• II.Metodologik qism
  • III.Hisob qism Paxta xom- ashyosi hududida yong‘inni o‘chirish uchun kerak bo‘ladigan kuch va vositalarni hisoblash uslubi……………………………………….34 IV.Xulosa
  • Mundarija kirish I. Asosiy qism




    Download 15.25 Mb.
    bet1/13
    Sana12.12.2022
    Hajmi15.25 Mb.
    #34234
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Davlat yong‘indan saqlash xizmatining strukturasi
    Oraliq baho. Ishonchlilik ehtimoli va ishonchlilik oralig i ta r, 1.Kirish. Moliyaviy hisobotni taqdim etish


    MUNDARIJA

    Kirish
    I.Asosiy qism
    1.1.O‘zbekiston Respublikasi yong‘in muhofazasini tashkil etish……….5
    1.2.Yong‘indan saqlanish xizmati to‘g‘risida qabul qilingan davlat
    qonun qoidalari………………………………………………………………8
    1.3.Hududlarda yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish
    chora va amallari…………………………………………………………….12
    1.4.Davlat yong‘indan saqlash xizmatining bino va inshoatlarida
    yong‘in xafvsizligini ta’minlash…………………………………………….16
    II.Metodologik qism
    2.1.Yong‘inni bartaraf etishda qo‘llaniladigan birlamchi yong‘in
    o‘chirish vositalari……………………………………………………............21
    2.2.Yong‘in sodir bo‘lgan hududdan odamlarni va moddiy boyliklarni
    evakuatsiya qilish jarayoni………………………………………………….28
    2.3. Yong‘in sodir bo‘lganda ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar……………...........30
    III.Hisob qism
    Paxta xom- ashyosi hududida yong‘inni o‘chirish uchun kerak bo‘ladigan
    kuch va vositalarni hisoblash uslubi……………………………………….34
    IV.Xulosa……………………………………………………………............37
    V.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………............38

    KIRISH


    Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala bo‘lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bog‘liq. Bu hozirgi vaqtda ilmiy–texnik taraqqiyot keltirib chiqargan murakkab muammolarni har tomonlama echishni, katta miqdorda mablag‘ va ishlab chiqarishning yuqori madaniyatini talab qiladigan muammodir. Bu esa faqat iqtisodiy qudratli, kuchli ilmiy–texnik va intellektual imkoniyatlarga ega bo‘lgan davlatning qo‘lidan keladi. Boshqa tomondan xavfsizlik muammolarining yechimi jamiyatning barcha a’zolarining faol ishtirokini, yuqori fuqarolik ongini, ayrim hollarda jamiyat, kelajak avlod manfaati uchun, shaxsiy manfaatlardan kechishini talab qiladi. Bu esa jamiyat a’zolaridan yuksak madaniyatli va kuchli ma’naviyatlikni talab qiladi. Bu tamoyillarning echimi chuqur tahlil qilingan va tashkil qilingan uzluksiz, ya’ni ta’limning barcha o‘timlarini qamrab olgan ta’lim va tarbiya tizimlaridagina mumkin.Ma’lumki, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda ta’lim tizimi isloh qilindi va unda ta’limning uzluksizligiga katta ahamiyat berildi.Xavfsizlikni ta’minlash ruhida o‘qitish va tarbiyalash ayniqsa texnik o‘quv yurtlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki yangi texnika va texnologiyalarni bo‘lg‘usi yaratuvchilarini va ishlab chiqarish rahbarlarini shu ruhda tarbiyalash ushbu muammoni samarali bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. Bo‘lg‘usi mutaxassislarni shakllantirishdan asosiy maqsad har qanday muhandislik masalasini hal qilishda, bu ilmiy izlanish bo‘ladimi, loyiha–konstruktorlik ishi bo‘ladimi, ishlab chiqarishning tashkiliy va boshqaruv masalasi bo‘ladimi asosiy tamoyil–inson salomatligi va hayotini muhofaza qilish ekanligini unutmaslikdir.
    Inson xavfsizligini ta’minlash ayniqsa uni ish jarayonida bevosita ishlab chiqarishda o‘z dolzarbligini ko‘rsatadi. Chunki zamonaviy Hududlardalarning xarakterli tomoni shundaki, unda bir Hududlardaning o‘zida turli–tuman va tez o‘zgaruvchan texnologik jarayonlarda materiallar, yuqori darajali mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan elektr hisoblash texnikasi bilan jihozlangan zamonaviy potok tizimlar qo‘llanilmoqda. Bular albatta bir tomondan jarayonlarni qisqartirishga maxsulot sifatini yaxshilashga va mehnat sharoitini xavfsizlantirishga qaratilgan, lekin ikkinchi tomonidan ularda ishlovchi ishchilardan katta diqqat, sezuvchanlik va butun ish kuni davomida aqliy zo‘riqish talab qiladi. Bu esa asablarning taranglashuviga va pirovard natijada kasbiy kasallik va jarohatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Yong`in xalq xo`jaligiga moddiy zarar kеltiradi. Bir nеcha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yong`in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosfеraga ko`tarilib, havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto o`limiga sabab bo`ladi. Bularning hammasi, yong`inga qarshi kurash tadbirlari va ishlarning xavfsiz bajarish usullarini mеhnat muhofazasi bilan birgalikda o`rganishni taqozo qiladi. Respublikamizga xorijiy texnik vositalar muntazam kirib kelmoqda, neft va gaz sanoati, energetika, rangli metallurgiya, kommunikatsiya va aloqa tarmoqlari keskin rivojlanmoqda. Bu yong‘in o‘chirish texnik vositalariga bo‘lgan talab va e’tibor o‘z-o‘zidan oshishiga olib keladigan omillardan biridir.Jumladan, xorijiy davlatlarda yong‘inga qarshi kurashish, yong‘inlar oldini olish maqsadlarida zamonaviy texnik vositalardan samarali va unumli foydalanib kelinmoqda.



    Download 15.25 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 15.25 Mb.