Fizika o’qitish metodikasining fizika, falsafa, psixologiya va pedagogika bilan bog’lanishi




Download 77.03 Kb.
bet7/8
Sana01.03.2023
Hajmi77.03 Kb.
#43850
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5287436244131775076
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA
2.2 Fizika o’qitish metodikasining fizika, falsafa, psixologiya va pedagogika bilan bog’lanishi.
O’quv yurtidaida har bir predmet o'qituvchisi dars jarayonida o'quvchining o'zlashtirish qobiliyatini e'tiborga olishi lozim. Bu esa o'quvchining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishni talab etadi. O'qituvchi ish faoliyatida o'quvchilaming qanday psixologik xususiyatlariga etibor berishi zarurligi va uning ahamiyati haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
O'quvchilami o'quv mashg'ulotlariga munosabatlarida namoyon bo'ladigan individual ruhiy xususiyatlari - diqqati, yaxshi yoki noxush kayfiyatlari, irodaviy faolligi, hamda qiziqishi va havaslari fizikani o'rganish jarayonida amal qiladigan muhim omillardandir.
Ma'lumki, diqqat - aqliy faoliyatda g'oyat muhim rol o’ynaydi. Diqqatning ahamiyatini ta'kidlab, K.D. Ushinskiy diqqat - ruhimizga o'tib turadigan hamma narsaning eshitishdir», - deb ta'lim beradi. Demak, bilimlami puxta egallash jumladan fizikani o'zlashtirishning zarur shartlaridan o'quvchilar diqqatining fizik jarayonlami puxta bilib,o’zlashtirib olishga yo'naltirilishi, unda kuchli va barqaror to'planishidir.
Diqqatning o'rganilayotgan materialdan chalg'ib ketishi parishonlik, zarur obyektga to'planmasligi yoki to'planishining qiyinligi ta'limning sifatiga, jumladan o'zlashtirish tezligiga ham salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Ta’lim jarayonida o'quvchilar kechiradigan xilma-xil ta'sirchanlik holatlar, yaxshi yoki noxush kayfiyatlar, his va tuyg'ular katta rol o'ynaydi. Bu hissiyotlar diqqatning kuchli va barqarorligiga ham ta'sir qiladi.
Ma'lumki, biron maqsadga erishmoq uchun, ruhiy zo'r berish, irodaviy faollik ko'rsatish, kuch sarflash lozim bo'ladi. Ta’lim jarayonida aqliy faoliyatning faolligi, asosan iroda kuchi yordami bilan ta'min etiladi. Ta’lim jarayonida sarflanadigan kuch va harakatdan kuzatilgan maqsadning aniqligi, unga erishish vositalarining ravshanligi, o'quvchilarda faollik tug'diradi, o'quv materialini to'la va chuqur idrok qilish ham anglab olishga intilishni kuchaytiradi. Bilim va malaka-lar hosil qilishda diqqat, hissiyot va irodaning ijobiy yo'li o'quvchilardagi qiziqishga ham bog'liqdir. Chunki, «qiziqish kishining o'z hayotida eng ahamiyatli, eng qimmatbaho deb bilgan narsalarga yo'nalganligidir.Qiziqish kishining qiziqqan narsasiga doimiy intilishida, uni o'ziga yaqinlashtirishida, o'rganib olishga intilishida namoyon bo'ladi».
O'qituvchining pedagogik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan omillar haqida ham to'xtalib o'tmoq kerak. O'qituvchining fanni, uni o'qitish uslubini qanchalik egallaganligi, darsni tashkil qilish va o'tkazish mahorati, umuman O'qituvchining fan o'qituvchisiga xos individual sifatlari o'quvchilarda bilim-laming shakllanishida amal qiladigan omillar jumlasidandir.
Bilim va malakalar hosil qilishda, jumladan fizikani o'zlashtirishda ham, O'qituvchining bilimdonligi, o'qitish uslublari bilan qurollanganligi, pedagogik mahorat juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, ta'limning har qanday sharoitida, har vaqt ham amal qilaveradigan universal uslublar yo'q va bunday uslubning bo'lishi ham mumkin emas. O'qitish uslubi avvalo hosil qilinadigan bilim, jumladan
o'rganiladigan materialning mazmuni va harakteriga mos kelishi kerak.
