• Jahon huquq tartiboti
  • Ratifikatsiya
  • SHaxsning ijtimoiylashuvi
  • Ijtimoiy birlashma
  • Diskriminatsiya (kamsitilish)




    Download 0.74 Mb.
    bet51/53
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.74 Mb.
    #21042
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    умк
    Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar, Impuls diodning tavsiflarini o, 1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish, Rezistorlar va ularning turlari, Mashinasozlik materiallari fan dasturi, Davomat jadvali, 2-lab.ishi, 8-lab.ishi, IELTS SPEAKING IDIOMS, Part2 Speaking, payvandlash topshiriq, 4-topshiq
    Diskriminatsiya (kamsitilish) – u yoki bu kishilar guruhlari huquqlarining ularning muayyan millatga, irqqa, jinsga mansubligiga, ehtiqodiga va shu kabilarga ko’ra kamaytirilishi.
    Xalqaro munosabatlar – dunyo xalqlarining va davlatlarining turli shakl va darajadagi o’zaro munosabatlari. Tarixiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida bunday munosabatlarning asosini davlatlar o’rtasidagi munosabatlar tashkil qiladi.
    Jahon huquq tartiboti – muayyan tarixiy davrda xalqlar va davlatlar o’rtasida tarkib topgan munosabatlarning xalqaro tizimi. Hozirgi paytda u davlatlarning o’zlariga qabul qilgan majburiyatlarini so’zsiz va vijdonan bajarishlarini, xalqaro shartnomalarning bir xil tushunilishi va qo’llanilishini, xalqaro munosabatlarda xalqaro huquqning ustivorligini bildiradi.
    Ratifikatsiya – muayyan davlat nomidan imzolangan xalqaro shartnomaning ushbu davlat hokimiyati oliy organi tomonidan tasdiqlanishi.
    Repressiyalar – nizodagi tomonlardan birining boshqasiga nisbatan qasos sifatida qo’llayotgan majburiy harakatlari.
    Suverenitet – (frantsuzcha souverain - oliy) davlatning ichki siyosatda ustivorligi va tashqi siyosatda mustaqilligi.
    Huquqiy kafolatlar – kishining unga nisbatan qo’yilayotgan ayblovning mazmuni bilan unga tushunarli tilda tanishishga haqliligi; ishning beg’araz odil sud tomonidan ko’rib chiqilishiga haqliligi; aybi sudda isbot qilinguncha aybsiz hisoblanishga haqliligi.
    SHaxsning ijtimoiylashuvi – individ tomonidan uning butun umri davomida o’zi mansub bo’lgan jamiyatning ijtimoiy normalari va madaniy qadriyatlarini o’zlashtirish va ularni qayta ishlab chiqarish jarayoni hamda uning natijasi, insonning o’zini shaxs sifatida anglashi, uning jamiyatda o’z o’rnini topishi. Ijtimoiy qadriyatlarni o’zlashtirish tizimi ijtimoiylashuvning zaruriy asosini tashkil etadi.
    Ijtimoiy birlashma – fuqarolarning erkin va ongli xohish-istaklari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma, uning asosida ahzolarning umumiy manfaatlari turadi. Bunday birlashmalarning maqsadlari ularning nizomlari va qoidalarida belgilanadi.
    Ijtimoiy ong – ijtimoiy birliklar (guruhlar, millatlar) tomonidan atrof-dunyoni turli shakl va darajada anglash; jamiyatning mahnaviy hayoti. Ijtimoiy ong sohalariga mafkura va ijtimoiy psixologiya, uning shakllariga – siyosiy, huquqiy, axloqiy, ilmiy, diniy ong va boshqalar kiradi.

    Download 0.74 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 0.74 Mb.