimedia tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I texnologiyasi
(Compact Disk Interactive - interaktiv videodisklar) bo’ladi, ular kompyuter yordamida
lazerli video-murvatni boshqarish yo’li bilan kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy
tanlashni tashkil etishga imkon beradi. Bu texnologiyani Philips Electrnics firmasi
ishlab chiqadi va u Sony, IVM va Microware firmalari tomonidan qo’llab-
quvvatlanadi.
IVM va Intel firmalari tomonidan ishlab chiqilgan va multimedia tizimlari
ko’rilishi uchun foydalaniladigan DVI texnologiyasi to’rt bazaviy unsurdan tashkil
topgan:
- videotizimning asosi bo’lgan ixtisoslashgan mikroprotsessor turkumi (masalan,
tasvirlar kompressiyasi va dekompressiyasi uchun Intel firmasining I 82750RV
piksel protsessori; signallarni raqamli qayta ishlash uchun Texas Instrument firmasining
TMS320S10 protsessori; tasvirning videoxotirasida joylashgan ifoda uchun Iptel
firmasining i82750DV displeyli protsessori va boshqalar); oxirgi paytlarda bulardan
ham zamonaviylari bozorda taklif qilinmoqda;
- drayverlar (Video Driver, Audio Driver va VRAM Driver hamda SD - ROM
Driver ) va alohida kichik tizimlar darajasidagi dasturiy interfeys: grafika va
videoeffektlar ma'lumotlari kompressiyasi va dekompressiyasi AVSS (Audio-
Video
Support
System);
RTX
(Real
Time
Executive)
STD
(Standart) multivazifadorligini ta'minlash, xotirani, kirish-chiqishni boshqarish va
boshqalar;
- galma-gal paydo bo’luvchi audio va video axborot saqlovchi, ma'lumotlarni SD -
ROM jamg’aruvchisidan foydalanilganda tezligi bir tekisligini ta'minlovchi maxsus
shaklli
fayllar;
- sub'yektiv qabul qilishga yo’naltirilgan va ba'zi yo’qotish yoki bo’zib ko’rsatishlarga
yo’l qo’yuvchi axborotning turli namunalari tiklash algoritmlari. Bu texnologiyani
qo’llashning eng oddiy misoli bo’lib, siyraklash algoritmi, ya'ni tasvirning diskretligini
kamaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. JPEG (Joint Photographic Exerts Group)
statik tasvirlarni siqishning eng ko’p tarqalgan algoritmida jarayonlar natijasida
ko’chmas tasvirlarning vizual zararsiz 20, 50 martagacha siqilishga olib borish mumkin.
Xarakatlanayotgan tasvir va audioaxborotlar uchun prediktiv kodlash (Predictive
Coding) algoritmlaridan foydalaniladi.
Bu gurux algoritmlari orasida MREG (Moving Pictures Experts Groups )
algoritmlarini ajratib ko’rsatish mumkin, ular 25...50 marta siqish koeffitsentini
ta'minlaydi. Jumladan, agar 24-betli rangli va 30 kadrlar /s.li 640x480 o’lchamli
siqilmagan rakamli televizion tasvir uchun 27 Mb/s ma'lumotlarni o’zatish tezligi talab
etilsa, unda MREG1 algoritmi talab etilayotgan o’zatish tezligini 550 kb/s. gacha
kamaytiradi. MREG1 algoritmi, shuningdek, siqish koeffitsenti 5 ...10 marta bo’lgan
audioaxborot
kompressiyasi
uchun
ham
qo’llaniladi.
DVI texnologiyasida foydalaniladigan video siqish algoritmlarini ikkiga bo’lish
mumkin:
- JPEG rusumli simmetrik chizmali algoritmlar, ular real vaqt miqyosida siqishni
amalga oshirish va huddi videomagnitafondagi kabi sifat darajasida kompyuter (Real
Time Video) vinchesteriga ma'lumotlarni yozishga imkon beradi, bunda SD - ROM ni
tayyorlashga zaruriyat qolmaydi;
- MREG rusumli nosimmetrik kompressiya algoritmlari, ular SD-KRM
(Production Level Video) ga yozish uchun mahsulotni bozorbop yo’sinda yaratishda
foydalaniladi va multimedianing tizimida videoni fakat aks ettirishni ta'minlaydi. Bunda
videoni siqish darajasi 100...160 martaga yetadi, videomagni-tafon yozuviga yaqin sifat
saqlanadi.
