yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi




Download 13.19 Mb.
bet3/116
Sana28.10.2022
Hajmi13.19 Mb.
#28375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
УУМ ТАРИХ 2022-23 лотинча
4-kurs ATMDT IAТ АX, 1, 1678992532 (2), Eliboyev Odilbek ilmiy3, k3B4xvjSg5HpEgebXdrrP5syPxgW5Pg1EKU2O0OL, 777-T (1), AXBOROT XATI, 1700027164 (2), 1697292134, 1698394703, Zamonaviy shinalar xususiyatlari QuickPath Interconnect QPI misolida, Jismoniy madaniyat va sport bayramlarini tashkil qilish, yo-nalishga-kirish-mustail-ish, Kitob 9224 uzsmart.uz
5. 1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
1991 yil 19 avgustga kelib, butun jahonni hayajonga solgan Moskvada davlat to‘ntarilishiga urinish bo‘ldi. To‘ntarish tarafdorlarining asl maqsadlari Ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka erishuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda mamlakatdagi parokandalikdan foydalanib qolish edi. Lekin O‘zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi davlat to‘ntarilishini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ig‘vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o‘zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar. O‘sha vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtayi-nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Qonunga xilof ko‘rsatmalarni bajarish mumkin emas»,-deb hisobladi. 20 avgustda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi va O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat komitetining g‘ayri konstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko‘rsatmalari noqonuniy deb e’lon qilindi. SHunday murakkab sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan har bir jumhuriyat o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. CHunki har bir milliy jumhuriyatning chinakam teng huquqligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Ayni shu maqsadlarni ko‘zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A.Karimov ma’ruza qildi. U o‘z nutqida 1991 yil o‘rtalarida Markaziy Hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21 avgust kunlari Moskva Favqulodda holat davlat komiteti a’zolarining xalqlar ozodligi, jumhuriyatlar mustaqilligiga qarshi qaratilganligi xalqqa ro‘y-rost bildirildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildilar. So‘ngra Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SSR ning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1991 yil 1 sentyabrdan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
O‘zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o‘z ishini boshladi va O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida katta tarixiy ahamiyat kasb etdi. Unda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizqin muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A.Karimov ma’ruzasi tinglandi. Prezident I.Karimov O‘zbekistonning tanlagan mustaqillik yo‘li xalq manfaatiga mos ekanligi va bu yo‘ldan qaytmasligini ta’kidladi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildilar. O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. So‘ngra, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi. Oliy Kengash mazkur Bayonot orqali xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, respublika xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatini anglab O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qildi.
O‘zbek xalqi ko‘pgina avlodining orzu-istagi ro‘yobga chiqdi — O‘zbekiston suveren, mustaqil davlat bo‘ldi. Endilikda bizning davlatimiiz xalqining hoxish irodasini, manfaatlarini ifoda etib, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimini mustaqil ravishda belgilaydi, o‘zining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirib boradi. 1992 yil 8 dekabr kuni Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi yangi mustaqil davlatning inson haq-huquqlari va davlat suvereniteti tamoyillariga tarafdorligini; hozirgi va kelgusi avlodlar oldida yuksak darajada javobgarligini; o‘zbek davlat tuzumi taraqqiyotining tarixiy tajribasiga tayanishni; demokratiya va ijtimoiy adolat ideallariga sodiqligini; xalqaro huquqning hamma tomondan qabul qilingan qonun-qoidalari ustivorligini tan olinishini; respublika fuqarolariga munosib turmushni ta’minlab berish, demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolar totuvligi va milliy hamjihatlikni ta’minlashga intilishini tantanavor suratda ma’lum qildi.
Vatanimiz tarixida yangi davr boshlandi. Xalqimiiz kelajakka ishonch bilan boqadi, u o‘z yurti barcha boyliklarining chinakam egasi bo‘lish niyatiga to‘lib toshgan.
Mustaqilligimiz sharofati bilan bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‘ldiki, biz bosib o‘tilgan yo‘limizni tanqidiy baholab, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab olib yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etmog‘imiz lozim. Bu esa, milliy davlatchiligimiz tarixini ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan g‘oyat asosli ravishda shug‘ullanishni taqozo etadi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi.
Ushbu qonunda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo‘linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o‘z aksini topdi. SHuningdek, ushbu hujjatda O‘zbekistonning Qoraqolpog‘iston bilan munosabatlari xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqolpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o‘sha davrda erishilgan yutuqlarning yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. SHunday qilib, o‘zbek xalqi asrlar davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo‘l bilan, yurtboshimiz I.A.Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo‘l tutishi orqali erishildi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror qilindi. 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. SHunga muvofiq 29 dekabrda; «Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?» mavzuida referendium o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra unda qatnashgan aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. O‘zbekiston mustaqil respublika deb e’lon qilinishi jahon jamoatchiligi tomonidan ham zo‘r qoniqish bilan kutib olindi. Fikrimiz isboti sifatida Amerika Qo‘shma SHtatlarining o‘sha paytdagi Prezidenti Jorj Bushning I. Karimov nomiga yuborgan telegrammasi hamda SHvetsiya bosh vaziri K. Bilodtning telegrammalarida ko‘rish mumkin. 24 sentyabrda Toshkentda xalqaro anjuman o‘tkazildi. O‘zbeklar (Turkistonliklar) ning birinchi xalqaro uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti nutq so‘zladi. 1991 yil 14 sentyabrida O‘zbekiston Kompartiyasining Favqulodda XXIII s’ezdida I.A.Karimov taklifi bilan O‘zbekiston Kompartiyasi KPSS tarkibidan chiqqanligi e’lon qilindi. Partiyaning bunday buyon faoliyat ko‘rsatmasligi e’tiborga olinib, ushbu partiya o‘rnida Xalq-Demokratik partiyasi tuzilgani e’lon qilindi. O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrida bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida» qonun qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i ulug‘ ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos keluvchi, millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy jihatlarini ham o‘zida aks ettirmog‘i kerak edi. Mamlakatimiz davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi yorqin ramzi bo‘lib qoldi.
1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi» to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, xumo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining Prezidentlik shakli rivojlandi. 1991 yil 29 dekabrda o‘zbek xalqi xohish-irodasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilib, O‘zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi I.A.Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.
Saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi uzoq davom etgan tarixiy jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbek xalqi qariyib 3000 yillik tariximizda qisqa vaqtgina mustaqil yashagan xolos. Ayniqsa, keyingi oq va qizil saltanatning 130 yil davom etgan hukmronligi o‘z tarixiy davlatchiligiga ega bo‘lgan Turkistonni mustamlaka va qaramga aylantirgandi. Bu zulmatga qarshi kurash goh pinhona, goh oshkora bo‘lsin xalqimiz azal-azaldan o‘z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intildi.



Download 13.19 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Download 13.19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi

Download 13.19 Mb.