Sezgi, idrok bilishning birinchi bosqichi bo'lib, aqliy faoliyatning yuksak shakli - abstrakt tafakkur sezgi, idrok obrazlariga asoslanadi. Demak, ta'limning samaradorligini oshirish uchun bolalaming sezgi-idrokdan hosil bo'lgan tajribalaridan, tasavvurlaridan foydalanish, fan asoslarini egallashda, jumladan fizik bilimlami egallashda ham, unga ta-yanish zarurdir. Chunki, inson sezgi idrokining asosiy mohi-yati ongoing tashqi borliq bilan bevosita bog'lanishini ta'min etishdir, insonning yuksak ehtiyojlarini, jumladan dunyoni bilish ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishdir.
Demak, har qanday bilish jarayoni va hodisalarning mohi-yatini anglab olish faqat sezgi orqali, idrok va tasavvurlar orqali sodir bo'ladi.
Sezgi va idrok tasawur obrazlarining shakllanishiga olib keladi, tasavvurlar esa, o'z navbatida inson aqliy faoliya-tining yuksak bosqichi abstrakt tafakkuming hissiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Biroq, sezgi idrok va tasavvurlar har qanday bilishning negizi, bilishga asos bo'lgan manba bo'lsa ham, u murakkab bilish jarayonining faqat birinchi bosqichi bo'lib qoladi. Shuning uchun ham ta'lim jarayonida avval hissiy bazani yaratish ta'limning tobora murakkablashib, chuqurlashib boruvchi bosqichlarida unga tayanib ish ko'rish, hissiy bilish bilan to'g'ri (ratsional) bilish faoliyatlarining to'g'ri nisbatda bo'lishiga rioya qilish zarur bo'ladi. Bu o'quvchilarda bilimlaming shakllanishi uchun ham zaruriy shartdir.
Ruhiy faoliyatning ayrim turlarining shakllanishi va rivojlanishida optimal vaqt oralig'i mavjud deb taxmin qilinib, bu vaqtni L.S. Vigotskiy va A.N. Leontyev sintizitiv davr deb yuritdilar. Masalan, nutqni rivojlantirish uchun sinti­zitiv davri 1 yoshdan 5 yoshgacha, model fikrlashning shakllanishi uchun 11 - 13 yosh, matematik fikrlash 15 dan 20 yoshgacha talab etiladi. Odam ruhiyati rivojlangan sari yaxlitlik, birlik, barqarorlik ortib boradi, Uning birlashishi sodir bo’ladi. Bu hoi shaxsning u yoki bu hislatlarining paydo bo'lishiga olib keladi.
Ta'lim jarayonida ba'zan shunday hoi yuz beradiki, o'quvchilaming ongi aqliy faoliyatning yuksak shakli bo'lgan abstrakt tafakkuriga, tushunchalarga tayanib fikr yuritishga tayyor bo'lmay, ilmiy tushunchalaming mag'zini chaqish va fikr yuritishda tushunchalar bilan ish ko'ra olish faoliyatiga hissiy obrazlar zaxirasi, sezgi, idrok va tasavvurlar zaxirasi yetishmay qoladi. Ta'limdagi juda ko'p nuqsonlar shu tufayli yuz bersa kerak, ulgurmovchilikka, bilimdagi kam-chiliklaming sodir bo'lishiga ham shu sabab bo'ladi.
Sezgi va idrok narsa va hodisalarning sezgi organlariga be-vosita ta'sir qilib turishi natijasida sodir bo'lsa, tasavvur obrazlari so'z ta'siri bilan tiklanadi. Shu sababli ma'lum darajada umumiylashgan bo'ladi. So'z ta'siri bilan tiklangan tasavvur mazmun jihatidan olganda sezgi va idrokdan chuqur-roq, shu bilan birga u umumiylashgandir.
So'z bilan tiklangan tasavvur obrazlaridan voqelik bilinadi. Ta'lim jarayonida buni hisobga olmaslik mumkin emas. Zotan, o’quv yurtidata'limi oldida ilmiy bilimlar bilan tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlari bilan, voqelikning asl mohi-yatini aks ettiradigan tushunchalar sistemasi bilan qurol-lantirish orqali o'quvchilar aqliy faoliyatini rivojlantirish vazifasi turadi.
