• 111 davlat
  • 1992-yil 2-martda O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lib dunyo miqyosida tan olindi
  • 2. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi
  • 1992-yil 26-fevralga kelib O‘zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi
  • O‘zbekiston bu tashkilotga 105-a’zo bo‘lib kirdi
  • -Mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. (2 soat)




    Download 13.19 Mb.
    bet56/116
    Sana28.10.2022
    Hajmi13.19 Mb.
    #28375
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116
    10-Mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. (2 soat)
    Reja:
    1. O‘zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi va uning tamoyillari.
    2. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi.
    3. O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va jahonning turli mamlkatlari bilan hamkorlik munosabatlari.
    4. O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi.
    ***


    1. O‘zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi va uning tamoyillari.
    XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi, chunki er yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va AQSH etakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Xalqaro vaziyatning tinchligi va xavfsizlik tizimi Shu ikki tomonning o‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. Biroq sobiq Ittifoqning parchalanishi natijasida uning tarkibidagi 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O‘zbekiston davlati vujudga keldi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. XXI asr bo‘sag‘asida xalqaro vaziyatning o‘zgarishi jahon tapaqqiyotininr holatini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Endi dunyo ko‘p qutbli bo‘lib qoldi.
    Dunyoning geosiyosiy holati yangi pallaga ko‘tarildi. Sosialistik tuzum emirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi.
    Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish maqsadida o‘zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni, bu hududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo‘lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda. O‘zbekistonning bu borada amalga oshirgan ulkan yutuqlari umumjahon sivilizasiyasi bilan mushtarak ekanligini alohida qayd etish bilan birga bu sermashaqqat yo‘lda Prezident I. A. Karimovning o‘rni beqiyosligini ham aytib o‘tmoq lozim.
    Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo‘lib, respublikaning o‘rni faqat qog‘ozlarda federasiya sub’ekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos. O‘zbekiston o‘z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko‘rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.
    Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar etishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
    Mamlakatimiz tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy tamoyillari nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berildi. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lni belgilashda jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatimiz, xalqiimz xususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi.
    “Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq sub’ekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini o‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa o‘l qo‘ymaslikdan iborat”,-deb 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy o‘lini belgilab olgan O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi.
    O‘zbekistonni xalqaro huquq sub’ekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabo‘l qilindi.
    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston O‘zining tashqi siyosati quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib bormoqda. Bu tamoyillar:

    • mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik vaxavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

    • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahlsizligini hurmat qilish;

    • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

    • nizolarni tinch yo‘l bilin hal etish;

    • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

    • inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

    • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;

    • davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida itttifoqlar to‘zish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;

    • tajovo‘zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

    • tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘ptomonlama keliShuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqmaslik;

    Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olishini ta’minladi.
    O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan, va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi.
    Shu o‘rinda aytib o‘tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo‘nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikisi o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, ularning 100 dan ortig‘i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida O‘zbekistonning elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko‘rsatib turibdi.
    1992-yil 2-martda O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin olishda ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1993-yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O‘zbekistondagi vakili etib saylandi.
    O‘zbekiston BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o‘zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi. O‘zbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi O‘zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o‘rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi bir qator aniq takliflarni tashladi. Bularga Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning doimiy ishlaydigan seminarini chaqirish, BMT xavfsizlik kengashida yuzaga kelayotgan mojarolarni tahlil qilish va istiqbolini belgilash bo‘yicha maxsus guruh tuzish, Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e’lon qilish, bu mintaqada kimyoviy modda hamda bakteriologik qurolni ta’qiqlash bo‘yicha xalqaro nazorat o‘rnatish, Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda kurashish uchun BMTning mintaqaviy komissiyasini tuzish, Orol muammosini hal qilish masalasi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabilar kirdi.
    O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 1995-yil BMTning ellik yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ham asosiy e’tiborni bu tashkilotning faoliyatini yanada kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. “Olovli nuqtalar” deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib, tinchlik va barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi va O‘zbekiston “ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslikni ta’minlash bo‘yicha kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini butunlay to‘xtatish haqidagi shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori” ekanligini ham ko‘rsatib o‘tdi.
    Ushbu yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan global muammoni ko‘tarib chiqqani ham muhim ahamiyat kasb etdi. “Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik fojea, butun er yuzini qamrab oladigan biosfera, o‘nlab million kishilarning hayot sharoitlari, salomatligi, nasliga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi global muammo” ekanligini ta’kidlab o‘tildi, buni BMTning tashkilotchilik faoliyatisiz bu muammoni hal etish mumkin emasligi ham asoslab berdi. Bunday muammolar birinchi Prezidentimizning fundamental asari “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida batafsil nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi. Asarda dunyoda barqarorlik va jo‘g‘rofiy-siyosiy muvozanat saqlanib qolgan sharoitdagina har qanday mintaqada rivojlanish kuchli bo‘lishi asoslab o‘tildi.
    BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi yig‘ilishlarda O‘zbekiston rahbariyatining kiritgan aniq tashabbuslari, mintaqa xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklifi BMT boshchiligidagi “6+2” guruhining tuzilishiga asos bo‘lgan edi. (O‘zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va “Tolibon” harakati) Ushbu guruhning 1999-yil iyul oyida Toshkentda o‘tkazgan uchraShuvi muhim xalqaro voqea bo‘ldiki, bu uchraShuv mintaqaning o‘zida bo‘lib o‘tdi. UchraShuvning yakuni sifatida 19-iyul kuni “Afg‘onistondagi mojorolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risidagi” tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Mazkur anjuman O‘zbekiston rahbariyatining ko‘p yillik sa’y-harakatlari natijasi edi. O‘zbekiston rahbariyatining tinchlik yo‘lidagi harakatlari mazkur uchraShuvdan Afg‘onistonda muxolif kuchlar o‘rtasida boshlangan jangavor harakatlarning oldini olish uchun Respublika Tashqi ishlar vazirligining Bayonotida ham yaqqol ko‘zga tashlandi. Mazkur Bayonot o‘zaro qon to‘kilishning oqibatlari haqida jiddiy tashvishlangan holda muxolif tomonlarning harakatlarini qoralab o‘tdi. Bularning barchasi dunyo hamjamiyati oldida O‘zbekistonning tinchlik yo‘lidagi real harakatlarining asosi sifatida yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi.


