Mundarija kirish …




Download 12.43 Mb.
bet7/27
Sana10.04.2017
Hajmi12.43 Mb.
#4399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Jahon paxtachilik tarixi.G’o’za o’simligi yer sharining tropic mintaqasidan ya’ni havo harorati 180C dank am bo’lmagan Musson iqlimi sharoitidan kelib chiqqan bo’lib, uning yer yuzasidagi barcha tur xillari “Gossipum ” ya’ni “G’o’za” avlodiga mansubdir. G’o’za vatanida ko’p yillik daraxtsimon va butasimon o’simlik bo’lib, ularning hosili kam va tola sifati past bo’ladi. Dehqonchilikda esa ularning bir yillik madaniy tur va navlari ekiladi va foydalaniladi. Ko’p yillik g’o’zalarni bo’yi 6 metrgacha bo’ladi. Bir yillik g’o’zalarni balandligi 30-40 sm dan 2 metrgacha bo’ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda g’o’za avlodi 70-100 mln yil avval bo’r davrida vujudga kelgan deb tahmin qilinadi. Yer yuzida g’o’zaning bir-biridan farq qiluvchi geografik guruhlari mavjud. Bular Avstraliya (Sturtiya), Afrika-Osiyo (Polotropik-Eugassipium) va Amerika (Neotropik-karpae) guruhlaridir. Har bir guruhdagi g’o’zalar ham belgi va xususiyatlariga qarab kichik guruhlarga bo’linadi. Insoniyat o’z maqsadlari uchun tanlash va duragaylash yo’llari bilan yangidan-yanggi g’o’za shakllarini vujudga keltirdiki oqibatda 7-9 oyda ko’sak ochiladigan daraxtsimon shakldan 4-6 oyda pishib yetiladigan bir yillik g’o’zalarni yaratdilar. (R.Oripov, N.Xalilov 2006-yil).

F.Mauer klassifikasiya bo’yicha yer yuzida g’o’zaning 35 turi mavjud bo’lib, ulardan 5 turi madaniy hisoblanadi. Madaniy g’o’zalardan G.hirzitum (F.nirqutum) G.Barbadenze (G.Barbadenzi) va G.Tirikuspidamum (G.Tricuqpiolatum) yangi dunyo g’o’zalaridir. G. Tirzutumning asl vatani Meksika bo;lgani uchun uni Meksika g’o’zasi deyiladi. G.Barbadenze Peru g’o’zasi, G.Trikuspidatum esa Vest indiya uch tishgash g’o’zasi nomi bilan ataladi.

Eski dunyo g’o’zalaridan G.Orboreum (Garvoreum) Xinu-Xitoy g’o’zasi, G.Herbaseum esa (G.Hervaceum) Afrika Osiyo g’o’zasi nomi bilan yuritiladi. Ekish maydoni jihatidan birinchi o’rinni hirzitum egallasa, kiyingi o’rinlarda G.Arboreum, G.Barbadenze, G.Herzeum turadi. G.Trikuspidatum esa juda oz maydonda, dengiz sohili iqlim sharoitida o’stiriladi. Insoniyat paxta tolasidan 15-30 ming yil avval undan ham ilgari foydalanilgan bo’lishi mumkin. Arxeolog qazilmalar asosida aniqlanishiga Xindistonda 3000 yil oldin paxta tolasidan keng foydalanilgan.

Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda Eron va Arabistonda g’o’za o’stirish Eramizdan oldingi 5-asrda, Misrda esa 7-asrda mavjud bo’lganligini takidlaydi.

O’rta Osiyo teritoriyasida bundan 2200-2400 yil muqaddam g’o’za o’stirilgani va eramizning boshida toladan keng foydalanilgani to’g’risida yetarlicha ma’lumotlar mavjud.

Yevropada paxtachilik nisbatan ko’proq rivojlandi. Ermizning 1-2-asrida Gresiya, Bolqon yarim orolida esa 7-asrda ekilganligi ma’lum. Amerika qit’asida paxtachilik eski dunyoga aloqosi bo’lmagan holda mustaqil rivojlangan va qadim zamonlarga borib tarqaladi. Avstraliyada paxtachilik bilan keng shug’ullangan va bu davr 13-asrning oxirlariga to’g’ri keladi. Yer yuzida 90 dan ko’proq 32-33 mln gektardan ko’proq maydonga paxta ekiladi va har yili 19-20 mln tonna tola yetishtiriladi.

Jahonda eng ko’p paxta yetishtiruvchi mamlakatlar Xitoy, AQSh,Xindiston, Pokiston, O’zbekiston, Braziliya, Turkiya, Misr, Meksika bo’lib, ular paxtani 80% yetishtiradi. Markaziy Osiyoning iqlimi ancha quruq atmosfera yog’inlarining miqdori kam va yoz oylarida yuqori, faqat suniiy sug’orish bilangina hosil olinadi.

Bu regionda g’o’zaning asosan ikki turiga kiruvchi navlari ekiladi; G,Tirzutum va G.Barbadenze turiga kiruvchi uzun (ingichka) tolali navli g’o’zalar. O’rta tolali navlar nisbatan tez pishar bo’lgani uchun 90% maydonga ekiladi. 10% maydonga ingichka tolali navlar ekiladi.

O’zbekiston Respublikasi jahondagi eng yirik paxta yetishtiruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. U paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda 5-7-o’rinlarni egallab, ko’p miqdorda paxta tolasini xorijiy mamlakatlarga eksport qilmoqda.

O’zbekiston paxtachiligi uzoq o’tmishga ega bo’lsada sohaning jadal rivojlanishi 20-asrga to’g’ri keladi. Ma’lumotlarga asosan 1860-yilda O’zbekiston hududida 36 ming gektar maydonga Chigit ekilib, gektaridan 7 sentnerdan hosil olingan, ya’ni hosil 25 ming tonnani tashkil etgan. 1913-yilda 517,2 ming tonnani 12,2 sentnerga ko’tariladi. Paxtachilikning xalq xo’jaligida ahamiyati katta bo’lganligi uchun sohaga katta etibor berilib yer maydoni kengaytirilib sug’oriladigan yer maydonining 70-75%ni paxta maydoni egallaydi. Buni sababi, kanallar chiqarish suv omborlari quriladi, o’g’it va boshqa ximyaviy vositalar bilan ta’millash, mexanizatsiyalash ya’ni navlarni olimlarimiz tomonidan yaratishi natijasida yalpi hosil 5,5-6 million tonnaga hosildorlik 2 esa 26-30 senrnerga ko’tariladi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etishi barcha sohalarni rivojlantirishni amalga oshirmoqda. Endilikda sug’oriladigan maydonlarning 50-60% dan oshmagan (xolda) tola paxta ekish rejalashtirilmoqda. Paxtachilik intinsev rivojlantirish mamlakat bo’yicha hosildorlikni 30-35 sentnerga yalpi hosilni 4-4,5 mln tonnaga ko’tarishi sohasining barqarorligini ta’millaydi.




Download 12.43 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Download 12.43 Mb.