• 4. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi
  • Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O‘zbekistonning eng yangi tarixini tutgan o‘rni




    Download 13.19 Mb.
    bet2/116
    Sana28.10.2022
    Hajmi13.19 Mb.
    #28375
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
    Bog'liq
    УУМ ТАРИХ 2022-23 лотинча
    4-kurs ATMDT IAТ АX, 1, 1678992532 (2), Eliboyev Odilbek ilmiy3, k3B4xvjSg5HpEgebXdrrP5syPxgW5Pg1EKU2O0OL, 777-T (1), AXBOROT XATI, 1700027164 (2), 1697292134, 1698394703, Zamonaviy shinalar xususiyatlari QuickPath Interconnect QPI misolida, Jismoniy madaniyat va sport bayramlarini tashkil qilish, yo-nalishga-kirish-mustail-ish, Kitob 9224 uzsmart.uz
    2. Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O‘zbekistonning eng yangi tarixini tutgan o‘rni.
    Mustaqillik tufayli O‘zbekistonda milliy, demakki, ma’naviy-ruhiy erkinliklarga keng yo‘l ochildi, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy, madaniy hayotining muhim tarmog‘i hisoblangan, ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan hayotiy muhim omillardan bo‘lgan yuksak ma’naviyatli, dunyoqarashi keng qamrovli, intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish, umuman olganda, ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib kelinmoqda hamda bu borada beqiyos ishlar amalga oshirilmoqda.
    Mustaqil O‘zbekiston davlati hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yib kelmoqda. Ayni paytda, O‘zbekiston tarixi fani, uning mantiqiy davomi bo‘lgan O‘zbekistonning eng yangi tarixi”ni o‘qitish, uning mazmun-mohiyatini ularga tushuntirish orqali, yuksak ma’naviyatli, dunyoqarashi keng qamrovli, intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishdek mas’uliyatli vazifa turibdi. Buyuk shaxslar ta’kidlaganidek, “Yoshlar bilan ishlashda ham yangi yondashuvlar kerak...”. Zero, bugungi yoshlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish hukumatimiz oldiga qo‘yilgan eng oliy maqsadlardandir. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatidagi faoliyatining muhimligi va amaliy ahamiyati, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash va yangilash masalasi bilan chambarchas bog‘liqligida hisoblanadi. Chunki, mamlakat aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Yuqoridagi mulohaza O‘zbekiston yoshlar davlati ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi.
    Yoshlarning bilim olishi, ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-siyosiy faolligi masalalariga zamon talablari asosida e’tibor qaratish lozim.
    Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish va rivojlantirish masalasiga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, yoshlarga oid qonun, qaror va davlat dasturlari qabul qilindi hamda izchil ravishda hayotga tatbiq etilmoqda. Bu siyosatning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan.
    Qonunga ko‘ra, yoshlar masalasi O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning bilim olishi, ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi, ijtimoiy-siyosiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidorining to‘liq ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat. Bu qonunning qabul qilinishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash yuzasidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Maktab ta’limini rivojlantirishning umummilliy dasturi” kabi qator hujjatlar ishlab chiqilishga mustahkam zamin yaratdi.
    Respublika yoshlarini birlashtirib, keng qamrovli faoliyat olib borayotgan yangi shakllangan yoshlar tashkiloti barkamol avlodni tarbiyalashda ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratib berayotgan turli jamg‘armalar faoliyatini ham yuksak baholash mumkin. O‘zbekiston yoshlari mamlakatdagi o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni shakllantirishda asosiy etakchi kuch bo‘lib, ularning intilishlari, muammolari hamda O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishdagi ishtirokini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
    Darhaqiqat, mustaqillik yillari O‘zbekiston yoshlari hayotida tub burilish yasadi. Bu davrda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlangan qonun, davlat dasturlarining qabul qilinishi hamda ularga alohida e’tibor berib kelinayotganligi yutuq va muvaffaqiyatlar garovi bo‘ldi.
    Ilmu ma’rifatli, tarbiyali, yuksak ma’naviyatli, dunyoqarashi keng qamrovli barkamol avlodni tarbiyalash bugungi kundagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish va rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri bo‘lganligi boisdan ham, talabalarga “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani o‘qitilishi bugungi kunning eng muhim dolzarb masalasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
    Shundan kelib chiqib, bugun yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega, bilimli, samarali mehnat qilishga qodir fuqarolar jamiyatning eng muhim boyligi va asosiy kapitali, uni harakatga keltiruvchi kuch ekanligini teran anglash asnosida milliy qadriyatlar, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda yoshlarga ibrat sifatida ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga undaymiz.
    Mamlakatning intellektual va ma’naviy salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko‘paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, aholining yuksak ma’naviy darajasi esa odamlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o‘z huquq va erkinliklarini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish imkonini beradi. 
    Ta’lim tuzilishini modernizatsiyalash, uni demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda. Ta’limni fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur.
    Binobarin, hukumatimiz yoshlar bilan ishlashda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo‘lgan g‘arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha olishiga va munosib o‘rin egallashiga qaratadi.
    Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi”. Ushbu haqiqatni anglash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarurligi ta’kidlangan edi. Saboq beradigan, ogohlikka undaydigan va donolik bag‘ishlaydigan tarix bizlarni o‘sha dahshatli yillardan qanchalik uzoqlashtirgan sayin, urush haqidagi muqaddas tarixiy xotira shunchalik bubk ma’naviy kuchga aylana boradi. Zero, o‘tmish xotirasiga ega bo‘lmagan, o‘z xalqining tarixiy tajribasidan mahrum kishi butunlay tarixiy istiqbolni his qilishdan ayrilib qoladi. Teran va dono bir hikmat bor, o‘z qahramonlarining xotirasini muqaddas bilib e’zozlovchi xalqgina buyuk bo‘lishga, buyukman deb da’vo qilishga munosibdir.
    Xalqimizni o‘z tarixi bilan qurollantirish ma’naviyat va milliy mafkurani shakllantirish sohasidagi kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligi Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan mamlakatning tarixchi olimlari va jurnalistlari bilan o‘tkazilgan suhbat (1998 yil 26 iyun) hamda “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarda (1998) o‘z ifodasini topgan. Zero, “tarix xalq ma’naviyatining asosidir”. Binobarin, mustaqillik sharofati bilan falsafa. tarix, ayniqsa, Vatan tarixini o‘rganish, uning uslubiyatiga, “oq dog‘lari”ga doir masalalar faol muhokama etila boshlandi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi. Ana shunday masalalar sirasiga kiradigan voqelikni xotirlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Barchangiz yaxshi eslaysiz, muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan istiqlolga erishganimizning ikkinchi yili Sharof Rashidovning nomi to‘la–to‘kis oqlandi. O‘sha yili u kishining 75 yilligi yurtimizda keng nishonlandi”, deya ta’kidlaydi.
