-mavzu: O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasida




Download 0.74 Mb.
bet13/53
Sana13.05.2022
Hajmi0.74 Mb.
#21042
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
Bog'liq
умк
Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar, Impuls diodning tavsiflarini o, 1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish, Rezistorlar va ularning turlari, Mashinasozlik materiallari fan dasturi, Davomat jadvali, 2-lab.ishi, 8-lab.ishi, IELTS SPEAKING IDIOMS, Part2 Speaking, payvandlash topshiriq, 4-topshiq
9-mavzu: O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar

Reja:


  1. Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim bo’lgan etibor va kadrlar masalasi.

2. Ta’lim sohasidagi islohotlar va ta’lim bosqichlari.
3. So’ngi yillirdagi ta’lim sohasidagi islohotlar.
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» 41-moddasida ta’kidlanganidek, «har kim bilim olish xuquqiga ega»
O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanitirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq (demokratik) fuqarolik jamiyati qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 1997 yil 29 avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Majlis X sessiyasida «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzuida nutq so‘zladi.Shu sessiyada «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilindi. U 5 bo‘lim 34 moddadan iboart. Shuningdek, sessiyada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham qabul qilindi.
Inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» «Ta’lim to‘g‘risi»dagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimida jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan holda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishda har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar ixtisosligini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlash kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni: «Ta’lim to‘g‘risi»dagi Qonunni joriy etishni; yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hayotga joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’limotni ishlab chiqishni; o‘quv yurtlarini attestasiyadan o‘tkazishni va akkreditasiyalashni; yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
Respublikadagi 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 610 mingga yaqin kichkintoylar ta’lim-tarbiya olmoqdalar.Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda «Bolalar bog‘cha-maktab» majmui tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillari, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan.
Bugungi kunda respublikadagi 9672 ta umumta’lim maktablarida 6 mln.ga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ana shu ta’lim maktablarida 450 ming nafar oliy (70-75 foiz) va o‘rta maxsus (70-25 foiz) ma’lumotli o‘qituvchilar ishlamoqda.
Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlanib bormoqda. 1999 yilga kelib mamlakatimizda umumta’lim maktablarining soni 9860 tani, shu jumladan, alohida maxsus fanlarga ixtisoslashgan o‘quv dasturlarini chuqur o‘rgatadigan maktablar 3147 tani, gimnaziyalar 195 tani, litseylar 326 tani, umumiy o‘quvchilar soni esa 5679,7 ming nafarni tashkil qildi. 2001 yil sentyabrigacha o‘quv tizimi 11 yillikka asoslanib, tuzilmaviy jihatdan 3 qismga bo‘lingan edi: boshlang‘ich ta’lim – 4 yil; to‘liqsiz o‘rta ma’lumot olish – 9 yil; to‘liq o‘rta ma’lumot olish – 11 yil. Endilikda esa 9Q3q12 yillik tizim yo‘lga tushmoqda.
Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. «Sog‘lom avlod uchun», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Iqtisodiy ta’lim», «Qishloq maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari ro‘yobga chiqarilmoqda. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq o‘qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma’lumotlidir.
Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etishga kirishildi.hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o‘quv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida qariyib 20 ming o‘qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda.
2009 yilga kelib, O‘zbekiston oliy maktabi tizimi 65 oliy o‘quv yurtini, shu jumladan, 20 universitetni o‘z ichiga oladi. Milliy dasturga muvofiq 4 yillik bakalavriyat va 2 yillik magistratura orqali ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning zamonaviy tizimi yaratildi. 2000-2001 o‘quv yilida oliy o‘quv yurtlarida 166 mingdan ortiq talaba, faqat kunduzgi bo‘limlarda esa jami 141 ming 841 nafar talaba tahsil oldi.


Download 0.74 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Download 0.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasida

Download 0.74 Mb.