Buyum mаtеriаli vа kоnstruksiyasi hаqidа mа’lumоt(сталь4)




Download 0,72 Mb.
bet2/12
Sana18.05.2024
Hajmi0,72 Mb.
#241631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs iwi tez

2. Buyum mаtеriаli vа kоnstruksiyasi hаqidа mа’lumоt(сталь4)
Po‘latlarning payvandlanuvchanligi haqida tushuncha
Payvandlanuvchanlik - metalining yoki bir nechta metallar qo‘shilmasining
belgilangan payvandlash texnologiyasida konstruksiyaga va buyumni ishlatishga nisbatan qo'yilgan talablarga javob bera oluvchi birikma hosil qilish xossasidir. Materiallarning payvandlanuvchanligi tushunchasining murakkabligini payvandlanuvchanlikni baholashda, payvandlanadigan materiallarning bir-biriga buyum materiallari va konstruksiyalarining payvandlash texnologiyasiga bog‘liqligi e ’tiborga olinishi kerak. Payvandlanuvchanlik ko'rsatkichlari ko‘p. Masalan, statik yuklanishlar va sex haroratida ishlaydigan buyumlarda kam uglerodli po‘latning yaxshi payvandlanuvchanlik ko‘rsatkichi, mustahkamligi maxsus texnologik shartlarni (oldindan qizdirish, termik ishlash va boshqalar) qo‘llamasdan asosiy metall mustahkamligiga teng bo‘lgan payvand birikmalar hosil qilish mumkinligi hisoblanadi. Chunonchi, kimyoviy apparatlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan legirlangan poMatlar payvandlanuvchanligining ko‘rsatkichlari maxsus xossalari - korroziyaga chidamlilik, yuqori yoki past haroratlarda mustahkamligini ta’minlaydigan payvand birikmalar hosil qilish
mumkinligi hisoblanadi. Har xil jinsli metallami payvandlashda atomlararo bog‘lanishlami hosil qilish mumkinligi payvandlanuvchanlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bir jinsli metallar osongina payvandlab biriktiriladi, har xil jinsli
metallarning ba’zi juftlari esa birikmalar atomlararo bog‘lanishni mutlaq
hosil qilmaydi, masalan, mis qo‘rg‘oshin bilan payvandlanmaydi, temirni
qo‘rg‘oshin bilan, titanni uglerodli po‘lat, mis bilan payvandlash qiyin va hokazo. Metallar payvandlanuvchanligining muhim ko‘rsatkichlari – payvand birikmalarda toblangan uchastkalar, darzlar va payvand birikmaning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa nuqsonlarining bo'lmasligi hisoblanadi. Termik mustahkamlangan poiatning payvandlanuvchanligini baholashda payvandlashda uning mustahkamligining pasayishga moyilligi muhim xarakteristika hisoblanadi. Odatda, mustahkamligining pasayishi po’latni tayyorlash jarayonida (toblash, so‘ng yumshatish) uni yumshatish haroratiga qarab qizdirish harorati 400 - 720°C bo’lgan uchastkadagitermik ta’sir zonasida sodir bo’ladi. Bularning hammasi shuni ko‘rsatadiki, metallning payvandlanuvchanligi metall tarkibiga, uning fizik xossalariga, payvandlash texnologiyasiga (qo‘shilma material, payvandlash rejimi va boshqalami tanlash), buyumning shakli va o ‘lchamlariga, ishlatish sharoitlariga bog‘liq. Metallar payvandlanuvchanligining yagona ko‘rsatkichi yo‘q. Metallarning payvandlanuvchanligi kompleks xarakterga ega bo‘lib, qator ko‘rsatkichlar dastavval payvandlanadigan metall xossasiga bog'liq bo‘ladi.
Payvand birikmani loyihalashda payvandlanuvchanligini aniqlash va metallning darzlar hosil bo‘lish, mo‘rt holatga o‘tish, korroziyalanish, yeyilish va boshqalarga qarshi tinch suyuqlanishini tekshirish maqsadida turli metodikalar hamda texnologik nusxalar qo’llaniladi. Uglerodli po'latlarning payvandlanuvchanligi bo'yicha tasnifi.