    Respublikani juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidovdek insonga nisbatan adolatsizlik qilindi. Inson tirik paytida uni ko‘klarga ko‘tarib, vafotidan keyin er bilan yakson etsa, qadrini beobro‘ qilsa, bu o‘zi qanday davlat, qanday jamiyat bo‘ldi, deya hayqirasan kishi. Biroq, afsuski yaqin o‘tmishimizda ana shunday achchiq va achinarli adolatsizlik sodir etildi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev shunday xulosa yasaydi: “Lekin, tarix guvoh, hayotda shunday adolatsizliklar ham bo‘lar ekan. Agar har bir xalq, har bir davlat mustaqil bo‘lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hattoki shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin ekan”. Darhaqiqat, biz yaqin o‘tmishimizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar misolida qo‘lga kiritgan mustaqilligimizning naqadar buyuk ne’mat ekanligini, uning ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab etishimiz, uni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shartligini, sobiq sovetlar hududining ba’zi o‘lkalarida eski tuzumni yana qaytarishga urinishlar bo‘layotgan hozirgi paytda bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmasligimiz, mustaqillikning qadriga etishimiz zarurligini unutmasligimiz lozim.
    Tariximiz, eng avvalo o‘tgan buyuk siymolar xalq orasidan chiqqan shu omma taqdiri bilan hamnafas ajdodlarimiz hayot yo‘lida, ularning Vatan oldidagi benazir xizmatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ana shu buyuk zotlarimizning bebaho merosi hamisha boshimizni baland, qaddimizni tik qiladi, o‘zbek millatining kelajagi buyuk davlat qurishda jahon ayvonida turib, o‘z iymoni, e’tiqodlari, ma’naviy ruhlari bilan qo‘llab-quvvatlab, olg‘a etaklaydi. Mustaqillik bergan buyuk ne’matlardan biri ham shundaki, millatimizni o‘tmishi kamida uch ming yilga borib taqaladigan haqqoniy tarix bilan qurollantirish hamda uzoq va yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk zotlarimizni hotirlab, ularning hurmatini bajo keltirish imkoniyatini berdi. Bu esa, yoshlarni ajdodlarga munosib avlodlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Millat o‘zligini qanchalik chuqur anglasa, o‘zining izzatini, qadr-qimmatini joyiga qo‘ysa, uni boshqalar ham ulug‘laydi, hurmat qiladi. Azaliy qadriyatlarimiz, islom diniga xos qoidalar, qadimiy an’ana va qadriyatlarga sodiq o‘zbek millati o‘zining insonparvarlik g‘oyalari bilan asrlar osha nom qozonib kelmoqda. O‘zbek millatining bugungi kunida yaqqol namoyon bo‘layotgan insonparvarligi keksa yoshdagi ulug‘ kishilarga hurmat, kichiklarga mehr-shafqat, izzat, muhtojlarga xayr-sahovat qilish, ota-ona izmida turish, qarindosh-urug‘ning, qo‘ni-qo‘shnining og‘irini engil qilib, tashvishu-quvonchlariga sherik bo‘lish kabi insoniylik fazilatlari behisobdir. Ana shu ezgu xislatlarga zid qarashlarni o‘zida shakllantirgan xudbinlar, millatfurushlar, xoinlar, qora niyatli kishilar oz bo‘lsa-da, uchraydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, millati uchun qayg‘urgan, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘xtonlardan himoya qilgan, o‘zbek xalqi boy madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib qilishda jonbozlik qilgan insonlarni, millat g‘ururiga aylangan insonlarni ulug‘lash, ularning nomlarini abadiylashtirish bugungi kundagi eng dolzarb masaladir.
    Hozirgi kunda ana shu noyob va mo‘‘tabar inson qoldirgan boy merosning qay darajada saqlanib, avaylanib kelinayotgani, uni har tomonlama o‘rganish, keng omma, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, jahon jamoatchiligiga targ‘ib etish borasida amaliy ishlar faol olib borilmoqda. Vatanimiz kelajagi bo‘lgan barkamol avlodni etishtirish uchun millatimizning har bir vakili o‘z farzandini milliy g‘oyamiz, qadriyatlarimiz, tilimiz, qadimiy tariximiz, madaniy boy o‘tmishimizda chuqur iz qoldirgan buyuk siymolarimizga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash bilan birga jahoniy o‘zigagina xos bo‘lgan insonparvarlik, baynalmilallik, samimiylik va bag‘rikenglik ruhida ham ta’lim va tarbiya berishimiz, bugungi kunda har qachongidan ham zarurroqdir.
    Dunyodagi har qanday millatning o‘zigagina xos milliy qiyofasini namoyish etadigan, belgilab turadigan xususiyatlari bo‘ladi: davlati, tili, dini, urf-odatlari, qadriyatlari, madaniyati, musiqasi, san’ati, mashhur shaxslari, ruhiyati, iftixor tuyg‘usi... Nazarimizda milliy g‘oya tushunchasi millatga xos bo‘lgan, hozir sanab o‘tilgan xususiyatlar zaminida shakllanadi, muayyan bir qolipga tushadi, uning tarixini shakllantiradi.
    Bugunga kelib dunyoda o‘ziga yarasha yuksak salohiyati, benazir nufuziga mos ravishda o‘rin egallayotgan mustaqil O‘zbekiston atalmish davlat bor ekan, bu yurtda ana shu nomga munosib millat yashamoqda. Bu yurtda uning ota-bobolari, avlod-ajdodlari, buyuk zotlari yashab o‘tgan. Dunyoda millatlar ko‘p, ular ichida buyuk tarixiy o‘tmishga ega bo‘lgan o‘zbek millati ham bor. Jahon ahli O‘zbekistonga qarab, bizning millat sifatidagi qiyofamizni, millatimizga xos bo‘lgan bag‘rikengligimizni ko‘radi.
    Xalqimizning otashqalb farzandi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 mart kuni “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarorga imzo chekdi. Hamda mazkur yubiley tantanalari yuqori saviyada nishonlandi. Bu bilan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning inson xotirasi va uning qadr-qimmatiga ehtirom ko‘rsatishdek o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda.
    Shu munosabat bilan tarixni dohiylar emas, balki ongli va bunyodkor inson, xalq yaratishi haqidagi fikrlar yangicha mazmun va falsafiy ruh bilan bayon qilindi. Haqiqatdan ham, tarixni xalq yaratadi, uni yaratishda faol qatnashgan, xalq ruhida, ongida va qalbida o‘zlaridan chuqur va o‘chmas iz qoldirgan tarixiy shaxslar ham xalq farzandlaridir. Shu sababli tarixchi mutaxassislar ramziy ma’noda tarixni uni yaratgan va yaratayotgan xalqning tarjimai holiga qiyoslashadi. Shuning uchun ham qadimgi tarix, o‘rta asrlar tarixi, zamona tarixi kabi iboralar ishlatiladi. Bular yaxlit holatda Vatanimiz tarixini anglatadi.
