Mundarij a Kirish…




Download 93.74 Kb.
bet10/13
Sana13.05.2023
Hajmi93.74 Kb.
#59370
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mundarij a Kirish-fayllar.org
36 talik easy 1, o\'quv dastur 30610101 - Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi kasbi boyicha, NOR 30610102-Kompyuter grafikasi va dizayn, diyorbek, Pulatov Is\'hoq, ELEKTRON BIZNES VA ELEKTRON TIJORAT, 2-mavzu, MAKTAB YOSHIGACHA BO’LGAN QIZ BOLALAR KO\'YLAGINI ASOS CHIZMASINI CHIZISH, Reference-380211102887, Elektr-zanjirlarida-rezonans.-Kuchlanish-rezonansi, 7- mavzu O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish -fayllar.org, Dentalfirstaid2chowtohandleadentalemergency (1), ‘Raqamli Iqtisodiyot’ fani-fayllar.org
Mashg’ulotning maqsadi. Fazoviy tushunchalarni rivojlantirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash. Ertalab, kunduzi, kechqurun, kecha, bugun, ertaga kabi vaqt tushunchalari haqida ma’lumot berish.
Mashg’ulot turi. Aralash, suhbat, savol-javob.


Mashg’ulot jihozlari: qalam, daftar, geometrik shakllar, uy-ro’zg’or anjomlariga doir o’yincoqlar.

Mashg’ulotning borishi.
  1. Mashg’ulotni tashkil etish.


  2. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash uchun turli didaktik o’yinlar, topishmoqli o’yinlar, o’yinchoqlar, geometrik shakllar, idish-tovoqlar, o’quv qurollaridan foydalaniladi. Masalan, “Aksini top” tarbiyachi oldida desa, bola orqasida deyishi kerak, tarbiyachi o’ngda desa, bola chapda deyishi kerak. Hamda, choynakning oldida nima bor? Piyolaning orqasida nima bor? Likopchaning yonida nima turibdi? – savollariga javob olish orqali mavzu mustahkamlanib boriladi.


  3. Yangi mavzu ustida ishlash. Bolalar e’tiborini kun qismlari tasvirlangan rasmlarga qaratiladi. Tarbiyachi bolalardan bular kunning qaysi qismi ekanligini birma-bir so’raydi. Bolalar ertalab, kunduzi, kechqurun deb aytadilar. So’ngra ularning bir-birlaridan farqlari qaysi jihatlari bilan ajralib turishiga e’tibor beriladi.


  4. Daftar bilan ishlash. Berilgan shakl doskaga chizib ko’rsatiladi. Geometrik shakllardan kvadrat, to’g’ri to’rtburchaklar qanday joylashtirilgan, degan savollar orqali suhbat o’tkaziladi. Bu shakl boshqa shakllarga qaraganda murakkabroq ekanligiga bolalar diqqati jalb qilinadi. Ruchka ushlash qoidasini eslatib, daftarga bo’yash mashq qilinadi. Bolalarga ertalab, kechqurun, kecha, ertaga, oldin, keyin kabi vaqt tushunchalari haqida ma’lumot berish uchun rasmga qarab suhbat o’tkaziladi. Rasmdagi bolaga Begod deb ism qo’yib: “Ertalab soat nechsda turadi? Keyin u nima qildi? Yuz-qo’lini yuvganidan keyin nima qildi? Maktabdan qachon qaytdi? Keyin u nima ish bilan shug’ullandi? Sizning kun tartibingiz qanday?” – degan savollarga 3 – 4 bola javob beradi.


Shundan so’ng dam olish daqiqasi o’tkaziladi:


Derazamni ochaman,
Toza havo kirsin deb.
Badantarbiya qilaman,
Tanam kuchga to’lsin deb.
  1. Rasm daftar bilan ishlash. O’quvchining kundalik faoliyatini bayon qilish bilan birga daftarda berilgan tarixiy obidalar sur’ati, O’zbekiston milliy bog’idagi Alisher Navoiy haykali va paxta terimi to’g’risida tarbiyaviy suhbat o’tkaziladi hamda bolalarning daftardagi bo’yash mashqlarini bajarishi nazorat qilib boriladi.





  2. Download 93.74 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 93.74 Kb.