Arxiv manbalarni hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish to`g`risida umumiy ma`lumotlar




Download 166.19 Kb.
bet5/6
Sana10.05.2022
Hajmi166.19 Kb.
#20840
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Arxiv manbalarning o\'lka tarixini o\'rganishdagi axmiyati
METODLAR, Islom dini tarixi ва falsafasi, Экспер хулосами Г.Авалова, 86-90, 30-34
2.2 Arxiv manbalarni hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish to`g`risida umumiy ma`lumotlar

Markaziy Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligi deganda, ushbu mintaqada yashagan qadimgi xalqlarining eng qadimgi zamonlardan hozirgacha bo’lgan tarixiga asosiy manba bo’lib xizmat qiluvchi tarixshunoslikka oid asarlar tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining yarim asrlik faoliyati davomida tarixshunoslik sohasi muhim rivojlanish bosqichiga ko’tarildi. Bu esa O’zbekistonda tarix fani rivojida tarixshunoslikning muhim o’ringa ekanligining yaqqol tasdig’idir. Aynan tarixshunoslik tarixni (tor ma’noda emas, balki tarix fanining tarixini yoritish sifatida) chuqur va har tomonlama o’rganish, ob’ektiv, tarixiy fikrning rivojlanish bosqichini uning muayyan bosqichlarida bilish, turli oqimlarda tahliliy ravishda ko’rib chiqish, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, vazifalarni belgilash va keyingi tadqiqot yo’nalishlarini asosli shaklda tarixchilarga tavsiya qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, tarixchilar tomonidan eng diqqatga sazovor tarixiy asarlar mualliflarining hayoti, faoliyati va erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi, jamoat muhitini turli bosqichlarda qayta tiklash bo’yicha keyingi tadqiqotlar yo’nalishlarini aniqlash, yosh olimlar ishini yengilashtirishda, ya’ni muayyan ilmiy muammo ustida adabiyotlar bilan tanishishga imkon beradi13. Ma’lumki, tarixshunoslik tadqiqotlari tahliliy fikr erkinligi, ta’qiqlangan mavzular va nomlarning yo’qligi, chuqur bilimlar hamda adabiyot masalalarini tanqidiy idrok etishda o’zining afzalliklari va kamchiliklari bilan tarixiy olimlarning turli qarashlari, tushunchalarini hisobga olish, taqqoslash hamda aniqlab olish qobiliyatlarini talab qiladi. Ular eng muhim va haqqoniy, asosga ega bo’lib, o’rganilayotgan muammoning to’g’ri yoritilishiga xizmat qiladi. Tarix fan sifatida qachon va qanday paydo bo’lgan? Ushbu savolga javob olish uchun antik, ya’ni qadimgi manbalarga murojaat qilinadi. Yozuv vujudga kelgunga qadar epik asarlar (“epos” – grekcha so’z bo’lib, “doston”, “rivoyat” va “afsona” ma’nolarini anglatadi) tarixni o’rganish uchun yagona manba hisoblangan (masalan, Gomerning “Iliada” va “Odisseya”, Markaziy Osiyo xalqlarining “Alpomish”, “Manas” va “Go’ro’g’li” dostonlari bilan birga rus bahodirlari haqidagi Vladimir, Muromli Ilya, Dobrinya Nikitich, Alyosha Popovich kabi xalq eposlari yoki “Igor polki jangnomasi”). Yozuv ixtiro qilinganidan so’ng tosh yoki binolardagi bitiklar va yilnomalar eng qadimgi yozma tarix manbalari hisoblanadi. O’sha davrlardagi voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar, keyinchalik xattot va shoirlar tomonidan qayta-qayta ko’chirilgan yoki og’izdan-og’izga ko’chib, bizgacha yetib kelgan asarlar qadimiy manba hisoblanadi. Chamasi, o’z yozuviga ega bo’lgan barcha xalqlarda bitiklar va yilnomalar uchraydi. Masalan, yunon olimi Gerodotning mashhur “Tarix” kitobi bizgacha yetib kelgan eng qadimgi tarixiy