    Ma’lumki, xalqimiz o‘zining ming yilliklar mobaynida shakllangan adolatparvar siyosati, ma’naviy barkamol milliy davlatchilik an’analari bilan jahon davlatchiligi va siyosati taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
    Xalq o‘z tarixini asosan o‘z davlatini qurishdan boshlab yaratishga kirishadi. Ma’lumki, turkiy tilli xalq o‘z tarixida ko‘plab buyuk va shavkatli saltanat qurgan xalqdir. Olis o‘tmishimizga nazar tashlab, uning butun borlig‘ini jamlab baholar ekanmiz xalqimizning voqealarga boy ko‘p ming yillik tarixi davomida ko‘p sinovlarni boshidan kechirganligi, madaniyat, ilm-fan, o‘z davlatchiligi yutuqlaridan bahra olganligiga amn bo‘lamiz. SHu bilan birga, tarixning o‘yini ham, omonsiz jangu jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog‘ tushira olmaganligini teran anglaymiz.
    Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, Vatan uchun iftixor, g‘ururlanish va shu singari boshqa tuyg‘ular yana bir bor cho‘qqiga ko‘tarildi, xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy faolligi o‘sib bordi, bu esa yangidan-yangi yutuqlar garoviga, kuch-qudrat manbaiga aylandi, intellektual salohiyatni yuksaltirdi. Shuningdek, o‘tmishdagi buyuk zotlarimiz, Vatanni bosqinchilardan himoya qilgan, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur vasiyatlari va o‘gitlarini hamda qoldirgan ulkan ma’naviy merosidan o‘rnak va ibrat olishga hamda tariximizni haqqoniy o‘rganishga, unga munosib baho berishga imkon yaratildi.
    Bu imkoniyat tufayli mamlakatimizda buyuk zotlarning tavallud to‘ylari har yili keng nishonlanib kelinmoqda. Darhaqiqat, buyuk zotlarni chuqur anglash, o‘rganish asnosida milliy qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yangidan yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda voyaga etayotgan kelajagimiz bo‘lgan yoshlarga ibrat va namuna sifatida ko‘rsatamiz, buyuk zotga munosib bo‘lishga astoydil undaymiz.
    Inson xotira bilan tirik, qadri bilan ulug‘.Osmonimiz musaffoligi, el yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz dahlsizligi yo‘lida fashizmga qarshi mardlarcha kurashib, Vataniga, xalqiga, Harbiy qasamyodiga sodiq qolib mardlik namunalarini ko‘rsatgan Vatan fidoyilari xotirasini yod etib, ezgu ishlarni davom ettirish xalqimizga xos fazilatdir. Mard va jasur ota-bobolarimiz dunyodagi ezgu niyatli xalqlar qatorida bu mudhish urushda chinakam qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. Ularning so‘nmas jasorati mana, 75 yildirki, biz uchun mardlik maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
    Mard va jasur ota-bobolarimiz dunyodagi ezgu niyatli xalqlar qatorida bu mudhish urushda chinakam qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. Ularning so‘nmas jasorati mana, 75 yildirki, biz uchun mardlik maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
    Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning
    75 yilligini munosib nishonlash, Ikkinchi jahon urushi va mehnat frontida ishtirok etgan mo‘tabar faxriylarimizga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yosh avlod ongida eng katta, bebaho boylik –tinchlikni asrab-avaylash hissini qaror toptirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek fashizmga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish hamda barcha faxriylarga hurmat ko‘rsatish zarurligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida ta’kidlanib, “Vatandoshlarimizning urush yillarida jang maydonlarida ko‘rsatgan jasorati, front ortidagi fidokorona mehnati, mamlakatimiz yoshlari uchun mardlik, matonat va olijanoblik hamda Vatanga muhabbat fazilatlarining yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi”, dedi. Zero, fashizm ustidan erishilgan ulug‘ G‘alaba, eng avvalo, ona- Vatan muhofazasiga bardosh bera oladigan muqaddas va yengilmas kuchning tantanasi bo‘lib, u osonlik bilan qo‘lga kiritilgan emas. U millionlab begunoh insonlarning yostig‘ini quritdi. Bugun yoshlarga o‘tgan urushning saboqlaridan xulosa chiqarib, uning butun azobu-uqubatlari, dahshatu mashaqqatlari haqida gapirib berish kerak. Toki, ular tinchlik naqadar bebaho ne’mat ekanligini, el-yurt tinchligi, sarhadlarimiz dahlsizligi yo‘lida kuyib, yonib yashash kerakligini, mardlik namunalarini ko‘rsatgan Vatan fidoyilari xotirasini yod etib, ezgu ishlarni davom ettirish muqaddas burch ekanligini yaxshiroq va teranroq anglab yetsinlar.
    Buyuk ajdodlarimizni teran anglash, chuqur o‘rganish asnosida milliy qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yangidan yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda kelajagi porloq bo‘lgan yoshlarga ibrat va namuna sifatida ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga astoydil undaymiz. Asrlar osha, dovonlar osha kelayotgan bu ma’naviy boylikning umri boqiydir. Bag‘rikeng xalqimizning qadriyatlari – tinchlik, ma’rifat, yuksak ahloq-odob ifodachisi sifatida vaqtlar o‘tgan sayin, zamonlar kechgan sayin yulduzdek yarqirab, chiroy ochaveradi, kelajagi buyuk bo‘lgan yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda muhim omil sifatida xizmat qilaveradi. Bu haqiqatni chuqur anglagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “...har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O‘zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan engib o‘tishga qodir”.Zero, ajdodlarimizning bebaho tarixiy merosi – abadiyatga daxldor ma’naviy xazina ekanligini chuqur anglansa, tarixiy xotiramiz qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihatlikda yurt taraqqiyoti yo‘lida beqiyos o‘rni va ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Shu bois, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
    O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yoshlarga nisbatan alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga oid davlat siyosati izchil ravishda amaliy hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Bu siyosatning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan.
    O‘zbekiston davlati hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yib kelmoqda. Bu borada yoshlarning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish maqsadi qo‘yilgan. SHu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatidagi faoliyatining muhimligi va amaliy ahamiyati, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash va yangilash masalasi bilan chambarchas bog‘liqligida hisoblanadi. Chunki, mamlakatda yoshlarning aholi tarkibidagi salmog‘i 60,0 foiz foizdan yuqorini tashkil qiladi. Mazkur mulohaza O‘zbekiston yoshlar davlati ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi.
    Yoshlarning bilim olishi, ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ushbu jarayonlar, ya’ni O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, yuksak bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli va bu borada to‘plangan tajriba bilan xalqaro hamjamiyatni keng tanishtirish maqsadida ko‘plab xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbekistonda Ta’lim sohasini isloh qilish, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash bo‘yicha 1997 yil amalga oshirilgan, dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, katta ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, O‘zbekistonda zamonaviy ilm-fanni puxta egallagan raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ta’lim-tarbiya ishlarini tubdan o‘zgartirish, xalqaro tajribalar asosida ta’lim sifatini yangilash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xususan, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari belgilab berilgan bandlarida, jumladan, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash; ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish; ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish”ga alohida ahamiyat qaratilgan. Shu bois, O‘zbekistonda milliy ta’lim-tarbiya sohasiga jiddiy e’tibor berilib, ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar qilish va erishilgan natijalarni tahlil etgan holda, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim o‘rin tutadi.
