• XULOSA ………………………………………………………………………...34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………….35 Kirish
  • Mavzuning dolzarbligi
  • Mundarija kirish I. Asosiy qism




    Download 3.38 Mb.
    bet1/10
    Sana16.05.2023
    Hajmi3.38 Mb.
    #60468
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    adsobtsion xromatagirafiya111111111111
    Sekvenirlash usullari, Biotexnologiya laboratoriya, 5-mavzu ep, NAMUNA PEDAGOGIKA sulaymonov d, 2-laboratoriya Fitopatogen virusli kasalliklarni belgilar, Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan, 1. o\'quv dasturi, 1.o\'quv dasturi, Mikroorganizmlar gen muxandisligi, KARUPSIYAGA QARSHI KURASH, Anabaena cylindrica, Илова 1 Lotincha (1), sohibjon kondukto, 0100000

    MUNDARIJA
    KIRISH ……………………………………………………………………………3
    I.ASOSIY QISM
    I.1. Xromatografiya usulining mohiyati …………………………………………...6
    I.2. Xromatografiya texnikasi……………………………………………………... 8
    I.3. Adsorbsion xromatografiya…………………………………………………...13
    I.4. Kolonkali xromatografiya ……………………………………………………14
    I.5. Yupqa qavatli xromatografiya ………………………………………………..16
    I.6. Taqsimlash xromatografiyasi ………………………………………………...22
    I.7. Gaz xromatografiya …………………………………………………………..23
    XULOSA ………………………………………………………………………...34
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………….35

    Kirish
    Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bir qatorda ta’limni modernizatsiya qilish yo’lida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’limtarbiya jarayonini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Davlat ta’lim standartlari asosida texnologiyalashtirish, insonni intelektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutgan holda ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlarning asosiy vazifalari sifatida talabalarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojini asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va kasb tanlashni shakllantirish kabi yo’nalishlari belgilab berdi. Ijtimoiy rivojlanish birinchi navbatda ta’lim sohasining moddiy texnika bazasini mustahkamlash va ularni jihozlash diqqat markazida bo’ladi.
    Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, fan va texnika jadal suratlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko’plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu bir tomondan, fan-texnikaning yangi soha va bo’limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda.
    Biror kimyoviy birikma sintez qilinayotganda reaksion aralashmada reaksiyaga kirishmay qolgan moddalar, asosiy moddaga qo’shimcha moddalar bo’ladi. Bundan tashqari reaksiya uchun olinayotgan har bir modda avval yaxshilab tozalanishi zarur. Tabiiy manbalardan kerakli birikmalarni ajratib olish davomida ham ko’pincha aralashmalar hosil bo’ladi. Aralashmalardan alohida moddalarni ajratib olish va tozalash mahsus usullar bilan amalga oshiriladi, ana shunday tozalash usullaridan biri xromatografiya usulidir.
    Moddalarni ajratish va analiz qilishning xromatografik usulini rus olimi M.S.Svet asoslagan. M.S.Svet 1903-1904-yillarda o’simlik pigmentlarini ajratishda xromatografiyani qo’lladi. Keyinrok R.Kun, A.Vittershteyn va Ye.Dederer karotin xomashyosidan α- va β-karotinlarni kristall shaklida ajratib olib, usulning moddalarni preparativ (toza holda) ajratishda ham katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatishdi.
    Xromatografiya -xromatograf deb ataladigan asbob yordamida amalga oshiriladi. Analiz vaqtida xromatograf kolonkasiga yuborilgan tekshiriluvchi moddalar elyuyent bilan birga turli vaqt oralig’ida alohida-alohida bo’lib kolonkaning chiqish tomoniga keladi va maxsus sezgir asbob - detektor yordamida uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, ya’ni egri chizig’ holida yozib olinadi. Bu xromatogramma deb ataladi. Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga yuborilgandan to chiqgungacha bo’lgan vaqti har bir komponent uchun doimiy trada bir xil elyuyentda belgilab olinadi. Miqdoriy analiz uchun esa xromatografiyadagi piklar (har bir modda uchun tegishli egri chiziq shakli) balandligi yoki yuzasi, detektorning moddaga nisbatan sezgirligini nazarga olgan holda o’lchanadi va maxsus usulda hisoblanadi.

    Download 3.38 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 3.38 Mb.