Shunday qilib, fanning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish bu haqdagi bilimlami egallash jarayoniga ta'sir o'tkazuvchi omillami atroflicha tadqiq qilish, o'quvchilaming aqliy faoli-yatlarini faollashtiruvchi samarali uslublami ishlab chiqish o’quv yurtidaida o'qitish sifatini ko'tarishda muhim amaliy ahami-yatga ega.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'qitish jarayonining ruhiy xususiyatlarini fizika o'qitishda qanday amalga oshirish mumkinligi haqida to'xtalib o'tamiz.
Har qanday predmetni, shu jumladan fizika o'qitishni shunday olib borish kerakki, bunda u o'quvchilaming aqliy , rivojlanishiga maksimal yordam bersin.
Fizika o'qitish jarayonini tashkil etish bilan birga fizika , o'qitishning o'ziga xos ruhiy xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. Ular hammadan avval predmetning mazmuni bilan belgilanadi. O'rganilayotgan obyektlaming mohiyatiga kirib borish o'quvchilardan abstraktlash, ideal modellami qurish, bir ko'rinishdagi abstraksiyalashdan boshqasiga o'tish va boshqa shu singari hayoliy amallami (operatsiyalami) ba-jarishni talab etadi. Bulaming hammasi fizik ilmiy fikrlashni ifodalaydi, hamma hayoliy operatsiyalar o'qish jarayonida shakllanadi va yoshning ortishi bilan rivojlanib boradi.
Fizika o'qitish jarayonining ikkinchi o'ziga xos ruhiy xu-susiyati quyidagilardan iborat: fizika o'qitishda ko'proq modellardan va turli ko'rinishdagi belgilardan (formula, elektr zanjiri elementlarining belgilari, ...) foydalaniladi va o'quvchilardan belgili tasvirlardan real obyektlarga va aksin-cha, teskari real obyektlami idrok qilishdan ideal tuzishga va ulaming belgili tasvirlariga o'tishni amalga oshirish talab etiladi.
Fizika o'qitish jarayonining o'ziga xos uchinchi xususiyati tajribalar ko'rsatishdan foydalanish, o'quvchilaming ku-zatishlarini tashkil qilish, ulaming amaliy ishlami mustaqil bajarish bilan bog'liq yuqori hissiyotliligidir.
Yoshiga qarab ruhiy xususiyatlarga mos ravishda sinflar bo'yicha o'qitish quyidagicha ko'rib chiqiladi.
6-7-sinflarda bolalaming abstrakt fikrlash darajasi past ekanini e'tiborga olish lozim. Ularda ko'rsatma obrazli fikrlash ustunlikka ega, shuning uchun fizik hodisalarni tajriba va ko'rgazmalar asosida o'qitish maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga o'quvchilami hodisalarning umumiy belgilarini ajratib olish mahoratlarini shakllantirish bo'yicha ish olib borish kerak. Ulami asta-sekin 6-sinfdayoq deduksiya uslubi bilan xulosa chiqarishga o'rgatish lozim.
Yuqori sinflarda, akademik litsey va kollejlarda yuqori darajada abstraktligi bilan ajralib turadigan «Moddiy nuqta, «tezlik», «kuch» singari kinematika, dinamika tushunchalarini o'quvchilarda shakllantirish jarayoni ancha oson bo'ladi.
Nazariy fikrlashni rivojlashtirishga deduksiya uslubi bilan xulosa chiqarishga bo'lgan diqqat kuchaytiriladi. Bu yerda modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi, elektron nazariya elementlari o'rganiladi, ular asosida turli agregat holat-lardagi moddalaming fizik xossalari tushuntiraladi va turli muhitlarda sodir bo'ladigan elektron hodisalar o'rganiladi. Yaxshi nazariya faqat hodisalarni tushunish vositasi bo'lib qolmasdan, shu bilan birga ulami keyinchalik xotirada qayta tiklash vositasi hamdir.
Hosil bo'lgan ko'nikmalar yetarlicha yuqori bosqichgacha rivojlantiriladi, natijada o'quvchilaming bilish qobiliyatlari o'sadi. Shu tufayli borgan sari hajmi ortib borayotgan ilmiy axborotni o'zlashtirishga va qayta tiklashga o'quvchilar tayy-orlangan bo'ladi. Ular fizikada olgan bilimlarini boshqa pred-metga ko'chira oladigan bo'ladilar.
