• Quyidagilar ta’qiqlanadi
  • O`zbеkiston ko`ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi, dastlabki asosiy partiyalarning shakllanishi




    Download 13.19 Mb.
    bet15/116
    Sana28.10.2022
    Hajmi13.19 Mb.
    #28375
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116
    Bog'liq
    УУМ ТАРИХ 2022-23 лотинча
    4-kurs ATMDT IAТ АX
    O`zbеkiston ko`ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi, dastlabki asosiy partiyalarning shakllanishi.
    Siyosiy partiyalarni tuzishva ularning faoliyatko’rsatish prinsiplari

    • ixtiyoriylik

    • a’zolarning teng huquqliligi

    • o’zini-o’zi boshqarish

    • qonuniylik

    • oshkoralik

    Quyidagilar ta’qiqlanadi:Irqiy, milliy, ijtimoiy, diniy adovat va nafratnitarg’ib etuvchi, zo’rlikka va konstitutsiyaviytuzumni ag’darib tashlashga chaqiruvchi siyosiypartiyalar.
    O’zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda.
    1. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston XDPsining "O’zbekiston ovozi", "Golos Uzbekistana" gazetalari va "Muloqot" jurnali nashr etilmoqda.
    2. 1995 yil 18 fevralda O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo’lgan I - ta’sis Qurultoyida uning Dasturi va Nizomiqabul qilindi."Adolat" sotsial-demokratik partiyasining "Adolat" nomli ijtimoiy- siyosiy haftalikgazetasi nashr etilmoqda.
    3. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yana biri-Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995 yil 3 iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sisqurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda.
    4. 2003 yil oxirida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishdan iborat.
    O’zLDP ning «XXI asr» hafatlik gazetasi nashr etilmoqda.
    5. O’zbekiston ekologik partiyasi 2019 yil 8 yanvarda tashkil etildi. Partiyaning maqsadi - atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni tejash biznesi davlat, jamiyat va mamlakatning har bir fuqarosining biznesiga aylanishiga yordam berish
    O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan xodimlarni jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qat’i nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatidi faoliyat ko’rsatmoqda. Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni yanada ko’chaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 1 martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin - qizlar qo’mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy –iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-kizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mexnat jamoalari va turar joylarda ashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotinqizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ishlamoqda.
    1996 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi - "Nuroniy" jamg’armasiga aylantirildi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 300 dan ortiq jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko’rsatmoqda. Shular jumlasiga "Sog’lom avlod uchun" va "Ekosan" xalqaro jamg’armalari, "Mahalla" va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab – kuvvatlash maqsadida "Ulug’bek", "Iste’dod", "Mehr–shafqat va salomatlik", "Bolalar", "Amir Temur", "Alisher Novoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va boshqalar kiradi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekiston fuqarolik jamiyati asoslari shakllantirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish ustuvor vazifa bo’lib turibdi. Ijtimoiy harakatlar Tadbirkorlar uyushmalari Kasaba uyushmalari «Nuroniy» jamg’armasi Siyosiy partiyalar Diniy uyushmalar Ijodiy uyushmalar Jamoatchilik, xayriya va boshqa fondler Xotin-qizlar, yoshlar, bolalar tashkilotlari va h.k. Kasb egalarining palatalari,
    hay’atlari va boshqa korporatsiyalari Nogironlar tashkilotlari Jamoat birlashmalari quyidagi maqsadlarda tuziladi:

    • fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlar va erkinliklarni amalga oshirish va muhofaza qilish;

    • fuqarolarning faolligi va jamoatchilik ishlarini boshqarishda qatnashishinirivojlantirish;

    • kasbiy va havaskorlik qiziqishlarni qondirish; ilmiy, texnik va badiiy ijodni rivojlantirish;

    • aholining sog’lig’ini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma’rifiy, jismoniy – sog’lomlashtirish va sport ishlarini o’tkazish;

    • tabiatni, tarixiy va madaniyyodgorliklarni himoya qilish;

    • vatanparvarlik va insoniylik tarbiyasi;

    • xalqaro aloqalarni kengaytirish;

    • tinchlik va xalqlar o’rtasidagi do’stliknimustahkamlash;

    • qonunda taqiqlanmangan boshqafaoliyatni amalga oshirish.




    Download 13.19 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116




    Download 13.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbеkiston ko`ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi, dastlabki asosiy partiyalarning shakllanishi

    Download 13.19 Mb.