• II BOB. Mehmonxona tizimida xizmat korsatishni tashkil etish va takomillashtirish yo’llari.
  • Xulosa va takliflar……………………………………………………..…..54 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………….….…..56 Kirish
  • Kurs ishini o’rganganlik darajasi.
  • Mundarija Kirish I bob. Mehmonxona taraqqiyotining nazariy asoslari va uning bugungi kundagi ahamiyati




    Download 295.1 Kb.
    bet1/11
    Sana06.04.2022
    Hajmi295.1 Kb.
    #19375
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Kurs Ishi
    referattti, Cambridge Books All Synonymous

    Mundarija
    Kirish……………………………………………………………………….6
    I BOB. Mehmonxona taraqqiyotining nazariy asoslari va uning bugungi kundagi ahamiyati.

      1. Mehmonxonalar yaralishining nazariy asoslari va tasnifi tarixi………….15

      2. Zamonaviy mehmonxonalaring asosiy turlari …………………………...25

    II BOB. Mehmonxona tizimida xizmat korsatishni tashkil etish va takomillashtirish yo’llari.
    2.1 Mehmonxona va turizm orasidagi o’zaro bog’liqlikning tarkibiy qismlarining tahlili……………………………………………………………………..…33
    2.2 Mehmonxona xo’jaligidagi servisning turlari va ularning amaliy shaklanishi………………………………………………………………….43
    2.3 Xizmat korsatishni tashkil etish bosqichlarini rivojlantirish …………..50
    Xulosa va takliflar……………………………………………………..…..54
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………….….…..56
    Kirish:
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
    Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning, shuningdek, 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 27 maydagi qarori qabul qilindi.
    Kurs ishini o’rganganlik darajasi. Tadqiqot jarayonida mexmonxonada xizmatlar tashkil etishning usullari haqidagi qaror va nizomlarga e’tibor qaratdim. Ushbu qarorlarda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mehmonxonalar qurilishini rag‘batlantirish, turizm sohasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirilishini jadallashtirish, taniqli va nufuzli xalqaro mehmonxona brendlarini mamlakatga faol jalb etish, respublikadaga umumiy mehmonxona xonalari sonini oshirishga qaratilgan vaziflarni huquqiy tartibga soladi.
    Xususan, qarorda yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlarga subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
    Nizom muvofiq talabgorlar (tadbirkorlar) uchun Davlat byudjetidan kompensatsiya miqdori quyidagi hajmlarda o‘rnatilgan:
    a) yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun kelgusi yil Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksatsiya qilgan holda:
    • kamida 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 mln so‘m;
    • kamida 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 mln so‘m;
    • Bunda moliyalashtirish respublika bo‘yicha umumiy mehmonxona xonalari sonini 50 mingga yetguniga qadar amalga oshiriladi.
    b) dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (“Brand Finance” reytngidagi TOP-50 ga kiruvchi mehmonxona brendlari yoki Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida) foydalanish bo‘yicha royalti franchayzing shartnomasi kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida quyidagi hajmda Davlat byudjetidan moliyalashtiriladi:
    • dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;
    • dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida.
    Bunda royalti moliyalashtirilishining umumiy hajmi 10 million AQSH dollariga teng.

    Download 295.1 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 295.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija Kirish I bob. Mehmonxona taraqqiyotining nazariy asoslari va uning bugungi kundagi ahamiyati

    Download 295.1 Kb.