• 2.1 Mustaqil ishlarning turlariga ko‘ra ularning samaradorlikdarajasini baholash Baholash kriteriylari shunday bo‘lishi mumkin
  • Kurs ishiga qo‘yi!gan bosh talab — fanni chuqur o‘rganishga erishish, ilmiy izlanishga havas uyg‘otish




    Download 137.38 Kb.
    bet5/6
    Sana25.06.2022
    Hajmi137.38 Kb.
    #24399
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    To\'rayeva Sevara
    problema-cheloveka-v-informatsionnom-obschestve, Abduxoliqov Adham, Abduxoliqov Adham
    Kurs ishiga qo‘yi!gan bosh talab — fanni chuqur o‘rganishga erishish, ilmiy izlanishga havas uyg‘otish.
    Kurs ishida o‘quvchi-talabalarda mavzuni o‘rganishga ijodiy yondashish, dastlabki ilmiy izlanish kurtaklarini hosil bo‘lishida kurs ishi rahbari muhim rol o‘ynaydi. Kurs ishi rahbari < sosiy va qo'shimcha adabiyotlarni tanlash, ular ichidan eng muhimlarini ajratish, reja tuzish va tanlangan mavzuni to‘la ochib berish

    2.1 Mustaqil ishlarning turlariga ko‘ra ularning samaradorlikdarajasini baholash
    Baholash kriteriylari shunday bo‘lishi mumkin:
    – o‘quvchining ishga munosabati;
    – diqqat-e’tibori va konsentratsiyasi;
    – ish jarayonlarini tushunishi;
    – mehnatda tartibliligi va sistematik ravishda harakat qilishi;
    – o‘rganishga tayyorligi;
    – unumli ish tarzi va hokazo.

    Baholash kriteriylarini tanlash uchun quyidagicha harakat qilish tavsiya etiladi:


    Kishi haqidagi «birinchi taassurot» eng muhim taassurotdir degan fikr ko‘p uchraydi. Lekin ana shu «birinchi taassurot» ko‘zga ko‘rinmas ba’zi omillarga asoslangan bo‘ladi:
    – ma’lum belgili kishilarga nisbatan salbiy fikrda bo’lish;
    – instruktorning boshidan kechganlari, masalan baholanadigan o‘quvchi unga kimnidir eslatayotgani.
    Birinchi taassurotlar ertami-kechmi baribir tasdiqlanadi degan gap psixologiyaga asoslangan va «o’zi-o‘zini ro‘yobga chiqaradigan bashorat» deb ataladi. Baholovchi shaxs k ko‘pincha o‘zining birinchi taassurotini tasdiqlaydigan barcha narsani qayd qiladi-yu, bu taassurotni tasdiqlamaydigan narsalarga esa odatda e’tibor bermaydi.
    o‘zini oqlagan baholash instrumentlari:
    – erkin tarzdagi baholash (og‘zaki yoki yozma ravishda);
    – belgilangan tarzda baholash (formulyar).
    Bu holda quyidagi klassifikatsiya usullari qo‘llanadi:
    – raqamlar shkalasi asosida, ballar asosida baholash kabi;
    – og‘zaki baholash shkalasi, ya’ni o‘zini tutish tarzlarining qisqa og‘zaki ta’riflari beriladi;
    – og‘zaki ta’riflar ro‘yxat shaklida beriladi, tegishli ta’riflar tagiga chizib quyiladi;
    O‘quvchi va Instruktor ish jarayonini va natijalarini birgalikda yakuniy suhbat davomida tahlil qilishadi (asl ko‘rsatkichlarni norma ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash; norma ko‘rsatkichlariga erisha olmaganlik sabablarini aniqlash. Keyingi safar nimalar yaxshiroq qilinishi lozim?).
    Buning uchun Instruktor «Nazorat protokoli» hamda «xulosalar protokoli»dan foydalanadi.
    Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi – pedagogikaning bir bo‘limi bo‘lib, u ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, sotsiologiya va mehnatshunoslik bilan uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda unga sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining maxsus savollari qarashlidir.
    Kasb-hunar ta’limi pedagogikasining bo‘limlari juda keng. Bu bo‘limlar umumiy kasb-hunar ta’limi pedagogikasining asoslarini va asosiy savollarini, kasb-hunar maktab ta’limi pedagogikasi, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi qiyosiy pedagogikasi, hunar yo‘nalishi didaktikasi, mutaxassislikni qayta tiklash (reabilitatsiya), shuningdek, uchinchi dunyo mamlakatlaridagi kasb-hunar ta’limining asosiy masalalarini o‘z ichiga qamrab olgan. Bundan tashqari, ular kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy-psixilogik shart-sharoitlarini, kasb-hunar ta’limi nazariyasini, shuningdek, kasb-hunar ta’limi huquqini ham qamrab olgan.
    (qiyoslang: «Kasb-hunar ta’limi pedagogikasiga kirish", Andreas Shelten)
    Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «Educational Technology» (ta’lim texnikasi) deb nomlangan o‘xshash fan mavjud, ammo uning mazmunida hech qanday bevosita o‘xshashlik yo‘q. Bu fanda ham shunday mavzular berilgan: masalan, «audiovizual vositalar», «o‘quv jarayoni», «ta’lim metodlari va strategiyasi», «baholash texnikasi» va boshqalar.
    «Ta’lim texnikasi» - butun o‘qitish va o‘qish jarayonini ishlab chiqish, o‘tkazish va baholashning sistematik yo‘li bo‘lib, u maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lib, insonlar o‘rganish qobiliyati va insonlar o‘rtasidagi muloqot to‘g‘risidagi tadqiqotlar natijasiga va ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillash uchun jonli va jonsiz resurslar bilan shug‘ullanishga asoslangan."
    (Commission of Instructional Technology (Ta’lim texnikasining komissiyasi), AQSh). «Didaktika» tushunchasi (grekcha «didaskein») «o‘qitish va o‘qish nazariyasi» degan ma’noni bildiradi. Didaktika nazariy va instruktaj o‘tkazishning maqsadi, mazmuni, metod va shart-sharoitlarini belgilaydi.
    Didaktika instruktor va texnik o‘qituvchiga to‘g‘ri pedagogik munosabat to‘g‘risidagi bilimlarni beradi. Keyinchalik esa gap “nimani va nima uchun o‘qitish kerak?” va «qaysi tarzda va nimalar yordamida o‘qitish kerak?" mavzulari orasidagi munosabat to‘g‘risida boradi.
    Bunda quyidagi savollar asosiy rol o‘ynaydi:
    • o‘qish va o‘qitish jarayonida qanday maqsadlarga erishilishi lozim?


    • qanday mazmunlarni o‘qitmoq kerak?


    • qanday dastlabki shart-sharoitlarga e’tiborni qaratmoq lozim?


    • o‘qitish jarayonining qanday shaklini rejalashtirmoq kerak?


    Har qanday sharoitda ham quyidagilarga e’tiborni qaratmoq darkor:


    • o‘quvchilar qanday bilimlar zaxirasiga ega?


    • Ta’lim beruvchi shaxslarga qanday talablar qo‘yiladi?


    «Nima?» va «nima uchun?» degan savollarga javob o‘qish maqsadlari asosida belgilanadi.


