Mundarija t/r




Download 13.19 Mb.
bet25/116
Sana28.10.2022
Hajmi13.19 Mb.
#28375
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
Bog'liq
УУМ ТАРИХ 2022-23 лотинча
4-kurs ATMDT IAТ АX, 1, 1678992532 (2), Eliboyev Odilbek ilmiy3, k3B4xvjSg5HpEgebXdrrP5syPxgW5Pg1EKU2O0OL, 777-T (1), AXBOROT XATI, 1700027164 (2), 1697292134, 1698394703, Zamonaviy shinalar xususiyatlari QuickPath Interconnect QPI misolida, Jismoniy madaniyat va sport bayramlarini tashkil qilish, yo-nalishga-kirish-mustail-ish, Kitob 9224 uzsmart.uz
Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining ishini ta’minlaydigan tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tuzildi.
Uchinchi yo‘nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat bo‘lib, bu sohada 240 dan ortiq mehnat birjasini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada islohotlarni amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy kompleksi mutlaqo yangidan shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning mohiyat e’tibori bilan yangi mexanizmi vujudga keltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi. Respublikaning barcha vazirliklari va idoralari, korxonalarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘limlar, tashkilotlar va firmalar tuzildi.
SHunday qilib, islohotlarning barcha yo‘nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o‘sib o‘tishiga qaratildi. Bu islohotlar O‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli mamlakatga aylantirishga xizmat qildi. «Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan munosib baholanmoqda.Misol uchun, har yili dunyoning 162 ta mamlakati bo‘yicha iqtisodiy erkinlik indeksini e’lon qiladigan «Nasledie» fondi xalqaro reyting agentligining bu boradagi xulosasi e’tiborga sazovor. Bu tashkilot 2000-2007 yillarda O‘zbekistonda erkinlashtirish indeksi 18 punktga yaxshilanib, 53 foizni tashkil qilganini e’tirof etadi. Hech shubhasiz, bu ko‘rsatkich milliy iqtisodiyotimizni erkinlashtirish sohasida sezilarli darajada rivojlanishga erishganimizdan dalolat beradi».


  1. Download 13.19 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




Download 13.19 Mb.