    Bugungi kunda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega, bilimli, samarali mehnat qilishga qodir fuqarolar jamiyatning eng muhim boyligi va asosiy kapitali, uni harakatga keltiruvchi kuch ekanligini teran anglash asnosida milliy qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda yoshlarga ibrat sifatida ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga undaymiz.
    Ta’lim tuzilishini modernizatsiyalash, uni demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda. Ta’limni fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur.
    Yoshlar bilan ishlashda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo‘lgan g‘arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha olishiga va munosib o‘rin egallashiga qaratadi.
    Bugungi hayotimizni Internet, kompyuter tarmog‘isiz tasavvur etib bo‘maydi. Axborot texnologiyalari tufayli uzog‘imiz yaqin, mushkulimiz oson bo‘lmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda yoshlarning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev shunday deydi: “Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu so‘zlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo‘ladi. Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligini va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda”. Binobarin, hukumatimiz bunday yoshlarni tarbiyalash va ular bilan ishlashda, istiqbol rejalarini tuzishda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo‘lgan turli ko‘rinishdagi ijtimoiy illatlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha olishiga qaratadi.
    Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, Vatan uchun iftixor, g‘ururlanish va shu singari boshqa tuyg‘ular yana bir bor cho‘qqiga ko‘tarildi, xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy faolligi o‘sib bordi, bu esa yangidan-yangi yutuqlar garoviga, kuch-qudrat manbaiga aylandi, intellektual salohiyatni yuksaltirishga imkon yaratildi.
    XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar qo‘llanilishi natijasida mamlakatning intellektual va ma’naviy salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko‘paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma’naviy darajasi esa insonlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o‘zligini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish imkonini beradi. Mazkur fanning o‘qitilishi jarayonida talabaga fan bo‘yicha mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlarni, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;
    O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
    Shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo‘lishi kerak. Bu o‘z navbatida, yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirib, komil inson bo‘lib etishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy vazifa O‘zbekiston tarixi fani, uning mantiqiy davomi bo‘lgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo‘yicha yosh avlodni millatning dardiga darmon bo‘ladigan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan komil, o‘z Ona yurti bilan g‘ururlanadigan inson qilib tarbiyalashdan iborat.
    3. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar.
    Ma’lumki, XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston sovet davrining “qayta qurish” davrlarini boshidan kechirdi, jumladan, bu davrga kelib, sobiq Ittifoqning qurollanish poygasi sohasida AQSHga tenglashish, lekin mamlakatda inson huquq va erkinliklarining mavjud emasligi, fuqarolarni qonunlar o‘rniga yakkahokim partiya qarorlari boshqarishi, qayta qurish davrida esa e’lon qilingan demokratik qadriyatlarning qog‘ozlarda qolib ketganligi, millatlararo to‘qnashuv va qirg‘inlarning avj olishi, oziq-ovqat taqchilligi va ekologik halokatlarning boshlanganligi kabi muammolar kelib chiqdi. Sovetlar davrida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida etilgan ziddiyatlar va muammolarni hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarini erkinlashtirish bilan qiyosiy taqqoslash yaqin o‘tmishda xalqimiz boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar mohiyatini ochib berishga yordam beradi.
    O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.
    1985 yil aprelda bo‘lib o‘tgan Markaziy Komitet Plenumida “sotsializm” va “kommunizm” to‘g‘risidagi safsata va yolg‘ondan iborat “nazariya” va “g‘oyalar”ning turg‘unlik holatiga kirib qolganligini, kommunistik partiya strategiyaviy faoliyatining pirovard yakuniy inqirozi ekanligi ta’kidlandi. Bu jarayonning sabablari quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
    Birinchidan, 70 yildan ortiq vaqt mobaynida sovetlar davrida amal qilib kelgan kommunistik partiyaning yakkahokimlikka asoslangan ma’muriy-buyruqbozlik ish yuritish uslubi hayot sinoviga bardosh bera olmadi. Davlatning asosiy siyosiy negizini tashkil etuvchi “sovetlar” endi amalda ikkinchi darajali qo‘g‘irchoq rasmiy bir tashkilotga aylanib qolgandi. Davlatning taqdirini hal etuvchi kuch KPSS, uning Markaziy qo‘mitasi, Siyosiy byurosi edi. Ichki va tashqi siyosatga oid barcha masalalar, yillik va besh yillik rejalar, kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yishlargacha dastlab KPSS MK Siyosiy Byurosida hal bo‘lardi va so‘ng sovetlarning mas’ul organlari uni shunchaki tasdiqlar edi. Ish shu darajaga borib etgandiki, partiya safidan chiqarilgan xodim o‘z ish vazifasidan ketishi u yoqda tursin, u albatta jazolanar edi. Kommunistik partiyaning yakkahokimlikdan iborat ish uslubi shaxsga sig‘inishidan iborat ijtimoiy-siyosiy hodisalarni keltirib chiqarib qolmasdan, ayni paytda sovetlar jamiyatining ichdan emirilishini tezlashtirgan omillardan bo‘ldi.
    XX asrning 80-yillari o‘rtalarida respublikada o‘zboshimchalik va qatag‘onlarning yangi davri aniq-ravshan ko‘rinib qoldi. Endi ijodiy ziyolilargina emas, balki asosan ilmiy ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo‘lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bo‘g‘ib kelayotgan, mavjud ijtimoiy-itisodiy tizimning yaramas va umidsizligini tobora tushunib borgan milliy ziyolilar ham ta’qib ostiga olindi.
    O‘zbek xalqining istiqloli va mustaqilligi to‘g‘risidagi fikr hech qachon, hatto totalitar tizim “gullab yashnagan” davrda ham O‘zbekiston milliy ziyolilarining miyasidan nari ketmagan o‘zbek xalqi istiqlol va mustaqillikka erishish uchun garchi oshkora ravishda bo‘lmasa ham, doimo kurash olib borgan.
    Tish-tirnog‘i, joni va qoni zo‘ravonlikdan iborat bo‘lgan tizim yangi narsalarning hammasiga, xalq orzu qilib, dilida saqlab kelgan narsalarning barchasiga jon-jahdi bilan qarshilik ko‘rsatar edi. Bu tizimning mafkurachilari o‘zlarining tamomila nochorligi va mahkumligini sezib, “gaykalarni qattiqroq burashdek” necha qayta sinab ko‘rilgan yo‘lga kirdilar va O‘zbekistonni yangi qatag‘onlar maydoniga aylantirdilar.