2. Qiziqish - o'qish, yangilikni bilish uchun eng muhim omillardan biridir. Uning ta'sirida faollik ortadi, xotira takomillashadi, tasawur va qabul etish kuchayadi, diqqat, fikmi to'plash o'sadi.
Fizikani o'rganishga o'qituvchi qiziqishni tarbiyalash va rivojlantirishga imkon beradigan sharoitlami bilishi kerak. Ijodiy ishlaydigan o'qituvchilar o'rganishga qiziqishni rivojlantirish maqsadida turli uskiblami qo'llaydilar. Yaxshi tayy-orlangan namoyish tajribalaridan foydalanish va mustaqil eksperiment o'tkazish, uy tajribalari va kuzatishlami tashkil etish, darsda olingan nazariy bilimlaming amalda qo'1lanilishini ko'rsatadigan masalalaryechish o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi.
Masalan, o'quvchilani quyidagicha masalalar qiziqtiradi:
1. Faqat suvli menzurka yordamida yog'och sharchaning massasini qanday aniqlash mumkin?
2. Faqat toshlari bilan tarozi va suvli idish bilan jism hajmini qanday aniqlash mumkin?
O'quvchilaming ilmiy bilimlami bilishga qiziqishlarini va tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy omillari sifatida quyidagilami ko'rsatish mumkin:
— o'quv materialini ilmiy va qat'iy sistemada bayon qilish;
- darsda muammoli vaziyat hosil qilish va qo'yilgan muammoni hal etishga o'quvchilami jalb qilish;
— darsda o'quvchilaming mustaqil ishlarini tashkil qilib borish;
-o'quvchilar tomonidan ijodiy harakterdagi top-shiriqlaming bajarib borilishi;
- o'quvchilar o'zlari qiziqqan masalalami ilmiy-om-mabop adabiyotlardan o'rganganlarini sinfdoshlariga aytib berishlari uchun sharoit yaratish;
- o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga adabiyot-lami o'qish, kino va telefilmlami ko'rish va mustaqil ravishda tabiat va texnika hodisalarini kuzatish orqali javob topishlari.
Fanga chuqur va mustahkam qiziqish uyg'otish uchun o'quvchilaming fikrlash qobiliyatlarini va diqqatni faollashuvchi, ilmiy-texnika lnqilobi sharoitida bilimning miyatini tushunishga yordam beruvchi usullami qo'llash lozim.O’quvchilaming fanga qiziqishlarini tarbiyalash ko'pgina texnik masalalami hal qilishlariga yordam beradi.O'quvchilami fizikaga qiziqishlarini uyg'otishdagi asosiy manba - o'qituvchining darsdagi faoliyati, Uning shaxsiy sifati va o'quvchilaming bilish faoliyatlarini tashkil qila olishidir.
O'quvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga ulami amaliy xarakterdagi mahorat va malaka bilan ham qurollantirib borish lozim. U yoki bu amalni bajarish mahoratini shakllantirish uchun avval o'qituvchining o'zi o'sha amalni tahlil qilishi va u qanday elementlardan tashkil topishini aniq tasavvur qilmog'i lozim. Amalni bajarish elementlarini aniqlagandan keyin uni bajarish ketma-ketligini tuzib, keyin sodda amallami bajarish malakasini hosil qilishga oid mashqlar bajariladi. Bu qilinadigan ishlarda asosan maxsus tanlangan murakkab topshiriqlar (amallar) bajariladi.
Ilmiy bilimlaming tuzilma elementlarini aniqlab, ulardan harbirining o'zlashtirilishiga bo'lgan umumiy talablar o'rganilib, ular reja asosida plakat yoki kartochkaga yozib qo'yiladi. O'quvchilarana shu rejaga ko'ra amallami bajarib boradilar. M. hodisani o'rganish rejasi taxminan quyidagicha:
1. Hodisani boshqa shunga o'xshash hodisalardan ajratish mumkin bo'lgan tashqi belgilami aniqlash.
2. Hodisaning sodir bo'lish sharoitini aniqlash.
3. Laboratoriya sharoitida hodisani kuzatish (agaruni baja­rish mumkin bo'lsa).
4. Hodisani boshqa hodisalar bilan bog'lanishini o'rganish.
5. Hozirgi zamon ilmiy nazariyalar asosida hodisaning tabiatini va Uning sodir bo'lish mexanizmini tushuntirish.
6. Hodisaning miqdoriy tavsifini, uni ifodalovchi fizik kattaliklami, hamda ular orasidagi bog'lanishlami aniq­lash.
7. Hodisaning amaliyotda qo'llanishlari bilan tanishish.
8. Hodisani uy sharoitida va tabiatda kuzatish (agar bunga j imkon bo'lsa) va kuzatish olib borilgan sharoitini tasvirlash.
