MTT da hisob kitobga oid o`yinlar va




Download 43.6 Kb.
bet6/7
Sana27.10.2022
Hajmi43.6 Kb.
#28313
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MTT MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA
TAVSIYANOMA
2. 2. MTT da hisob kitobga oid o`yinlar va
ularni tashkil etilishi
Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, mazkur atamalarning hayotimizga kirib kelishi va qisqa vaqt ichida teran ildiz otib ketishida muhtaram birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning xizmatlari katta. Uning asarlari va nutqlarida mustaqqillik tufayli hayotimizning barcha sohalarida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, jumladan milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz, urf-odat, ananalarimizni tiklanishi, milliy g‘ururimiz, milliy o‘zligimizni anglashimizning tiklanishi vat obora yuksalayotganligi faxr-iftixor bilan qayd qilinadi.
Xo‘sh, qadriyatlar tushunchasining o‘zi nima? Uning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo shuni qayd etish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun tushunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaga turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Faylasuf ensiklopediyasi»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflanadi:
«Qadriyatlar falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, biror obyektning ijobiy va salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongining normativ belgilovchi – baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi».
Shunga yaqin nuqtai nazar O‘zbek Sovet ensiklopediyasida ham bayon etilgan: «Qadriyatlar (falsafa sotsiologiyada) – voqelikdagi muayan xodisalarning inson, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha».
Taniqli faylasuf olim V.P. Tugarinovning fikricha, «qadriyatlar muayan jamiyat va sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal nematlari bo‘lgan tabiat va jamiyat xodisalarining mohiyati yoki hodisaning bir jihatidir. Bu nematlarning qadriyatlar deyilishiga sabab – kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.
Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotda muhim bo‘lish boshqa barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqqa chiqaradi,… qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot nematlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir».
Olim «qadriyat» va «baho» tushunchalarini bir-biridan farqlash zarurligini o‘qtiradi. Qadriyat real yoki orzusidagi hodisa (bor narsa yoki ideal)dir, yuaho esa shu hodisaga munosabatni bildiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub holda hisoblash, ya
i uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga – ijobiy va salbiy bahoga bog‘liq.
Darhaqiqat, qadriyatlarning hayotdagi o‘rni va ahamiyati baholash tufiayli belgilanadi. Baholash esa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi. Malumki, jamiyat azolarining ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari xilma-xil bo‘lib, ko‘pincha ular bir-biriga zid kelishi mumkin. Shuning uchun ham muayan ijtimoiy guruhlar, millatlar, sinflar uchun oliy qadriyat bo‘lib, hisoblanib kelingan tabiat va jamiyat hodislaari boshqalar uchun qadriyat bo‘lmasligi ham mumkin va aksincha.
Millat va xalqlarning diniy e iqodi, marosim va ananalari milliy qadriyatlar sifatida o‘zining asl hayotiy sifatini tiklab olmoqda.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: tabiat va jamiyat xodisalarini qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, orzu-umidlari, maqsadlari bilan belgilanadi.
Demak, qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat nematlari xodisalari tushunilmog‘i lozim.
Mazkur ta ifdan quyidagicha xulosa qilish mumkin: birinchidan, qadriyatlar, voqelikda mavjud bo‘lgan tabiat va jamiyat nematlari, hodisalarni ifodalaydi; ikkinchidan, ularni qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik ehtiyojlarini, manfaatlari, maqsadlari, orzu-umidlardan kelib chiqadi; uchinchidan, tabiat va jamiyat nematlari, hodisalarning qadriyatlar turkumiga kiritilishini asosiy sababi – ularni qadrlaydigan avaylab –asraydigan makon va zamon mavjud bo‘lishidir
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalaridagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. So‘ngra asta-sekin subyekt faolligining orta borishi oqibatida nisbiy mustaqqil soha tarzida amal qila boshlaydi. Tabiat va jamiyat hodisalari inson faoliyati natijasida qadriyat sirasiga kiritiladi. Insonning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, orzu-istaklari, ideallariga mos kelmaydigan tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyat deb baholash noo‘rindir. Masalan, tabiatdagi qazilma boyliklar inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatila boshlangandan keyingina qadriyatga aylangan. Shungacha ularni boyliklar deb hisoblashimiz lozim
Qadriyatlarning mamlakatmizda ilmiy tadqiqot mavzusiga aylanganiga unga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Bu mavzu ilgari falsafiy fanlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda, kitoblar, risolalar va darsliklarda alohida tilga olinmasdi.