    Markaziy partiya-sovet apparati cheklanmagan oliy hokimiyatni saqlab qolishga urinib, xalqning taqdirini bundan keyin ham hal qilib borish uchun O‘zbekiston rahbariyatining mavjud ijtimoiy-siyosiy tartibotini o‘zgartirish va respublikaning milliy mustaqilligini qaror toptirish zarurligini tushungan muxolif kayfiyatdagi qismini shu respublika oliy partiya organlarining qo‘li bilan badnom qilishga, ularga tuhmat toshlarini yog‘dirishga urindi. Respublikaga har xil yugurdaklar yuborildi, ular partiya, sovet va sud organlarida muhim o‘rinlarni egallab, chinakam terrorni avj oldirdilar. “Paxta ishi” degan ish to‘qilib, maydonga olib chiqildi. Bu ish biroz vaqt o‘tib, ayniqsa markaziy matbuotda kishining izzat-nafsiga teguvchi “o‘zbek ishi” degan nom bilan ataldi. YUqoridan maxfiy topshiriq bilan yuborilgan Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi guruh bir necha yuz minglab halol kishilarni va umuman respublikani badnom qila boshladi. CHunonchi, o‘zbek xalqining baxti-saodati yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatgan, o‘sha yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Birinchi sekretari bo‘lgan SH.R.Rashidovning nomi bilan badnom qilindi, u bilan birgalikda esa butun respublikaning sha’ni-shavkati va qadr-qimmati qoralandi. Markazda g‘ayri tabiiy ravishda tug‘ilgan fikr respublikada uning itoatkor ijrochilari bo‘lgan SH.R.Rashidovdan “ranjigan” kishilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ular markazdan kelgan jazo komandasi bilan mahkam aloqada bo‘lib, ko‘pgina halol va vijdonli kishilarni “fosh qilish” bilan shug‘ullandilar va ularning qamoqqa olinishiga erishdilar. Buning natijasida talaygina insonlar taqdirining qaddi bukildi.
    Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi. Bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur ekanligini chuqur anglagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bu mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olish arafasida, ya’ni 2016 yil 18 noyabrda Jizzax viloyati saylovchilar vakillari bilan uchrashuvdagi nutqida: “Hech shubha yo‘qki, Sharof Rashidov nomini o‘zbek xalqi tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sharof Rashidov o‘z xalqiga va Vataniga fidoyi farzand edi”, dedi va shu bilan birga “...O‘zbekistonni juda murakkab va og‘ir yillarda boshqargan, yurtimiz sha’niga ham, o‘z nomiga ham gard yuqtirmasdan o‘tgan kamtarin va donishmand davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning shaxsiga nisbatan turli bo‘htonlar uyushtirilganida ham bunday nohaqlikdan yurak-bag‘ri ezilgan, lekin unga bosh egmagan Jizzax elining sabr-bardoshi va matonati oldida ta’zim qilsak, arziydi”, deyish bilan uning respublikaga qariyb chorak asr etakchilik qilgani, o‘z davrining farzandi ekanligi, mavjud tuzumga sadoqat bilan xizmat qilgani, ammo, shunday odam dunyodan ko‘z yumganida o‘zi umr bo‘yi himoya qilgan,sodiq bo‘lib xizmat qilgan tuzum unga xiyonat qilgani, misli ko‘rilmagan shakkoklik bilan uning xotirasini tahqirlab, jasadini ko‘chirganliklari, oila a’zolari va qarindosh-urug‘larini ta’qib etganliklari, “Rashidovchilik” degan soxta iborani o‘ylab topib, uning xotirasini yomonotliq qilganliklarini ham ta’kidlab o‘tdi.
    Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi. Ana shunday masalalar sirasiga kiradigan voqelikni xotirlab, Prezident Shavkat Mirziyoev: “Barchangiz yaxshi eslaysiz, muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan istiqlolga erishganganimizning ikkinchi yili Sharof Rashidovning nomi to‘la–to‘kis oqlandi. O‘sha yili u kishining 75 yilligi yurtimizda keng nishonlandi”, deya ta’kidlaydi.
    Biroq, kommunistik mafkura yakka hokimligi sharoitida mazkur masalalarni to‘liq hal etish mumkin emasdi. Mustabid tuzum milliy o‘zlikni anglash jarayoniga tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatar, jamiyatdagi mavjud ziddiyatlar, nuqsonlar, illatlar aslida mustabid sovet tuzumi, kommunistik mafkura yakkahokimligi tufayli yuzaga kelayotganini yashirishga, niqoblashga urinar edi. Respublikani juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovdek insonga nisbatan adolatsizlik qilindi. Inson tirik paytida uni ko‘klarga ko‘tarib, vafotidan keyin er bilan yakson etsa, qadrini beobro‘ qilsa, bu o‘zi qanday davlat, qanday jamiyat bo‘ldi, deya hayqirasan kishi. Biroq, afsuski yaqin o‘tmishimizda ana shunday achchiq va achinarli adolatsizlik sodir etildi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoev shunday xulosa yasaydi: “Lekin, tarix guvoh, hayotda shunday adolatsizliklar ham bo‘lar ekan. Agar har bir xalq, har bir davlat mustaqil bo‘lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hattoki shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin ekan”. Darhaqiqat, biz yaqin o‘tmishimizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar misolida qo‘lga kiritgan mustaqilligimizning naqadar buyuk ne’mat ekanligini, uning ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab etishimiz, uni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shartligini, sobiq sovetlar hududining ba’zi o‘lkalarida eski tuzumni yana qaytarishga urinishlar bo‘layotgan hozirgi paytda bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmasligimiz, mustaqillikning qadriga etishimiz zarurligini unutmasligimiz lozim.
    Xalqimizning otashqalb farzandi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 27 mart kuni “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarorga imzo chekdi. Avvalroq Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq Jizzax viloyati Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berilgan edi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida davlat arbobi va yozuvchi xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi va haykali o‘rnatildi. Fuqarolar, ayniqsa, yosh avlodni atoqli davlat arbobi va adib SHarof Rashidovning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Jizzax shahrida uning memorial uy-muzeyi tashkil etilib, muzey hududi obodonlashtirildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan adibning “Saylanma” kitobi, Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobi chop etiladi. Shuningdek, Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi. Shuningdek, “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni” mavzuida ilmiy konferensiya o‘tkazish, oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida xotira tadbirlari tashkil etish rejalashtirilgan. Noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax va Toshkent shaharlarida SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi nishonlash tadbirlari o‘tkaziladi. Bu bilan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning inson xotirasi va uning qadr-qimmatiga ehtirom ko‘rsatishdek o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Darhaqiqat, otashin xalq farzandi, buyuk shaxs SHarof Rashidov o‘zbek xalqi uchun, uning bax-saodati uchun katta ishlarni amalga oshirdi. Uning bu xizmatlari xalq qalbidan hech qachon o‘chmaydi.