9. Hodisaning zararli tomonlari va Uning oldini olish yo'llari bilan tanishish.
Bu reja hamma hodisalarni o'rganish uchun umumiydir.
Fizik tajribalami bajarishda umumlashgan faoliyat quyidagicha:
1. Tajribaning maqsadini aniqlash.
2. Tajriba asosida yechilishi mumkin bo'lgan muammoni ta'riflash.
3. Tajribani bajarish uchun zarur bo'lgan sharoitni aniqlash.
4. Bu sharoitni qanday vositalar yordamida vujudga keltirish mumkinligini va unga qanday asboblar, materiallar zarurligini o'ylab topish.
5. Ish stolida tajribani o'tkazish uchun zarur bo'lgan hamma asboblar borligini tekshirish. Uy sharoitida tajriba o'tkazish uchun zarur bo'lgan asboblami mustaqil ravishda topish.
6. Tajriba qurilmasini yig'ish.
7. Tajribani bajarish tartibini o'ylab topish, qanday o'lchashlami bajarish kerakligi va Uning ketma-ketligini aniqlash.
8. Kuzatilgan hodisaning va o'lchashlar natijasini yozishning eng ratsional usulini aniqlash.
9. O'lchashlar olib borish va olingan natijalami tanlan­gan usulda yozib borish.
10. O'lchash natijalarini matematik hisoblash va xulosani ta'riflash.
Mahoratning umumiy mezonlari quyidagilardir:
1. Amallami bajarish ketma-ketligining ratsionalligi.
2. Bajariladigan amallaming to'liqligi.
3. Amalni to'la tushunib yetish.
4.Mahoratning umumlashganligi.
O'quv predmetlari sikli uchun umumiy bo'lgan bilish va imaliy mahoratni shakllantirishda predmetlararo bog'lanish muhim rol o'ynaydi.
3.Fizika o'qitish jarayonida o'quvchilaming ham nazariy, ham amaliy fikrlashlarini tarbiyalab va rivojlantirib borish zarur.
Ilmiy fikr yuritishda quyidagilar harakterlidir:
1. Tadqiqot ishining maqsadini aniq ta'riflash.
2. O'zida yangi g'oyalarga ega bo'lgan avval bajarilgan nazariy va eksperimental tadqiqot ishiga suyangan holda gipotezaishlab chiqish.
3. Tadqiqot uslubini ishlab chiqish.
4. Asosiy tadqiqot bosqichlarini aniqlash.
5. Ishlab chiqilgan uslub va rejaga asosan shaxsiy kuzatish.
6. Olingan natijalaming tahlili.
7. Xulosani ta'riflash.
O'quvchilaming ilmiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishni bir necha yo'llar bilan amalga oshirish mumkin.
l.O'quv jarayonida o'quvchilardan tadqiqot ishining hamma bosqichlarini mustaqil bajarishni talab qilib bo'lmaydi. Lekin fan tarixida tadqiqot ishlari qanday amalga oshirilgani bilan o'quvchilami tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir. M.: yorug'likning tabiatiga bo'lgan qarashlar orasidagi qa-rama-qarshiliklar, to'lqin va korpuskulyarxossalamingbirligiga qanday yetib kelinganini o'quvchilarga tushunarli qilib hikoya qilish lozim. Bu ilmiy fikrlashni rivojlantirishning birinchi yo'lidir.
2. Ilmiy fikrlashni rivojlantirishning ikkinchi yo'li o'quvchilami o'quv muammolarini hal qilishgajalb etishdir: gipotezani ta'riflash, muammoni hal qilish yo'llarini qidirish, uni hal qilish rejasini tuzish va tadqiqotni hal qilish uslubini ishlab chiqish.
3. Uchinchi yo'l - kuzatilgan hodisalarni va jismlaming 3 xossalarini tushuntirishga ideal modellar bilan ishlashga, hodisalar orasidagi bog'lanishlami aniqlashga o'quvchilami jalb qilishdan iborat.
