• II Bob GUMANITAR YO’NALISHDAGI AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKA O’QITISHNING XUSUSIYATLARI……………………………….24
  • XULOSA.........................................................................................................50
  • Sh.M.Mirziyoyev IRISH.
  • Munadrija kirish I bob gumanitar yo’nalishda fizika fanini o’qitish metodlari




    Download 77.03 Kb.
    bet1/8
    Sana01.03.2023
    Hajmi77.03 Kb.
    #43850
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2 5287436244131775076
    Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04

    MUNADRIJA
    KIRISH…………………………………………………………………………..3
    I Bob GUMANITAR YO’NALISHDA FIZIKA FANINI O’QITISH METODLARI……………………………………………………………………8

      1. Gumanitar yo’nalishda fizika fanini o’qitish metodikasi, texnologiyalari va vositalari………………………………………………………….8

      2. Gumanitar yo’nalishda fizika o’qitish metodikasining asosiy masalalari, ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy dunyoqarashlari…………………………………17

    II Bob GUMANITAR YO’NALISHDAGI AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKA O’QITISHNING XUSUSIYATLARI……………………………….24
    2.1. Fizika gumanitar yo’nalishdagi akadedmik litsey hamda kasb hunar kollejlarining o’quv predmeti……………………………………………………24
    2.2. Fizika o’qitish metodikasining fizika, falsafa, psixologiya va pedagogika bilan bog’lanishi…………………………………………35
    XULOSA.........................................................................................................50
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.....................................52


    K
    Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o'zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash bizning burchimiz hisoblanadi.”
    Sh.M.Mirziyoyev.
    Sh.M.Mirziyoyev
    IRISH.

    O’quv-tarbiyaviy ishlarining sifatini yaxshilash maqsadida insoniyat taraqqiyot bosqichlarida bir qator dasturlar va qonunlar qabul qilinganligini shu sohaning rivojlanish bosqichlarini belgilab beradi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ va Ta‘lim to’g’risida‖gi qonunlarning qabul qilinishi, mahalliy sharoirt va milliy qadriyatlarimizni hisobga olgan holda yangi o’quv rejalari hamda o’qitiladigan predmetlarning dasturi va darsliklarni ishlab chiqish kabi dolzarb masallarni hal qilish zaruryatini yaratdi. Rivojlangan davlatlar ta‘lim tizimi darajasiga yetish maqsadida umumiy o’rta ta‘lim maktablari hamda litsey, kollejlar tashkil etildi.