manbadir. Gerodot Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya hududi) sohilidagi Galikarnas shahrida tug’ilgani uchun, unga Sharq ta’siri o’tganligi tabiiydir. Hatto Sitseron zamondoshlari Gerodotni “tarixning otasi” deb ataganlar. Aslida, Gerodotning ushbu asari oxiriga yetkazilmagan (miloddan avvalgi 470 yilgacha bo’lgan voqealar bilan tugallanadi) va uni hozirgi ma’noda ilmiy tadqiqot deb bo’lmaydi. Shunga qaramay, mazkur kitob voqealar va dalillar ko’lami hamda badiiy qimmati jihatidan o’zidan avvalgi safdoshlaridan anchagina baland turadi. Masalan, Gerodot o’z asarida Kaspiy dengiziga chegaradosh bo’lgan hududlarda yashagan xalqlarni tasvirlagan, shundan so’ng Kaspiyortida yastangan vohalar, ularda yashagan masoxatlar (massagetlar) haqida ma’lumotlar beradi. Gerodot birinchi bo’lib Kaspiy dengizi Kaspiy xalqlari nomidan olganligini ta’kidlaydi. Muarrixning buyuk shaxs ekanligini uning quyidagi xolis fikrlaridan ham bilish mumkin: “Men o’zim eshitgan narsalarni hikoya qilyapman, ammo ularning hammasiga ishonishim shart emas. Mayli, bu xulosa mening yangi asarimga ham taalluqli bo’lsin”. Miloddan avvalgi V–IV asrlarda yashagan yunon tarixchisi Fukididning Pelopenes urushlari haqidagi asarlari dunyodagi birinchi ilmiy tarix deb e’tirof etiladi. Ushbu asar o’z davri tarixiy voqealarining ishonchli va haqqoniy tasvirlanganligi bilan ajralib turadi. Gerodotni kitobiga nisbatan Fukididning asari olg’a tashlangan qadam edi. Ushbu kitobda hayot voqealariga Olimp xudolarining aralashuvini ko’rmaymiz. Fukididning asarida tarixiy tahlilning asosiy talablari – voqea guvohlarining fikrlarini taqqoslash va bevosita o’sha voqea qatnashchilarining hikoyalaridan foydalanish kabi usullarni ko’rish mumkin. To’g’ri, Fukidid ham asotirlar va miflardan foydalanadi va bunda asosiy e’tiborni tarixiy taraqqiyot hamda iqtisodiy omillarning ta’siriga qaratadi. Tarixiy dalillarni aniq bayon qilish va haqiqatni aniqlashga intilish Fukidid asarining asosiy yutug’idir. Tarixiy voqealarni haqiqatga yaqin qilib ilmiy bayon etgan muarrixlardan yana biri – miloddan avvalgi XI asrda yashagan Polibiydir. U o’zining “Umumjahon tarixi” asarida miloddan avvalgi 220–146 yilllardagi voqealarni ellinlar nuqtai nazaridan tasvirlaydi. Bu O’rta yer dengizi atrofidagi barcha davlatlarning tarixini o’zaro bog’liqlikda tasvirlagan birinchi asardir. Muarrixning xulosasiga ko’ra, har bir davlat tirik vujud (mavjudot) kabi tabiat qonuniyatiga asosan o’sadi, rivojlanadi va inqirozga uchraydi. Polibiyda birinchi marta “pragmatik tarix” degan ibora uchraydi. O’z asarining ikkinchi qismini muarrix pragmatik usulda quradi: u voqealar nima sababdan, qanday maqsadda yuz berganligini aniqlaydi, ya’ni muayyan voqealar kelib chiqish sabablarining davomiyligi va oqibatlarini bayon qiladi14. Fukidid va Polibiyning asarlari antik davr tarixshunosligining cho’qqisini tashkil etadi. Keyingi yunon muarrixlarining deyarli barchasi ularning izidan bordilar. Tarix fani taraqqiyotining belgilovchi omillar orasida arxiv materiallari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Shuning uchun tarixiy jarayonlari yoritishda va o’lkashunoslikni o’rganishda arxiv hujjatlarining o’rni juda muhim. Arxiy - lotincha «arxivus» - hukumat binosi so’zidan olingan. Lekin «arxiv» atamasining hozirgi qo’llanish ma’nosi butunlay boshqacha. Arxiv - bu idoralar, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa.