    1983 yil fevralda KPSS MQ Siyosiy byurosi qarori bilan O‘zbekistondagi paxtachilik sohasidagi suiiste’molchiliklarni tekshirish uchun Bosh prokuratura xodimlari T.Gdlyan va N.Ivanov boshchiligida komissiya tuzildi. Ular shu yil 25 apreldan ish boshladi. Bu tekshiruvlar “paxta ishi” nomini oldi. Markaz tergov guruhi tomonidan respublikada 1978-1983 yillarda sodir bo‘lgan 780 ta qo‘shib yozish, o‘zlashtirish va poraxo‘rlikka doir 780 ta ish tergovdan tugal ravishda o‘tib sudlarga yuborildi, 4 ming kishi, jumladan 600 ta rahbar xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Hukm etilganlar orasida O‘zbekiston paxta tozalash sanoatining sobiq vaziri, uning 5 ta o‘rinbosari, vazirlik boshqarmalari boshliqlari, viloyat boshqarmalarining boshliqlari, hokimiyat tarmog‘ining yuqori vakillari – 2 ta O‘zKP MQ sobiq kotibi, 400 ta mahalliy sovetlar deputatlari, 8 ta SSSR va respublika Oliy Soveti deputatlari, respublika vazirlar kengashining sobiq raisi, 6 ta ichki ishlar vazirligi generallari bor edi.
    1985 yilda “paxta ishi” bo‘yicha 2272 kishi ustidan 338 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 213 tasi kolxoz raislari va sovxoz direktorlari, 49 tasi paxta tozalash zavodi direktorlari, 13 tasi partiya va sovet organlari xodimlari bo‘lgan.
    “Paxta ishi” bo‘yicha paxtachilikka aloqasi bo‘lmagan soxa vakilari ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. Hatto, maktab o‘qituvchilarini ham paxta ishi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish holatlari yuz bergan. 1982 yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 27-maktab o‘qituvchilari To‘raev, Sultonov, Ahmedov, Raximov, Ismoilov, Qayumov, Po‘latovlar paxtaga qo‘shib yozish bo‘yicha to‘lov vedomostlariga imzo qo‘yganlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.
    1986 yil 1 yanvar holatiga “paxta ishi” yuzasidan ochilgan 110 ta jinoiy ish tugallanib, bu bo‘yicha aybdor deb topilgan 679 kishi ustidan sud qarori e’lon qilingan. 679 nafar sudlanganlarning 363 tasi KPSS a’zosi, 14 tasi VLKSM a’zosi, 37 tasi esa ilgari sudlanganlar bo‘lgan. Ushbu ko‘rilgan ishlar 40 ta kolxoz, 25 ta sovxoz, 45 ta paxta tozalash zavodlari va paxta qabul qilish punktlarida sodir etilgan. Sudlanganlarning 53 nafari Ittifoq ordenlari bilan, 97 nafari medallar bilan taqdirlanganlar va 21 nafari mahalliy Sovet xalq deputatlari bo‘lgan.
    Albatta, “paxta ishi” – bu KPSSning so‘nggi bor o‘zini saqlab qolishga intilishi, totalitar rejimni sog‘lomlashtirishga urinishi edi. Lekin vaqt boy berilgan, sovet jamiyati endi eskicha yashashni xohlamay qo‘ygan edi. Dissidentlar, g‘arb tashviqoti, axborot urushlari SSSRni ichidan emirib bo‘lgan edi. Bu davrda amalga oshirilgan partiya siyosati, hukumatning bu sohadagi chora-tadbirlari o‘z samarasini bermadi. O‘zbekiston SSR bu davrda ijtimoiy jihatdan ancha orqada qolgan mintaqa sifatida qoldi.
    O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.
    “Paxta ishi”ning chindan ham mavjud bo‘lgan kamchiliklar va hatto jinoyatlarni ochib tashlashga yordam berganligini aytib o‘tmaslik adolatdan bo‘lmaydi, lekin bu narsaning o‘zbek xalqiga hech bir aloqasi yo‘q edi.
    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan “paxta ishi”ning tamomila sharmandasi chiqdi, gunohsiz ozor chekkan necha minglab kishilar oqlandi va haq-huquqlari tiklandi.
    4. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.
    Sovet hukumati xalqning real daromadlarini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, tibbiy xizmat va sog‘likni saqlash sohasidagi imkoniyatlarini yarata olmadi. Xolbuki bu davrda AQSHda bir yilda bitta maktab o‘quvchisiga 3386 dollar, Angliyada 2285 dollar sarflangani holda SSSRda 257 rubl sarflangan, bog‘cha tarbiyalanuvchisiga AQSHda 3000 dollar, YAponiyada 11 000 dollar saflangani holda SSSRda 533 rubl mablag‘ ajratilgan. Bu ko‘rsatkich ittifoq bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar bo‘lib, O‘zbekistondagi ahvol o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham past edi.
    O‘zbekistonda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi texnikasi va hatto to‘qimachilik maxsulotlari import qilina boshladi. Natijada, import eksportdan ikki barobarga oshib, sut, go‘sht, tuxum va baliq va boshqa iste’mol mahsulotlari aholi jon boshiga ittifoqdagi o‘rtacha me’yorning yarmini tashkil qildi. Markaz tomonidan aholini asosiy iste’mol mollariga bo‘lgan ehtiyojini qondirolmaganligi oqibatida qora bozor O‘zbekiston umumiy savdo aylanmasining 20 foizini tashkil qildi. Vaholanki, qora bozorda mahsulotlar ancha baland narxda sotilgan, ushbu hol aholi turmush darajasining pasayishiga olib kelgan omillardan biri edi. O‘zbekistonda 1975 yilda kishi boshiga go‘sht va go‘sht maxsulotlari iste’moli 31 kg, sut va sut mahsulotlari 165 kg, tuxum iste’moli 93 dona, baliq iste’moli 4,0 kg ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1990 yilga kelib bu ko‘rsatkich mos ravishda go‘sht va go‘sht mahsulotlari bo‘yicha 32 kg, sut va sut mahsulotlari bo‘yicha 210 kg, tuxum 120 dona, baliq 4,9 kg ni tashkil etdi.
    Sovet imperiyasining mustamlakachilik siyosati tufayli yillar osha mustahkamlanib borgan paxta yakkahokimligi Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham tabiat muvozanatining buzilishiga, suv manbalari - daryolar o‘zanlarining kamayib ketishiga sabab bo‘ldi. Tabiat muvozanati buzilib, er, suv, havoning zaharlanishi inson naslu nasabiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir etib, jismoniy va hatto ma’naviy barkamol kishilar paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘ldi. Bu sohadagi salbiy illatlar, turg‘unlik hodisalari va buzilishlar 70-80-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda yanada kuchaydi.
    Ittifoqning bir guruh taniqli olimlari L.I. Brejnevga yo‘llagan xatida O‘rta Osiyoda yangi o‘zlashtirilayotgan erlarni sug‘orishda suv taqchilligining oldini olish uchun Sibir daryolarini O‘rta Osiyoga burish taklifini bildirganlar. Xatda keltirilishicha, agar mintaqadagi suv resurslaridan foydalanish shu darajada davom ettirilsa, 1980 yilda Sirdaryoning, 1985 yilga borib esa Amudaryoning suvlari to‘la sug‘orish uchun olinishi haqida ogohlantirilgan. Lekin, bu o‘rinli taklif ham Ittifoq rahbarlari tomonidan e’tiborga olinmagan.