    Ta‘lim strukturasini bu zayilda o’zgartirishning o’zi, o’qituvchilarni zamonaviy bilimlar tizimi, zaruriy hayotiy malaka va ko’nikmalar bilan ta‘minlash uchun etarli imkon bermaydi.
    Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖da qo’yilgan asosiy maqsadga erishishda bosh rolni bugungi kunda tayyorlanayotgan o’qituvchilarning tayyorgarligi muhim rol o’ynaydi. Yosh avlodni ma‘lumotli, ma‘naviy yetuk, jamiyat oldidagi burch va vazifalarini yaxshi anglaydigan, Vatanimiz kelajagiga, taqdiri uchun jon kuydiradigan hamda ma‘suliyat his etadigan qilib tarbiyalashda, o’qituvchi va yana o’qituvchining kasb bilim darajasi, saviyasi, iqtidori, juda muhim omil hisoblanadi.
    O’qituvchi kadrlarni tayyorlashni tubdan yaxshilash ishi ―Ta‘lim to’g’risidagi qonunda nazarda tutilgan eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Oliy ta‘lim tizimida bakalavr va magistrlar darajasidagi ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash ishida qayta ko’rib chiqiladigan muammolar yaqqol ko’zga tashlanib qoldi. Viloyat pedagogika institutlarning universitetlarga aylantirilishi munosabati bilan pedagogika, metodika va pedagogik amaliyotlarga o’quv rejalarda juda kam soatlar ajratildi. Bu holat yillar davomida o’zining salbiy ta‘sirini ko’rsatmoqda.
    Akademik litsey va kollejlarning soni va salmog’i yildan-yil oshib borishi viloyat universitetlari bazasidagi imkoniyatdan kelib chiqib, fan tarmoqlari yo’nalishlarining o’qitish usul va uslublari bo’yicha magistrlarni tayyorlashni hozirdanoq boshlash lozimligini davrni o’zi talab qilmoqda. Hech vaqt ta‘lim oluvchi-o’quvchi, ta‘lim beruvchini kutib o’tirmaydi. Aslida ta‘lim beruvchi (o’qituvchi) ta‘lim oluvchini kutib turishi lozim. Shu ma‘noda zarur o’qituvchilar zahirasini bugundanoq to’ldirib borish zarur. Bilim olishda mustaqillik muhim faktor hisoblanadi. Tushunib anglash, mustaqil bilim olish ko’nikmasi faqat o’z mutaxasisligi predmeti materiallarini o’rgatishdan tashqari, barcha boshqa fanlarning asoslari bo’yicha ham yetarlicha bilimga ega bo’lgan, iqtidorli o’qituvchigina ayni zamon o’quvchilarining e‘tiborlarini o’ziga jalb etib, predmetga qiziqtira oladi. Shu joyda Gettengen universitetining professori G.N.Lixtenbergning: Kimdan-kim men faqat fizikani bilaman desa, bilinki u fizikani ham bilmaydi,degan fikri juda qo’l keladi. Haqiqiy bilimli inson, u olimmi, yoki o’qituvchi o’z bilimini tor doiradagina oshirmay, balki keng sohani qamrab olib amalga oshiradi. Bugungi talabalarimizga esa bu narsa biroz yetishmaydi.
    Hozirgi zamon ta‘lim tizimi nuqtai nazardan AQSh ning ta‘lim ekspertlarining fikricha ta‘riflaydigan bo’lsak, ta‘limni sifati mamlakat iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatli faktor sifatida o’rin tutadi. Demoqchimizki, millatni uning intelektual potensiali aniqlab beradi. Shuning uchun AQSh da 1983 yildan boshlab maktablarni reforma qilish boshlandi. Bundan maqsad tabiiy fanlarni o’qitilish saviyasini yuqori darajaga ko’tarishdan iboratdir. AQSh ni tashabbusi bilan o’quvchilarni bilim sifatini baholash bo’yicha xalqaro taqqoslash tadqiqoti sistemali o’tkazilmoqda. Dunyo miqyosida xalqaro ilmiy va nufuzli komissiyalar hamda jamiyatlar fizika ta‘limi muammolari bo’yicha turli anjumanlar o’tkazmoqdalar. Shu jumladan 2005 yil YUNESKO tomonidan Fizika yili deb e‘lon qilinishi ham bejiz emas. XXI asr ta‘limi metodlari bilan bugungi kun talabalarni qurollantirish uchun fizika ta‘lim yo’nalishi ishchi o’quv rejalariga maxsus kurs sifatida Fizika o’qitishning nazariy asoslari‖ kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi.
    Ilmiy bilishning davriyligi, nazariy fikrlashning modelli xarakteri bilan belgilanadi. Nazariy tadqiqot gipoteza xulosalarni olib chiqishda logika va intuatsiyaning o’zgacha roli, A. Eynshteyn nazariyasi bo’yicha, uni eksprimental tekshirishning muhimligi hamda nazariy bilimni chegaralanganligi, Gilfordning nazariyasi bilan juda mos keladi. Ilmiy bilishda; ijodiy divergentsiya, konvergentsiya, baho, transformatsiya va implikatsiya kabilar albatta o’z ta‘sirini ko’rsatadi. Shuningdek, obrazli va belgili modellar bir vaqtda semantik ilmiy axborotlarni tasvirlashda muhim ahamiya kasb etadi. Bu maxsus kursda hozirgi zamonda dunyoni bilish nazariyasi va intellektual faoliyat psixalogiyasining fizika-astronomiya ta‘limi nazariyasi va amaliyotini umumiy va xususiy xalqaro yutuqlari qaraladi.
    Ilmiy bilishning metodlari ichida eng muhimi modelli gipoteza usuli hisoblanadi. Modellashtirish metodi o’quvchilarning evristik tasavvurlaridan tashqari har xil ilmiy bilishning modelli xarakterini beradi. Aytmoqchimizki, modellashtirish metodi ilmiy bilish metodlari bilan o’quv bilish metodlarini o’zaro birlashtiradi. Natijada yagona bilimlar tizimini yaxlit holda shakllantirishga xizmat qiladi. Modellashtirish metodini ustivorligi shundaki, u ma‘lum bilim, ko’nikma va malakalarni egallashishining qat‘iy chegarasini qo’ymaydi. Aksincha, emperik dalil va qonunlarni o’zlashtirilishiga qarab, modellarga almashinish ko’zda tutiladi. Demak, modellashtirish bilangina bilimni chuqurlashtirib borish mumkin. Xususan bunga misol sifatida; yorug’likning korpuskulyar to’lqin kvant modellarini, atom tuzilish modellari misolida esa, Tomson,Rezerford,Barovskiy modellari, Olam tuzilishi modellaridan K. Ptolomey , Kopernik,Kepler modellarini keltirish fikrimizni tasdiqlaydi.
    O’quvchilarni bilish va ijodiy faolligini rivojlantirish uchun turli xil hodisalarni analogiyadan-mexanik modellarni konstruktsiyalash katta ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan:
    -turli xil elementlar(qarshilik, sig’im, induktivrik) bilan doimiy va o’zgaruvchan tok zanjirini gidrodinamik modeli;
    -Rezerford tajribasining mexanik modeli;
    -sayyoralar harakatining mexanik modeli;
    -osmon siferasining modeli;
    -manba, kalit va EYUK dan iborat gidrostatik model va hokozo.
    Universitetlarda fizika o’qitishning nazariy asoslari maxsus kursi birinchi navbatda fizika o’qituvchisini tayyorlashda muhim kurs hisoblanadi. Bu kurs bo’lajak o’qituvchilarni eng muhim fizikaviy tushuncha va qonunlarni o’quvchiga yoyinki, tinglovchiga qanday yo’llar bilan tushuntirishning eng samarali vositalari bilan qurollantira oladi. Fizika o’qitishning yangi mazmuniga o’tishning asosiy yo’nalishi o’quvchilariga puxta va chuqur bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, shuningdek, ularning bilish faolligini hamda ijobiy fikirlashini takomilashtirish darslarning ilmiy darajasini oshirish, ayniqsa zamonaviylashtirishdan iborat. Bu o’z navbatida fizika o’qitish metodikasi oldiga fizika o’qitishning mazmuni va uslublarining o’zaro bog’liq holda takomillashtirish muammosini qo’yadi. O’qitishning ilmiy darajasini oshirish ta‘lim mazmunidan o’quvchilarning bilimini zamonaviy fizika fani tushunchalari va uslublariga moslashni, yangicha o’qitish metodlaridan dars jarayonidan foydalanishni talab qiladi.

    Download 77.03 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 77.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Munadrija kirish I bob gumanitar yo’nalishda fizika fanini o’qitish metodlari

    Download 77.03 Kb.