Falsafa qomusiy lug‘atda qadriyat tushunchasiga quyidagi ta if keltirilgan. Qadriyat – voqelikdagi muayan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy – axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qullaniladigan falsafiy – sotsiologik va akseologik tushuncha. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsa, hodisa va voqealar: erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchliktinchlik, haqiqat, ma ifat, madaniyat, moddiy va ma
aviy boyliklar, obida- yodgorlik, go‘zallik axloqiy xislat hamda fazilatlar, anana, urf-odat, udum va boshqalar hisoblandi[1]Qadriyatlar umumbashariy, umuminsoniy milliy, mintaqaviy shaxsiy bo‘lishi mumkin. Qadriyatlar ijtimoiy tarixiy taraqqiyot maxsuli sifatida, o‘z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega tushuncha bo‘lib, avvalo ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyat insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti-harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati xatti-harakatini malum yo‘nalishga buradigan, tegishli meyorga soladigan manaviy hodisaga aylanadi va aylanmoqda.
Inson butun umri davomida son – sanoqsiz qadriyatlar olamida yashaydi. Insoniyatni urab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof – muhim, tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariyat xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini yuqotmaydigon, abadiy mulaq va muqaddas qadriyatdir.
Kadriyat tushunchasining ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan ta iflari kupgina ilmiy adabiyotlarda turli xil yondashuvlarning mavjudligini, bazan esa ularning butunlay bir-birini inkor etish xrllari xam uchraydi.
Q.Nazarov o‘zining bir qator ishlarida, ushbu muammoning o‘ta dolzarbligini takidlash bilan birga, uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari, namoyon bulish xususiyatlari va umuminsoniy k;adriyatlar tizimidagi o‘rni va ahamiyatini ilmiy tahlil kilish bilan bir katorda mazkur masalalarga e ibor kam ekanligini kursatib o‘tgan, qadriyat tushunchasini - vokelikdagi muayan hodisalarning umumbashariy, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha, deb tushuntiradi[2]
T.Abdullayev "Turmush sohasida milliy va umuminsoniy k;adriyatlarning dialektikasi" nomli doktorlik dissertatsiyasida turmushdagi milliy va baynalminallik munosabatlarini, ular bilan
bog‘liq k;adriyatlarni taxlil qilgan[3]I.Saifnazarov, F.Saifnazarovalar fikricha, “milliy-ma
aviy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bulib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, udumlari, jamiki ma
aviy boyliklarini qamrab oladi”[4]Bizning fikrimizcha kadriyat deyilganda, inson, millat jamiyat uchun ahamiyatli bulgan, ayrim shaxs, millat, elat yoki ijtimoiy guruhlarning ma
aviy-madaniy ehtiyojlari evolyutsiyasi davomida vujudga kelgan, o‘z manfaatlari va maqsadlari uchun xizmat qiladigan barcha moddiy va ma
aviy boyliklar majmuini tushunamiz.
Qadriyatlar sermazmun va kup qirrali tushuncha bulib, uz ichiga tabiiy, ijtimoiy-siyosiy, xuquqiy, moddiy, ma’naviy, diniy, axloqiy, badiiy-estetik va x.klarni oladi. Har kanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning atrof-muhitga nisbatan bulgan munosabatining ifodasidir. Qadriyat jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining zaruriy maxsulidir. Har bir qadriyat muayan bir davrning ma’naviy mag‘zi bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy manzarasini aks ettiradi.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bulib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida paydo buladilar va rivojlanadilar. Inson yuq joyda biron narsaning qadr-kimmati bulmaydi. Qadriyatlar insonning turli sohadagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun zarur bulgan va foyda keltiradigan narsalar, hodisalar va ma`naviy jarayonlar majmui bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.
Qadriyat insonning borlig‘i ham jamiyatning axloqiy estetik, huquqiy saholarini ham, ijtimoiy ong sohasining ham qamrab olgan murakkab jarayondir. Insonning o‘zligi, menligi borlig‘ining asosiy fundamenti qadriyat bilan boyitiladi, to‘ldiriladi. Kishilar o‘zlarining amaliy faoliyatida hayot uchun zarur bo‘lgan tabiiy talab, ehtiyojlarini predmetlar va hodisalarning hossa –xususiyatilaridan foydalanib qondiradilar. Masalan, odamning chanqovini suv, ochlik xissini non, kislorod nafas oliy orqali tananing unga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham ham biz bu «nematlarni qadrlaymiz. Lekin shunday narsalar ham borki, ular bizga yoqmaydi, ular hayotimiz uchun zarurdir. Qo‘pollik, behayolik, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, ifloslik va hokazolar ana shunday yoqimsiz narsalar bo‘lib, biz ulardan qo‘tilishga intilamiz.
Qadriyatlar falsafasining tarixi o‘zoq bo‘lsada, bu to‘g‘risidagi fan akseologiya o‘tgan asarning o‘rtalarida shakllandi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga o‘tgan asarning ikkinchi yarmida nemis akseologiya E. Gartman va fransuz olimi P.Papi tomonidan kiritilgan. Akseologiyani qadriyatlar to‘g‘risilagi fan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qadriyatshunoslik, deb atash mumkin. Har bir fanga o‘z nomini bergan asosiy tushunchasi ham qadriyatshunos atamasi uchun shunday asos rolini bajaradi. G‘arbda bu atama grekcha «axio» (qadriyat), «logos» (fan, talimot) tushunchalariga asoslanadi.