    XX asr oxiriga kelib Quyi Amudaryo hududidagi ekologik fojianing salbiy oqibatlari ma’muriy-buyruqbozlik tizimining nuqsonlari bilan uyg‘unlashgan holda yuzaga keltirgan “nosog‘lom muhit” katta ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘dirdi:
    Birinchidan, dengiz sathining pasayishi va u bilan bog‘liq holda 3 mln. gektardan ortiq erlarning sahrolarga aylanishi bu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiena va tibbiy-biologik holatlarning yomonlashuviga bilan birga, ekologik nuqtai nazardan atrof-muhitning ifloslanishi va iqlimning o‘zgarishiga ham sabab bo‘ldi. Jumladan, hudud iqlimining kontinentalligi yanada keskinlashdi. YOz faslida issiqlik 2 darajaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qishdagi harorat 2 darajaga pasaydi. CHunki shimoldan va boshqa tomonlardan keladigan har xil oqimlarni to‘sib turish uchun dengiz suvi endi ma’lum ma’noda yo‘qolgan edi. Natijada, sovuq kunlar erta tushib, kuzdagi hosillar, xususan paxta va boshqa ekinlar ayrim hollarda pishmay qoladigan bo‘ldi. Buning natijasida Qoraqalpog‘iston va xorazmlik dehqonlar kuzni bexavotir kuta olmaydigan bo‘lishdi. Hatto, ayrim sho‘ro olimlari bu hududning ob-havosi kelajakda CHelyabinskdagidek bo‘ladi, deb ta’kidlay boshlashdi. Lekin, bu holat markazdagi rahbariyatni qiziqtirmadi. Paxta etishtirish muttasil oshib bordi.
    Ikkinchidan, suvning ko‘p miqdorda sarflanishi, suvdan foydalanishning va erlarni o‘zlashtirishning ilmiy jihatdan asoslanmaganligi, qishloq xo‘jaligining ekstensiv rivojlanishi kabi omillar uyg‘unlashgan holda ekin maydonlarining sho‘rlanishiga, juda katta ekin maydonlarining yaroqsiz holga kelishiga olib keldi va xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy talafot etkazdi.
    Uchinchidan, Orol dengizining 3 mln.gektardan ortiq qurigan o‘zani tuz ko‘tarilishining o‘chog‘iga aylandi. Tuz changlarini 15 km balandlikka ko‘taruvchi va 200 km kenglikda harakatlantiruvchi kuchli bo‘ronlar vujudga kela boshladi. Har yili atmosferaga 150 mln. tonna tuz changgi ko‘tarilib, 800 km uzoqlikka etib boradigan bo‘ldi. Havodagi tuz miqdori 5-12 % ga etdi. Bu holat qumlik maydonining kengayishiga, to‘qayzorlar, turli o‘simliklar, qushlar va hayvonlar turlarining yo‘qolishiga olib keldi. SHuning ta’sirida yaylovlarning tabiiy potensiali keskin pasayib, taxminan 5 mln. tonnaga yaqin qimmatli ozuqabop o‘simliklar yo‘qotildi.
    80-yillar oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi va ularning aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi bilan elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoiy inson O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi.
    I.Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish ishga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktyabrda O‘zSSR Oliy Soveti tomonidan “O‘zbekiston SSR davlat tili to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun 30 moddadan iborat bo‘lib, u o‘zbek tilini davlat tili sifatidagi huquqiy asoslarini belgilab berdi. Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida o‘zbek tiliga to‘la amal qilinishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom Karimovning sa’y-harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga” zarba berildi, ular O‘zbekistondan birin-ketin chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘zbekistonda rahbar kadrlarni markazdan yuborish, markazning roziligini olish tajribasiga chek qo‘yildi. Respublika rahbar kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishini o‘z tasarrufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari borayotganini ko‘rsatuvchi dalillardan biridir.
    1989 yilning may-iyun oylarida Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan millatlararo mojarolar siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 1989 yil 24 may kuni Quvasoy shahrida mahalliy yoshlar bilan yosh mesxeti turklar o‘rtasida bezorilik to‘qnashuvi kelib chiqadi. To‘qnashuvda mesxeti turklardan 150 kishi va mahalliy xalq vakillaridan 250-300 kishi qatnashgan. Bu to‘qnashuv tez orada Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari aholisi orasida ham tarqalib, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, yana boshqa millatlararo ziddiyatlarning ro‘y berishiga olib keldi.
    Bu kabi chiqishlarni bartaraf etish uchun namoyishchilarga qarshi harbiy qismlar olib kelindi. 1989 yil 8 iyun kuni Qo‘qon shahrida asosan yoshlardan iborat bo‘lgan tinch namoyishchilar harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 50 dan ortiq namoyishchi o‘ldirildi, 200 dan ortiqroq namoyishchi esa yarador bo‘ldi.
    O‘zbekiston Kompartiyasi MQ tomonidan tuzilgan maxsus komissiya hisobotida ko‘rsatilishicha, iyun voqealarida 103 ta odam nobud bo‘lib, (bu ko‘rsatkich 112 taga etdi) shundan 52 tasi mesxeti turklari, 36 tasi o‘zbeklardan iborat bo‘ldi. 1011 ta odam shikastlandi, 137 ta harbiy ichki qo‘shin askarlari va 110 ta militsiya xodimlari yarador bo‘ldi. 757 ta yashash uylari, 27 davlat ob’ektlari, 275 ta transport vositalari talandi va yoqib yuborildi. SSSR bosh prokuraturasining ma’lumotlariga ko‘ra 1989 yil iyul oxirida 2000 dan ortiq shaxsga huquqbuzarlikka oid jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi, shulardan 600 tasi Farg‘ona qirg‘inlarida faol ishtirok etgan shaxslar edi. 1989 yil oktyabr oxiriga kelib 225 ta qirg‘in ishtirokchilari qamoqqa olindi, ulardan 41 tasiga qasddan odam o‘ldirganligi uchun aybnomalar qo‘yildi.
    1990 yilning 2-yarmida O‘zbekiston SSR Oliy sudi tomonidan Farg‘ona oblastidagi ommaviy tartibsizliklar bilan bog‘liq jinoiy ishlar o‘rganilib, 277 kishi bo‘yicha ochilgan 107 ta jinoiy ish ko‘rib chiqildi. Ko‘rib chiqilgan 107 ta ishdan 168 kishi bo‘yicha ochilgan 72 ta jinoiy ish yuzasidan hukm chiqarilgan, 94 kishi bo‘yicha ochilgan 35 ta jinoiy ish qayta tergov o‘tkazilishi uchun qaytarilgan.
    Ko‘p o‘tmay Farg‘onadagi kabi voqealar Andijon bilan chegaradosh O‘sh shahri o‘zbek aholisining boshiga tushdi. 1990 yilning iyun oyida Qirg‘izistonning O‘sh viloyatining O‘zgan va boshqa shaharlarida o‘zbek-qirg‘iz millatlararo urushi kelib chiqdi. Millatlararo to‘qnashuvlarda 30-35 ming aholi ishtirok etdi. Jinoiy ishga 300 ta odam tortildi.
    1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi” mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlaridan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda Respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar. Natijada, bu masala respublika Oliy Sovetining (XII chaqiriq) 1990 yil 20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 12 chaqiriq ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. O‘zbekiston rahbariyati va xalqining O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Referendumda O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligida O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.
