• 2. Yorug‘likning molekulyar sochilishi
  • Mundarija kirish I. Bob. Yorug‘lik tezligining aniqlash usullari




    Download 0.8 Mb.
    bet8/12
    Sana09.06.2022
    Hajmi0.8 Mb.
    #23340
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    yoruglik
    2045258, Амалиёт шартномаси lotin (2), Бизнес ҳуқуқи фанидан мустақил иш мавзулари, KT 4-laboratoriya, 3-dedline, Diplom, 1-mustaqil ish2 (2), Документ Microsoft Word, timsol 1 topshiriq 1, Destination A1, Operatsion tizimlar ISHCHI DASTUR 2022-2023 (4), Amaliy topshiriq, Rahbarlik odobi va muomala madaniyati, MEg6JPDlMrmPVDyfWYOyhuUezxzWouCOrK3mzZc1

    Bu murakkabroq qonuniyatlar yirik zarrali xira muhitlarda yorug‘likning sochilishini nazariy tomondan talqin etishni juda qiyinlashtiradi. Shunga qaramasdan bunday hollar ancha katta qiziqish uyg‘otadi, chunki ular odatda ko‘p ximiyaviy reaksiyalarning maxsuli bo‘lgan kolloid eritmalar va xira muhitlarni tadqiq etishda yuz beradi. Shuning uchun bunday o‘lchash ishlari kolloid ximiya, analitik ximiya va biologiyada keng qo‘llanilib, tadqiq etishning nefelometrik usullarining mavzui hisoblanadi.

    Osmonning zangori bo‘lib ko‘rinishiga yorug‘likning chang zarralarida sochilishi sabab bo‘ladigandek ko‘rinar edi, biroq tajribalar bunday emasligini ko‘rsatdi, chunki chang bo‘lmagan toza atmosferada (baland tog‘lardagi observatoriyalarda) osmon yanada to‘q, zangori bo‘lib ko‘rinadi va uning yorug‘ligi qutblanadi. Keyingi nazariy va eksperimental tadqiqotlar bu hodisalarning hammasiga yorug‘likning havoda molekulyar sochilishi sabab bo‘lishini ko‘rsatdi.

    2. Yorug‘likning molekulyar sochilishi

    Biz yuqorida aytgan ma’noda xira deb atash mumkin bo‘lmaydigan muhitlar bilan ish ko‘riladigan hollar, ya’ni muhit aralashma yoki boshqa jinslardan yaxshilab tozalangan suyuqlik (yoki gaz) dan iborat bo‘lgan hollar ancha katta qiziqish uyg‘otadi.

    Bunday muhitlarda yorug‘lik sochiladi, optik jihatdan bir jinslimaslik paydo bo‘lishiga olib keladigan fizik sabab bor (L.I.Mandelshtam, 1907 yil). Ideal toza muhitlarda optik bir jinslimaslik yuzaga kelishining fizik sababi birdaniga topilgani yo‘q. Juda muhim bo‘lgan bir xususiy holda bir jinsllilikni buzilishiga olib keladigan sababni M.Smoluxovskiy (1908 yil) ko‘rsatib berdi. Gaz yoki suyuqlikning kritik temperaturasida yorug‘lik intensiv ravishda sochilishi (kritik opalessensiya) ko‘pdan beri ma’lum edi. Smoluxovskiy kritik temperaturada muhitning siqiluvchanligi juda katta ekanligiga diqqat qildi (kritik nuqtada nazariy tomondan ifoda cheksizlikka intiladi). Bunday sharoitlarda kichikroq hajmlarda o‘rtacha zichlikdan sezilarli chetlanishlar paydo bo‘lishi mumkin, chunki siqiluvchanlikning katta bo‘lishi issiqlik harakati kichik hajmlardan zichlikning sezilarli variatsiyalarini (zichlik fluktatsiyalari) yuzaga keltirishga qodir ekanligini bildiradi. Optik bir jinslilikning buning oqibatida bo‘ladigan buzilishi yorug‘likning ko‘p sochilishiga sabab bo‘ladi. Smoluxovskiy kritik opalessensiya hodisasini izohlab berib, shu bilan yorug‘likning umuman sochilishiga olib keladigan bir jinslilikning buzilish sababini qayerdan izlash kerakligiga ko‘rsatma berdi, u quyidagicha: muhit molekulalarining issiqlik harakati statistik harakterda bo‘lgani tufayli muhitda zichlik fluktuatsiyalari paydo bo‘ladi, bu fluktuatsiyalar ayniqsa kritik nuqta sohasida katta bo‘ladi. Zichlikning fluktuatsiyasi sindirish ko‘rsatkichining fluktuatsiyasiga yoki dielektrik singdiruvchanlikning fluktuatsiyasiga sabab bo‘ladi, bu esa aslida optik bir jinslimaslikdan iborat. Kritik nuqtadan uzoqda fluktuatsiyalar kritik nuqta sohasidagidek uncha katta bo‘lmasada har qalay bo‘ladi va toza moddada yorug‘lik o‘sha fluktuatsiyalar tufayli sochiladi.


    Download 0.8 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish I. Bob. Yorug‘lik tezligining aniqlash usullari

    Download 0.8 Mb.