25:1 siqish koeffitsenti displeyning chorak ekranida yaxshi sifatli videotasvirni
olish uchun kifoya. 10:1 nisbatda siqilganda DVI texnologiyasi bo’lgan (Real Time
Video)
videotasvirli
darcha
to’liq
ekranning
1/5
qismini
egallaydi.
Audioaxborot yomon siqiladi (mumkin bo’lgan siqish koeffisenti 1,9-2,5), bu xol
tinglash a'zolarining bo’zib kursatishlarga befarq emasligi bilan izohlanadi.
Shunday qilib DVI texnologiyalari video va audioni aks ettirish uchun zarur bo’lgan
axborot hajmini keskin qisqartirishga imkon beradi, bu xol ma'lumotlar umumiy hajmini
kamayishiga va multimedianing fan, ta'lim, biznes va aloqa sohalariga keng kirib
borishiga olib keladi. Bunda foydalanuvchiga interaktiv lazerli videodisklar
tayyorlovchilari xizmatiga murojaat etmay, o’z amaliy multimedianing tizimlarini
yaratish, axborotning barcha turlarini saqlash uchun oddiy vinchesterdan foydalanish
imkoniyati beriladi. Bundan tashqari,hozirdayoq, multimedia ovoz berilgan, tasvirli
hujjatlarni Ethernet tarmoqli platasi orqali kompyuter tarmog’iga jo’natish mumkin.
Biroq, videotasvirli, to’liq tarmoqli multimedianing tizimlar uchun taxminan 200:1
siqish koeffitsenti zarur. Bunday ko’rsatkichga hozirdayoq erishish mumkin va bu
boradagi ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
3. Ishlanma vositalar: xolati va istiqbollari
Multimedia asr oxirigacha kompyuter texnikasini takomillashtirishning asosiy
yo’nalishlaridan biri bo’lib qolishi kutilmoqda. Hozirgi paytda kompyuter texnikasi va
dasturiy ta'minotni ishlab chiqaruvchi ko’pgina yetakchi firmalar bu axborot
texnologiyasini xayotga quyidagi uch yo’nalish bo’yicha tadbiq, qilmoqdalar:
- AT 80x86 shaxsiy kompyuterlarida DOS, Windows muhitida multimediani
professional va tijoriy maqsadlarda qo’llash;
- Macintosh SHK lari uchun unimli va ta'lim beruvchi ilova-lar yaratish;
- ishchi bekatlardagi UNIX muxitida professional va tijoriy ishlanmalarni tayyorlash.
Bu barcha tayyorlanayotgan vositalar asosida assotsiativ aloqalarning umumiy ob'yektli
yo’naltirilgan uslubiyatni o’z ichiga olgan "gipermatn" (Nurertex) konsepsiyasi yotadi.
Rasman gipermatn deganda foydalanuvchiga boshqa mavzuga o’tishga imkon beruvchi
ichki o’zaro murojaat qiluvchi matnli, tuzilmaviy axborot tushuniladi. Gipermatn avval
materialga kiritilgan assotsiatsiyalar bo’yicha interaktiv rejimdagi so’zlar, fayllar va
paragraflarni
jadal
birlashtirish
uchun
foydalanilgan.
Gipermatn
vositalari
foydalanuvchi istalgan tartibda varaqlab ko’rishi mumkin bo’lgan multimedianing
hujjatlarni yaratishga imkon bergan. Foydalanilayotgan kompyuterlarning hisoblash
qobiliyati oshib borgan sari bu assotsiativ aloqalarning ishlashi mualliflik tizimlarining
yangi avlodlarida kengayib bordi. Bunda mualliflik tizimi deganda ishlab
chiquvchilarga dasturlarni ko’p mexnatli jarayonsiz yaratishga imkon beruvchi ta'minot
tushuniladi. Bugungi kunda raqamlashgan statik tasvir, audio va video ma'lumotlarga
muallifning istagi bo’yicha tanlangan ob'yektlar sifatida qaralishi mumkin.
Quyidagi
kompyuterli
platformalar:
Macintosh,
DOS,
Windows,
UNIX,
Phlips firmasining SD-I va IVM firmasini Multimedia kompyuterlariga qo’llaniladigan
multimedia ishlanmalari holatini ko’rib chiqamiz.