Markaziy Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Arxeologlar qadimgi Tuproqqal’a harobalaridan Xorazm shohlarga tegishli III-IV asr boshlariga oid qadimgi hujjatlardan iborat arxiv qoldiqlarini topishdi. 1930 yil boshlarida qadimgi Sug’diyona davlatining mug’ tog’lari harobalaridan Divashtich arxivi topildi. Qazishmalar natijasida VIII asrga oid 80dan ortiq qo’lyozma hujjatlari topildi. Bizga tarixdan ma’lumki, Buxoroda IX-X asrlarda Abu Ali ibn Sino foydalangan arxiv kutubxona bo’lgan. O’rta Osiyoda arxivlar XI-XII asrlarda Xorazm davlatida keyinchalik Oltin O’rdada, temuriylar ashtarxoniylar davrida ham mavjud edi. O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi millatimiz, o’zbek xalqining hujjatli madaniy yodgorliklari saqlanadigan eng katta boy arxiv xazinasidir. Bu yerda saqlanayotgan eng qadimgi hujjatlar vaqfnomalar bo’lib, ular XIII-XX asrlarga oiddir. Kadimgi davlatlarning xonliklarining XIX asrgacha bo’lgan hujjatlar manbalari baxtga qarshi bizgacha saqlanmagan. O’zaro feodal urushlari vayrongarchiliklar natijasida yo’q bo’lib ketgan. Qo’qon va Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi saqlanib qolgan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi saqlangan xolos. Markaziy Osiyoning chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to’la saqlangan. Qo’qon va Xiva xonliklari tarixi o’ziga xosdir. Chorizm bu xonliklarni bosib olganidan keyin ushbu arxiv materiallari 1876 yil Peterburgga - imperator kutubxonasi olib ketiladi. Bu hujjatlar 30-yilning oxirigacha e’tiboran chetda qolib, umumiy ishda foydalanilmay keldi. Keyin bu arxivlar topilib ularning Qo’qon, Xiva arxivlari ekanligi aniqlandi. Shundan so’ng ulardan keng foydalanila boshlandi. Qo’qon xonlari arxivi haqida tarixchi Troitskaya 1968 yilda «Katalog arxivi Kokandskix xanov XIX veka» nomli ma’lumotnomasini e’lon qildi. 1982 yilda bu hujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy davlat arxiviga olib kelingan. Xiva xonlari arxivini birinchi bo’lib 1939 yilda tarixchi olim P.P.Ivanov o’rganib chiqib, bu arxiv to’g’risida xabar beradi. O’zbekiston Respublikasining Markaziy davlat arxivida Qo’qon, Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi, Turkiston general-gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari shuningdek, O’zbekistonning oktyabr to’ntarishidan keyingi davr. Sovet davri tashkilotlarining arxiv materiallari saqlangan. Bu arxivda bir milliondan ortiq yig’ma nildlar bor. Bu O’rta Osiyodagi eng katta boy arxivdir. Arxiv hujjatlari yozma va og’zaki shaklda bo’lishi mumkin. Og’zaki tarixiy hujjatlar har xil texnika vositalari bilan yozib yoki tasvirlab olinadi. Hujjatlar maxsus joylari, ya’ni arxivlarda sohalarga ajratilgan xronologik sanalarga ajratilgan. Toshkent O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi (O’zR. MDA) saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatidan O’rta Osiyo respublikalari markaziy davlat arxivlari ichida eng kattasidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab to hozirgi kunimizgacha bo’lgan juda ko’p sonli hujjatlar saqlanmoqda. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli. Hozirgi O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston va qisman Qozog’iston respublikalari hududidagi viloyatlar, uyezdlar, volostlar, muassasa va korxona hamda tashkilotlarning tarixiy faoliyatiga doir barcha hujjatlar mana shu markaziy arxivda mujassamlashtirilgan. Bu hujjatlardagi Turkiston chor hukumatining olib borgan mustamlakamachilik siyosati, rus xalqi bilan O’rta Osiyo shu jumladan o’zbek xalqining madaniy aloqalari, chor burjua apparati va tashkilotlarning bekor qilinishi haqidagi xilma-xil va boy materiallar O’rta Osiyo xalqlari tarixini har tomonlama chuqur o’rganishda bebaho durdona bo’lib xizmat qiladi. O’rta Osiyo xonliklari, bekliklari, diniy boshqarmalari faoliyatiga doir hujjatlar deyarli yo’q bo’lib ketgan. Ayrim mavjud materiallar esa o’lkani Rossiyaning bosib olish jarayonidagi harbiy to’qnashuvlar davrida yo’q qilib yuborilgan. 1917 yilgi oktyabr vohalariga qadar hujjatlar har bir idora va tashkilotning o’zida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bo’lib hujjatlar bir joyda yig’ilmagan, markazlashmagan edi. Oktyabr to’ntarishidan keyin Turkiston RSFSR tarkibida avtonom respublika sifatida faoliyat ko’rsata boshladi. Rossiya hukumati chiqargan qonunlar Turkiston uchun ham tegishli edi. Shuni aytish kerakki, RSFSR hukumati 1918 1 iyunda «Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish to’g’risida» dekret qabul qilindi. Bu dekretga asosan barcha tarqoq arxivlar markazlashdi. 1919 yil 15 noyabrda Turkiston Respublikasi maorif xalq komissarligi qaroriga binoan Arxiv ishlari Markaziy Bosh boshqarmasi tuzildi va V.N.Kucherboyev boshqarma boshlig’i etib tayinlandi. Davlat arxiv bo’limi 8ta seksiya va 4 bo’limdan iborat edi. Bo’limlar quyidagilardan iborat bo’lgan.
1-bo’lim - ma’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalarini birlashtiradi).
2-bo’lim - harbiy seksiya.
3-bo’lim - maorif va iqtisodiyot.
4-bo’lim - tarixiy-inqilobiy, sharq va matbuot seksiyalari.
Davlat arxiv jamg’armasiga faqat 1917 yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigagina emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham aytila boshladi. Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin Davlat arxiviga topshirishi belgilari. Bu qoida 1921 yil 30 sentyabrdan kuchga kiradi. Joylarda viloyat arxiv jamg’armalari tashkil qilindi. Masalan, 1920 yil martda Farg’onada, 1920 yil iyunda - Samarqandda, shu yil noyabrida - Yettisuvda, 1921 yil martda - Zakaspiyda ana shunday arxiv jamg’armalari tashkil etildi. Ma’lumki 1924 yilda O’rta Osiyo respublikalari (Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari)da milliy davlati chegaralanishi o’tkaziladi. Natijada RSFSR tarkibida O’zbekiston SSR va Turkmaniston SSR. Tojikiston ASSR (UzSSR tarkibida), Qozog’iston ASSR va Qirg’iziston avtonom viloyati tashkil qilindi. Buning natijasida O’zSSRning o’z arxiv tashkilotlari vujudga keldi. Arxiy hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o’rtasida quyidagi tartibda bo’linadigan bo’ldi. O’rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo’lgan arxiv jamg’armalari O’rta Osiyo Markaziy arxivida - Toshkentda saqlanadigan bo’ldi. Har bir respublikalarga oid arxiv jamg’armalari shu respublikalarga beriladigan bo’ldi. Turkiston Respublikasining yagona davlat arxivi jamg’armasi shu tarzda bo’lindi. 