Mundarija Kirish




Download 69.15 Kb.
bet4/6
Sana16.05.2023
Hajmi69.15 Kb.
#60101
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hujjat (4) (3)
ONA TILI O‘QITISH METODIКASI, adcc08b6-1e2c-4ce4-80df-a7573d6d098f, 1-oktabrga senariy (1), 220448, 1-Ma’ruza. Chiziqli algebra, 1-3 AMALIY topshiriq uchun, 1-amaliy topshiriq, Kabulova N Falsafa slayd, Muhammadsoliyeva Sadoqat falsafa, ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо, RAQAMLI TIZIMNING JAHON GLOBALLASHUVI JARAYONIDA TUTGAN O\'RNI, NEMATOV, 2.2, Dasturlash texnologiyalari.doc, 111111111111111111111111111111111111111
 1. 2.Iqtisodiy o‘sishning keynscha modellari.
Iqtisodiy o‘sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.Iqtisodiy o‘sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha: ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‘g‘risididagi bosh g‘oyasiga tayanadi. Ya‘ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining xal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan; iqtisodiy o‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e‘tiborga olinmaydi.
1
.1 (grafik)
Keynscha iqtisodiy o‘sish modelidan soddarog‘i 40-yillarda E. Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi. Keyns o‘z taxlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta‘sirini , yalpi taklifga ta‘sirini ko‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarni barqaror holatida ushlab turadi, investitsion «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi. E.Domar investitsiyalarni ham talab xam taklif omili deb qaraydi. Yani investitsiyalar nafaqat mul’tiplikativ ta‘sir ko‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarlar taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning o‘sishiga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‘z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:
1)taklif tenglamasi;
2)talab tenglamasi
3)talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga ko‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi . Agar berilgan sharoitda investitsiyalar o‘ssa, yalpi ishlab chiqarish DK α mikdorga o‘sadi: DYs= DK α , DK investitsiyalar hisobiga ta‘minlanganligi uchun tenglikni: DYs= I α deb yozish mumkin. , bunda,α – kapital qo‘yilmalar( investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. So‘mga oshirish uchun 4 mlrd so‘m investitsiya talab etilsa α =0,25 bo‘ladi. α=DYs / I bir so‘mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini ko‘rsatadi
2.Talab tenglamasi kuyidagi ko‘rinishga egaDYd= D I (1/ μ) , bu yerda 1/ μ – xarajatlar mul’tiplikatori, μ jamgarishga chegaralangan moyillik. Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab ko‘shimcha investitsiyalarning mul’tiplikativ ko‘payishiga teng mikdorda o‘sishini ko‘rsatadi. Ishlab chikarish to‘plangan jami kapital bilan ta‘minlanishi, milliy daromad esa qo‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta‘siri ostida ko‘payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qo‘shimcha investitsiyalargina ko‘rib chiqiladi.
3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qo‘shimcha o‘sish sur‘atlari tengligi tenglamasi:D I ( 1/ μ) = I α). Bu tenglamani yechib quyidagi natijani olamiz: D I / I = μ α(D I / I ) – investitsiyalarning yillik o‘sish sur‘ati bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yordamida to‘liq bandlilikni ta‘minlab turish uchun (μ α) miqdorga teng bo‘lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning mutanosib o‘sish sur‘ati jamgarishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi ( kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan. Agar μ = 0,2 α=0,4 bo‘lsa D I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 % Demak investitsiyalarning o‘sish sur‘ati 8% bo‘lishi talab etiladi. E. Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, bu uchun esa jamg‘arish normasi hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish zarur.Agar E. Domar o‘z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan mikdor deb olgan bo‘lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o‘sish modeliga akselerator printsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funktsiyasi ham kiritildi. Akselerator printsipiga ko‘ra nafaqat investitsiyalar ishlab chikarishning o‘sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarningning o‘sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi. R.Xarrod o‘z modeliga uch tenglamani kiritadi:1)kafolatlangan o‘sish sur‘ati tenglamasi;2) haqiqiy o‘sish sur‘ati tenglamasi;3)tabiiy o‘sish sur‘ati tenglamasi. R Xarrod modelida haqiqiy o‘sish sur‘ati ishchi kuchining o‘sish sur‘ati va kapital unumdorligining o‘sish sur‘ati bilan belgilanadi. G c = s , bu yerda G - YAIMning haqiqiy ko‘shimcha o‘sish sur‘ati; Δ Y/ Y;c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ;s– Milliy daromaddagi jamg‘arish hajmi yoki jamg‘arishga o‘rtacha moyillik, S / Y;Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta‘minlangan o‘sish sur‘ati bo‘lgan kafolatlangan (prognoz kilingan) o‘sish sur‘atiga asoslanib o‘z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o‘sish sur‘ati jamgarishga o‘rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi: Gw = s / cr , bu yerda: Gw – kafolatlangan o‘sish sur‘ati cr – talab etiladigan kapital talabchanlik koeffitsenti ( o‘tgan yillardagi shakllangan darajasi); Bu ko‘rsatkichlar doimiy bo‘lganligi sababli kafolatlangan o‘sish sur‘atlari ham doimiy bo‘ladi. Agar haqiqiy o‘sish sur‘ati kafolatlangan o‘sish sur‘atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o‘sish ta‘minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo‘lmasligi tufayli qska muddatli davriy tebranishlar ro‘y beradi. Xarrod modelida resurslardan to‘liq foydalangan sharoitda ta‘minlanishi mumkin bo‘lgan maksimal o‘sish sur‘ati tabiiy o‘sish sur‘ati deb nomlandi. Gn cr = yoki ≠ s . Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati to‘liq bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o‘sish sur‘atlari o‘zaro teng bo‘lganda ta‘minlanadi. Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.


Download 69.15 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 69.15 Kb.