4. To'rtinchi yo'l - o'quvchilarda induksiya va deduksiya asosida yakuniy xulosa chiqarish mahoratini orttirib borish.
Fizik bilimlar - tushunchalar, qonunlar, gipotezalar va nazariyalar sistemasidan iborat. Qonunlar, nazariyalar tushunchalar orasidagi bog'lanishlami ifodalaydi. Tushunchalar atrof.borliqni o'rganish vositasi sifatida xizmat qiladi. O'qituvchining ko'p qirrali faoliyatidan biri o'quvchilarda fizik tushunchalami shakllantirish katta o'rin egallaydi. Bu eng murakkab ishlardan biri bo'lib, u falsafa, mantiq, psixologiya va pedagogikadan chuqurbilimga ega bo'lishni talab qiladi.
Tushuncha fikrlashninig asosiy shaklidir. Har qanday fikr tuslumchalarda ifodalanadi. Fikrlashning boshqa barcha shakllari hukm va xulosalar tushunchalardan tarkib topadi. Tushuncha bir vaqtning o'zida fikming ham poydevori, ham cho'qqisidir, hukm va xulosaning boshlang'ich materiali va oxirgi natijasidir.
Tushuncha so'z bilan chambarchas bog'langan: u so'z bilan ifodalanadi va unda mustahkamlanadi. So'z tushunchaning moddiy tashuvchisidir.
Tushuncha fikrlashning asosiy va oliy shakli bo'lib, u moddiy dunyoning hodisa va narsalarini umumlashtirish va abstraksiyalash orqali ajratilgan asosiy belgilarini, ulaming xossalari va munosabatlarini ongda aks etishini ta'minlaydi.
rushuncha odamning ongida qanday shakllanadi? Fikrlovchi qanday qilib tushunchaga ega bo'ladi? Bu jarayonning mexanizmi, uning yo'nalishlari va asosiy bosqichlari qanday? Bular o'qituvchi uchun birinchi darajali savollar h'soblanadi.
Tushuncha kishi ongida birdaniga hosil bo'lmaydi; indiviual ongda tushunchaning vujudga kelishi, rivojlanishi uzoq, jarayondir; dunyoni bilishning chegarasi bo'lmagani kabi uning ham chegarasi yo'q.
Tushunchalami shakllantirishda asosiy manba moddiy dunyodir.Aniq bir jism haqidagi tasavvur ko'pgina belgilami o’z ichiga oladi. Uni boshqa jism tasavvuri bilan solishtirganda ba'zi bir belgilar ikkinchi jism tasavvurida ham takrorlanadi. Ana shu hamma jismlar uchun umumiy bo'lgan belgilar asosiy belgilar bo'lib, ular tushunchalarda mustahkamlanadi. Solishtirish, o'xshashliklarini va farqini qidirib topish, xususiylami tashlab yuborish va umumiylami ajratish, umumlashtirish va abstraktlash tushunchalami shakllantirish jarayonining eng sodda va shu bilan birga asosiy fikrlash operatsiyalarini (amallarini) tashkil qiladi. Tasavvurlardan tushun-chaga o'tish jarayoni sifat jihatidan ajoyib sakrash bo'lib, u fikming tug'ilishidir.
Jismlar haqidagi tasavvurlami solishtirish va taqqoslash orqali jismlaming ajratib olingan eng umumiy xarakterli belgilari so'z orqali mustahkamlanadi. Natijada tushunchalar hosil bo'ladi.
Tushunchani kiritishning uchta asosiy yo'li bo'lishi mumkin.
1. Hali bola ongida aniq shakllanmagan, lekin Uning juda ko'p shaxsiy tasavvurlariga suyangan holda yangi tushuncha­lar kiritiladi. Masalan, 6-sinfda "Mexanik harakat" tushunchasi kiritiladi. Har bir bolaning ongida ko'plab harakatlar haqidagi tasavvurlar mujassamlashgan (poyezd, samolyot, mashina, qushlar,... harakati). O'qituvchining vazifasi bu tasavvurlami o'quvchi ongida yangilashdan iborat. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: avval o'quvchilardan har xil jismlaming harakatiga misollar keltirishni so'raymiz. Ular ko'plab misollar keltiradilar. Keyin bu harakatlami tahlil qilishga o'tamiz. O'quvchilardan bu harakatlar bir biridan nimasi bilan farq qilishini, qanday umumiylik va o'xshashlik borligini so'raymiz. Qo'shimcha savollar yordamida jismlaming harakatidagi farqlar aniqlanadi: tezliklaming turlicha ekani, yo'l uzunliklari, harakat vaqti, yo'nalishi kabilaming har xilligi aniqlanadi. Faqat bitta umumiy omil (belgi) qoladi: ko'chishi, o’rnining I o'zgarishi, jismning fazodagi holati. Shu yo'l bilan o'quvchilar mexanik harakat mazmunini tushunib oladilar. Bu tushunchani egallashning boshlang'ich pog'onasidir.
