• Foydalanilgan adabiyotlar
  • 2-Mavzu: O’zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy ahvoli Reja: 1.
  • 1. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi Yangi yo’l
  • O’zbek tili – davlat tili
  • «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi.
  • «O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to’g’risida» Qonun qabul qildi.
  • Mundarija: I. O’quv materiallar




    Download 0.74 Mb.
    bet3/53
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.74 Mb.
    #21042
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    умк
    Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar, Impuls diodning tavsiflarini o, 1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish, Rezistorlar va ularning turlari, Mashinasozlik materiallari fan dasturi, Davomat jadvali, 2-lab.ishi, 8-lab.ishi, IELTS SPEAKING IDIOMS, Part2 Speaking, payvandlash topshiriq, 4-topshiq
    Nazorat savollari:
    1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani nimani o‘rgatadi?
    2. Milliy g‘oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirishda Vatanimiz tarixining o‘rni va ahamiyati qanday?
    3. Tarixni o‘rganishda qanday metodologik tamoyillarga tayanish lozim?
    4. Tarixiylik tamoyilini qanday tushunasiz?
    5. Tarixni o‘rganishda xolislik, ilmiylik tamoyillarining talablari nimalardan iborat?
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. Mirziyoev SH.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. 3-jild. – Toshkent: O’zbekiston, 2019. – 400 b.
    2. Mirziyoev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. –Toshkent: O’zbekiston, 2018. – 508 b.
    3. Islom Karimov. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. Asarlar, 7-jild. – T.: “O’zbekiston”, 1999 yil.
    4. Islom Karimov. "O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida".T.:
    "O’zbekiston", 2011 yil.
    2-Mavzu: O’zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy ahvoli
    Reja:
    1.O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi.
    2.Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi
    3.O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.
    1. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi
    Yangi yo’l 1989 yil 23 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo’l olindi. Respublikada kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo’yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o’z mavqeini yo’qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» Respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko’tarildi. Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarish shundan iborat bo’ldiki, endi O’zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko’tarish ammaliyotiga chek qo’yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o’z qo’liga oldi. Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo’lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo’ldi. O’zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko’rildi, to’qib chiqarilgan «o’zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog’liq ishlar qayta ko’rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o’z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi. O’zbek tili – davlat tili Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko’tarilgan edi. O’zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o’zbek va rus tilini teng mavqega ko’tarishga urindi, shu yo’sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o’tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo’lini tanladi. O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989 yil 21 oktyabrda bo’lgan o’n birinchi sesiyasida «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekistonning davlat tili o’zbek tilidir, o’zbek tili Respublikaning siyosiy–ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qiladi, deb belgilab qo’yildi. 1990 yil 19 fevralda «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo’lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi. Respublika iqtsodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko’tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa erlari berildi, 372 ming oila o’z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar er ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta’minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990 yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’minlandi.
    Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990 yilda byudjetdan va korxonalar hisobidan 142 mln. so’m qo’shimcha mablag’ ajratildi. 1990 yil 18 fevralda O’zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo’ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko’rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo’lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo’lib o’tdi. 1990 yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sesiyasi bo’lib o’tdi. 24 mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo’lib «O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to’g’risida» Qonun qabul qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo’li bilan Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so’zlab, O’zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o’zini-o’zi idora qilishga va o’zini-o’zi pul bilan ta’minlashga o’tishni ta’minlashni o’zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’qidladi. Hali SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo’lgan sharoitda O’zbekistonda o’z Prezidentining saylanishi muhim vaqea bo’ldi, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo’ldi. Mustaqillik Deklaratsiyasi O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990 yil 20 iyun kuni «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib
    O’zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo’lib, quyidagilar bayon etilgan:
    O’zbekiston SSR davlat suvereniteti

    • O’zbekiston SSR demokratik davlatining o’z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.

    • O’zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo’yilmay turib o’zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O’zbekiston hududida kuchga ega bo’ladi.

    • O’zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O’zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo. O’zbekiston mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo’lib, mamlakatimizning o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida yana bir yangi qadam bo’ldi.


    Download 0.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 0.74 Mb.