Mundarija. Kirish Ishlab chiqarishning nazariy asoslari Texnologik sxemani tanlash va asoslash. Texnalogik sxema bayoni. Xomashyo




Download 230.5 Kb.
bet1/7
Sana09.02.2023
Hajmi230.5 Kb.
#41648
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NASIBA
Документ Microsoft Office Word (2), 2-amaliy ishga topshiriq pomol partiya, S3-20 MSM, Kimyoviy texnologiyalar, bekzod atj, 1-маъруза презент, maqola talablari, Barcha fakultet dekanlariga, Madaminov L, 6. Moddiy hisob, Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar 60710200 – Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo’jaligi), BSKMA o\'quv qo\'llanma copy, Alixonto\'ra Sog\'uniy. Tarixi Muhammadiy, Tezis Microsoft Word




MUNDARIJA.



  1. Kirish

  2. Ishlab chiqarishning nazariy asoslari..

  3. Texnologik sxemani tanlash va asoslash.

  4. Texnalogik sxema bayoni.

  5. Xomashyo, yordamchi material va tayyor mahsulot tasnifi

  6. Moddiy hisob.

  7. Uskuna tanlash va hisoblash

  8. Texnologik va fizik-kimyoviy nazorat.

  9. Foydalanilgan adabiyotlar.



1.KIRISH.

Bugungi kunda respublika aholisi va xalq xo‘jaligini ekologik toza, raqobatbardosh, sifatli, chiroyli qadoqlangan yog‘-moy mahsuloti bilan ta’minlash uchun sanoat korxonalari tomonidan keng miqyosda yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda. Ishlab chiqarilayotgan moyni rafinatsiyadan keyin hidsizlantirib 0,9 litr dan 5 litrgacha hajmda polietilen idishlarga qadoqlaydigan zamo­naviy tizimlar hamma korxonalarda ishlab turibdi.


Yog‘-moy sanoati strukturasi tarkibiga presslash usulida, press-ekstraksiya usulida, to‘g‘ridan to‘g‘ri ekstraksiya usulida moyli xomashyolardan moy oladigan korxonalar, marga­rin, mayonez, xo‘jalik sovuni, atir sovun, olif, gidrogenizatsi­yalangan yog‘, glitserin, distillatsiyalangan yog‘ kislotalari ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, bu korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turli-tuman bo‘lib, ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan uskunalar ham turli-tumandir.
Yog‘-moy sanoati korxonalari zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda ishlab chiqarish jarayonlari patok liniyalarida amalga oshiriladi. Sohada ishlab chiqarishni mexani­zatsiyalashtirilganlik darajasi 85–98% ni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda yog‘-moy sanoatida ilmiy-texnikaning rivojlanishi quyidagi yo‘nalishlarda bormoqda:
– moyli xomashyolarni yig‘ish, tashish va sifatli saqlashning texnika va texnologiyasini takomillashtirish;
– yangi texnologiya va zamonaviy boshqarishga asoslangan yangi uskunalarni yaratish;
– xomashyoni chiqitsiz kompleks ishlaydigan liniyalarini ya­ratish;
– uskunalar va jihozlarning chidamliligi hamda ishlash mud­datini oshirish;
– tayyor mahsulotlarni qadoqlashda yangi (tejamli, yengil, chidamli) polimer idishlardan keng foydalanish;
– ekstraksiya, distillatsiya jarayonlarida kam energiya sarf bo‘ladigan, erituvchi kam yo‘qoladigan uskunalarni ishlab chiqarishga joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-oktabr­da qabul qilingan «Respublikaning oziq-ovqat sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish va 2012–2015-yillarda rivojlan­tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–1633-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra oziq-ovqat xomashyosini qayta ish­lashni kengaytirish orqali sanoat oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturga muvofiq yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz parametrlari quyidagicha belgilangan
Dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sishi aholi soni va ehtiyojlarining ko’payishidan ortda qolayotgani sohada amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarning ko’lami kengligidan dalolatdir. Shu bois yuritilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizasiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga tatbiq etish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 7 fevral kuni “O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmonini imzoladi va 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Ayniqsa, Prezidentimizning agrar sohaga ilg’or agrosanoat texnologiyalarini jalb etish, qishloq xo’jaligi infratuzilmasi, irrigasiya va meliorasiya tizimlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, marketing va jahon bozorlariga chiqish bo’yicha yangi texnologiyalarni joriy qilish zarurati va bunda xorijiy investisiyalarning tutgan o’rni haqidagi mulohazalari e’tiborga molikdir.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Dunyoda bugungi kunda aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda va oziq-ovqatga bo’lgan maqbul darajadagi ehtiyojini qondirishda oziq-ovqat sanoati muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun mahalliy oziq-ovqat va xomashyo ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, bozorga xavfsiz va sifatli oziq- ovqat mahsulotlarini iste’mol me’yorlarida o’rnatilgan assortimentda yetkazish asosiy vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.



Download 230.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 230.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija. Kirish Ishlab chiqarishning nazariy asoslari Texnologik sxemani tanlash va asoslash. Texnalogik sxema bayoni. Xomashyo

Download 230.5 Kb.