    Shunday qilib, «nima?» degan savol nazariy va amaliy darslardagi mavzular va mazmunlarni anglatadi. Bunday sharoitda eng asosiysi mazmun hisoblanadi.
    «Maxsus didaktika» didaktika va biror aniq yo‘nalishdagi fanning maxsus mazmuni o‘rtasida aloqa o‘rnatishga harakat qiladi.
    Maxsus didaktikada e’tibor o‘quv amaliyotining maxsus muammolariga qaratiladi. «Texnik chizmalar» sohasining maxsus didaktikasi «Matematika» sohasining maxsus didaktikasidan ma’lum detallar orqali ajralib turishi kerak.
    Didaktika va metodika (uslubiyat) bir-biri bilan uzviy bog‘liq.
    Metodika deganda ilmiy usullar haqidagi fan tushuniladi. Bu fan didaktining bir bo‘limidir.
    Didaktika «nima» va «nima uchun» o‘qitish kerak degan savollar bilan shug‘ullansa, u bilan uzviy bog‘liq holda metodika esa «qaysi tarzda» va «nimalar yordamida» o‘qitish masalalari bilan shug‘ullanadi. Bunda amaliy usullar tizimi maxsus sohaning mazmuniga bog‘liqligini hisobga olish zarur.
    Boshqacha qilib aytganda, o‘qitish metodikasi – bu turli xil yo‘llar va usullar tizimi bo‘lib, belgilangan maqsadlarga o‘quv-didaktik mate-riallaridan foydalangan holda erishish maqsadida nazariy dars va ins-truktaj paytida qo‘llanadi.
    Didaktika va metodika bir medalning ikki tomonidir; «Nima uchun va nima», ya’ni didaktika «qaysi tarzda va nimalar yordamida», ya’ni, metodikani belgilaydi.
    Misol uchun, nazariy dars o‘qituvchisi «matematika» darsida bosh-qacha usullarni qo‘llaydi, ustaxonada «Eniga yo‘nish» (prodolnaya obtochka) mavzusi bo‘yicha instruktaj berayotgan instruktor esa bosh-qacha usullarni qo‘llaydi. Ikkala hol ham nazariy bilimlarni berish jarayonlaridir
    Ya’ni yaqqol ko‘rinib turibdiki, ularning maqsad, mazmun, qo‘llangan usullari hamda o‘quv-didaktik materiallari va qo‘llanadigan baholash usullari bir biridan farqlanadi.
    Didaktik prinsiplar nazariy dars va instruktaj mazmunlari, usuli va tashkiliga tegishlidir. Didaktik prinsiplar o‘qitish va o‘qish jarayonida qoidalar sifatida qo‘llanish uchun ishlab chiqilgan. Ularni har doim ham bir biridan aniq ajratib bo‘lmaydi. quyidagi prinsiplar qandaydir tushunchalar emas, balki o‘qitish va o‘qish vaziyatlarini samarali tashkil qilish bo‘yicha qoidalar bo‘lib, kasb-hunar ta’limi amaliyotining tajribasiga asoslangan. O‘quvchi o‘zi harakat qilgan paytda eng yaxshi o‘rganadi va o‘zlashtiradi. Shuning uchun o‘quv vaziyati shunday tashkil qilinishi kerakki, o‘quvchi bir necha ish-harakatlar qilishi kerak bo‘lsin.
    O‘quvchilar har bir darsda unumli ravishda faol bo‘lishi lozim, chunki o‘zi nimanidir qilayotgan paytda o‘quvchi bu narsani ongliroq ravishda o‘zlashtiradi va bu bilim xotirasida chuqurroq o‘rnashib qoladi.
    Buning natijasida o‘quvchilar bilimlarni yaxshiroq va chuqurroq o‘zlashtiradi va eslab qoladi hamda ularning qiziqishi ortadi. Ba’zi bir kvalifikatsiyalarga esa, masalan mustaqillik va individual ravishda o‘rganish kabi qobiliyatlarga faqat shu tarzda erishish mumkin xolos. Buning uchun, albatta, instruktor yoki o‘qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
    Nima o‘qitilayotgan yoki o‘qilayotgan bo‘lsa ham, bu narsa albatta amaliyotga taalluqli bo‘lishi shart. Bu o‘quvchilarning o‘qishga ishtiqg‘ini kuchaytiradi, chunki ular kasb-hunar amaliyotida haqiqatdan ham qo‘llaniladigan bilimlarni o‘rganayotganliklarini biladi.