    2. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi
    O‘zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo havfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko‘rsatdi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konfrensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. 1994-yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” Dasturiga qo‘shildi. 1999-yil aprelda I.A.Karimov SHimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturining a’zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. NATO Bosh kotibi X.Solana va AQSHning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O‘zbekistonga tashriflari O‘zbekiston va mazkur tashkilot o‘rtasidagi tinchlik yo‘lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko‘rsatdi.
    O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lib kirgan yillari EXHTning katta mansabdor xodimlari qo‘mitasining Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi masalasi ko‘tarildi. 1992-yil 26-fevralga kelib O‘zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. EXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. O‘zbekiston rahbariyatining mojorolar kuchayib borayotgan erlarga qurol-yarog‘ etkazib berishni to‘xtatish haqidagi fikri Lissabon uchraShuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi.
    1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchraShuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Evropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. XX asr oxiri XX1 asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda. Buni AQSH senatorlaridan Liberman tasdiqlab: “O‘zbekistonsiz bizning Afg‘onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”,-deydi.
    Bu o‘rinda O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim va muzokaralar o‘laroq O‘zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o‘rtasidagi bitim 1996-yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida EI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Evropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchraShuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi.
    O‘zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o‘rnatdi. Bular orasida, ayniqsa, yuzdan ortiq a’zoga ega. 1985-yilda tuzilgan Qo‘shilmaslik harakati tomonidan olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch o‘l bilan hal qilish, turli harbiy-siyosiy bloklar faoliyatida qatnashmaslik, tinchliksevarlik kabi o‘nalishlarga to‘la mos keladi. O‘zbekiston bu tashkilotga 105-a’zo bo‘lib kirdi.
    O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga kirdi. Shu bois O‘zbekiston jahon iqtisodiyotida integrasiyalashish yo‘lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklaShuv tashkiloti va boshqa moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib oldi. Shu bilan birga O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar-Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni tiklab oldi. Ularning vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT ning ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YUNESKO tashkiloti bilan ham Respublikamiz o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari Shu kunlarda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. O‘zbekiston 1993 yil YUNESKOga a’zo bo‘lgan edi. (O‘sha paytdayoq YUNESKO dasturiga buyuk munajjim Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tavalludini dunyo miqyosida nishonlash masalasi O‘zbekiston bilan ushbu tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikning yangi asosdagi rivojini boshlab berdi.) 1994-yilga kelib esa O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi
    YUNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti ishtirokida YUNESKO qarorgoxida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ma’rifatning gullab-yashnashi “ ko‘rgazmasini ochdi.
    O‘zbekiston bilan YUNESKOning o‘zaro hamkorligi kengayshi natijasida YUNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000-yilda 28-dekabrda esa SHahrisabz YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi. SHaxrisabz bu ro‘yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo‘ldi. Bunday aloqalar o‘z navbatida munosabatlarimizni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarib, hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari respublikada o‘tkazilgan barcha tadbirlarda YUNESKO ishtirok etdi. Amir Temur tavallud topgan kunining 660 yilligi, Axmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslarning yubiley tantanalari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi kabi tadbirlar bevosita YUNESKO homiyligida o‘tkazildi.

    Download 13.19 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116




    Download 13.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. (2 soat)

    Download 13.19 Mb.