Masalan. Ko’p yillar mobaynida Arrle Somruter Ins multimedia ishlanmalari
sohasida yetakchi o’rin tutadi. Avvalboshda ishlanmalar audioni o’z ichiga olgan
multimedia maxsulotlarini ko’rish uchun gipermatn - Nuregsagd - firma dasturi im-
koniyatlarini kengaytirish va yuqori sifatli audioaxborot bilan bog’liq edi. So’ngra
multimedia tizimiga fotoga yaqin bo’lgan yuqori sifatli statik tasvirlarni kiritish va aks
ettirish imkoniyati ko’shildi. Natijada Macintosh kompyuterlari platformasi
multimedianing aniq bir ilovalarida yetakchi o’rinni egalladi.
Biroq, videoni qo’llab-quvvatlash nisbatan yaqin paytda, MAS 6.07 va 7.0
imkoniyatlarini kengaytiruvchi Quicktime tizimining kiritilishi bilan ta'minlandi.
Xozirda - Nuregsagd dasturi va yuqorida ko’rsatilgan kengaytirishlarni birlashtiruvchi
multimedianing tizimlar ishlanmasi ustida ish olib borilmoqda. Bu tizimning asosiy
komponentlari dasturiy ta'minoti, fayllar shakllari, kompressorlar va foydalanuvchi
interfeyslaridir. Tizimning eng muxim unsuri - Movie Toolbox - tasvirlarni siqishni
boshqaruvchi va animatsiyalar, statik tasvirlar xamda video algoritmlarini amalga
oshiruvchi dasturlardir.
Foydalanish jihatidan oddiy bo’lgan Media Text mualliflik tizimi yaqinda
Michigan Universitetida (Ann Arbor) Macintosh kompyuterlari uchun ishlab chiqildi.
Foydalanuvchi o’z dasturiy maxsulotini audio, grafika va animatsiyaga kiritishi hamda
ularni xar bir bosqichda sichqonning ikki chikillashidan oshirmagan holda bajara borib
boshqa fragmentlar bilan birlashtirishi mumkin.
4. IVM Vetimedia /OS-2. IVM Sogr firmasi multimedia ishlanmalari sohasida
ancha faol ish olib boradi. Firma Windows interfeysidan grafik foydalanishni qo’llab-
quvvatlashdan tashkari o’zining OS/2 operatsion tizimini multimediyaning ko’pgina
imkoniyatlari bilan jixozlagan. Ular orasida, eng avvalo, MM RM/2 nomini olgan
Rgesentation Manageg (prezentasiya menejeri) dasturini ajratib ko’rsatish mumkin. U
audio-platalar, SD-ROM rusumidaga ommaviy xotira va video proigrovatelni qo’llab-
quvvatlaydi, shuningdek, Audio Visual Connection adapterining IVM uchun drayverini
o’zida saqlaydi.
IVM firmasi RS/2 turkumidan keyingi o’z kompyuterlari uchun Ultimedia sifatida
mashhur multimedia vositalari paketini ishlab chiqqan. Bu vositalar quyidagilarni o’z
ichiga oladi:
- kompakt-diskda yetkazib beriladigan va operatsion tizim turlarini tanlash hamda
multimedia dasturlarini namoyish etishga imkon beruvchi M57 va M77 qurilma
modullari;
- amaliy dasturli multimedia kioski (o’yinli, ta'lim beruvchi, xizmat ko’rsatuvchi va
hokazolar);
- Storyboard Livel, Linkway Livel va Audio Visual Connestion singari multimedia
ishlab chiqishning foydalanuvchi vositalari turkumi;
- konferensiya ishtirokchilariga umumiy axborotlarni ekranda taqsimlashga imkon
beruvchi kompyuterli videokonferen-siyalarni qo’llab-quvvatlash uchun R2R moduli
IVM Regson to Regson);
- turli manbalardagi audio va video axborotlar yuqori sifatini kafolatlagan holda
videoni 30 kadr/s chastotali qamrab olish, siqish va aks ettirishni ta'minlovchi IVM
RS/2 Astion Media II Display Adapters moduli. UNIX. Ishchi stansiyalar uchun ham
multimedianing maxsu-lotlarini yaratish tizimlari ishlab chiqilmoqda, lekin firmalarning
harakatlari shaxsiy kompyuterlar uchun tizimlarni ishlab chiqish kabi birlashmagan.