    Nazariy bilimlar doim kasb-hunar amaliyoti bilan bog‘lanishi lozim. Amaliy ta’lim ham o‘z navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning individual o‘rganish-o‘zlashtirishini kuchaytirish uchun o‘quv materialini o‘zlashtirish paytida iloji boricha ko‘proq sezgi organlari ishga solinishi kerak. Bilimlarni iloji boricha ko‘rgazmali va real hayotga yaqin qilib taqdim qilish - bir tomondan tilning tushunarliligini va ta’lim jarayonida audio-vizual vositalardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, u bevosita ish holatida va real obyektlarda o‘qitishni talab qiladi. Dars jarayonida bilimlarni ko‘rgazmali berilsa, o‘quvchilar bu bilimlarni o‘zlashtirishlari osonlashadi va o‘quv jarayoni yanada qiziqarli bo‘ladi. Real obyektlarda o‘qitish doim eng birinchi o‘rinda turishi kerak.
    O‘quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo‘lishi kerakki, o‘quvchilar uni o‘zlarining avvalgi bilimlari bilan bog‘lay olishlari va uni tushunishda qiynalmasligi lozim. Ya’ni o‘quv materialining mazmuni, shuningdek o‘qituvchi va instruktorning tili va fikrlarini ifodalash usuli o‘quvchining bilim saviyasiga mos kelishi lozim, ammo o‘qituvchi ilmiy tildagi terminlardan foydalanmasligi kerak degani emas. (karang: «Ta’limning asosiy qoidalari")
    o‘qituvchi yoki instruktor o‘quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim yaxshi namunalarni tanlashga harakat qilishi kerak. Yaxshi model, amaliyotdan tipik misollar, yaxshi hamda yomon mahsulotlar ham kutilgan darajadagi natijaning sifati qanday bo‘lishi yoki bo‘lmasligini aniq ko‘rsatadi. Berilayotgan bilimlarni o‘rgatish uchun bu bilimlar kerakli miqdorgacha qisqartirilishi lozim. O‘quv materialining hajmi juda kattaligi sababli, undan aynan kasb-hunar vazifalarini bajarish uchun kerakli qismlar tanlab olinishi kerak.
    Kompleks (umumiy) va murakkab topshiriqlar doimo didaktik ravishda osonlashtirilishi lozim, lekin ma’nosi o‘zgarmasligi shart.
    Shuning uchun agar faqat boshlang‘ich bilimlar kerak bo‘lsa, o‘quv materialini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga va nihoyatda ko‘p va keng o‘quv materiali bilan o‘quvchini qiynamaslikka harakat qilish kerak. Tajribali o‘qituvchi murakkab narsalarni oson so‘zlar bilan tushuntira oladi. O‘quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u haqiqiy va ilmiy jihatdan aniq tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo‘lishi kerak, shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material qo‘llanmasligi kerak. O‘qituvchi o‘rgatgan bilimlar albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo‘lishi shart.
    O‘qituvchi o‘rgatgan bilimlarni o‘quvchilar amalda ko‘llay bilishlari kerak. Shuning uchun ham bu bilimlar ko‘llanarli va amaliy vaziyatda sinalgan bo‘lishi zarur. Bunday amaliy vaziyatlar o‘qituvchi tomonidan (eksperiment, tajriba… asosida) yaratilishi lozim.
    Kishi ko‘rgan, eshitgan yoki qilgan narsalar tez unutilishi mumkin. Shu sababli albatta mashqlar o‘tkazish va muammo hamda savollar yechimini topish zarur. o‘qishdagi muvaffaqiyat baholanishi va tan olinishi kerak. Bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida doimiy o‘zaro aloqa bo‘lishini talab qiladi, natijalar esa maxsus «Baholash varaqlari»da qayd qilinishi kerak.Ma’lumki, didaktik prinsiplari bilan bir qatorda o‘qitishning asosiy qoidalari ham bor.
    Ular, umuman olganda, o‘qituvchi faoliyatining yo‘l-yo‘rig‘i sifatida xizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik prinsipini qo‘llab-quvvatlaydi.
    O‘qitishning asosiy qoidalari:

    • Tushunarlidan tushunarsizga.


    • Yaqindan uzoqqa.


    • Osondan qiyinga.


    • Aniqdan mavhumga.


    • Umumiydan xususiyga.


    • Umumlashtirilgandan yakkaga.



    Didaktik xatti-harakatlar deganda biz o‘qituvchining ta’lim jara­yo­ni­ni didaktika va metodika bilimlarini qo‘llash orqali tashkillashtirish xat­ti-harakatlarini tushunamiz.
    Ular o‘zaro bog‘liq va aylanma harakatda amalga oshadigan o‘qitish tadbirlari modeliga asoslangan.
    Ya’ni ular mashg‘ulot jararyonida yoki ish o‘rnida o‘qituvchi to­mo­­nidan muntazam ravishda takrorlanadigan tadbirlarni bildiradi. Ular bi­ror jarayonning barcha elementlarini qamrab oladi, misol uchun aniq bir nazariy darsni yoki instruktajni o‘tkazish uchun «Tayyorgar­lik ko‘­rish-o‘tkazish-Baholash» kabi harakatlar kerak.

    Didaktik xatti-harakatlar quyidagi savollar bilan uzviy bog‘liq:


    1. Kimlar o‘qitadi?
    2. Kimlarni o‘qitish kerak?
    3. o‘qitish orkali qanday maqsadlarga erishish kerak?
    4. Maqsadlarga erishish uchun qanday mazmunlarni o‘qitish kerak?
    5. Nazariy yoki amaliy darsda qaysi usullar yordamida o‘qitish kerak?
    6. Nazariy yoki amaliy dars qanday sharoitda o‘tkazish kerak?
    7. o‘qishni qanday tashkil qilish kerak?
    8. Ko‘zlangan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar qan­day baholanadi?
    Nazariy bilimlarni o‘qitish bo‘yicha quyidagi didaktik xatti-hara­katlarni ko‘rsatish mumkin:
    1. Nazariy dars yoki instruktajga oid dastlabki shart-sharoitlar va tayyorgarlikni baholash.
    2. O‘quv maqsad va o‘quv mazmunlarni belgilash.
    3. Nazariy dars va instruktaj rejalarini ishlab chiqish.
    4. O‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash.
    5. Nazariy dars va instruktajlarni o‘tkazish.
    6. Nazariy bilimlarni baholash.
    Didaktik xatti-harakatlar amaliy qobiliyatlar va ko‘nikmalarni o‘qi­tish sohasida tegishli bosqichlarga bo‘linishi mumkin.

    XULOSA


    0‘quvchi-talabalarda o‘z ustida uzluksiz mustaqil ishlash ko‘nikmasini tarbiyalashda mustaqil ishlashni tashkil etish muhim o‘rin tutadi.
    Mustaqil ishlash talabaning o‘zi tomonidan tashkil etilib, muayyan o‘quv ishlari izchil va uzluksiz ravishda o‘qituvchining rahbarligi va nazorati asosida amalga oshiriladi.
    Mustaqil ishlarning turli shakllari mavjud bo‘lib, ularning bar- chasi talabalarda ijodiy ishlash ko‘nikmasini hosil qilishga qaratil­gan.
    Mustaqil ijodiy izlanishda referat, kurs :shi, doklad yozish alo­hida o‘rin tutadi. 0‘quvchi-talabalardan katta kuch, ijodiy izlanish talab qiladigan hamda bor bilimini yozma ravishda aniq, tushu- narli, mantiqiy izchillikda bayon qilishni talab qiladigan ijodiy mustaqil ish kurs ishi, ilmiy doklad bo‘lib, u 0‘quvchi talabaning naqadar bilimli, mas'uliyatli, o‘z fikrini ifodalashga mohirligini ko‘rsatadi.
    Mustaqil ishlarni bajarishda talabalaming vaqtini to‘g‘ri taqsimlash ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun talabalar bajariladigan ishlarning muhimligi, muddati nuqtayi nazaridan ulami bajarish ketma-ketligini to‘g‘ri belgilash va rejalashtirishni o‘rganishlari zarur.



    Download 137.38 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 137.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishiga qo‘yi!gan bosh talab — fanni chuqur o‘rganishga erishish, ilmiy izlanishga havas uyg‘otish

    Download 137.38 Kb.