1924 yilda 28 dekabrda maxsus qaror bilan O’zSSR M.I.K. huzurida arxiv ishlari markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O’zbekiston hududida tashkil qilingan barcha arxivlar, masalan, Farg’ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarida vujudga kelgan arxiv jamg’armalari O’zSSR arxivi ishlari markaziy boshqarmasiga topshirildi. Shuningdek O’rta Osiyo ahamiyatiga ega bo’lgan arxiv jamg’armalari ham O’rta Osiyo markaziy arxivi tuzilmaganligi uchun O’zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirlid. Chunki bu O’rta Osiyo arxiv jamg’armalari Toshkentda vujudga kelgan edi. Shunday qilib, O’zSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas, balki butun O’rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi. Viloyatlarda ham viloyat arxiv byurolari tashkil etildi. 1925 yilda Farg’ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon viloyat arxiv byurolari, 1926 yilda esa Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari arxiv byurolari ochildi. Arxiv hujjatlarini Markaziy arxivga yig’ish ishlari keyingi yillarda ham davom etdi. 1925-1929 yillarda 134 arxiv jamg’armasi qabul qilindi. 1929 yilda Markaziy arxivda 873ta arxiv jamg’armasi va 764 ming hujjat jamlangan edi. Viloyatlar arxivlarida 924 arxiv jamg’armasi va 994 ming hujjat saqlanardi. Ta’kidlash kerakki, arxiv xodimlari kam bo’lganligi uchun davlat arxivlardagi hujjatlarning yarmidan ko’pi tartibga solinmagan, bayon qilinmagan edi. Tabiiyki, bunday hollarda ulardan foydalanishning ham imkoni bo’lmagan15. Shuning uchun davlat tashkilotlarining o’z arxivlarini tartibga solib, ro’yxat tuzib ularni davlat arxivlariga (Markaziy va viloyat arxivlariga) topshirishi talabi qo’yildi.. Hozirgi davrda O’zbekiston Respublika Vazirlar mahkamasi huzurida Bosh Arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi huzurida arxiv bo’limi, shuningdek viloyat hokimligi huzurlarida 11ta arxiv bo’limi bor. Respublika ahamiyatiga 3ta markaziy davlat arxivi, Qoraqalpog’iston Respublikasida MAD, 11ta viloyat arxivi va ularning 40dan filliallari mavjud. Shunday qilib, Respublikada arxiv tashkilotlarining tartibli tizimi amal qilinmoqda. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega barcha hujjatlarni ehtiyoj qilib saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga ega.
2. Hujjatlar qimmatini ekspertiza qilish va davlat arxivlariga hujjatlar qabul qilish va hisobga olish.
Hujjatlar qimmatli ekspertiza qilishning umumiy qoidalari. Hujjatlarni ekspertiza qilishdan maqsad ularni saqlash muddatini aniqlash va davlat arxivida saqlash uchun tanlab olishdir. Davlat arxivlarida saqlash uchun ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo’lgan va kelajakda tarixchilar tomonidan tarixiy asarlar yozish uchun foydalanadigan hujjatlar tanlab olinadi. Xo’jalik idoralarning amaliy kundalik ishi uchun vaqtincha, masalan, 1-15 yil kerak bo’ladigan hujjatlar muddati bitganidan keyin yo’q qilinadi. Hujjatlar, ekspertizasi o’tkazilishning, ya’ni hujjatlarni ilm va fan uchun kerak yoki kerak emas hujjatlarga ajratishning qoidalari bor. Ular quyidagilardir:
1. Ekspertiza o’tkazishda hujjatlar mazmunining ahamiyati hisobga olinadi.
2. Arxiv jamg’armasini tashkil qilgan idoraning ahamiyati ham ekspertiza o’tkazishda muhimdir. Masalan, Madaniyat ishlari vazirligi yoki posta bo’limi va ularning faoliyati natijasida vujudga keladigan hujjatlar ahamiyati, o’z-o’zidan ma’lumki har xil emas.
