• 1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI «O‘ZBEKISTON TARIXI» KAFEDRASI
  • Reja: 1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.
  • 4. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.
  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.
  • Mundarija t/r




    Download 13.19 Mb.
    bet1/116
    Sana28.10.2022
    Hajmi13.19 Mb.
    #28375
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
    Bog'liq
    УУМ ТАРИХ 2022-23 лотинча
    4-kurs ATMDT IAТ АX, 1, 1678992532 (2), Eliboyev Odilbek ilmiy3, k3B4xvjSg5HpEgebXdrrP5syPxgW5Pg1EKU2O0OL, 777-T (1), AXBOROT XATI, 1700027164 (2), 1697292134, 1698394703, Zamonaviy shinalar xususiyatlari QuickPath Interconnect QPI misolida, Jismoniy madaniyat va sport bayramlarini tashkil qilish, yo-nalishga-kirish-mustail-ish, Kitob 9224 uzsmart.uz








    MUNDARIJA



    T/r

    Tarkibiy ko‘rsatkichlar

    Mavjud

    Beti



    1.

    Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari mavzulari (reja, tayanch so‘zlar, iboralar) asosiy matn topshiriqlar

    +

    4

    2.

    Glossariy

    +

    163

    3.

    Ilovalar:










    «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan namunaviy dastur

    +

    171




    «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan ishchi fan dasturi

    +

    184




    Tarqatma materiallar

    +

    201




    Testlar

    +

    207




    Baholash mezonlari

    +

    226




    Qo‘shimcha materiallar

    +

    228




    O‘UM elektron varianti

    +




    4.

    Foydalanilgan adabiyotlar

    +

    234


    1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

    «O‘ZBEKISTON TARIXI» KAFEDRASI


    O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN MA’RUZA MAVZULARI


    TOSHKENT 2022

    1-Mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. (2 soat)
    Reja:
    1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.
    2. Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O‘zbekistonning eng yangi tarixini tutgan o‘rni.
    3. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.
    4. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.
    5. 1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.

    1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.

    Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishida, haqqoniy tarix yozilishida tarix fani predmetining to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq mustaqil fan. Bu uning o‘rganish predmeti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘ladi. U fan sifatida o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosi chiqaradi, ajdodlarimiz yaratgan madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fanining o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish predmetiga Vatanimiz hududidagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyatiga kiradi.
    Aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarni yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun zamon va makon ichidagi aniq tarixiy-madaniy jarayondir.
    Har qanday fan kabi O‘zbekiston tarixi fani ham o‘zining g‘oyaviy nazariy asoslari, ilmiy ta’limotlari, usuli va uslubiy talab va tamoyillarga ega. Bular bu fanning asosini tashkil etib, uning maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqarishga yordam beradi va tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
    O‘zbekiston tarixi fanining ilmiy-nazariy uslublari v uning tamoyillari quyidagilardan iborat:
    Tarixiy hodisa va voqealarni, hujjat va faktlarni ilmiy, xolisona o‘rganish va tahlil qilish;
    tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o‘rganish va tahlil qilish; t
    arixni haqqoniy, tarixiy-falsafiy mantiqiylik asosida o‘rganish va yozish;
    tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida hurmat va ehtirom bilan e’tiborli bo‘lish;
    xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, iste’dodli va qobiliyatli, fidokor va qahramon kishilarning tarixda tutgan o‘rniga alohida e’tibor berish;
    tarixiy voqea va hodisa, hujjat va faktlarning to‘g‘ri va noto‘g‘riligini aniqlashda tarixiy-tanqidiylik usuliga amal qilish;
    tarixni o‘rganishda tarixiy izchillikka amal qilish;
    tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o‘rganish;
    etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya va boshqa fanlarning yutuqlari hamda usullaridan foydalanish;
    tarixni o‘rganishga vorisiylik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiylikka amal qilish.
    O‘zbekiston tarixi jahon tarixi bilan hamda dinlar bilan bog‘liq. Ijtimoiy hayotni dindan ajratib bo‘lmaganidek, tarixni dindan ajratib bo‘lmaydi. Tarixni soxtalashtirmasdan, qanday bo‘lsa, shundayligicha o‘rganish kerak, degan tushuncha hamisha ustuvor bo‘lishi kerak.
    O‘zbekiston tarixi fanining uzviy va mantiqiy davomi sifatida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish xaqida so‘z ketganda, avvalo mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyingi, ya’ni 1991 yildan beri mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon qanday o‘tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini tushunish muhimdir.
    “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, ya’ni O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi.
    “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.
    O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.
    “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va murakkab vaziyatlar tarixini, shuningdek mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yoritishda ilmiy tadqiqotlar olib borishning ilmiylik, tizimlilik, tarixiylik, ob’ektivlik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.
    O‘zbekiston tarixi ko‘hna bo‘lib, olamshumul voqeliklarga juda boy. Mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston tarixi qadim va yaqin ajdodlarimizning hayotiy kechmishlari qanday bo‘lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini holisona va haqqoniy o‘rganadi. Umuman, O‘zbekiston tarixi fani ajdolarimiz hayotida sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni tahlil qilishni, ularning sabablari va mohiyatini, ichki va tashqi omillarini, umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishni ko‘zda tutadi.
    O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi o‘ta muhim masala bo‘lib, u fanning tub ilmiy-nazariy asoslarini tashkil etadi. Ma’lumki O‘zbekiston tarixi sovet davrida eng qadimgi davrdan boshlab 5 ta taraqqiyoi bosqichiga: ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalistik, sotsialistik (kommunistik) jamiyatlarga bo‘lingandi.
    Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar “Yangi tarix”ta’limoti va tarix fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslariga suyangan holda shonli boy tariximizni ilmiy asosdadavrlashtirish sohasida ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritdilar va tarixni sinflar kurashidan iborat, deb tushunish, uni 5 ta formatsiyaga bo‘lishdan batamom voz kechdilar. O‘zbekiston tarixiga oid dastur, darslik, va o‘quv qo‘llanmalari sovet tuzumi davrining soxta, to‘qima materiallaridan butunlay holi qilindi. Ularda O‘zbekiston tarixi shartli ravishda eng muhim davrlarga, o‘zbek davlatchiligi tarixiy davrlariga, xususan, dastlabki davlatlar (qadimgi davrlardan IX asrgacha), IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi, Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi. Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi, O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari, Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati, Sovetlar davri siyosati va Mustaqil O‘zbekiston davlati tarixiy davrlariga bo‘lindi.
    O‘zbekiston tarixi fani uchun tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta. Zotan, manbalar tarixni tilga kiritadi. Manbalar o‘z holatiga ko‘ra, yozma va moddiy ko‘rinishlarga ega bo‘ladi, tariximizning eng qadimgi, ya’ni yozuvsiz zamonlarga oid davrini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnogafik manbalar yordamga keladi.
    Moddiy ashyoviy manbalarga qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan hamma narsalar kirali. Yozma manbalarga esa qoyatoshlarga, sopol, yog‘och, teriga va xokazolarga bitilan qadimgi yozuvlar va kitoblar kiradi
    O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto”dir.
    Tarixiy manbalar davr nuqtai nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi maqomga egadir. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kirsa, ikkilamchi manbaga esa, mana shu birlamchi manbalarning e’lon qilingan nusxalari, kitob holatiga keltirilganlari kiradi.
    Manbalar o‘z holatiga ko‘ra yozma va moddiy ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Yozma manbalar eng qadimgi yozuvlar, bitiklar va kitoblardan iborat. Tariximizning eng qadimgiyozuvsiz zamonlarga oid davrini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga keladi. Bularga qadimgi manzilgohlar, shahar harobalari, qo‘rg‘on qoldiqlari, turmush va xo‘jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat va jang qurollari, turli-tuman ashyolar kiradi. O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. Shuning uchun ham u matematika usulidan keng foydalaniladi. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi. Shu bilan birga tarixiy voqelikning sabab va oqibatlari aniqlanib, shakl-shamoyillari va holati belgilanadi. O‘zbekiston tarixi o‘tmishda ijtimoiy-iqtisodiy hayotining rivojlanishi va tanazzulning sabab va oqibatlarini o‘rganib, ulardan kelajak uchun zarur saboq va xulosalar chiqaradi. O‘zbekiston tarixi insoniyat jamiyatining faqat bir qirrasini emas, balki hamma tomonlarini uzviy bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi.
    Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. SHuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa o‘zining ham shu jarayon ishtirokchisi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. 

    Download 13.19 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




    Download 13.19 Mb.