    XX asrning 80-yillari oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. O‘zbek xalqining dilidagi g‘oya — mustaqillik g‘oyasi edi, xalq mana shu g‘oyani ko‘tardi. Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi va ularning aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi bilan elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoiy insonniing O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi.
    I.Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish ishga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi O‘zbekistonnng Davlat tili haqida Qonun qabul qildi.
    Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida o‘zbek tiliga to‘la amal qilinishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom Karimovning sa’y-harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga” zarba berildi, ular O‘zbekistondan birin-ketin chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘zbekistonda rahbar kadrlarni markazdan yuborish, markazning roziligini olish tajribasiga chek qo‘yildi. Respublika rahbar kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishini o‘z tasarrufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari borayotganini ko‘rsatuvchi dalillardan biridir.
    1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlaridan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda Respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar. Natijada, bu masala respublika Oliy Sovetining (XII chaqiriq) 1990 yil 20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 12 chaqiriq ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. O‘zbekiston rahbariyati va xalqining O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Referendumda O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligida O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.
    XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 1989 yil 23 iyunda O‘zbekistonga rahbarlikka keldi. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib etdi. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989 yil 15 avgustda «kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu g‘oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, I.A.Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar er olishdi.
    O‘ta qisqa fursat ichida 1,5 milliondan ko‘proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, tomorqaga etolmay yurgan 580 ming oila unga ega bo‘ldi. Tomorqa xo‘jaligi maydonining o‘sishi, unga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi, agrar siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi qishloq xo‘jaligining keskin o‘sishiga olib keldi. 1989-2000 yillar mobaynida don etishtirish 2,5 baravar o‘sib, don bo‘yicha chetga qaramlikdan qutulgan ekanmiz, bu muvaffaqiyatga erishishimizda tomorqachilarning ham munosib hissasi bor. YAna qator mahsulotlar ishlab chiqarishda ham tomorqachilarning ulushi katta. Masalan, shu davrda kartoshka ishlab chiqarish, meva, sut mahsulotlari etishtirishda ham ijobiy o‘sishlarga erishildi. Mazkur mahsulotlarning asosiy qismi tomorqadan olinishi hech kim uchun sir emas.
    Shuningdek, o‘sha vaqtda hali ham «Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» kabi uydirmalar bilan o‘zbek xalqi nafsoniyatiga tegishi davom etardi. O‘zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng muhim qadamlardan biri O‘zKP Markaziy Komitetining 1989 yil 25 noyabrdagi XVIII plenumida O‘zbekiston hukumati avvalo respublika va o‘zbeklar boshiga yog‘ilayotgan malomat toshlariga chek qo‘yish, «Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o‘zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to‘xtatish zarurligi uqtirildi. 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashning XI sessiyasi O‘zbekistonning davlat tili haqidagi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonunnng qabul qilinishi o‘zbek xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy-ma’naviy va siyosiy hayotida ro‘y bergan g‘oyat muhim voqea bo‘ldi.
    Voqealar jarayoni shu darajada tezlashdiki, I.A.Karimovning siyosati bevosita o‘zbek xalqi xohish-irodasi, sa’y-harakati bilan qo‘shilib ketib, ittifoq rahbariyatini xiyla talvasaga solib qo‘ydi. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning 1990 yil 24 martida bo‘lib o‘tgan sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va O‘zbekistonda ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib prezidentlik lavozimi joriy etildi. Demokratik jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy o‘zgarishlarni takomillashtirish va konstitutsion tizimni mustahkamlash mantiqan tom ma’nodagi mustaqillikni talab etadi va uning zamirida markazga bo‘ysunmaslik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyili yotadi. Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish-bu bevosita partiya yakkahokimligini bartaraf etish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaqinlashtirish demakdir. Bu esa oxir-oqibatda respublikaning o‘z taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqadigan va uni amalga oshiradigan Prezident lavozimini joriy qilishni taqozo etdi. Bu tabiiyki, Gorbachev boshliq ittifoq rahbariyatini qattiq tashvishga sola boshlagan edi. Aslini olganda, O‘zbekiston boshqa ittifoqchi respublikalarda kundan kunga tazyiq va zo‘ravonlik oshirayotgan, kam sonli xalqlarga zug‘um o‘tkazilayotgan bir paytda ana shunday dadil siyosat yurita boshlagan edi.
    O‘zbekistonning mustaqilligi yo‘lidagi yana bir muhim qadam O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 y. 20 iyun) qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»dir. Ushbu Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari jonbozlik ko‘rsatdilar. «Mustaqillik Deklaratsiyasi»da har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolotlanishi ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olindi. Deklaratsiya 12 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida «O‘zbekiston SSR ning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir»,-deb, yozib qo‘yilgan. Sessiya qabul qilgan bu «Mustaqillik Deklaratsiyasi» xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. SHu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Bunga misol tariqasida 1991 yil 22 iyulida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qarorida Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O‘zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o‘tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi. O‘sha vaqtda Markaz rahbarlari Respublikalar Ittifoqini qanchalik saqlab qolishga urinmasinlar, buning iloji yo‘q edi. CHunki endi eskicha tartib bilan mamlakatni idora etib bo‘lmas, o‘z navbatida ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka bo‘lgan intilishi tobora kuchayib borardi. Biroq Markazni kuchaytirish tarafdorlari boshqa usullardan: namoyishlar o‘tkazish, mitinglar tashkil qilish, hatto g‘ayri konstitutsion yo‘llar bilan davlat to‘ntarishi o‘tkazish bilan bo‘lsa-da, oldingi buyruqbozlik tizimini mustahkamlashga harakat qildilar. Buning aksi sifatida O‘zbekiston hukumati o‘zbek xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zining faol siyosatini davom ettirardi. 1991 yil 11 yanvarida mamlakat Prezidenti qishloq aholisiga bevosita amaliy yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo chekdi. Mazkur Farmon 1989 yilda boshlangan haqiqiy yangilanishlarning mantiqiy davomi edi. Prezident imzolagan hujjatda 1991 yilda paxta ekin maydoni qisqartirilishini nazarda tutib, tomorqa maydonlariga 108,5 ming gektar er ajratish ko‘rsatilgan. 1991 yil 14 fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.Karimov nutq so‘zladi. Mazkur nutq matbuotda «Murakkab vaziyatda oqilona siyosat yuritaylik» degan sarlavhada chop etildi. Ushbu nutqida O‘zbekiston rahbari Ittifoq shartnomasiga o‘z munosabatini bildirib, O‘zbekistonning bu shartnomaga kirmasligini qayd etib o‘tdi. 1991 yil Navro‘z bayrami arafasida Prezident avf etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon ham xalq tomonidan zo‘r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, amnistiyaning o‘sha davrda faqat Ittifoq Prezidenti e’lon qilar edi.



    Download 13.19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




    Download 13.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O‘zbekistonning eng yangi tarixini tutgan o‘rni

    Download 13.19 Mb.