O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar




Download 13.19 Mb.
bet16/116
Sana28.10.2022
Hajmi13.19 Mb.
#28375
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116
Bog'liq
УУМ ТАРИХ 2022-23 лотинча
4-kurs ATMDT IAТ АX, 1, 1678992532 (2), Eliboyev Odilbek ilmiy3, k3B4xvjSg5HpEgebXdrrP5syPxgW5Pg1EKU2O0OL, 777-T (1), AXBOROT XATI, 1700027164 (2), 1697292134, 1698394703, Zamonaviy shinalar xususiyatlari QuickPath Interconnect QPI misolida, Jismoniy madaniyat va sport bayramlarini tashkil qilish, yo-nalishga-kirish-mustail-ish, Kitob 9224 uzsmart.uz
3. O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar.


Mustaqillik sharoitida O`zbеkiston parlamеnti. Oliy Majlisning ko`ppartiyaviylik asosida shakllanishi. Oliy Majlisning tuzilishi, vazifalari va faoliyati. Ikki palatali parlamеnt tuzish to`g`risidagi O`zbеkiston rеfеrеndumi.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.
Oliy Majlis1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladiganbo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament - O’zbekistonRespublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993 yil 28 dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994 yil 22 sentyabrda"O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlishududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatgasaylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi.
1994 yil 25 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. Har birsaylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 25 yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Oliy Majlis 1995- 1999 yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 yil dekabrda saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarda 7 ta subekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20, "Adolat" sotsialdemokratik partiyasidan 11, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi. O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo’lib o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonunxujjatiga 1357 ta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti – Oliy Majlisi 1995-2004 yillarda o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi:

  • O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish;

  • qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

  • parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;

  • shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish;

  • amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o’rgangan holda olib borish;

  • joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkorolik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi.

Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. Birpalatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o’rinni egalladi. Prezident Islom Karimov 2000 yil 25 may kuni ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o’tishni taklif qildi. Darhaqiqat, mustaqillikning o’tgan 10 yili davomida parlamentchilikda demokratik asoslar shakllantirildi, endi bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan edi. 2001 yil 6-7 dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002 yil 27 yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo’lib o’tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 2002 yil 4-5 aprel kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali - quyi va yuqori palatalardan Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi iborat etib tashkil etiladi, deb belgilab qo’yildi. Quyi palata - Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. Ikki palataliparlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarinitayyorlsh ishiga kirishildi. 2002 yil dekabrda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’ninchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordaniborat etib shakllantiriladi. Bu o’zgarishlar 2003 yil aprelda O’zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi Qonunga o’zgartirishva qo’shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikkipalatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslariyaratildi. 2004 yil dekabr – 2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palataliparlamentga saylovlar bo’lib o’tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi.Senatga respublikamizning har bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi.Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O’zbeksiton RespublikasiPrezidenti tomonidan tayinlandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko’ra yashirin ovoz berish yo’li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilov sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker o’rinbosari etib saylandi, qo’mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraktsiyalari tashkil etildi va ro’yx atga olindi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005 yil 27 yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Murod Sharifxo’jaev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek 2 nafarsenator Rais o’rinbosarlari etib saylandi, Senat qo’mitalari tashkil etilib, ularning raislariham saylandilar. Muxtasar qilib aytganda, 2005 yil 27 yanvar kuni ikki palatali parlamenti shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi.

Download 13.19 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116




Download 13.19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar

Download 13.19 Mb.