• Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Milliy jamiyatlari
  • Qizil Xoch maktublari
  • BMTning Qochoqlar ishi bo’yicha Oliy komissari Boshqarmasi (BMT QBOKB)
  • Aparteid
  • Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi (XQXQ)




    Download 0.74 Mb.
    bet48/53
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.74 Mb.
    #21042
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    умк
    Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar, Impuls diodning tavsiflarini o, 1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish, Rezistorlar va ularning turlari, Mashinasozlik materiallari fan dasturi, Davomat jadvali, 2-lab.ishi, 8-lab.ishi, IELTS SPEAKING IDIOMS, Part2 Speaking, payvandlash topshiriq, 4-topshiq
    Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi (XQXQ) – 1863 yilda jismoniy shaxslarning tashabbusi bilan tuzilgan insonparvarlik tashkiloti. Tashkilotning vazifasi urushdan va mamlakatdagi ichki zo’ravonliklardan aziyat chekkanlarni himoya qilish va ularga yordam berishdir. Xalqaro shartnomalar bo’lmish hujjatlar – 1949 yilgi Jeneva konventsiyalariga asosan xalqaro darajada faoliyat yuritadi. XQXQ qurolli nizo paytida betaraf vositachi sifatida maydonga chiqadi.
    Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Milliy jamiyatlari – insonparvarlik masalalarida aholiga va davlat tuzilmalariga yordam ko’rsatuvchi ko’ngilli jamoat tashkilotlari. Qurolli nizolar paytida xalqaro shartnomalar – 1949 yilgi Jeneva konventsiyalari va
    1977 yilgi ularga Qo’shimcha protokollarga asosan faoliyat yuritadilar.
    Qizil Xoch maktublari – faqat oilaviy yoki shaxsiy yangiliklar haqida qarindoshlarga yuboriluvchi yoki qarindoshlardan olinadigan ochiq xat. Bu oilaviy yozishmalar almashuvining bir turidir. QXM mahmurlar tomonidan o’qib ko’rilishi mumkin bo’lgan xat hisoblanadi. Bunday xatlar qochoqlar, harbiy asirlar va hibsda saqlanayotgan boshqa kishilarga o’zi haqida o’z yaqinlariga xabar berishga imkon beradi. Bunday xatlardan foydalanish asosan odatdagi aloqa vositalari ishlamayotgan paytda, masalan, qurolli nizo paytida, qarindoshlar bir-birlari bilan bog’lana olmay qolgan paytda amalga oshiriladi.
    BMTning Qochoqlar ishi bo’yicha Oliy komissari Boshqarmasi (BMT QBOKB) – BMTning qochoqlar ishlari bo’yicha maxsus tashkiloti. Unda butun dunyoda qochoqlar huquqini himoya qilish va ularning muammolarini yechishga yordamlashish bo’yicha xalqaro faoliyatni muvofiqlashtirish hamda boshqarishga BMT tomonidan vakolat berilgan.
    Aparteid – irqiy kamsitishga asoslangan holda mamlakat aholisini kuch bilan bo’lish siyosati.
    BMTning Bolalar fondi (YuNISEF) – BMTning bolalarga mo’ljallangan loyihalarni muvofiqlashtiruvchi maxsus muassasasi. Bolalarni rivojlantirish, himoya qilish va yashashini tahminlash masalalarini yechishga yo’naltirilgan.

    Download 0.74 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi (XQXQ)

    Download 0.74 Mb.