Har qanday fanni ilmiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida qarash ana shu fanga xos Mavzular, funksiyalar, tushunchalar, qonunlar, kategoriyalar boriligini ham e irof etishni zaruriyatga aylantiradi. Akseologiyani ijtimoiy – falsafiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida qarash ham bundan istisno emas. Unda ham bu sohadagi fanlarga xos bo‘lgan hamma xususiyatlarni kuzatish mumkin. Qadriyatshunoslik akseologik ong, qadrlash tuyg‘usi, akseologik bilish, qadriyatli yondashuv va boshqalar asosida to‘plangan qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlar sistemasidir. To‘g‘ri bu bilimlar endigina muayan fan darajasiga yotgan ilmiy sistema sifatida, yaxlit holatda, maxsus qo‘llanma yoki darsliklar tarzida chop etish uchun yetarli bo‘lib qolgan. Madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik kabi fanlar o‘z tadqiqot obyekti, predmet iva vazifalariga ega bo‘lganicha ham ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ular maxsus tadqiqot obyektiga, ilmiy sohaga aylanashiga to‘rtki bo‘lgan bu mustaqqillik hisoblanadi. Qadriyatlar falsafasi fanning rivojlanishi, maxsus maqomga (statusga) ega bo‘lishi ham o‘z istiqlolimiz sababi bo‘ldi. Cho‘nki bu o‘tish davrida qadriyatlar ham yo‘nalishini, tarkibini o‘zgartirishi tabiiy holdir. Shunday ekan, qadriyatlar haqida falsafiy bilimlarning oshirishimiz, rivojlantirishimiz davr talabidir. Tadqiqotlar orasida qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlarga nisbatan turli munosabatni kuzatish mumkin. Bu munosabatni shu sohada qo‘llaniladigan atamalarda ham namoyon bo‘lmoqda. «Akseologiya», «qadriyatshunoslik», «qadriyatlar falsafasi», «qadriyatlar nazariyasi» kabi atamalarda xilma-xil ma’no va mazmun ifodalanadi. Masalan, «akseologiya» va «qadriyatshunoslik» atamalari muayan fan sohasi yoki bilimlar sistemasini ifodalaydi, «qadriyatlar falsafasi» esa, qadr va qadriyatlar bilan bog‘liq falsafiy yo‘nalishni anglatadi, ammo buneda alohida fan sohasi to‘g‘risida gap bormaydi.
Qadriyatlar nazariyasi ko‘proq sobiq sovet ittifoqi davrida ishlatilgan atama bo‘lib, u qadriyatlar sohasidagi bilimlarni falsafaning nihoyatda mo‘jaz qismi sifatida e irof etishni anglatar edi. Bunda akseologiya ko‘proq burunda fani sifatida tanqid etilar edi. Chunki qadriyat haqida so‘z borganda avvalo shaxs, millat, xalqning eng yuksak, oliy qadriyatlari bo‘lmish erkinlik, ozodlik, adolat, millatchilik tushunchalari haqida gapirilar edi.
Qadr-qimmat shaxsning hurmatlashish, uning huquqlarini e irof etishni ham qamrab oladi. Qadr-qimmat shaxsning ijtimoiy va manaviy erkinligini muhim tomoni sifatida yuzaga keladi.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Milliy madaniyat va qadriyatlarning tiklanishi, jamiyatimiz taraqqiyoti va inson shaxsining, madaniy, manaviy, axloqiy rivojlanishi, kelajakda buyuk davlat egasi bo‘ladigan komil insonni tarbiyalash, voyaga yetkazishda keng istiqlol yo‘lini ochib beradi.
Qadriyatlar xalqimizning tengsiz boyligidir. Uni avaylab-asarash, rivojlantirish, boyitish muqaddas burchimizdir. Shuning uchun ham bugungi kunda hur va ozod xalqimiz barcha xalqlar va davlatlar tomonidan yaratilgan ma ifatda fan va texnikada, madaniyat va sanatda nimaiki, yangi va ilg‘or jihatlar bo‘lsa, shunga dadillik bilan intilmoqda.


XULOSA
Demoqchimizki, xalqimiz o’zi tug’ilib o’sgan yer-zaminga qattiq bog’langan, uni e’zozlashni bolaligidan o’rganib, his qilib o’sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o’z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bog’liq milliy an’ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehmondo’stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo’lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an’ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o’tgan o’lmas ma’naviy merosimiz sanaladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko’lamli jarayon birgina o’zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko’rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu esa O’zbekistonni o’zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o’zaro hurmat, birodarlik, bag’ri kenglik fazilatlarining namoyon bo’lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan ezgu g’oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro’l o’ynamoqda.



Download 43.6 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 43.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MTT da hisob kitobga oid o`yinlar va

Download 43.6 Kb.