2. O'quvchi tasavvurga ega bo'lmagan yangi tushunchani kiritishda o'qituvchi tajribalami ko'rsatishdan boshlaydi va unga asoslangan holda tushunchani shakllantirishga kirishadi.
3. O'quvchilar ba'zi bir hodisa yoki tushuncha haqida noto'g'ri tasavvurlarga ega bo'lishlari mumkin (juda kam uchraydi). Bunday tushunchalami to'g'ri shakllantirish o'qituvchi uchun anchagina murakkab ishdir. Uni tajriba va ko'plab kuzatishlaming natijalaridan dalillar keltirib amalga oshiriladi (masalan, chaqmoq, momaqaldiroq haqidagi o'quvchilaming tasavvurlari).
Ko'rib o'tilgan uchta yo'l tushunchani shakllantirishning birinchi bosqichi hisoblanib, u o'quvchilaming tasawurlariga asoslangan holda kiritiladi. Shu bilan tushunchani shakllantirish tugamaydi, uning ikkinchi bosqichiga o'tiladi, ya'ni bunday tushuncha chuqurlashtiriladi va rivojlantiriladi, ta'riflanadi, boshqa tushunchalar bilan bog'lanishlari ko'rib i o'tiladi.
Endi tushunchani hosil qilish va rivojlantirishda muhoka-; ma qilish yo'li qanday bo'lishini ko'rib chiqaylik.
Mexanik harakatni o'rganayotganda o'quvchilar turli mi-sollami aytish bilan birga biri (masalan, samolyot) ikkin-chisidan (qushdan) tezroq uchishini, yo'nalishlari turlicha bo'lishi mumkinligini va bosib o'tgan yo'llari ham har xil bo'lishi haqida fikrlar beradilar. Bu muhokama orqali harakat fizik hodisa ekani va uning asosiy belgilari bo'lmish tezlik, yo'nalishi, bosib o'tilgan yo'l haqida ma'lumotlar olinadi.
Biror hodisa yoki jism haqida mulohaza yuritish (muhokama qilish) bu haqdagi tushunchaning tug'ilishidir, ya'ni muhokamani tushuncha hosil bo'layotgan jarayon deb qarashimiz mumkin. Bir necha tushunchalardan yana muhokama qilish orqali yangi tushunchalar kelib chiqadi.
Xulosa bu muhokamalar sistemasidan iborat bo'lib, muhokamalar xulosa chiqarish orqali tushunchaga aylanadi. Demak, muhokama tushuncha rasmidagi bir yangi chiziqbo’lsa , xulosa keraksiz chiziqlami chiqarib tashlab, keraklilarini kuchaytiruvchi o'ziga xos biro'chirg'ich rolini o'ynaydi. Shunday o'xshatish qilish mumkin: muhokama - amal bajarish, xulosa qilish - mahorat, tushuncha - fikrlash malakasi.
Insonning amaliy faoliyati (uning asosiy qismi malaka) ham, fikrlash faoliyati (uning asosiy qismi tushuncha) ham: eng avval miyaning ishidir, aniqrog'i, oliy nerv faoliyatidir. Demak, muhokama - xulosa, tushuncha - fikrlash holati, uning harakat paytidir. Ular fikrlash shakllarini tashkil qiladi, mazmunning rivojlanib borishi bilan biri ikkinchismij almashtirib boradi. Hodisani muhokama qilish orqali xulosa' chiqariladi, xulosa esa tushunchada mujassamlashadi.