Mavjud tizimlar ishchi stansiyalarning aniq bir rusumlarida foydalaniladi, masalan,
Mpower tizimi Hewlett-Packard Corp firmasi kompyuterlarida, DECspin tizimi -
(Digital Equipment Corp firmasi EXM larida qo’llanmoqda.
Biroq, umumiy foydalaniluvchi ishlanmalar ham mavjud. Jumladan. Gain
Technology Ins (A+Sh) kompaniyasi Gain Momentum tizimini taklif etdi, u UNIX OT
muhitida X Window, OSF/Motif va OpenLook grafik interfeysi bilan ishlashda
multimedia imkoniyatini ta'minlaydi. Bunga qo’shimcha ravishda Massachusets
texnologiya instituti X Window Assotsiatsiyasi X Window muhitida ishlovchi standart
dastur uchun VEX videokengaytirishni ishlab chiqdi va foydalanishga taqdim etdi. Gain
Momentum tizimi asosan MBBT, ob'yektlar birlashishi (aloqasi) tili va kutubxonalar
turkumidan iborat. MBBT moduli matnli fayllar, fayl turkumlari, rakamlashgan tovush
va tasvirlar o’rtasidagi aloqani o’rnatadi. Ob'yektlarni birlashti-ruvchi Arrle firmasining
Nurermedia Yengine tili foydalanuvchiga multimedia ma'lumotlari bazasida yo’nalish
topishga yordam beruvchi 30 modulli kutubxonalar turkumini o’zida namoyon etadi.
Tizim kompyuterli ishchi stansiyaga moslashishga imkon beruvchi amaliy dasturlarning
portativ interfeysini (ARI - Arrlication Rgogram Interface) ham o’z ichiga oladi.
1993
yilda
chiqarilgan
multimedianing
MRoveg
tizimi
foydalanuvchining
videomuxitini (Visual User Environment) aks ettiradi. Video Live, Multimedia Mailer,
Shared-X va SharedWhite Board modullari tizimining bazaviy komponentlaridir. Video
Live moduli qo’shimcha plata yordamida videokadrlarni qo’yishni va ularni ishchi
stansiya ekrani darchasida aks etishini qo’llab-quvvatlovchi utilitani namoyon etadi.
Multimedia Mailer moduli, nomidan ham ko’rinib turganidek, UNIX operatsion
tizim taklif etadigan ma'lumotni elektron pochta xabarlaridagi audio, ko’chmas tasvir va
videokadrlarga standart imkoniyatlarini kengaytiradi. Shared-X moduli foydalanuvchiga
X Window stansiya ekranida boshqa istalgan hisoblash tarmog’i foydalanuvchisi bilan
birgalikda qo’llash imkonini beradi. SharedWhite Board moduli konferenszaldagi
taxtadagiga
o’xshash
tasvirdan
birgalikda
foydalanishni
ta'minlaydi.
DECspin multimedia tizimi qo’shimcha audio va videoplatalar bilan Decstation 5000
kompyuterlarida Xmedia Tools muhitida ishlaydi. Yaqinda Digital firmasi uni o’zining
boshqa ishchi stansiyalariga tarqatdi. Tizim axborotning barcha turlarini qo’llab-
quvvatlaydi, videokadrlarni taxrir qilish va videokonferensiyalar rejimida ishlashga
imkon beradi.
Aftidan, ishchi stansiyalari uchun eng oddiy mualliflik tizimi Standford
universitetida yaratilgan va elektron pochta bo’ylab bepul tarqatiladigan MAYEstro
tizimidir.
Xozirgi jamiyatimiz uchun multimedianing ahamiyatini tasdiqlovchi - 1987 yilda
Vashingtonda AKSH kongressi kutubxonasida Interaktiv axborot texnologiyalari milliy
namoyishlar laboratoriyasi va original multimedia - ilovalar va dasturlarning doimiy
ko’rgazmasi ochilganligi dikkatga sazovordir. Multimedia va distant uslublari asosida
ta'lim
berish
yildan-yilga
ortib,
takomillashib
bormoqda.
|