3. Hujjatlarning paydo bo’lish vaqti, joyi va voqeaning ahamiyati. Masalan, Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari tarixiga oid xo’jalik hujjatlari va ularning vujudga kelish vaqti, o’rta asrlarga oidligi hisobga olinib, arxivda saqlashga qoldiriladi. Keyingi davrda vujudga kelgan xuddi shunday hujjatlar ikki darajali sifatini yo’q qilinadi.
4. Hujjatning qaysi mualifga tegishli ekanligi Buyuk shaxslarga tegishli xususiyatlar, masalan, A.Temur, Ulug’bek, Navoiy yoki sovet davri yozuvchilaridan Fitrat, A.Qodiriy va boshqalarga tegishli har qanday hujjatlarning 2 darajalari ham arxiv saqlash uchun ajratiladi.
5. Ma’lumotning takrorlanishi. Qaror buyuruq, hisobot, ko’rsatma va boshqa hujjatlar bir necha idoralarda takrorlanadi. Bunday holda shu hujjat tayyorlangan idora hujjati qoldirilib, boshqa idoralardagi xuddi shunday hujjat takrorlanayotganligi uchun yo’q qilinishi mumkin. Qaror, buyruq va boshqa hujjat bir arxiv jamg’armasida - ayol nusxa va bir necha ko’chirma holida takrorlansa, asl nusxa tanlab olinadi, qolganlari yo’q qilinadi.







XULOSA
O`zbekistonning mustaqil rivojlanish yo`liga kirishi uning xalqlari tarixida muhim inqilobiy ahamiyatga ega bo`ldi va ijtimoiy taraqqiyotda katta burilish yasadi. Shu munosabat bilan respublikamizning nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotida, ma`naviy hayotida ham keskin yangilanish jarayoni ro`y bermoqda. Bu yangilanishda ilmiylikka, tariximizga, boy madaniy merosimizga qiziqish, uni keng, har tomonlama ilmiy va haqqoniy o`rganishga intilishning kuchaya borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan tarixiy o`lkashunoslikni o`rganishning ahamiyati va unga bo`lgan talab kun sayin o`sib bormoqda. Birinchi prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek, xalqimiz dunyoqarashini milliy istiqlol ruhida isloh qilishni talab qilmoqda. Har bir inson tug`ilib o`sgan o`lkasi tarixini mukammal o`rganmog`i shart. “Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi fikrlar yangi qomusimizda o`z aksini topdi.
Tarixiy o`lkashunoslikning maxsus kurs sifatida oliy o'quv yurtlari tarix fakultetlariga maxsus kurs sifatida kiritilishi bu fanga e`tiborining kuchayib borayotganidan dalolat beradi.
Jamiyat kurilishining xozirgi boskichida tarixiy o`lkashunoslikning roli va axamiyati bekiyos oshib bormokda. O`zbekiston fuqarolarining axloqiy va estetik tarbiyalash, ularning madaniy saviyasini oshirish uchun ma`naviy boyliklarini kupaytirish va ulardan keng foydalanish xakida gamxurlik kilish burchiligiga o`lka tarixi va unga munosabatidan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xam O`zbekiston fuqarolarining O`zbekiston xududida joylashgan madaniy yodgorliklarga extiyotkorlik bilan munosabatda bulish, asrab avaylashlari ta`kidlab o`tilgan. O`lkashunoslik kursi ko'p millatli O`zbekiston tarixini, uning madaniyat yodgorliklarini o`rganishning eng muhim vositalaridan biridir.


Download 166.19 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 166.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Arxiv manbalarni hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish to`g`risida umumiy ma`lumotlar

Download 166.19 Kb.