Tushunchani shakllantirishda o'quvchilaming bu haqdagi tasavvurlaridan keng foydalanishning ahamiyati kattadir. Ulaming o'rganilayotgan predmet, hodisa haqidagi tasavvurlarini yoki ularda aniq tasavvur hosil qilib, uni muhokama qilishlarini, savollar qo'yish orqali kuchaytirib, tezlashtirib boramiz, to'g'ri xulosa qilishlariga yordam beramiz. O'quvchilaming bu mustaqil muhokama va xulosa qilishlarii tushunchalami shakllantirishdagi muhim bosqichdir. Bu bosqichni chetlab o'tib bo'lmaydi.
O'quvchi tushuncha haqida shaxsiy fikr yuritib, qanchi ko'p muhokama qilsa, uning ongida tushunchaning mazmuni shuncha boy va to'la bo'ladi.
O'quvchi ongida tushunchani shakllantirishda o'qituvchij uchun eng murakkab narsa bu tushunchani ta'nfiashga' o'tishdagi muhokama va xulosa chiqarish yo'nalishi va yo'linj oldindan ko'rish va uni rejalashtirishdir. Bu tushunchani shakffl lantirishning navbatdagi bosqichidir.


Xulosa
Ta‘lim jarayonini (shu jumladan fizikani o’qitishni) tashkil etish o’qitishning aniq ijtimoiy-tarixiy sharoitlariga ko’p jihatdan bog’liqdir. XX-asr oxiri XXI-asr boshlarida ta‘lim sistemasining muhim masalasi; chuqur bilimli, ilmiy dunyoqarashga ega, ijtimoiy foydali mehnatga qodir va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy taraqqiyot talabi, shuningdek, har bir o’quvchining individual taraqqiyoti amalda fizikadan ixtisoslik tayyorlash muammosini keng darajada hal etishga undaydi. Natijada turli bilimga ega bo’lgan o’quv-chilar uchun fizik ta‘lim hajmi va darajasi qat‘iy holda tabaqalash-tiriladi. Malaka, ko’nikma va bilimlar yig’indisini shakllantirish o’quv qobiliyati va tarbiyaning bir-biriga bo’ysungan birmuncha umumiyroq vazifalari bilan belgilanadi. Taraqqiyot va tarbiya dunyoqarashni shakllantirishga yo’nalgan material asosida amalga oshirishni aniq tushunish kerak bo’ladi. Ushbu masalaga dasturda belgilangan fizika ta‘limining xususiy masalalariga bo’ysunadi.
Avvalo, o’quvchilarning fizika ta‘limi mazmunini o’zlashtira olishlari bo’yicha faoliyatlarini tashkil etish zarur. O’quvchilarning psixologik rivojlanishi va o’quv faoliyat- larining birligini hisobga olish, o’z-o’zini taraqqiy ettirish faoliyatini, uni takomillashtirishni, o’quvchilarni eng yuqori taraqqiyot bosqichiga olib chiquvchi yangi shakllari paydo bo’lishini rejalashtirishni talab qiladi. O’quv jarayonini tashkil etishga bo’lgan mazkur yondashuv faoliyat orqali taraqqiy ettirishni belgilab beradi.
Fizika o’qituvchisining vazifasi o’quvchilarda tabiatdagi hodisalarni dialektik tavsifi va moddiylik mohiyati haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirishdan iborat. O’quvchilar materiya va harakatning bepoyonligi, yo’q bo’lmasligi va xilma-xilligi haqida xulosa qila olishlari va quyidagi muhim holatlarning mohiyatini ochib berish lozim. Fizik hodisalarning ob‘ektiv realligi; dunyoning moddiyligi; harakat-materiyaning asosiy xossasi ekanligi; fizik qonunlarning ob‘ektiv tavsifdaligi tabiatni bilish mumkinligi kabilar shular jumlasiga kiradi.
Qo’llanilayotgan o’qitish metodining tarbiyaviy ahamiyati ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga, olamning yagona manzarasi haqidagi tasavvurni rivojlantirishga qo’shgan hissasi bilan belgi-lanadi. Uning ahamiyati ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga ko’mak-lashadi. Bilimlarni o’quvchilarning shaxsiy ishonchiga aylanishi-ga ham yordam beradi. O’quvchilarda hayotiy yo’nalishlarni shakllanishiga ham ko’maklashadi






















Download 77.03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 77.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizika o’qitish metodikasining fizika, falsafa, psixologiya va pedagogika bilan bog’lanishi

Download 77.03 Kb.