• Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar
  • O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasi, uning mohiyati va ahamiyati




    Download 13.19 Mb.
    bet42/116
    Sana28.10.2022
    Hajmi13.19 Mb.
    #28375
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   116
    Bog'liq
    УУМ ТАРИХ 2022-23 лотинча
    4-kurs ATMDT IAТ АX, 1, 1678992532 (2), Eliboyev Odilbek ilmiy3, k3B4xvjSg5HpEgebXdrrP5syPxgW5Pg1EKU2O0OL, 777-T (1), AXBOROT XATI, 1700027164 (2), 1697292134, 1698394703, Zamonaviy shinalar xususiyatlari QuickPath Interconnect QPI misolida, Jismoniy madaniyat va sport bayramlarini tashkil qilish, yo-nalishga-kirish-mustail-ish, Kitob 9224 uzsmart.uz
    2. O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasi, uning mohiyati va ahamiyati
    Mustaqil mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyaning 12-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hyech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”, deb belgilab qo‘yilganini eslash maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda olib borilayotgan ma'naviy targ‘ibot-tashviqot jarayoni zamirida yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa, kasbu korga mansub bo‘lgan kishilarni ma'naviy tajovuzlardan asrash, ularni ogohlikka chorlash, mavjud xavf va tahdidlarning oqibatlarini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g‘oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida yezgu g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashga qaratilgan tizimli va aniq maqsadli amaliy harakatlar mujassamdir.
    Jamiyat taraqqiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushunish, hur fikrlilikka intilish kishilarni istiqlol yo‘lidan olib boruvchi g‘oyaviy qarashlar hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
    Jamiyatimizda siyosiy mustaqillikka yerishib iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi birinchi Prezidentimiz aytganidek, «suv bilan havodek zarurdir». Busiz, ya'ni fikrlash, e'tiqod o‘zgarmasdan bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikka yerishish murakkab vazifadir. I.A.Karimov milliy mustaqillik g‘oyasining zarurligi to‘g‘risida gapirar ekan «O‘zining kelajagini qurmoqchi bo‘lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta o‘z milliy g‘oyasiga suyanishi va tayanishi kerak», - deb ta'kidlaydi va milliy istiqlol mafkurasining vazifasini ko‘rsatib uning: «...asl ma'nosi eskicha aqidalardan xoli bo‘lgan, mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iborat»,-deydi.
    Mustaqillik g‘oyasi va mafkurasining xalqimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, uni birlashtiruvchi, buyuk maqsadlar uchun butun kuchlarimizni uyg‘unlashtiruvchi ahamiyatini nazarda tutib birinchi Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov mustaqillikning dastlabki davrida, 1993-yil 6-may O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II chaqiriq, XII sessiyasida «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu-milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir»,-degan edi. Kishilarimizni qaysi toifa va guruhda bo‘lishidan qat'iy nazar ma'naviy inqirozdan chiqaradigan yagona milliy g‘oya atrofida birlashtiradigan birdan-bir qudratli kuch ana shu milliy mustaqillik mafkurasidir.
    Yagona maqsad, yagona g‘oya bo‘lmasa jamiyat inqirozga uchraydi, halok bo‘ladi. Buni biz yaqin va olis o‘tmishdagi tariximizdan bilamiz. Milliy istiqlol g‘oyasi kelajak maqsadni ifodalaydigan xalqimizning ming yillik tarixini buyuk kelajak bilan bog‘laydigan, ana shu yuksak maqsad yo‘lida 130 dan ortiq millatlar va elatlarni, barcha kishilarimizni birlashtiruvchi bayroq vazifasini bajaradi.
    Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekiston respublikasining ko‘p millatli omilini saqlab qolishi va uni rivojlantirishdek buyuk maqsadni o‘zining adolatli, insonparvar huquqiy jamiyat qurish yo‘lidagi ustuvor yo‘nalish deb qaraydi. “O‘zbekiston vatanim manim” g‘oyasi barcha o‘zbekistonliklarning dilidan o‘rin olgan. Bu fikrlarning tasdig‘ini «Ijtimoiy fikr» markazi tomonidan 1999-yilning iyun oyida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarning natijasida ko‘rish mumkin. Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida 1350 respondentlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda o‘zbeklardan tashqari tojik, qozoq, tatar, qirg‘iz, rus, ukrain, belorus millatlari vakillari O‘zbekistonda millatlararo va fuqarolik barqarorlikning sabablari nimada?-degan savolga yakdillik bilan quyidagicha javob berdilar: 59,5%-Respublika Birinchi Prezidenti I.Karimovning oqilona siyosati, 31,3% - davlatning oddiy xalq to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligi, 22%-o‘zbek xalqining bag‘rikengligi, 15,3%-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi barqarorlik.
