Darsni tahlil qilishni quyidagi turlarga bo’lish mumkin




Download 54.32 Kb.
bet6/8
Sana29.09.2022
Hajmi54.32 Kb.
#26583
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6.Pedagogik fanlar ta\'lim
Mening arizam, 8.. MAVZU, Surtmalar, obyektivka-namuna (1), 34
Darsni tahlil qilishni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1. Ilmiy tahlil.
2. Psixologik tahlil.
3. Metodik tahlil.
4. Didaktik tahlil.
5. Umumpedagogik tahlil.
Ilmiy tahlil- berilayotgan bilimlarning ilmiy –nazariy jihatini, o’quvchi bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga muvofiqligini aniqlash demakdir .
Dars kuzatuvchi har bir rahbar darsning ilmiy tahlilida asosan quyidagilarga e’tibor berishi maqsadga muvofiq bo’ladi :
1. O’qituvchining ilmiy jihatdan (o’zi mutaxassis bo’lgan fanni ilmiy asosda chuqur bilishi ) qurollanganligi.
2. Shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati.
3. O’z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy –nazariy axborotlar bilan qurollanib borishi.
4. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to’g`ri bayon etilishi hamda ilmiy atamalarning o’quvchilarga singdirib borilishi.
5. Darsda ta’limning o’ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi.
6. Darslik materiallarining qo’shimcha adabiyot materiallari bilan boyitilishi. 
7. O’quvchi bajarayotgan laboratoriya , amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmiy yo’nalish bo’yicha maqsadga muvofiqligi.
8. O’quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan to’g`ri , qisqa va mukammal bayon etilishi hamda uni o’qituvchi tomonidan nazorat qilinishi.
9. Dars davomida , yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’lim- tarbiya bilan bog`lanishi. 
10. O’qituvchi va o’quvchilarning ilmiy nutq madaniyati.

Metodik tahlil – o’qituvchining dars jarayonida qo’llagan usullarining maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va o’ziga xos xususiyatlariga qarab belgilanadi. O’quv materiallarini o’quvchilarga bayon qilish vatushuntirish jarayonida qo’llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki mos emasligi metodik tahlil davomida aniqlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’qituvchi darsda qo’llagan usullarning samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi uning o’tgan, yangi mavzu materialini o’quvchilarning qay darajada o’zlashtirib olganliklari bilan belgilanadi. Shu boisdan har bir dars kuzatuvchi (o’qituvchi, direktor , ilmiy bo’lim mudiri, inspektor yoki metodist ) dars tahlilining bu turiga alohida e’tibor bilan qarashi kerak.


Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
1. Dars jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining tashkiliy shakllariga ko’ra:
a) hikoya usuli;
b) og`zaki bayon usuli;
v) suhbat usuli.
2. O’quvchilarning o’zlashtirishiga ko’ra:
a) o’qituvchilarning so’zlash usuli;
b) ko’rsatmali qurollardan foydalanish usuli;
v) darslik, konturli karta, diagramma yoki jadvallar bilan ishlash usuli;
g) laboratoriya asboblari bilan ishlash usuli;
d) texnika vositalaridan (informatika elektron hisoblash texnikasi, kinofilm, diafilm, radio, televizor kabilar) foydalanish usuli;
ye) sinf doskasidan, geografiya, tarix yoki zoologiyaga tegishli bo’lgan turli kartalardan foydalanish usuli kabilar.
Didaktik tahlil – ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to’g`ri hamda mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir.
Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish o’rinli bo’ladi:
1. O’qituvchi bayonining sinf o’quvchilari jamoasiga to’la tushunarli bo’lishi va bu bayonning izchil ravishda o’quvchi ongiga yetib borishi.
2. O’qituvchi fikrining ma’naviy-ma’rifiy tarbiya talabiga mos bo’lganligi.
3. Barcha o’quvchilarning o’qituvchi berayotgan materialini ongli ravishda o’zlashtirishlari.
4. O’qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning mavjudligi.
5. O’qituvchi fikrining izchiligi.
6. Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda ko’rsatmali qurollardan, tarqatma materiallar va texnika vositalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi.
7. Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarning maqsadga yo’naltirilgan holda o’tishga erishilganligi.
8. Darslik bilan ishlashning to’g`ri bo’lishi. 
9. Misollarning ta’lim-tarbiya birligi mazmunida yo’nalishi.
10. Darsni ma’lum bir tizimda olib borilishi kabilar.

Umumiy pedagogik tahlil – darsdagi hamma jihatlarning qisqa va yengil ko’rinishidagi tahlilidir.


Darsni umumiy pedagogik jihatdan tahlil qilganda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
1. O’quv xonasi yoki sinf xonasining dars o’tishga tayyorgarlik holati (dars jihozlari).
2. O’quv xonasi yoki sinf xonasining sanitariya- gigiyena holati.
3. Dars mavzusi va uning ta’limiy, tarbiyaviy maqsadi.
4. O’qituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va pedagogik jihatdan tayyorlanganligi darajasi.
5. O’qituvchining darsni tashkil etish va dars bosqichlaridan to’g`ri foydalanishi.
6. O’qituvchining o’quvchilarga ta’lim –tarbiya berishida pedagogik jihatdan namunali shaxs darajasiga ko’tarila olganligi.
7. O’quvchilar bilimiga qo’yiladigan bahoning adolatli va izohli bo’lishi.
8. O’quvchilarning darsdagi faolligi, intizomi, mustaqil fikr yuritishi hamda mazkur fan asoslarini o’zlashtirib olganlik darajasi.
9. O’quvchilarning darsga munosabati va hurmat bilan qarashi.
10. O’qituvchining darsdagi boshqaruvchilik roli va ish uslubi.
11. O’qituvchining dars mavzusini ta’lim- tarbiyaga bog`lashi.
12. Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda o’lkashunoslik materiallaridan foydalanishi.
13. Darsda o’quvchilarning sifat o’zlashtirishi.
14. O’qituvchining darsdagi ta’limiy va tarbiyaviy maqsadiga to’liq erisha olganligi.

Download 54.32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 54.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Darsni tahlil qilishni quyidagi turlarga bo’lish mumkin

Download 54.32 Kb.