Tegishli payvandlash texnologiyasida, darzlar hosil bo‘lishiga qarshi tinch suyuqlanish alomatlariga ko‘ra, ferrit-perlit va beynit strukturali po‘latlarni taxminan to‘rtta gruppaga bo‘lish mumkin: I – yoy yordamida va gaz alangasida payvandlashda toblanmaydigan va shu sababli cheklanmagan darajada payvandlanadigan po'latlar; II – toblanadigan mikrostrukturalar hosil qilishga moyil po'latlar, lekin payvandlash tcxnologiyasi to‘g ‘ri tanlansa, metallni qizdirmasdan payvandlansa, bundny mikrostrukturalar paydo boMmaydi; III - payvandlashda toblaiiuvchl strukturalnrning hosil bo'lishiga moyil va bu strukturalar paydo bo‘lishining oldini olish uchun qizdirib payvandlanadigan po'latlar; IV - payvandlashda toblanadigan va oldindan yoki payvandlashda qizdirib payvandlanadigan hamda payvandlangandan keyin buyum metalli darhol termik ishlanadigan po‘latlar .
Uglerodli konstruksion po’latlarni payvandlash Tarkibida 0,2% gacha uglerod bo‘lgan kam uglerodli po’latlar tipaviy payvandlash materiallaridan foydalanib payvandlanadi. Tarkibida 0,2 dan 0,45% gacha uglerodi bor o‘rtacha uglerodli poMatlar qo‘shimcha texnologik priyomlami qo‘llab shunday payvandlanadiki, bunda payvandlanayotgan paytda darzlar hosil bo‘lmasin. Turli darajada oksidsizlanuvchi va har xil kategoriyadagi BCT 4 markali va 25 markali po‘latlar noto‘g‘ri tanlangan payvandlash issiqlik rejimida darzlar hosil qilishi mumkin. Darzlar asosan burchak choklarda yoki listlar orasida zazor qoldirmasdan payvandlangan ko‘p qatlamli uchmauch chokning birinchi qatlamida yoki katta bikrlikka ega boMgan buyumlarning oxirgi choklarida yohud payvandlash past haroratli havoda bajarilsa va boshqa hollarda paydo bo‘ladi.Kam legirlangan po’atlarni payvandlashLegirlangan po’latlar kam legirlangan (jami legirlovchi elementlari 2,5% dan kam), o‘rtacha legirlangan (2,5 dan 10% gacha) va ko‘p legirlangan Po’latlar (10% dan ortiq) ga bo’linadi.Kam legirlangan po’latlar kam legirlangan kam uglerodli, kam legirlangan issiqbardosh va kam legirlangan o‘rtacha uglerodli po‘latlarga bo’linadi.Kam legirlangan kam uglerodli konstruksion po’latlar tarkibidagi uglerod miqdori 0,22% dan oshmaydi. Legirlanishiga qarab po’latlar marganetsli (14Г, 14Г2), kremniy-marganetsli (09Г2С, 10Г2С1, 14ГС, 14ГС va boshqalar), xrom-kremniy-marganetsli (14ХГС va boshqalar), marganets-azot-vannadiyli (14Г2АФ, 18Г2АФ va boshqalar), xromkremniy- nikel-misli (10ХСНД, 15ХСНД) po’latlar va boshqalarga bo’linadi. Kam legirlangan kam uglerodli po’latlar, issiqlayin prokatka qilingan po’latlaming uzilishiga vaqtinchalik qarshiligi (48 - 90)-107Paatrofida bo’ladi.Kam legirlangan po'latlarni payvandlash texnologiyasi asoslari.Kam uglerodli po’latlar qanday texnologiya bo‘yicha payvandlansa, bu po’latlar ham shunday payvandlanadi. O’rtacha legirlangan po’latlaming (ГОСТ 4543-71) uzilishga vaqtinchalik qarshiligining qiymati va mo‘rt holatga o‘tishga qarshi chidamliligi yuqori bo’ladi; shu sababli ular past va yuqori haroratlarda, zarbiy yoki yo‘nalishi o‘zgarib turadigan yuklanishlar agressiv muhitlar ta’sirida va boshqa og’ir sharoitlarda ishlaydigan konstruksiyalar uchun ishlatiladi.O'rtacha legirlangan po’latlar (20ХГСА, 25ХГСА, 30ХГСА, <0X14 11Л, И)ХН2МФА va boshqalar) issiqni sezuvchan bo’ladi, |>ityvaiidliumyotgiiiuln ular toblanishi, o‘ta qizishi, sovuqda darzlar hosil qilishi mumkin, bular ularni payvandlashni qiyinlashtiradi. Tarkibidagi uglerod va legirlovchi aralashmalar miqdori qancha ko‘p va metall qancha qalin bo’lsa, bu po’latlaring payvandlanuvchanligi shunchayomon bo’ladi.

Download 0,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buyum mаtеriаli vа kоnstruksiyasi hаqidа mа’lumоt(сталь4)

Download 0,72 Mb.