    O‘zbekistonning bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish yo‘lida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy ishlarimizdagi barqarorlik mafkuraviy tahdidlarni oldini olishni muhim vazifa qilib qo‘yadi. Shu maqsadda xalqimizning an'analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma'rifat tuyg‘ularini kishilar ongiga singdirish lozimdir.
    Milliy mustaqillik g‘oyasining eng muhim vazifalaridan biri mustaqilligimiz tayanchi va kelajagi Yosh avlodni milliy g‘urur, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. Mustaqillik g‘oyalariga e'tiborsizlik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 1999-yil 16-fevral «qonli seshanba» kungi voqyealar milliy mustaqillik g‘oyasini, mafkurasini Yoshlarimiz diliga etkazish zarurligini, buning uchun g‘oyaviy, mafkuraviy ishlarimizni kuchaytirish lozimligini ko‘rsatdi.
    Milliy istiqlol g‘oyasini, uning tushuncha va tamoyillarini xalqimiz, birinchi navbatda Yoshlarimiz o‘rtasida targ‘ib va tashviq etishning usul-uslublarini shakllantirish yo‘lida dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi qoshidagi targ‘ibot-tashviqot markazining tuzilgani, jamoatchi ma'ruzachilar ishining yo‘lga qo‘yilayotgani, ular uchun ”Voizga yordam” ruknida risolalar chop etilayotgani shular jumlasidandir. Birinchi Prezidentimiz farmoni bilan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” maxsus fan sifatida ta'lim tizimining barcha bosqichlariga kiritildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2001-yil 4-yanvardagi «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» haqidagi farmoyishi asosida mamlakatimiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida mazkur o‘quv kursi joriy qilindi.
    «Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi – «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot!»dir.
    Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari: -vatan ravnaqi;-yurt tinchligi;-xalq farovonligi; ijtimoiy hamkorlik; millatlararo totuvlik; dinlararo bag‘rikenglik;
    komil inson. Mamlakatimiz taraqqiy ettirish bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustivor vazifalardan kelib chiqqan holda milliy g‘oyani rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Zero, Harakatlar strategiyasini Milliy strategiyamiz desak ham adashmaymiz.
    Davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-apreldagi «O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi asosida taniqli olimlar, ekspertlar, ijodkor ziyolilardan iborat ishchi guruh tomonidan Milliy g‘oya konsepsiyasi ishlab chiqildi5
    . Mazkur konsepsiyada mamlakatimizda milliy yuksalish g‘oyasi asosida amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar aks etgan. Yurtimizda tinchlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash ,demokratik tamoyillarni to‘liq qaror toptirish, inson huquq va erkinliklari, qonun ustivorligi va adolat,moddiy hamda ma'naviy hayotning barobar rivojlanishi o‘z ifodasini topgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida «Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari» degan ulug‘ maqsad bosh g‘oya sifatida maydonga chiqmoqda.
    Milliy yuksalish g‘oyasining asosiy tushunchalari orasiga kiritilgan «Yagona Vatan tuyg‘usi», «Adolat-qonun ustuvorligida», «Xalq roziligi», «Jaholatga qarshi- ma'rifat», «Innovatsion taraqqiyot» tushunchalari milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari degan ulug‘ maqsad davlat va jamiyat hayotining barcha sohasini kompleks rivojlantirishni,xalqimizga bunyodkorlik va yaratuvchanlik ruhini baxsh etishni nazarda tutadi.
    Jahon tarixiga nazar solsak,har bir xalq avvalo ma'naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g‘oya masalasi juda muhim ahamiyatga ega.
    Milliy g‘oya mohiyatini to‘liq anglab etmagan, eski mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo‘q emas. Shu bois Prezident mamlakatimiz mafkurasining asosiy goyasini ta'kidlab o‘tdi:
    «Biz yaratayotgan yangi O‘zbekiston mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan»,-dedi davlatmiz rahbari.
    Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ishini tanqidiy o‘rganib chiqib, faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaror qilindi. Markazning «Ma'naviyat targ‘ibotchisi» o‘quv muassasasi negizida Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi.
    Milliy g‘oya targ‘iboti, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Ijod» jamoat fondi negizida Ma'naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etildi.




    1. Download 13.19 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   116




    Download 13.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasi, uning mohiyati va ahamiyati

    Download 13.19 Mb.